Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining budjetdan tashqari mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida Nizomni tasdiqlash haqida” 2013-yil 7-dekabrdagi 322-son qaroriga oʻzgartirish kiritish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-iyuldagi 609-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 20-oktabrdagi PQ-2637-son qarorini hamda Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2016-yil 24-noyabrdagi 394-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining budjetdan tashqari mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida Nizomni tasdiqlash haqida” 2013-yil 7-dekabrdagi 322-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 12-son, 87-modda) 1-ilovaga muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligiga ilgari belgilangan limitga qoʻshimcha ravishda 1 ta biriktirilgan xizmat avtotransporti saqlash uchun limit ajratsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 15-fevral,
81-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-fevraldagi 81-son qaroriga 1-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining budjetdan tashqari mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida Nizomni tasdiqlash haqida” 2013-yil 7-dekabrdagi 322-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish
“2. Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligiga, istisno tariqasida, “Intellektual mulk sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish oʻquv markazi” davlat unitar korxonasi bilan uning ustaviga muvofiq korxona tomonidan ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish yuzasidan toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar tuzishiga ruxsat etilsin.
3. Belgilansinki, “Intellektual mulk sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish oʻquv markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan bajariladigan ishlar va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymati baholash tashkilotlari tomonidan aniqlanadi”.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-fevraldagi 81-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining “Intellektual mulk toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2011-yil 26-dekabrdagi OʻRQ–312-sonli Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 15-martdagi 72-son qaroriga 3-ilovaning 10-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 3-son, 18-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va davlat xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq tartibotlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 15-apreldagi PQ–2164-son qarori)” 2014-yil 17-iyuldagi 196-son qaroriga 1-ilovaning 37-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 7-son, 73-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tuzilmasini yanada takomillashtirish va boshqaruv xodimlari sonini optimallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 18-dekabrdagi PQ–2450-son qarori)” 2016-yil 5-maydagi 140-son qaroriga ilovaning 2-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 5-son, 37-modda).
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 7-son, 98-modda)