1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Chet el investitsiyalari. Konsessiya shartnomalari. Xorijdan mablag‘ jalb qilish. Erkin iqtisodiy zonalar]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016-yil 26-oktabrdagi PF-4853-son Farmonini ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-yanvardagi 29-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2018-y., 09/18/29/0587-son)
Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga* muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2016-yil 29-dekabr,
418-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 1-son, 12-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2018-y., 09/18/29/0587-son)