1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.16.00 Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.02.00 Protsess ishtirokchilari, ularning huquq va majburiyatlari. Sud ish yurituvida qatnashishga monelik qiladigan holatlar. Rad qilishlar;
3.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.05.00.00 Fuqarolik protsessual qonunchiligi / 17.05.01.00 Umumiy masalalar;
4.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.06.00.00 Iqtisodiy protsessual qonunchilik / 17.06.01.00 Umumiy qoidalar;
5.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Fuqarolik va xoʻjalik sud ish yurituvi;
2.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jinoyat-protsessual qonunchilik]
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining
Qarori
Sudga kelishdan bosh tortgan shaxslarni majburiy keltirish boʻyicha sud topshiriqlarini ijro etish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 12-bandiga oʻzgartish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 5-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1654-1]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 29-dekabrdagi 584-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1654-2, 29.12.2018-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2018-y., 10/18/1654-2/2418-son)
“Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligining 2007-yil 12-yanvardagi 2/1, 2-son qarori (roʻyxat raqami 1654, 2007-yil 15-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 3-son, 30-modda) bilan tasdiqlangan Sudga kelishdan bosh tortgan shaxslarni majburiy keltirish boʻyicha sud topshiriqlarini ijro etish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 12-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Qonuniy talablarga qarshilik koʻrsatilganda yoki ashaddiy boʻysunmaslik holatlarida ichki ishlar organlari xodimlari “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq jismoniy kuch, maxsus vosita va oʻqotar qurolni qoʻllash huquqiga ega. Mazkur holda bayonnoma tuziladi va unda huquqbuzarlikning xususiyati, vaqti va joyi hamda shaxsga nisbatan qoʻllanilgan choralar koʻrsatiladi. Bayonnoma qonunda nazarda tutilgan choralar qoʻllanilganligi toʻgʻrisidagi bildirgi bilan birga ichki ishlar organi boʻlim boshligʻiga taqdim etiladi. Bu haqda ajrimi boʻyicha majburiy keltirish amalga oshirilgan sudya xabardor qilinadi.
Jismoniy kuch ishlatilganligi va maxsus vositalar qoʻllanilganligi natijasida jismoniy yoxud yuridik shaxslarning hayotiga, sogʻligʻiga yoki mol-mulkiga zarar yetkazilgan har bir holat haqida, shuningdek oʻqotar qurol qoʻllanilgan barcha hollar toʻgʻrisida prokurorga darhol xabar beriladi”.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror 2017-yil 17-martdan kuchga kiradi.
Adliya vaziri M. IKRAMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 28-dekabr,
6-son
Ichki ishlar vaziri A. AXMEDBAYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 28-dekabr,
43-son
Kelishilgan:
Oliy sud raisi Sh. GAZIYEV
2016-yil 20-dekabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 1-son, 23-modda)