1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.08.00.00 Bojxona rasmiylashtiruvi]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
Bojxona kirim orderining shakli va uni toʻldirish qoidalarini tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 3-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2856]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 22-maydagi 125-sonli “Bojxona kirim orderining shakli va uni toʻldirish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3525, 04.07.2024-y.) asosan 2024-yil 6-oktabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Bojxona kirim orderining shakli va uni toʻldirish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Rais M. TOXIRIY
Toshkent sh.,
2017-yil 16-yanvar,
01-02/8-1-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2017-yil 16-yanvardagi 01-02/8-1-son qaroriga ILOVA
Bojxona kirim orderining shakli va uni toʻldirish
QOIDALARI
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga muvofiq bojxona kirim orderining shakli va uni toʻldirish qoidalarini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona kirim orderi avtomatlashtirilgan axborot tizimi (bundan buyon matnda — dastur deb yuritiladi) — bojxona kirim orderini elektron tarzda shakllantirish va ushbu hujjat asosida undirilgan bojxona toʻlovlarini hisobga olish uchun moʻljallangan axborot tizimi.
Bojxona kirim orderi (bundan buyon matnda BKO deb yuritiladi) — bojxona toʻlovlarini toʻlovchi shaxs tomonidan taqdim qilingan hujjatlar asosida bojxona xodimi tomonidan dasturda rasmiylashtiriladigan elektron hamda dastur orqali chop etiladigan qogʻoz shakldagi hujjat.
jismoniy shaxslar tomonidan qoʻl yukida yoki kuzatib borilayotgan bagajida olib oʻtilayotgan tovarlarning, shuningdek xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarida yuborilayotgan shunday tovarlarning qiymati va (yoki) miqdori qonun hujjatlarida belgilangan tovarlarni olib kirishning bojxona toʻlovlari undirilmaydigan cheklangan meʼyoridan oshganda, ortiqcha qismiga bojxona toʻlovlarini undirilishida;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2018-yil 1-martdagi 01-02/12-23-sonli (roʻyxat raqami 2856-1, 09.03.2018-y.) qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.03.2018-y., 10/18/2856-1/0873-son)
tovarlar jismoniy shaxsning manziliga kelib tushganda (xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari bundan mustasno) bojxona toʻlovlari olib kirilayotgan tovarlarning butun summasidan, tovarlarni olib kirishning bojxona toʻlovlari undirilmaydigan cheklangan meʼyori qoʻllanilmagan holda undirilishida;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2018-yil 1-martdagi 01-02/12-23-sonli (roʻyxat raqami 2856-1, 09.03.2018-y.) qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.03.2018-y., 10/18/2856-1/0873-son)
yuridik shaxslarning manziliga xalqaro pochta va xalqaro kuryerlik joʻnatmalarida yuboriladigan, qiymati bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravarigacha boʻlgan miqdordagi tovarlar uchun bojxona toʻlovlari undirilishida;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2019-yil 8-iyuldagi 01-02/8-43-sonli (roʻyxat raqami 2856-2, 15.07.2019-y.) qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2019-y., 10/19/2856-2/3427-son — 2019-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)
2-bob. BKOni rasmiylashtirishning umumiy shartlari
3. Bir turdagi tovarni deklaratsiyalashda mazkur Qoidalarning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi BKOning asosiy varagʻidan, ikki yoki undan ortiq turdagi tovarlarni deklaratsiyalashda BKOning asosiy varagʻidan hamda mazkur Qoidalarning 2-ilovaga muvofiq shakldagi BKOning qoʻshimcha varagʻidan foydalaniladi.
4. Dastur texnik sabablarga koʻra vaqtincha ishlamagan hollarda bojxona xodimi tomonidan BKO qogʻoz shaklida rasmiylashtiriladi va keyinchalik dasturga kiritiladi.
5. BKOning asosiy varagʻida bitta tovar toʻgʻrisida, qoʻshimcha varagʻida esa koʻpi bilan uchta tovar toʻgʻrisida maʼlumotlar koʻrsatilishi mumkin (bir vaqtning oʻzida asosiy varaqqa koʻpi bilan 33 ta qoʻshimcha varaq ilova qilinishi mumkin).
6. BKOning qoʻshimcha varagʻida uchtadan kam tovar deklaratsiyalanayotgan boʻlsa, toʻldirilmagan qismidagi “tovarning nomi” grafasida diagonal chiziq tortiladi.
