

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3074704" id="onLBC-3074704">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7400"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.16.00 Boshqa masalalar]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-3074704" id="onLS-3074704">[<b>TSZ:</b><div id="LS3700"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-3075059" id="-3075059">OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASh VAZIRINING</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-3075065" id="-3075065">buyrugʻi</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-3075067" id="-3075067">Alkogol va tamaki mahsulotlari isteʼmol qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydigan ogohlantiruvchi hamda tamaki mahsulotini isteʼmol qilish uchun maxsus ajratilgan joy va (yoki) xona haqida axborot beruvchi belgilarni tayyorlash hamda ularni joylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida</div></div><div class="DEPARTMENTAL"><div name="-3075079" id="-3075079">[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 30-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2840]</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3075169" id="-3075169"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3075179" id="-3075179">Oʻzbekiston Respublikasining “<a href="/mact/-1880029">Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda isteʼmol qilinishini cheklash toʻgʻrisida</a>”gi hamda 2015-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-396-son “<a href="/mact/-2851499">Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida</a>”gi qonunlariga muvofiq buyuraman:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3075183" id="-3075183">1. Alkogol va tamaki mahsulotlari isteʼmol qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydigan ogohlantiruvchi hamda tamaki mahsulotini isteʼmol qilish uchun maxsus ajratilgan joy va (yoki) xona haqida axborot beruvchi belgilarni tayyorlash hamda ularni joylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom <a href="/mact/-3074704#-3075216">ilovaga</a> muvofiq tasdiqlansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3075188" id="-3075188">2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgandan keyin kuchga kiradi.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-3075195" id="-3075195">Vazir A. ALIMOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3075197" id="-3075197">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3075200" id="-3075200">2016-yil 7-noyabr,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-3075202" id="-3075202">70-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3075205" id="-3075205"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-3075216" id="-3075216">Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2016-yil 7-noyabrdagi 70-son <a href="/mact/-3074704">buyrugʻiga</a><br /> ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-3075231" id="-3075231">Alkogol va tamaki mahsulotlari isteʼmol qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydigan ogohlantiruvchi hamda tamaki mahsulotini isteʼmol qilish uchun maxsus ajratilgan joy va (yoki) xona haqida axborot beruvchi belgilarni tayyorlash hamda ularni joylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-3075245" id="-3075245">NIZOM</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3075246" id="-3075246"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3075257" id="-3075257">Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “<a href="/mact/-1880029">Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda isteʼmol qilinishini cheklash toʻgʻrisida</a>”gi hamda 2015-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-396-son “<a href="/mact/-2851499">Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida</a>”gi qonunlariga muvofiq alkogol va tamaki mahsulotlari isteʼmol qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydigan ogohlantiruvchi hamda tamaki mahsulotini isteʼmol qilish uchun maxsus ajratilgan joy va (yoki) xona haqida axborot beruvchi belgilarni tayyorlash hamda ularni joylashtirish tartibini belgilaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3075261" id="-3075261">1-bob. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3075268" id="-3075268">1. Alkogol va tamaki mahsulotlari isteʼmol qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydigan ogohlantiruvchi hamda tamaki mahsulotini isteʼmol qilish uchun maxsus ajratilgan joy va (yoki) xona haqida axborot beruvchi belgilarni tayyorlash hamda ularni joylashtirish korxona, muassasa, tashkilot rahbari, ish beruvchi yoki bino yoxud obyektlardan foydalanayotgan yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan mazkur Nizomga muvofiq tashkil etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3075271" id="-3075271">2. Alkogol va tamaki mahsulotlari isteʼmol qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydigan ogohlantiruvchi hamda tamaki mahsulotini isteʼmol qilish uchun maxsus ajratilgan joy va (yoki) xona haqida axborot beruvchi belgilar ularning aniq ifodalanishi taʼminlangan holda turli usullarda tasvirlanishi yoki turli texnologiyalar yordamida chop etilishi mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3075277" id="-3075277">2-bob. Alkogol mahsuloti isteʼmol qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydigan ogohlantiruvchi belgilarni tayyorlash va joylashtirish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3075289" id="-3075289">3. Alkogol mahsuloti isteʼmol qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydigan ogohlantiruvchi belgilar mazkur Nizomning 1-ilovasida koʻrsatilgan <a href="/mact/-3074704#-3075563">1 — 5-shakllarga </a>muvofiq tayyorlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3075293" id="-3075293">4. Mazkur Nizomning 1-ilovasida koʻrsatilgan <a href="/mact/-3074704#-3075563">1 — 4-shakllardagi </a>ogohlantiruvchi belgilarning yuqori qismida diametri boʻyicha toʻgʻri chiziq oʻtkazilgan hoshiyali doiraning ichida alkogol shisha idishi va yarim toʻldirilgan ryumkaning tasviri aks ettiriladi. Bunda doiraning hoshiyasi va diametri boʻyicha oʻtkazilgan toʻgʻri chiziq qizil rangda, alkogol shisha idishi va yarim toʻldirilgan ryumkaning tasviri esa, qora rangda boʻlishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3075295" id="-3075295">Doiraning diametri hoshiyasi bilan birga 140 mm dan kichik boʻlmasligi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3075300" id="-3075300">5. Mazkur Nizomning 1-ilovasida koʻrsatilgan <a href="/mact/-3074704#-3075563">1 — 4-shakllardagi </a>ogohlantiruvchi belgilarning pastki qismida davlat tilida (lotincha yoki kirilcha harflarda) ogohlantiruvchi matn koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3075304" id="-3075304">Matn rus yoki ingliz tillarida yoxud boshqa xorijiy tillarda xam ifodalanishi mumin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3075308" id="-3075308">6. Ogohlantiruvchi matnda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3075311" id="-3075311">davlat tilida lotincha harflarda — “ALKOGOL MAHSULOTI ISTE`MOL QILINISHIGA YOʻL QOʻYILMAYDI! JARIMA — ENG KAM ISH HAQINING 1/2 QISMI MIQDORIDA! BIR YIL DAVOMIDA TAKRORLANSA — ENG KAM ISH HAQINING 1/2 QISMIDAN IKKI BARAVARIGACHA MIQDORIDA JARIMA YOKI 15 SUTKAGACHA MUDDATGA MA`MURIY QAMOQ! (Asos: MJTKning <a href="/mact/-97664#-2857289">187-moddasi</a>)”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3075313" id="-3075313">davlat tilida kirilcha harflarda — “ALKOGOL MAHSULOTI ISTEʼMOL QILINIShIGA YOʻL QOʻYILMAYDI! JARIMA — ENG KAM ISh HAQINING 1/2 QISMI MIQDORIDA! BIR YIL DAVOMIDA TAKRORLANSA — ENG KAM ISh HAQINING 1/2 QISMIDAN IKKI BARAVARIGAChA MIQDORIDA JARIMA YOKI 15 SUTKAGAChA MUDDATGA MAʼMURIY QAMOQ! (Asos: MJTKning <a href="/mact/-97664#-2857289">187-moddasi</a>)”; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3075315" id="-3075315">rus tilida — “NE DOPUSKAYETSYA UPOTREBLENIYE ALKOGOLNOY PRODUKSII! ShTRAF — V SUMME 1/2 MINIMALNOGO RAZMERA ZARABOTNOY PLATI! PRI POVTORNOM SLUChAYE V TEChENIYE GODA — ShTRAF OT 1/2 DO DVUX MINIMALNIX RAZMEROV ZARABOTNOY PLATI ILI ADMINISTRATIVNIY AREST DO 15 SUTOK! (Osnovaniye: <a href="/mact/-97661#-2857131">statya 187</a> KoAO)”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3075331" id="-3075331">ingliz tilida — “USE OF ALCOHOL PRODUCTS IS NOT ALLOWED! FINE — IN THE AMOUNT OF 1/2 OF MINIMUM SALARY! IN CASE OF REPEATED USE WITHIN A YEAR — FINE FROM 1/2 TO TWO MINIMUM SALARIES OR ADMINISTRATIVE ARREST FOR UP TO 15 DAYS! (Ground: Article 187, Administrative Liability Code)” degan soʻzlar aks ettiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3075335" id="-3075335">7. Ogohlantiruvchi matndagi soʻzlar quyidagicha rasmiylashtiriladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3075341" id="-3075341">“ALKOGOL MAHSULOTI ISTE`MOL QILINISHIGA YOʻL QOʻYILMAYDI!”, “ALKOGOL MAHSULOTI ISTEʼMOL QILINIShIGA YOʻL QOʻYILMAYDI!”, “NE DOPUSKAYETSYA UPOTREBLENIYE ALKOGOLNOY PRODUKSII!” va “USE OF ALCOHOL PRODUCTS IS NOT ALLOWED!” degan soʻzlar — kamida 28 oʻlchamli “polujirniy” shriftida qizil rangda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3075345" id="-3075345">“JARIMA — ENG KAM ISH HAQINING 1/2 QISMI MIQDORIDA! BIR YIL DAVOMIDA TAKRORLANSA — ENG KAM ISH HAQINING 1/2 QISMIDAN IKKI BARAVARIGACNA MIQDORIDA JARIMA YOKI 15 SUTKAGACHA MUDDATGA MA`MURIY QAMOQ!”, “JARIMA — ENG KAM ISh HAQINING 1/2 QISMI MIQDORIDA! BIR YIL DAVOMIDA TAKRORLANSA — ENG KAM ISh HAQINING 1/2 QISMIDAN IKKI BARAVARIGAChA MIQDORIDA JARIMA YOKI 15 SUTKAGAChA MUDDATGA MAʼMURIY QAMOQ!”, “ShTRAF — V SUMME 1/2 MINIMALNOGO RAZMERA ZARABOTNOY PLATI! PRI POVTORNOM SLUChAYE V TEChENIYE GODA — ShTRAF OT 1/2 DO DVUX MINIMALNIX RAZMEROV ZARABOTNOY PLATI ILI ADMINISTRATIVNIY AREST DO 15 SUTOK!” va “FINE — IN THE AMOUNT OF 1/2 OF MINIMUM SALARY! IN CASE OF REPEATED USE WITHIN A YEAR — FINE FROM 1/2 TO TWO MINIMUM SALARIES OR ADMINISTRATIVE ARREST FOR UP TO 15 DAYS!” degan soʻzlar — kamida 22 oʻlchamli “polujirniy” shrifti bilan qora rangda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3075357" id="-3075357">“(Asos: MJTKning <a href="/mact/-97664#-2857289">187-moddasi</a>)”, “(Asos: MJTKning <a href="/mact/-97664#-2857289">187-moddasi</a>)”, “(Osnovaniye: <a href="/mact/-97664#-2857289">statya 187</a> KoAO)” va “(Ground: <a href="/mact/-97664#-2857289">Article 187</a>, Administrative Liability Code)” degan soʻzlar — kamida 14 oʻlchamli “polujirniy” shrifti bilan qora rangda ifodalanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3075361" id="-3075361">8. Mazkur Nizomning 1-ilovasida koʻrsatilgan <a href="/mact/-3074704#-3076513">5-shakldagi</a> ogohlantiruvchi belgida diametri boʻyicha toʻgʻri chiziq oʻtkazilgan hoshiyali doiraning ichida alkogol shisha idishi va yarim toʻldirilgan ryumka tasvirining oʻzi aks ettiriladi. Bunda doiraning hoshiyasi va diametri boʻyicha oʻtkazilgan toʻgʻri chiziq qizil rangda, alkogol shisha idishi va yarim toʻldirilgan ryumkaning tasviri esa, qora rangda boʻlishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3075365" id="-3075365">Doiraning diametri hoshiyasi bilan birga 50 mm dan kichik boʻlmasligi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3075369" id="-3075369">9. Mazkur Nizomning 1-ilovasida koʻrsatilgan <a href="/mact/-3074704#-3075563">1</a> yoki <a href="/mact/-3074704#-3076507">2-shakldagi</a> ogohlantiruvchi belgi ish joylarida, koʻchalar, stadionlar, xiyobonlar, istirohat bogʻlarida va boshqa jamoat joylarida, shuningdek alkogol mahsulotini quyib realizatsiya qilishga ruxsat etilmagan savdo va umumiy ovqatlanish obyektlarida (toʻylar, yubileylar va boshqa tantanalar hamda marosimlar oʻtkaziladigan joylar, shuningdek alkogol mahsulotini quyib realizatsiya qilishga ruxsat etilgan savdo va umumiy ovqatlanish obyektlari bundan mustasno) barcha uchun koʻrinadigan joylarda joylashtirilishi lozim. Ushbu joylarda zaruratga koʻra mazkur Nizomning 1-ilovasida koʻrsatilgan <a href="/mact/-3074704#-3076509">3</a> va <a href="/mact/-3074704#-3076511">4-shakldagi </a>ogohlantiruvchi belgilar ham qoʻshimcha ravishda joylashtirilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3075372" id="-3075372">10. Mazkur Nizomning 1-ilovasida koʻrsatilgan <a href="/mact/-3074704#-3076513">5-shakldagi </a>ogohlantiruvchi belgi jamoat transportining barcha turlarida (fuqaro havo kemasi bundan mustasno) hamma uchun koʻrinadigan joylarda joylashtiriladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3075376" id="-3075376">3-bob. Tamaki mahsuloti isteʼmol qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydigan ogohlantiruvchi belgilarni tayyorlash va joylashtirish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3075381" id="-3075381">11. Tamaki mahsuloti isteʼmol qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydigan ogohlantiruvchi belgilar mazkur Nizomning 2-ilovasida koʻrsatilgan <a href="/mact/-3074704#-3075576">1 — 5-shakllarga </a>muvofiq tayyorlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3075385" id="-3075385">12. Mazkur Nizomning 2-ilovasida koʻrsatilgan <a href="/mact/-3074704#-3075576">1 — 4-shakldagi </a>ogohlantiruvchi belgilarning yuqori qismida diametri boʻyicha toʻgʻri chiziq oʻtkazilgan hoshiyali doiraning ichida yonayotgan sigaretaning tasviri aks ettiriladi. Bunda doiraning hoshiyasi va diametri boʻyicha oʻtkazilgan toʻgʻri chiziq qizil rangda, sigaretaning tasviri esa, qora rangda boʻlishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3075388" id="-3075388">Doiraning diametri hoshiyasi bilan birga 140 mm dan kichik boʻlmasligi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3075395" id="-3075395">13. Mazkur Nizomning 1-ilovasida koʻrsatilgan <a href="/mact/-3074704#-3075563">1 — 4-shakldagi </a>ogohlantiruvchi belgilarning pastki qismida davlat tilida (lotincha yoki kirilcha harflarda) ogohlantiruvchi matn koʻrsatiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3075398" id="-3075398">Matn rus yoki ingliz tillarida yoxud boshqa xorijiy tillarda ham ifodalanishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3075402" id="-3075402">14. Ogohlantiruvchi matnda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3075404" id="-3075404">davlat tilida lotincha harflarda — “TAMAKI MAHSULOTI ISTE`MOL QILINISHIGA YOʻL QOʻYILMAYDI! JARIMA — ENG KAM ISH HAQINING 1/3 QISMI MIQDORIDA! (Asos: MJTKning <a href="/mact/-97664#-2857226">56<sup>1</sup>-moddasi</a>)”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3075407" id="-3075407">davlat tilida kirilcha harflarda — “TAMAKI MAHSULOTI ISTEʼMOL QILINIShIGA YOʻL QOʻYILMAYDI! JARIMA — ENG KAM ISh HAQINING 1/3 QISMI MIQDORIDA! (Asos: MJTKning <a href="/mact/-97664#-2857226">56<sup>1</sup>-moddasi</a>)”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3075419" id="-3075419">rus tilida — “NE DOPUSKAYETSYA UPOTREBLENIYE TABAChNOY PRODUKSII! ShTRAF — V SUMME 1/3 MINIMALNOGO RAZMERA ZARABOTNOY PLATI! (Osnovaniye: <a href="/mact/-97661#-2857105">statya 56<sup>1</sup></a> KoAO)”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3075422" id="-3075422">ingliz tilida — “USE OF TOBACCO PRODUCTS IS NOT ALLOWED! FINE — IN THE AMOUNT OF 1/3 OF MINIMUM SALARY! (Ground: Article <a href="/mact/-97664#-2857226">56<sup>1</sup></a>, Administrative Liability Code)” degan soʻzlar aks ettiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3075426" id="-3075426">15. Ogohlantiruvchi matndagi soʻzlar quyidagicha rasmiylashtiriladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3075430" id="-3075430">“TAMAKI MAHSULOTI ISTE`MOL QILINISHIGA YOʻL QOʻYILMAYDI!”, “TAMAKI MAHSULOTI ISTEʼMOL QILINIShIGA YOʻL QOʻYILMAYDI!”, “NE DOPUSKAYETSYA UPOTREBLENIYE TABAChNOY PRODUKSII!” va “USE OF TOBACCO PRODUCTS IS NOT ALLOWED!” degan soʻzlar — kamida 30 oʻlchamli “polujirniy” shrifti bilan qizil rangda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3075433" id="-3075433">“JARIMA — ENG KAM ISH HAQINING 1/3 QISMI MIQDORIDA!”, “JARIMA — ENG KAM ISh HAQINING 1/3 QISMI