1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.10.00 Iqtisodiy islohotlar sohasida davlat boshqaruvi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Umumiy masalalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida loyiha ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ishlab chiqilayotgan investitsiya loyihalari sifatini yanada oshirish, loyihalashtirish jarayoniga loyiha ishlarini tashkil qilish va amalga oshirish ishlariga ilgʻor xorijiy tajribaga asoslangan zamonaviy usullarni joriy etish maqsadida:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.10.00 Yoqilgʻi sanoati (neft qazib chiqarish va neftni qayta ishlash sanoati, gaz va koʻmir sanoati)]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi arxitektura va qurilish davlat qoʻmitasi, iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari xoʻjalik boshqaruv organlarining Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi “Oʻzogʻirneftgazkimyoloyiha” — Oʻzbekiston elektroenergetika, neft va gazni qayta ishlash, kimyo va ogʻir sanoat davlat loyiha institutini — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “OʻzInjiniring” Respublika loyiha institutiga (keyingi oʻrinlarda — Institut) aylantirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-fevraldagi PF-35-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/35/0204-son)
3. Institut faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
loyihaoldi va loyiha hujjatlarini, shu jumladan, DTIA/DTIH hamda TIA/TIHni ishlab chiqish, xorijiy loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan loyihaoldi hujjatlarni texnik boshqarish va Oʻzbekiston Respublikasi standartlari sohasidagi normativ hujjatlarga moslashtirish;
iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari loyihalarini (loyihalashtirishga doir qismda) texnik jihatdan kuzatib borish, loyihalarni tender savdolari tashabbuskorlari bilan birgalikda olib borish va ularga hamrohlik qilish;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi PF-5447-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.10.00 Yoqilgʻi sanoati (neft qazib chiqarish va neftni qayta ishlash sanoati, gaz va koʻmir sanoati)]
iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini tarkibiy yangilash konsepsiyasini, tarmoq idoralari tomonidan ishlab chiqilgan geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neftkimyo va metallurgiya sanoati obyektlarini modernizatsiya va texnik rekonstruksiya qilishni koʻrib chiqish va kelishuvini amalga oshirish;
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari korxonalarini qurish va modernizatsiya qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi rivojlanish davlat dasturlariga kiritish uchun taqdim etilgan investitsiya loyihalarini koʻrib chiqishda qatnashish;
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-martdagi PF-5370-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.03.2018-y., 06/20/5370/0975-son)
Oʻzbekiston Respublikasida loyihalashtirish jarayonlariga xorijiy loyiha va injiniring tashkilotlarini jalb etgan holda, ilgʻor chet el tajribasiga asoslangan loyiha ishlarini tashkil etishning zamonaviy usullarini joriy etish;
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.01 Investitsiya dasturlari]
investitsiya loyihalari, loyiha (ishchi) hujjatlarini mustaqil ishlab chiqish yoʻnalishini rivojlantirish, shuningdek, iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari loyihalari boʻyicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda xorijiy loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan loyiha (ishchi) hujjatlarini moslashtirish;
(3-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-fevraldagi PF-35-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/35/0204-son)
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari]
toʻgʻridan-toʻgʻri fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun mahalliy va xorijiy ixtisoslashtirilgan loyiha institutlarini, shuningdek, yetuk mutaxassislarni subpudratchilar sifatida jalb qilish;
(3-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-fevraldagi PQ-3557-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2018-y., 07/18/3557/0803-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.18.00 Elektron va elektrotexnika sanoati. Maishiy asbob-uskunalar]
ishlab chiqarilayotgan mahsulotning yuqori unumdorligi va sifati, energiya hamda resurs tejamkorligi, shuningdek, ekologiya standartlarining zamonaviy talablariga javob beruvchi ilgʻor texnologiya va uskunalar jahon bozorini chuqur tahlil qilishni amalga oshirish, respublikaga istiqbolsiz, maʼnaviy va jismoniy eskirgan uskuna va texnologiyalar olib kirilishini istisno qilish;
loyihalashtirishda ilgʻor yuqori texnologiyali, energiya tejamkor uskunalar va texnologiyalarni tanlab olish;
(3-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi PF-5447-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son)
va loyiha, loyihaoldi hamda ishchi hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlashda iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari ilmiy-texnika va ekspert kengashlari bilan uzviy hamkorlik qilish;
(3-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi PF-5447-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.18.00 Elektron va elektrotexnika sanoati. Maishiy asbob-uskunalar]
xorijda ishlab chiqarilayotgan zamonaviy uskunalar va texnologiyalar, ularning texnik va ishlab chiqarish-iqtisodiy xarakteristikalari, samaradorligi va amaliyotda sinovdan oʻtganlik darajasi, shuningdek, yuqori texnologiyali uskunalarning asosiy xorijiy ishlab chiqaruvchilari va yetkazib beruvchilari hamda faoliyat turi boʻyicha texnologiyalarni ishlab chiqaruvchi va litsenziyalovchilar toʻgʻrisida axborot-tahliliy maʼlumotlar bazasini shakllantirish va doimiy yangilash;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.05.00 Sanoat uskunalari, mashinalari va asboblariga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash. Asosiy fondlarning amortizatsiyasi]
sanoat korxonalarini qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish boʻyicha xorijiy investorlar va kompaniyalardan kelib tushayotgan maʼlumotlarni yigʻish va umumlashtirish hamda mahalliy xom ashyoni qayta ishlash yoʻli orqali jahon va ichki bozorlarda yuqori talabga ega raqobatdosh tayyor mahsulot va yarim tayyor sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishga moʻljallangan yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqishda qatnashish;
uskunalarga boʻlgan narxlarning cheklangan parametrlari, shuningdek, taklif etilayotgan texnologiyalarga muvofiq “tayyor holda topshirish” loyihalarining narxi boʻyicha tavsiyanomalar ishlab chiqish;
vazirliklar, idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlari buyurtmasi boʻyicha iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari investitsiya loyihalarini mustaqil texnik-iqtisodiy ekspertizasini oʻtkazish.
iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida loyihalash ishlarini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilash, shuningdek, ixtisoslashtirilgan oliy taʼlim muassasalari, iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari korxonalar va loyiha institutlari oʻrtasida yuqori malakali muhandis-loyihalovchilarni tayyorlash masalalari boʻyicha hamkorlikni amalga oshirish;
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-fevraldagi PQ-3557-sonli qaroriga asosan oʻn yettinchi xatboshisi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2018-y., 07/18/3557/0803-son)
4. Belgilansinki:
Institut davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi va oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi;
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-fevraldagi PQ-3557-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2018-y., 07/18/3557/0803-son)
Institutning asosiy tarkibiy boʻlinmalari etib, loyihaning bosh muhandislari tomonidan (LBM) boshqariladigan tarmoq byurolari hisoblanadi, ular loyihani ishlab chiqish va loyihani toʻliq yakuniga yetkazgunga qadar texnik jihatdan kuzatuvini tashkillashtirish uchun masʼuldirlar;
LBM byurolari institutning istiqbolli ixtisoslashuvini hisobga olgan holda yuqori malakali mutaxassis kadrlar bilan butlanadi;
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi PF-5447-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son)
(4-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi PF-5447-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son)
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-fevraldagi PQ-3557-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2018-y., 07/18/3557/0803-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari kompleksi rahbari bilan kelishib, zarur xollarda Institut xodimlari soni va tuzilmasiga oʻzgartish kiritish.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-avgustdagi PF-5526-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2018-y., 06/20/5526/0983-son)
loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha tuzilgan shartnomalarga muvofiq zarur mutaxassislar kesimida ishlab chiqarish xodimlarini shartnoma asosida zarur miqdorda qoʻshimcha jalb qilish huquqi berilsin:
Institut direktori zimmasiga Institut faoliyatini samarali tashkil etish ustidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
6. Institutga istisno tariqasida:
iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari loyihalari boʻyicha loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda, ishlarning alohida turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan subpudrat loyiha tashkilotlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzish;
tanilgan xorijiy loyiha institutlari, konsultantlar va ekspertlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzish hamda loyihaoldi va loyiha hujjatlarini birgalikda ishlab chiqish boʻyicha konsorsiumlar tashkil etish huquqi berilsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.04.00 Iqtisod sohalarini moliyalashtirish. Investitsiyalash]
7. Institutni moliyalashtirish manbalari etib, quyidagilar belgilansin:
loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqishga shartnoma asosida ajratiladigan investitsiya loyihalari buyurtmachilari, loyiha-tadqiqot ishlarini amalga oshirish, loyihalar amalga oshirilishiga texnik hamrohlik qilishdan tushadigan mablagʻlar;
qonun hujjatlariga muvofiq, Institutning oʻz faoliyatidan olinadigan daromadlar;
xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlarining grantlari.