7. BKO bojxona toʻlovlarini toʻlovchi shaxs taqdim qilgan hujjatlardagi maʼlumotlar asosida bojxona xodimi tomonidan elektron tarzida rasmiylashtirilib, roʻyxatga olinadi va ikki nusxada chop etiladi hamda bojxona xodimining shaxsiy muhri va imzosi bilan tasdiqlanadi. BKOning birinchi nusxasi unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga bojxona kompleksi yoki postida saqlanadi, ikkinchi nusxasi bojxona toʻlovlarini toʻlagan shaxsga topshiriladi (yuboriladi).
8. BKO asosida tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi bojxona organlarining axborot tizimidagi toʻlovchining shaxsiy hisobvaragʻi boʻyicha bojxona toʻlovlari toʻlanganligi toʻgʻrisidagi xizmat koʻrsatuvchi banklar (gʻaznachiliklar) tomonidan taqdim etiladigan maʼlumotlar mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi. Bojxona toʻlovlari bojxona kompleksi yoki postidagi bank kassasiga toʻlangan taqdirda bojxona toʻlovlari toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat bojxona xodimiga taqdim qilingandan soʻng BKOni rasmiylashtirish amalga oshiriladi.
Grafaning birinchi boʻlmasida varaqning tartib raqami, ikkinchi boʻlmasida taqdim etilayotgan BKO varaqlarining umumiy soni (asosiy va qoʻshimcha varaqlari yigʻindisi) koʻrsatiladi.
Masalan, agar BKO ikkita qoʻshimcha varaqlarga ega boʻlsa BKOning asosiy varagʻida “1/3”; birinchi qoʻshimcha varagʻida “2/3”; ikkinchi qoʻshimcha varagʻida esa “3/3” koʻrsatiladi. Agar BKO qoʻshimcha varaqlarga ega boʻlmasa “1/1” koʻrsatiladi.
3) 3-grafa. “BKO roʻyxat raqami”.
BKO roʻyxat raqami quyidagi boʻlmalarda koʻrsatiladi:
birinchi boʻlmada Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning (bundan buyon matnda Yoʻriqnoma deb yuritiladi) (roʻyxat raqami 2773, 2016-yil 6-aprel) 4-ilovasiga muvofiq BKOni rasmiylashtirishni amalga oshiradigan bojxona kompleksi yoki postining beshta raqamli kodi;
ikkinchi boʻlmada BKO rasmiylashtirilgan kun, oy, yil;
uchinchi boʻlmada dastur tomonidan avtomatik tarzda beriladigan tartib raqam koʻrsatiladi.
Masalan: 27001/01.01.2016/0000001.
4) 4-grafa. “Toʻlovchi/moliya va bank maʼlumotlari”.
Grafaning birinchi qismida bojxona toʻlovlarini toʻlovchi shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumot koʻrsatiladi.
Agarda toʻlovchi jismoniy shaxs boʻlsa, u holda grafada uning familiyasi, ismi, otasining ismi, doimiy roʻyxatdan oʻtgan manzili, shaxsni tasdiqlovchi hujjat haqidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Agarda toʻlovchi yuridik shaxs boʻlsa, uning nomi va joylashgan joyi (yuridik manzili) koʻrsatiladi.
Grafaning ikkinchi qismida:
a) toʻlovchining STIRi koʻrsatiladi. Agar toʻlovchining STIRi boʻlmasa 999999991 raqami koʻrsatiladi, bundan yuridik shaxs va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxslar mustasno;
b) toʻlovni qabul qilib olgan bankning MFOsi/bankning toʻliq nomi;
v) toʻlovchining Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasidagi hisobvaragʻi raqami koʻrsatiladi. Bunda bojxona toʻlovlari toʻlovchi jismoniy shaxs boʻlsa, ushbu ustun toʻldirilmaydi.
5) 5-grafa. “Tovarning umumiy bojxona qiymati (AQSh doll.)”.
Deklaratsiyalanayotgan tovarlarning AQSh dollaridagi umumiy bojxona qiymati koʻrsatiladi. Bunda tovarlarning umumiy bojxona qiymati bir nechta tovarlarning bojxona qiymatlari yigʻindisidan tashkil topadi.
6) 6-grafa. “AQSh dollari kursi”.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan, BKO rasmiylashtirilgan kundagi AQSh dollarining Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasiga nisbatan kursi koʻrsatiladi.
7) 7-grafa. “Tovar kodi”.
