Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasiga qisman oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-fevraldagi PF-5329-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasining takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini optimallashtirish, iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalarini amalga oshirish ishlari samaradorligini va natijadorligini oshirish maqsadida:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, Moliya vaziri — Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari kompleksining rahbari lavozimi;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Yoshlar siyosati, taʼlim, madaniyat va sport masalalari kompleksi rahbari lavozimi;
Yoshlar siyosati, taʼlim, madaniyat va sport masalalari axborot-tahlil departamenti;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Sogʻliqni saqlash, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari kompleksining rahbari lavozimi;
Sogʻliqni saqlash, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari axborot-tahlil departamenti;
Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamenti tugatilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tuzilmasiga quyidagi lavozimlar kiritilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, Moliya vaziri — Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish, hududlarni kompleks rivojlantirish, taʼlim va ilm-fan masalalari kompleksining rahbari;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksining rahbari;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksining rahbari.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati tuzilmasida:
Taʼlim va ilm-fan masalalari axborot-tahlil departamenti;
Yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamenti;
Sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamenti tashkil etilsin.
4. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yangilangan ijro etuvchi tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Taʼlim va ilm-fan masalalari axborot-tahlil departamentining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamentining tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
Sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamentining tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, Moliya vaziri hamda Bosh vazirning tegishli oʻrinbosarlari — Vazirlar Mahkamasi komplekslari rahbarlari yangidan kiritilayotgan lavozimlarning funksional vazifalari toʻgʻrisidagi Nizomlarni bir hafta muddatda tasdiqlash uchun kiritsinlar.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi (Abduqodirov R.V.):
bir hafta muddatda — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining shtatlar jadvaliga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin;
bir oy muddatda — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, Moliya vaziri va tegishli Bosh vazir oʻrinbosarlari bilan birgalikda tashkil etilgan axborot-tahlil departamentlarini chuqur maxsus bilimlarga ega boʻlgan va chet tillarini biladigan, departamentlarga yuklangan vazifalarning bajarilishini yuqori kasbiy darajada taʼminlashga qodir boʻlgan tajribali va malakali mutaxassislar bilan toʻldirish yuzasidan takliflar kiritsin;
bir oy muddatda — qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar yuzasidan tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini kiritsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2015-yil 23-iyuldagi PQ-2374-son qarorining:
1-bandi, 2-bandi (toʻrtinchi xatboshi bundan mustasno), 4-bandi;
1, 2, 3, 9-ilovalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, Moliya vaziri, Bosh vazir oʻrinbosarlari hamda Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 10-sentabr,
PQ-2584-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 10-sentabrdagi PQ-2584-sonli qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
ijro etuvchi tuzilmasi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 10-sentabrdagi PQ-2584-sonli qaroriga 2-ILOVA
Taʼlim va ilm-fan masalalari axborot-tahlil departamentining