1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.12.00 Geologiya;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.02.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish ustidan nazorat va boshqaruv. Foydali qazilmalarni qazib olish faoliyatini litsenziyalash]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Tabiiy resurslar / Er osti boyliklari]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining tuzilmasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi PQ-3004-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tizimida yagona geologiya xizmatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi boshqaruv tuzilmasini yanada takomillashtirish hamda uning faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining yangilangan tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga* muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi markaziy apparatining boshqaruv xodimlari cheklangan soni 52 nafardan iborat tuzilmasi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi markaziy apparatining tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy cheklangan soni doirasida oʻzgartishlar kiritish huquqi berilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari 3-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan meʼyoriy- huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 10-yanvar,
PQ-2723-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-yanvardagi PQ-2723-sonli qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Geologiya-razvedka ishlarini tashkil etish va olib borish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 27-avgustdagi PQ-1396-sonli qarorining 5-bandi va 2-ilovasi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi markaziy apparati tuzilmasiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” 2011-yil 12-maydagi PQ-1530-sonli qarori.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 2-son, 32-modda)