Grafada deklaratsiyalanayotgan tovarning Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatining Tovar nomenklaturasiga (bundan buyon matnda TIF TN deb yuritiladi) muvofiq toʻliq kodi koʻrsatiladi. Ushbu kod boʻsh joysiz (probelsiz) va boshqa ajratuvchi belgilarsiz yoziladi.
8) 8-grafa. “Brutto ogʻirlik (kg)”.
Grafada deklaratsiyalanayotgan tovarning kilogrammdagi brutto ogʻirligi koʻrsatiladi. Bunda tovarning brutto ogʻirligiga uning barcha turdagi oʻramlari bilan birgalikdagi ogʻirligi kiradi.
Agar tovarning umumiy ogʻirligi bir kilogrammdan kam boʻlsa, brutto ogʻirligi verguldan keyingi uch belgigacha aniqlikda koʻrsatiladi.
9) 9-grafa. “Miqdori”.
Grafada deklaratsiyalanayotgan tovarning TIF TNda keltirilgan Oʻlchov birliklari jadvaliga muvofiq tovarning miqdori koʻrsatiladi.
10) 10-grafa. “Netto ogʻirlik (kg)”.
Grafada deklaratsiyalanayotgan tovarning kilogrammdagi netto ogʻirligi koʻrsatiladi. Bunda tovarning netto ogʻirligiga uning faqat birlamchi qadogʻini hisobga olgan holdagi ogʻirligi, yaʼni tovarning isteʼmol xususiyatlaridan kelib chiqqan holda shunday qadoqda chakana savdoga chiqarilgan va (yoki) tovarni sotishda uning saqlanishini taʼminlaydigan birlamchi qadoqni tovarning isteʼmol xususiyatlarini buzmagan holda, tovarni isteʼmol qilgunga qadar undan ajratib boʻlmaydigan qismi bilan birgalikdagi ogʻirligi kiradi.
Agar tovarning umumiy ogʻirligi bir kilogrammdan kam boʻlsa, netto ogʻirligi verguldan keyingi uch belgigacha aniqlikda koʻrsatiladi.
11) 11-grafa. “Tovar nomi”.
Grafada deklaratsiyalanayotgan tovar haqida maʼlumotlar, yaʼni tovarning nomi (savdo, tijorat yoki boshqa anʼanaviy nomi), tovar belgilari, markalari, modellari, boshqa texnik va tijorat tavsiflari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Agarda BKO tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvi bilan bogʻliq boʻlmagan hollarda qoʻllanilsa, ushbu grafada holat aks ettiriladi.
Masalan, avtotransport vositasini bojxona kuzatuviga olganlik uchun bojxona yigʻimlarini undirish maqsadida BKO toʻldirilsa, unda avtotransport vositasi toʻgʻrisidagi maʼlumot va uning soni koʻrsatiladi.
12) 12-grafa. “Tovar №”.
Grafada deklaratsiyalanayotgan tovarning tartib raqami koʻrsatiladi. Bitta turdagi tovar deklaratsiyalanayotgan boʻlsa, grafada “1” raqami koʻrsatiladi. Bittadan ortiq turdagi tovarlar deklaratsiyalangan boʻlsa raqamlar ketma-ketlikda koʻrsatiladi, yaʼni 1,2,3...100.
13) 13-grafa. “Bojxona qiymati (AQSh doll.)”.
Grafada deklaratsiyalanayotgan tovarning AQSh dollaridagi bojxona qiymati koʻrsatiladi. Bunda tovarning bojxona qiymati Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 164-moddasi va 169-moddasining beshinchi qismi talablariga muvofiq bojxona xodimi tomonidan aniqlanadi.
14) 14-grafa. “Joʻnatuvchi mamlakat nomi”.
Grafada Yoʻriqnomaning 5-ilovasiga muvofiq tovarlar joʻnatilgan mamlakatning qisqa nomi koʻrsatiladi.
15) 15-grafa. “Joʻnatuvchi mamlakat kodi”.
Grafada Yoʻriqnomaning 5-ilovasiga muvofiq tovarlar joʻnatilgan mamlakatning raqamli kodi koʻrsatiladi.
16) 16-grafa. “Kelib chiqish mamlakati nomi”.
Grafada Yoʻriqnomaning 5-ilovasiga muvofiq tovar kelib chiqish mamlakatining qisqa nomi koʻrsatiladi.
Agarda BKOni toʻldirishda tovarning kelib chiqish mamlakati nomaʼlum boʻlsa, grafada “nomaʼlum” deb koʻrsatiladi.
17) 17-grafa “Kelib chiqish mamlakati kodi”.
