1.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida” 2010-yil 5-avgustdagi 169-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-iyuldagi 383-sonli “O‘zbekiston Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2025-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Avtomobil yo‘llaridan foydalanuvchilar uchun qulayliklar yaratish hamda transport vositalarining xavfsiz harakatlanishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida” 2010-yil 5-avgustdagi 169-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 32-son, 270-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2016-yil 30-dekabr,
420-son
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 30-dekabrdagi 420-son qaroriga ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida” 2010-yil 5-avgustdagi 169-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar