1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika qurilish materiallari sanoatini boshqarishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 25-oktabrdagi PQ-2641-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika qurilish materiallari sanoatini boshqarishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 25-oktabrdagi PQ–2641-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvining raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2016-yil 22-dekabr,
412-son
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-dekabrdagi 412-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 2003-yil 21-avgustdagi 361-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 8-son, 74-modda) 7-ilovadagi “E.M.Akramov — “Oʻzqurilishmateriallari” AK raisi” soʻzlari “B.K.Zaripov — “Oʻzqurilishmateriallari” AK raisi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Qurilish sohasidagi menejerlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazini tashkil etish toʻgʻrisida” 2003-yil 22-sentabrdagi 408-son qaroriga ilovadagi “E.M. Akramov — “Oʻzqurilishmateriallari” AK raisi” soʻzlari “B.K. Zaripov — “Oʻzqurilishmateriallari” AK raisi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Qurilish sohasida islohotlarning amalga oshirilishi monitoringi va faoliyatni litsenziyalash boʻyicha Respublika komissiyasi tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2004-yil 14-apreldagi 181-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 15-son, 177-modda) 1-ilovadagi “E.M. Akramov — “Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi raisi” soʻzlari “B.K. Zaripov — “Oʻzqurilishmateriallari” AJ raisi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Respublika komissiya va kengashlari tarkibini tasdiqlash haqida” 2004-yil 26-iyuldagi 358-son qaroriga 13-ilovaning rus tilidagi matnidagi “S.K. Ergeshev — “Oʻzqurilishmateriallari” AK raisi” soʻzlari “A.A. Maxamadiyev — “Oʻzqurilishmateriallari” AJ raisining oʻrinbosari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 28-iyundagi 124-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 6-son, 46-modda) bilan tasdiqlangan Moddiy balanslarni ishlab chiqish va tasdiqlash uchun kiritish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga ilova 34-bandining birinchi xatboshidagi “AK” abbreviaturasi “AJ” abbreviaturasi bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuridik va jismoniy shaxslar bilan oʻzaro hamkorligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 23-avgustdagi 181-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 8-son, 50-modda) 2-ilovaning “Bajarish uchun masʼullar” ustunining 136 va 137-pozitsiyalaridagi “Aksiyadorlik kompaniyasi” soʻzlari “Aksiyadorlik jamiyati” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 25-iyundagi 142-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 26-27-son, 252-modda) bilan tasdiqlangan Qattiq foydali qazilmalar konlarini xatlovdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 10-bandi birinchi xatboshidagi “Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi” soʻzlari “Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik jamiyati” soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining “Ikkilamchi qogʻoz chiqindilarini toʻplash, tayyorlash va qayta ishlash uchun yetkazib berish tizimini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 16-martdagi 70-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 12-son, 131-modda) ilovadagi “E.M. Akramov — “Oʻzqurilishmateriallari” AK raisi” soʻzlari “B.K. Zaripov — “Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik jamiyati raisi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat bankining faoliyatini tashkil etish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 31-martdagi 90-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 14-son, 159-modda):
a) 2-bandning uchinchi xatboshidagi “aksiyadorlik kompaniyasi” soʻzlari “aksiyadorlik jamiyati” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovadagi “E.M. Akramov — “Oʻzqurilishmateriallari” AK raisi” soʻzlari “B.K. Zaripov — “Oʻzqurilishmateriallari” AJ raisi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
10. Vazirlar Mahkamasining “Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portaliga axborotlarni taqdim etish va joylashtirish tartibi toʻgʻrisida” 2009-yil 21-apreldagi 116-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 30-modda) 1-ilovaning “Masʼullar” ustuni 38-pozitsiyasidagi “AK” abbreviaturasi “AJ” abbreviaturasi bilan almashtirilsin.
11. Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlarning, shuningdek investitsiya loyihalari yuzasidan tashabbus koʻrsatish va amalga oshirish uchun masʼul yirik korxonalarning tarkibiy boʻlinmalarini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 23-martdagi 84-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 3-son, 19-modda) 1-ilovaning 18-bandidagi “aksiyadorlik kompaniyasi” soʻzlari “aksiyadorlik jamiyati” soʻzlari bilan almashtirilsin.
12. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2011-yil 24-avgustdagi 242-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 34-35-son, 350-modda) 3-ilova matnidagi “Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi” soʻzlari “Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik jamiyati” soʻzlari bilan almashtirilsin.
13. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 23-avgustdagi 273-son qarori bilan tasdiqlangan 2016-2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit monitoringi Dasturiga 2-ilovaning “Idoraviy mansubligi” ustuni 20-pozitsiyasidagi “Oʻzqurilishmateriallari” AK soʻzlari “Oʻzqurilishmateriallari” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin.
14. Vazirlar Mahkamasining “Gʻoʻza poyalaridan yogʻoch-payraha qirindi plitalarini ishlab chiqarish boʻyicha zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 22-sentabrdagi 319-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 38-son, 450-modda) rus tilidagi matnida:
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-dekabrdagi 412-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan baʼzi qarorlari
Roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston davlat qurilish materiallari ishlab chiqarish (“Oʻzqurilishmateriallari”) konserni faoliyatini tashkil etish masalalari” 1992-yil 24-noyabrdagi 555-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Qurilish materiallari ishlab chiqarishni rivojlantirishni davlat yoʻli bilan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 30-maydagi 277-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining “2000-2001-yillarda xorijiy investorlarni jalb qilgan holda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 26-noyabrdagi 511-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 11-son, 69-modda) 4-ilovaning 1-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “2001-2002-yillarda xorijiy investorlarni jalb etgan holda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish boʻyicha kelgusidagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2001-yil 9-martdagi 119-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 3-son, 17-modda) 6-ilovaning II boʻlimi 5-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturlari amalga oshirilishini, xorijiy investitsiyalarni jalb etish amalga oshirilishini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2002-yil 26-martdagi 97-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 5-6-son, 44-modda) 3-ilovaning 3-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash boʻyicha qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2010-yil 5-iyundagi 108-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 6-son, 27-modda) ilovaning 11-bandi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 52-son, 602-modda; 2017-y., 28-son, 649-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 09/18/603/1602-son; 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son, 20.12.2019-y., 09/19/1015/4174-son; 19.03.2020-y., 09/20/170/0336-son; 27.08.2020-y., 09/20/515/1223-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/343/0520-son; 15.12.2023-y., 09/23/657/0935-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)