Grafada Yoʻriqnomaning 5-ilovasiga muvofiq kelib chiqish mamlakatining raqamli kodi koʻrsatiladi.
Agarda BKOni toʻldirishda tovarning kelib chiqish mamlakati nomaʼlum boʻlsa, “000” kodi qoʻyiladi.
Agar tovarni kelib chiqish sertifikatida Yevropa ittifoqining aniq mamlakati koʻrsatilmagan boʻlib, tovarning kelib chiqish mamlakati sifatida Yevropa ittifoqi koʻrsatilgan boʻlsa, lotin harflari bilan ikki harfdan iborat “EU” kodi qoʻyiladi.
Grafada BKO toʻldirishga asos boʻladigan hujjatlar:
a) cheklar, kvitansiyalar, hisobvaraq-faktura (invoys) Umumjahon pochta ittifoqining hujjatlarida nazarda tutilgan hujjatlar va boshqa tijorat hujjatlari (masalan, INV № 005 05.01.2016-y.);
b) tovarlarni bojxona hududiga olib kiriladigan joygacha yetkazib berish xarajatlarini tasdiqlovchi hujjatlar;
v) boshqa hujjatlar (tovarning kelib chiqish sertifikati raqami va sanasi, shaxs tomonidan maʼlum qilingan tovarlarning qiymati boʻyicha maʼlumoti);
g) deklaratsiyalanayotgan tovarga normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan holatlarda, boshqa vakolatli organlar tomonidan taqdim etiladigan ruxsatnomalar, xulosalar va boshqa hujjatlarning roʻyxat raqami va berilgan sanasi (masalan, SST № UZ.SMT.01.065.1783700, 15.10.2015-y., FTSS № 431771, 04.11.2015-y.).
19) 19-grafa. “Bojxona toʻlovlarining hisobi”.
Grafada bojxona toʻlovlari summasini hisoblash BKO asosiy varagʻi va qoʻshimcha varaqlarining 11-grafalarida koʻrsatilgan har bir tovar boʻyicha alohida amalga oshiriladi, bundan BKOning asosiy varagʻida koʻrsatiladigan bojxona rasmiylashtiruvi uchun undiriladigan yigʻimlar mustasno.
“Hisoblash asosi” ustunida bojxona toʻlovini hisoblashning asosi koʻrsatiladi. Bunda hisoblash asosi Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida koʻrsatiladi;
“Stavka” ustunida bojxona toʻlovi summasini hisoblashda qoʻllaniladigan bojxona toʻlovlari stavkasining belgilangan miqdori koʻrsatiladi;
“Summa” ustunida bojxona toʻlovining Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasi soʻmda hisoblangan summasi koʻrsatiladi;
“Toʻlov usuli” ustunida toʻlangan bojxona toʻlovlari qay tarzda toʻlanganligi koʻrsatilgan holda ikki belgili harfli kod bilan koʻrsatiladi:
“BN” — bank orqali naqd pulsiz hisob-kitob;
“KT” — bojxona toʻlovlari summasini naqd pul bilan toʻlash.
“Hisob-kitob tafsiloti” ustunida BKOning asosiy va qoʻshimcha varaqlari boʻyicha toʻlov kodi va undiriladigan umumiy bojxona toʻlovlari summasi turi boʻyicha hamda ularning yigʻindisi, yaʼni toʻlanadigan bojxona toʻlovlari umumiy summasi “Jami” degan yozuvdan keyin koʻrsatiladi.
20) 20-grafa. “Bojxona organi belgisi”.
Qogʻoz shakldagi BKO bojxona xodimi tomonidan uning imzosi, shaxsiy raqamli muhri, elektron shakldagi BKO esa, bojxona xodimining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
11. Toʻlov qabul qiluvchi va toʻlovchi tomonidan grafalarning tasdiqlanishi:
1) 21-grafa. “Toʻlov qabul qiluvchi imzosi va muhri”.
Bojxona toʻlovlari bojxona kompleksi yoki postidagi bank kassasiga toʻlangan taqdirda grafada bank kassasi masʼul xodimining familiyasi, ismi, otasining ismi koʻrsatiladi va uning imzosi hamda bank kassasi muhri bilan tasdiqlanadi.
15. Rasmiylashtirilgan BKOning bir nusxasi va unga ilova qilingan hujjatlar, shu jumladan uning dasturdagi elektron shakli tovarlar bojxona nazorati ostida turgan tovar maqomini yoʻqotgan yildan keyingi yildan eʼtiboran bojxona kompleksi yoki bojxona postida uch yil davomida saqlanadi.