1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.08.00 Sanoat chiqindilari. Ikkilamchi xomashyo;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish;
2.Iqtisodiyot / Sanoat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Ishlatilgan texnik moylarni topshirish, toʻplash, ular uchun hisob-kitob qilish, ularni saqlash va tashish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Ishlatilgan texnik moylarni toʻplash va qayta ishlash ishlarini samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Uz-Ecoprotect” MChJ va “Uz-Prista Recycling” MChJ qoʻshma korxonalari muassislarining umumiy yigʻilishlarida ishlatilgan texnik moylarni toʻplash, saqlash va qayta ishlash mexanizmini takomillashtirish maqsadida “Uz-Ecoprotect” MChJ qoʻshma korxonasini “Uz-Prista Recycling” MChJ qoʻshma korxonasiga qoʻshish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 4-sentabrdagi 258-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 9-son, 62-modda) bilan tasdiqlangan Ishlatilgan texnik moylarni topshirish, toʻplash, ular uchun hisob-kitob qilish, ularni saqlash va tashish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 14-fevral,
78-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-fevraldagi 78-son qaroriga ILOVA
Ishlatilgan texnik moylarni topshirish, toʻplash, ular uchun hisob-kitob qilish, ularni saqlash va tashish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
“ishlatilgan texnik moylarni toʻplash va qayta ishlash tashkiloti — ishlatilgan texnik moylarni toʻplash, saqlash va tashish uchun zarur infratuzilmaga, shuningdek ularni qayta ishlash uchun zarur quvvatlar va texnologiyalarga ega boʻlgan tashkilot”;
toʻrtinchi xatboshidagi “ishlatilgan texnik moylarni toʻplash” soʻzlari “ishlatilgan texnik moylarni toʻplash va qayta ishlash” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. 9-bandning beshinchi xatboshidagi “ITMni toʻplash faoliyatini amalga oshiruvchi maxsus tashkilotlardan” soʻzlari “texnik moylarni almashtirish punktlari va ITMni toʻplash maxsus punktlaridan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3. 10-banddagi, 13-bandning ikkinchi, toʻrtinchi va beshinchi xatboshilardagi “ishlatilgan texnik moylarni toʻplash” soʻzlari “ishlatilgan texnik moylarni toʻplash va qayta ishlash” soʻzlari bilan almashtirilsin.
birinchi xatboshidagi “ishlatilgan texnik moylarni toʻplash” soʻzlari “ishlatilgan texnik moylarni toʻplash va qayta ishlash” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PQ-436-son qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 07/22/436/1061-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 7-son, 96-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 07/22/436/1061-son)