1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.01.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (yigʻin)]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
“Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida” yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
1999-yil 25-iyun,
315-son
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 25-iyundagi 315-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Respublika “Mahalla” xayriya jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1992-yil 17-oktabrdagi 480-son qarorida:
1-bandning uchinchi xatboshida “shahar, nohiya va mahalliy mahalla qoʻmitalari” soʻzlari “fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 18-maydagi 127-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2005-y., 19-20-son, 143-modda)
3. Vazirlar Mahkamasining “Davlat uy-joy fondi xususiylashtirilishi munosabati bilan normativ hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 1994-yil 28-iyundagi 325-son qarori bilan tasdiqlangan Turar joylardan va uy atrofidagi yerlardan foydalanish Qoidalarining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 6-son, 34-modda):
37-bandidagi “uy va mahalla qoʻmitalari” soʻzlari “fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari” soʻzlari bilan;
41-bandidagi “mahalla qoʻmitalari” soʻzlari “fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari” soʻzlari bilan;
44-bandidagi “mahalla qoