1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.06.00 Sanoat ishlab chiqarishni mahalliylashtirish]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
2017 — 2019-yillarda tayyor mahsulot turlari, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning istiqbolli loyihalarini amalga oshirishni davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Qayd etib o‘tilsinki, respublikada tayyor mahsulot turlari, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturi doirasida 2000-yildan buyon qiymati 5,5 mlrd AQSH dollaridan ortiqroq 2,8 mingdan ziyod mahalliylashtirish loyihalari amalga oshirildi, ilgari import bo‘yicha keltirilgan 4,8 mingdan ziyodroq yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. Natijada mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotining umumiy hajmida mahalliylashtirilgan mahsulotlar ulushi 20 foizdan ko‘proqni tashkil etadi.
Shu bilan birga ishlab chiqarish-texnik ahamiyatdagi mahsulotlar, iste’mol tovarlari va dori-darmon vositalarini mahalliy xom ashyo bazasidan keng ko‘lamda foydalangan holda mamlakatimiz korxonalarida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hisobiga shunday mahsulotlar importini qisqartirishning kattagina rezervlari mavjud.
Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini, shu jumladan respublikaning yirik korxonalari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, mahalliy xom ashyo resurslari negizida import o‘rnini bosadigan va ichki bozorni zarur iste’mol tovarlari, dori-darmon vositalari, ishlab chiqarish-texnik ahamiyatdagi mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar bilan to‘ldirishni ta’minlaydigan korxonalar barpo etish maqsadida:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.06.00 Sanoat ishlab chiqarishni mahalliylashtirish]
1. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari hamda boshqa manfaatdor davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2017 — 2019-yillarda tayyor mahsulot turlari, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturi (keyingi o‘rinlarda — mahalliylashtirish Dasturi) tasdiqlansin. Dastur quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
import o‘rnini bosadigan, eksportga yo‘naltirilgan va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil qilishni nazarda tutuvchi ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalari ro‘yxati 1-ilovaga* muvofiq;
2017 — 2019-yillarda mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari tomonidan o‘zlashtirilishi tavsiya etilayotgan tayyor mahsulot turlari, butlovchi buyumlar va materiallar ro‘yxati 2-ilovaga* muvofiq.
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi komplekslarining rahbarlari 1-ilovada ko‘rsatilgan manfaatdor vazirliklar, idoralar, xo‘jalik yurituvchi birlashmalar hamda mahalliylashtirish loyihalarining tashabbuskorlari bo‘lgan boshqa tashkilotlar bilan birgalikda:
bir oy muddatda ishlab chiqarishni tashkil etish va ushbu qaror bilan tasdiqlangan 2017-yilda mahalliylashtiriladigan mahsulotlar ishlab chiqarishning prognoz hajmlari bajarilishining tarmoq jadvallarini tasdiqlasin;
mahalliylashtirish Dasturiga kiritilgan ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalarining pasportlarini o‘rnatilgan tartibda tayyorlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 1-dekabrdagi PQ-1236-sonli qarori bilan tashkil qilingan tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallarni sanoat kooperatsiyasi asosida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturi amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha Maxsus idoralararo komissiyasiga (keyingi o‘rinlarda — Maxsus idoralararo komissiya) taqdim etilishini ta’minlasin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.12.00.00 Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunchilik va ijro organlari / 01.12.05.00 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang);
3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.10.00 Tadbirkorlar birlashmalari (uyushmalar, assotsiatsiyalar va b.) / 09.01.10.01 Savdo-sanoat palatasi]
3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi manfaatdor vazirliklar, idoralar, xo‘jalik yurituvchi birlashmalar, boshqa tashkilotlar, Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda:
bir oy muddatda 2-ilovada ko‘rsatilgan tayyor mahsulot turlari, butlovchi buyumlar va materiallarni o‘zlashtirish bo‘yicha tavsiyanomalar tadbirkorlik subyektlari va boshqa tashkilotlarga yetkazilishini;
mahalliylashtirish loyihalari pasportlarini ishlab chiqqan holda ularni mamlakatimiz korxonalarida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqilib, belgilangan tartibda Maxsus idoralararo komissiyaga kiritilishini ta’minlasinlar.