MIQDORIDA!”, “ShTRAF — V SUMME 1/3 MINIMALNOGO RAZMERA ZARABOTNOY PLATI!” va “FINE — IN TNE AMOUNT OF 1/3 OF MINIMUM SALARY!” degan soʻzlar — kamida 28 oʻlchamli “polujirniy” shrifti bilan qora rangda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3075442" id="-3075442">“(Asos: MJTKning <a href="/mact/-97664#-2857226">56<sup>1</sup>-moddasi</a>)”, “(Asos: MJTKning <a href="/mact/-97664#-2857226">56<sup>1</sup>-moddasi</a>)”, “(Osnovaniye: <a href="/mact/-97661#-2857105">statya 56<sup>1</sup></a> KoAO)” yoxud “(Ground: <a href="/mact/-97664#-2857226">Article 56<sup>1</sup></a>, Administrative Liability Code)” degan soʻzlar — kamida 14 oʻlchamli “polujirniy” shrifti bilan qora rangda ifodalanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3075455" id="-3075455">16. Mazkur Nizomning 2-ilovasida koʻrsatilgan <a href="/mact/-3074704#-3076522">5-shakldagi </a>ogohlantiruvchi belgida diametri boʻyicha toʻgʻri chiziq oʻtkazilgan hoshiyali doiraning ichida yonayotgan sigareta tasvirining oʻzi aks ettiriladi. Bunda doiraning hoshiyasi va diametri boʻyicha oʻtkazilgan toʻgʻri chiziq qizil rangda, sigaretaning tasviri esa, qora rangda boʻlishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3075460" id="-3075460">Doiraning diametri hoshiyasi bilan birga 50 mm dan kichik boʻlmasligi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3075463" id="-3075463">17. Mazkur Nizomning 2-ilovasida koʻrsatilgan <a href="/mact/-3074704#-3075576">1</a> yoki <a href="/mact/-3074704#-3076516">2-shakldagi </a>ogohlantiruvchi belgi ish joylarida, sogʻliqni saqlash, taʼlim, sport-sogʻlomlashtirish muassasalarida, yongʻin chiqish xavfi boʻlgan joylarda, shu jumladan avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalarida va boshqa jamoat joylarida (tamaki mahsulotini isteʼmol qilish uchun maxsus ajratilgan joylar va (yoki) xonalar bundan mustasno) barcha uchun koʻrinadigan joylarda joylashtirilishi lozim. Ushbu joylarda zaruratga koʻra mazkur Nizomning 2-ilovasida koʻrsatilgan <a href="/mact/-3074704#-3076518">3</a> va <a href="/mact/-3074704#-3076520">4-shakldagi </a>ogohlantiruvchi belgilar ham qoʻshimcha ravishda joylashtirilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3075465" id="-3075465">18. Mazkur Nizomning 2-ilovasida koʻrsatilgan <a href="/mact/-3074704#-3076522">5-shakldagi </a>ogohlantiruvchi belgi mahalliy va uzoq masofaga qatnaydigan poyezdlarda, daryo kemalarida (tamaki mahsulotini isteʼmol qilish belgilanmagan joylarda), shahar atrofiga qatnaydigan poyezdlarning vagonlarida (shu jumladan tamburlarida), shahar ichida, shahar atrofiga, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlarda qatnaydigan avtobuslarda, shuningdek yoʻnalishli va yoʻnalishsiz taksilarda hamda shahar elektr transportida barcha uchun koʻrinadigan joylarda joylashtiriladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3075467" id="-3075467">4-bob. Tamaki mahsulotini isteʼmol qilish uchun maxsus ajratilgan joy va (yoki) xona haqida axborot beruvchi belgi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3075470" id="-3075470">19. Tamaki mahsulotini isteʼmol qilish uchun maxsus ajratilgan joy va (yoki) xona haqida axborot beruvchi belgi mazkur Nizomning <a href="/mact/-3074704#-3075583">3-ilovasida </a>koʻrsatilgan shaklga muvofiq tayyorlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3075471" id="-3075471">Ushbu belgi qora hoshiyali qirralari yoysimon shaklidagi toʻgʻri toʻrtburchak koʻrinishida boʻlib, uning ichiga yonayotgan sigaretaning qora rangli tasviri aks ettiriladi. Bunda belgi enining oʻlchami hoshiyasi bilan birgalikda 200 mm, boʻyi esa, 140 mm dan katta boʻlmasligi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3075473" id="-3075473">20. Mazkur Nizomning <a href="/mact/-3074704#-3075583">3-ilovasida</a> koʻrsatilgan shakldagi axborot beruvchi belgi tamaki mahsulotini isteʼmol qilish uchun maxsus ajratilgan joyda (xonada) joylashtiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3075475" id="-3075475">21. Tamaki