8. Institut Toshkent shahri, Mustaqillik prospekti, 66-uy manzili boʻyicha joylashtirilsin.
9. Belgilansinki, institut direktori buyrugʻi bilan ustav faoliyatidan hamda ajratilgan maqsadli budjet ajratmalaridan olinadigan daromadlar chegarasida Institut xodimlari ish haqlariga har oylik qoʻshimchalar belgilanishi mumkin.
10. Institut faoliyatini taʼminlash xarajatlari, shu jumladan, asosiy xorijiy kataloglar va nashrlarga obuna boʻlish, shuningdek, koʻrib chiqilayotgan loyihalarning mustaqil ekspertizadan oʻtkazish uchun mutaxassislarni jalb qilish loyihaning umumiy narxiga kiritilgan, koʻrsatilayotgan xizmatlar hisobidan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.08.00 Injenerlik xizmati]
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “OʻzInjiniring” Respublika loyiha institutining faoliyatini tashkil etish boʻyicha Komissiya tarkibi 2-ilovaga muvofiq tuzilsin.
Komissiya (A. Ramatov) Institut faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlasin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
ushbu qarordan kelib chiqadigan talablar va vazifalarni hisobga olgan holda Institut toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlasin;
Institutni zarur bilim va ish, jumladan DTIA/DTIH va TIA/TIHlarni tayyorlash va ishlab chiqish tajribasiga ega boʻlgan yuqori malakali mutaxassislar bilan butlasin.
13. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston elektroenergetika, neft va gazni qayta ishlash, kimyo va ogʻir sanoat davlat loyiha institutini tashkil etish toʻgʻrisida” 2006-yil 13-iyundagi PQ-377-sonli qarori;
(13-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar]
14. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “Davarxitektqurilish” davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot Jamgʻarmasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 14-mart,
PQ-2831-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi PQ-2831-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “OʻzInjiniring” Respublika loyiha institutining faoliyatini tashkil etish boʻyicha Komissiya
TARKIBI
O.J. Ramatov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi, Komissiya raisi
J.A. Qoʻchqorov
—
moliya vazirining birinchi oʻrinbosari
Sh.N. Fayzullayev
—
iqtisodiyot vaziri oʻrinbosari
B.M. Nizomov
—
mehnat vaziri oʻrinbosari
A.A. Usmonov
—
adliya vaziri oʻrinbosari
S.X. Gafarov
—
Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari
M.I. Shodiyev
—
Davarxitektqurilish raisi oʻrinbosari
Sh.A. Vafoyev
—
Oʻzbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi ijrochi direktori oʻrinbosari
A.S. Sultonov
—
“Oʻzbekneftgaz” MXK raisi
F.I. Salomov
—
“Oʻzbekenergo” AJ raisi
A.A. Abdullayev
—
“Oʻzkimyosanoat” AJ raisi
K.S. Sanaqulov
—
“Navoiy KMK” DK bosh direktori
U.D. Karimov
—
“Olmaliq KMK” AJ bosh direktori v.b.
A.S. Nurutdinov
—
“Oʻzmetkombinat” AJ bosh direktori
N.B. Husanov
—
Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari
I.R. Mahkamov
—
Vazirlar Mahkamasining ATD mudiri, Komissiya kotibi
Izoh: Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Komissiya ishiga tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari va mutaxassislari jalb etilishi mumkin.
LexUZ sharhi
2-ilova norasmiy tarjima.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 12-son, 183-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2018-y., 07/18/3557/0803-son, 06.03.2018-y., 06/20/5370/0975-son, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son, 28.08.2018-y., 06/20/5526/0983-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; 01.03.2025-y., 06/25/35/0204-son)