4. 2017-yilning 1-yanvaridan boshlab shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq mahalliylashtirish loyihalarini kiritish bo‘yicha takliflarni taqdim etish, shuningdek mahalliylashtirish Dasturiga tuzatishlar kiritish O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining rasmiy sayti bazasida yaratilgan “Mahalliylashtirish pasportlarini ishlab chiqish va ko‘rib chiqishning avtomatlashtirilgan tizimi” Dasturiy kompleksi orqali elektron shaklda ham amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.06.00 Sanoat ishlab chiqarishni mahalliylashtirish]
5. Belgilab qo‘yilsinki, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha mahalliylashtirish Dasturiga qo‘shimcha ravishda kiritiladigan loyihalar, shuningdek mahalliylashtirish Dasturida bo‘lib turish muddati uzaytiriladigan loyihalar bundan buyon quyidagi mezonlarga muvofiq kelishi kerak:
mahalliylashtirish Dasturiga kiritilgan paytdan boshlab birinchi yil ishlab chiqarilayotgan mahsulot bo‘yicha kamida 36 foiz, ikkinchi yili kamida 45 foiz va uchinchi yil kamida 50 foiz mahalliylashtirish darajasiga erishish, bunda mashinasozlik va metallni qayta ishlash mahsulotlari uchun tegishli ravishda 36 foiz, 40 foiz va 45 foizni tashkil etadi;
mahalliylashtirilgan mahsulot sotishdan tushgan sof tushumda eksport qilingan mahsulotning ulushi mahalliylashtirish Dasturiga kiritilgan paytdan boshlab ikkinchi yili kamida 20 foizni va uchinchi yili kamida 30 foizni tashkil etishi lozim.
Mazkur bandda ko‘rsatilgan mezonlar mahalliylashtirish darajasini kamida 36 foiz ta’minlayotgan respublikaning subvensiya oladigan tumanlari va shaharlarida amalga oshirilayotgan loyihalarga tatbiq qilinmaydi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi mahalliylashtirish Dasturini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, ushbu band orqali joriy etilayotgan mezonlarni qo‘llash shartlari va mexanizmi aniq belgilab qo‘yilishi nazarda tutilsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.03.00 Tijorat banklarining kreditlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.05 Chet el kreditlari va zayomlari. Xorijiy valyutada kreditlar]
6. Tijorat banklariga mahalliylashtirish Dasturiga kiritilgan tashkilotlarga mahalliylashtirish loyihalarini amalga oshirish, mahalliylashtirilayotgan mahsulotlar ishlab chiqarish uchun uskunalar, xom ashyo, butlovchi buyumlar va materiallar xarid qilishga kreditlar, shu jumladan xorijiy valyutada kreditlar ajratib berish tavsiya etilsin.
7. Mazkur qarorning 1-ilovasiga kiritilgan tashkilotlar mahalliylashtirish loyihalari belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazilgandan keyin Maxsus idoralararo komissiyaning qaroriga binoan 2018-yil 1-aprelgacha:
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-apreldagi PF-5398-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2018-y., 06/18/5398/1004-son)
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar]
mahalliylashtirilayotgan mahsulotlar ishlab chiqarish texnologik jarayonida foydalaniladigan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan texnologik uskuna va ularning ehtiyot qismlarini, shuningdek komponentlar olib kirganlik uchun bojxona to‘lovlari to‘lashdan (bojxonada rasmiylashtirish uchun yig‘imlar bundan mustasno);
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha imtiyozlar hamda preferensiyalar]
mahalliylashtirish loyihalari bo‘yicha ishlab chiqarilgan mahsulot qismida yuridik shaxslarning foyda solig‘i, yagona soliq to‘lovi (soliq to‘lashning soddalashtirilgan tizimini qo‘llaydigan subyektlar uchun) to‘lashdan;
mahalliylashtirilgan mahsulot ishlab chiqarish uchun foydalanilayotgan asosiy ishlab chiqarish fondlari qismida mol-mulk solig‘i to‘lashdan ozod qilinsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 26-dekabr,
PQ-2698-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 8-son, 111-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.09.2017-y., 07/17/3280/0007-son, 05.10.2017-y., 07/17/3310/0065-son; 20.03.2018-y., 06/20/5383/0980-son; 05.04.2018-y., 06/18/5398/1004-son; 23.02.2019-y., 06/19/5668/2652-son)