mahsulotini isteʼmol qilish uchun maxsus ajratilgan joylar va (yoki) xonalar korxona, muassasa, tashkilot rahbari, ish beruvchi yoki bino yoxud obyektlardan foydalanayotgan yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan tashkil etilishi mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3075478" id="-3075478">5-bob. Yakuniy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3075483" id="-3075483">22. Mazkur Nizomning <a href="/mact/-3074704#-3075554">1</a> va <a href="/mact/-3074704#-3075569">2-ilovasida </a>koʻrsatilgan 1 — 4-shakllardagi ogohlantiruvchi belgilarning umumiy oʻlchami A4 (eni — 210 mm, boʻyi — 297 mm) formatidan kichik boʻlmasligi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3075488" id="-3075488">Mazkur Nizomning <a href="/mact/-3074704#-3075554">1</a> va <a href="/mact/-3074704#-3075569">2-ilovasida </a>koʻrsatilgan 5-shakllardagi ogohlantiruvchi belgilarning umumiy oʻlchami ularda aks ettirilgan tasvir diametriga mutanosib boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3075491" id="-3075491">Belgilarning umumiy oʻlchami kattalashtirilgan taqdirda, ularda aks ettirilgan tasvirning (ogohlantiruvchi matnning) oʻlchamlari mutanosib ravishda kattalashtiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3075494" id="-3075494">23. Mazkur Nizomning <a href="/mact/-3074704#-3075554">1</a> va <a href="/mact/-3074704#-3075569">2-ilovasida </a>koʻrsatilgan 1 — 4-shakllardagi ogohlantiruvchi belgilarning matnini kompyuter vositasida bosib chiqarishda “Times New Roman” shriftida yoki shunga oʻxshash shriftni qoʻllagan holda Misrosoft Word matn redaktoridan foydalanish tavsiya etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3075498" id="-3075498">24. Alkogol yoki tamaki mahsuloti isteʼmol qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydigan ogohlantiruvchi yoxud tamaki mahsulotini isteʼmol qilish uchun maxsus ajratilgan joy va (yoki) xona haqida axborot beruvchi belgi yaroqsiz holga kelganda (unda aks ettirilgan tasvirni va (yoki) ogohlantiruvchi matnni aniq koʻrish (oʻqish) imkoni boʻlmaganda) uning oʻrniga yangi belgi joylashtirilishi kerak.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5652498" id="edi-5652498"><a href="/mact/-3074704?ONDATE=06.03.2017 00#-3075500">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5652498" id="-5652498"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5652499" id="-5652499">25. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5652501" id="-5652501"><em>(</em><em>2</em><em>5</em><em>-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli </em><a href="/mact/5535529?ONDATE=28.07.2021 00#-5555033">buyrugʻi </a><em>(roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)</em></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3075502" id="-3075502">26. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi hamda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati bilan kelishilgan.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-3075511" id="-3075511">Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi A. ShAYXOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3075513" id="-3075513"></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3075517" id="-3075517">2016-yil 7-noyabr</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-3075520" id="-3075520">Ichki ishlar vaziri A. AXMEDBAYEV </div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3075522" id="-3075522"></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3075524" id="-3075524">2016-yil 7-noyabr</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-3075526" id="-3075526">Moliya vaziri R. AZIMOV </div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3075531" id="-3075531"></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3075534" id="-3075534">2016-yil 7-noyabr</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-3075536" id="-3075536">Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA </div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3075538" id="-3075538"></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3075539" id="-3075539">2016-yil 7-noyabr</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-3075540" id="-3075540">Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻi V. ISMOILOV </div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3075542" id="-3075542"></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3075543" id="-3075543">2016-yil 7-noyabr</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-3075546" id="-3075546">“Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi O. RAMATOV </div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3075548" id="-3075548"></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3075549" id="-3075549">2016-yil 7-noyabr</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3075550" id="-3075550"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-3075554" id="-3075554">Alkogol va tamaki mahsulotlari isteʼmol qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydigan ogohlantiruvchi hamda tamaki mahsulotini isteʼmol qilish uchun maxsus ajratilgan joy va (yoki) xona haqida axborot beruvchi belgilarni tayyorlash hamda ularni joylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi <a href="/mact/-3074704#-3075231">nizomga</a><br /> 1-ILOVA </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3075560" id="-3075560"></div></div><div class="TEXT_CENTER"><div name="-3075563" id="-3075563"><img src="/files/3076505" /></div></div><div class="TEXT_CENTER"><div name="-3076507" id="-3076507"><img src="/files/3076506" /></div></div><div class="TEXT_CENTER"><div name="-3076509" id="-3076509"><img src="/files/3076508" /></div></div><div class="TEXT_CENTER"><div name="-3076511" id="-3076511"><img src="/files/3076510" /></div></div><div class="TEXT_CENTER"><div name="-3076513" id="-3076513"><img src="/files/3076512" /></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3075564" id="-3075564"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-3075569" id="-3075569">Alkogol va tamaki mahsulotlari isteʼmol qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydigan ogohlantiruvchi hamda tamaki mahsulotini isteʼmol qilish uchun maxsus ajratilgan joy va (yoki) xona haqida axborot beruvchi belgilarni tayyorlash hamda ularni joylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi <a href="/mact/-3074704#-3075231">nizomga</a> <br />2-ILOVA </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3075573" id="-3075573"></div></div><div class="TEXT_CENTER"><div name="-3075576" id="-3075576"><img src="/files/3076514" /></div></div><div class="TEXT_CENTER"><div name="-3076516" id="-3076516"><img src="/files/3076515" /></div></div><div class="TEXT_CENTER"><div name="-3076518" id="-3076518"><img src="/files/3076517" /></div></div><div class="TEXT_CENTER"><div name="-3076520" id="-3076520"><img src="/files/3076519" /></div></div><div class="TEXT_CENTER"><div name="-3076522" id="-3076522"><img src="/files/3076521" /></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3075577" id="-3075577"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-3075583" id="-3075583">Alkogol va tamaki mahsulotlari isteʼmol qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydigan ogohlantiruvchi hamda tamaki mahsulotini isteʼmol qilish uchun maxsus ajratilgan joy va (yoki) xona haqida axborot beruvchi belgilarni tayyorlash hamda ularni joylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi <a href="/mact/-3074704#-3075231">nizomga<br /></a> 3-ILOVA </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3075587" id="-3075587"></div></div><div class="TEXT_CENTER"><div name="-3075590" id="-3075590"><img src="/files/3076528" /></div></div><br /><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-3076536" id="-3076536">(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 48-son, 549-modda; <em>Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son</em>)</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
