|
Qoraqalpogʻiston Respublikasi | |
|
1. |
Qonlikoʻl |
|
2. |
Qoraoʻzak |
|
3. |
Kegeyli |
|
4. |
Qoʻngʻirot |
|
5. |
Moʻynoq |
|
6. |
Taxtakoʻpir |
|
7. |
Chimboy |
|
8. |
Shumanay |
|
Andijon viloyati | |
|
1. |
Buloqboshi |
|
2. |
Ulugʻnor |
|
3. |
Xonobod shahri |
|
Buxoro viloyati | |
|
1. |
Olot |
|
2. |
Qorakoʻl |
|
3. |
Qorovulbozor |
|
4. |
Peshku |
|
5. |
Romitan |
|
Jizzax viloyati | |
|
1. |
Arnasoy |
|
2. |
Baxmal |
|
3. |
Gʻallaorol |
|
4. |
Zomin |
|
5. |
Zarbdor |
|
6. |
Zafarobod |
|
7. |
Forish |
|
8. |
Yangiobod |
|
Qashqadaryo viloyati | |
|
1. |
Dehqonobod |
|
2. |
Mirishkor |
|
3. |
Muborak |
|
4. |
Nishon |
|
5. |
Chiroqchi |
|
Namangan viloyati | |
|
1. |
Kosonsoy |
|
2. |
Mingbuloq |
|
3. |
Norin |
|
4. |
Yangiqoʻrgʻon |
|
Navoiy viloyati | |
|
1. |
Konimex |
|
2. |
Nurota |
|
3. |
Tomdi |
|
4. |
Uchquduq |
|
Sirdaryo viloyati | |
|
1. |
Xovos |
|
Samarqand viloyati | |
|
1. |
Qoʻshrabot |
|
2. |
Nurobod |
|
3. |
Paxtachi |
|
4. |
Urgut |
|
Surxondaryo viloyati | |
|
1. |
Boysun |
|
2. |
Qiziriq |
|
3. |
Muzrabot |
|
4. |
Sariosiyo |
|
5. |
Uzun |
|
6. |
Shoʻrchi |
|
Toshkent viloyati | |
|
1. |
Boʻstonliq |
|
2. |
Boʻka |
|
3. |
Pskent |
|
Fargʻona viloyati | |
|
Beshariq | |
|
2. |
Soʻx |
|
3. |
Yozyovon |
|
Xorazm viloyati | |
|
1. |
Hazorasp |
|
2. |
Shovot |
|
3. |
Yangiariq |
|
4. |
Yangibozor |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni toʻlash mexanizmini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorida pensionerlar, talabalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli va samarali himoya qilish, ular Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududida xarid qiladigan tovar va xizmatlar uchun toʻlovlarni toʻsiqlarsiz amalga oshirishi uchun qulay sharoitlar yaratishga doir qatʼiy choralar belgilangan.
Mazkur qaror mamlakatimiz hududlarida ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar toʻlashdagi mavjud ahvolni tanqidiy tahlil qilish natijasida qabul qilindi. Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga kelayotgan murojaatlar tahlili ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni oʻz vaqtida toʻlamaslik, toʻlovlarni plastik kartochkalarga naqdsiz shaklda asossiz ravishda oʻtkazish holatlari koʻpaygani hamda toʻlov terminallari va bank apparatlari tizimi yetarli darajada rivojlanmaganini koʻrsatmoqda.
2016-yil 27-sentabrda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi ishga tushganidan buyon 7 mingdan ortiq shunday mazmundagi murojaatlar kelib tushgan.
Ushbu salbiy holatlarga barham berish maqsadida qarorda 2017-yil fevral oyidan boshlab:
birinchidan, barcha turdagi pensiyalarni toʻlash hech qanday cheklovlarsiz toʻliq hajmda naqd shaklda amalga oshirilishi;
ikkinchidan, 58 togʻli va olis tumanlarda joylashgan budjet tashkilotlari xodimlariga ish haqi toʻlash, shuningdek, ushbu tumanlar aholisiga ijtimoiy toʻlovlar ham hech qanday cheklovlarsiz toʻliq hajmda naqd shaklda amalga oshirilishi;
uchinchidan, oliy oʻquv yurtlari talabalariga stipendiya toʻlash 50 foizdan kam boʻlmagan miqdorda naqd shaklda amalga oshirilishi belgilangan.
Shu bilan birga, Moliya vazirligi, Pensiya jamgʻarmasi va pochta xizmati tashkilotlariga pensiyalarning uzluksiz, tegishli oyning 27 sanasidan kechiktirmay toʻlanishini taʼminlashga doir qatʼiy topshiriq berilgan.
Bundan tashqari, hududlarda shakllangan ish haqini naqd shaklda hamda plastik kartalarga oʻtkazish yoʻli bilan toʻlashdagi nisbatlar tanqidiy qayta koʻrib chiqiladi. Bu jarayonda odamlar oʻz ish haqidan foydalanishda muammolarga duch kelmasligi va oʻzlariga kerakli tovar va xizmatlarni erkin xarid qilishlari uchun mavjud toʻlov terminallari infratuzilmasi hisobga olinadi.
Markaziy bank tijorat banklarining ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar hamda ularga tenglashtirilgan toʻlovlarni toʻlashda yoʻl qoʻyilayotgan qoidabuzarliklar va kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf etishga doir ishlarini tashkil etishi lozim. Birinchi talabga binoan pul mablagʻlari xoʻjalik yurituvchi subyektlar hisobvaraqlaridan hech qanday moneliksiz berilishini taʼminlashi zarur.
Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarning oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishi Bosh prokuratura tomonidan qatʼiy nazoratga olinadi. Shuningdek, Bosh prokuratura tijorat banklari mansabdor shaxslarining belgilangan tartibni buzganlik uchun javobgarlikka tortilishi toʻgʻrisidagi qonunchilik normalarining amalda qoʻllanilishini oʻrganadi.
Shu bilan bir qatorda, qarorda tijorat banklarini ish haqi, pensiyalar va boshqa ijtimoiy toʻlovlarni toʻlash uchun kerakli naqd pul mablagʻlari bilan taʼminlash maqsadida pul mablagʻlarining savdo va xizmat koʻrsatish sohasidan toʻliq va oʻz vaqtida tijorat banklari kassalariga topshirilishini taʼminlashga qaratilgan hamda bozor iqtisodiyoti tamoyillariga mos keladigan tizimli kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish koʻzda tutilgan.
Prezidentimiz qarori ijrosini taʼminlash ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar hamda ularga tenglashtirilgan toʻlovlarni amalga oshirish bilan bogʻliq vaziyatni tubdan yaxshilash va fuqarolarning oʻz pul mablagʻlarini oʻzlariga qulay shaklda olish boʻyicha qonuniy huquqlarini toʻla taʼminlashga xizmat qiladi.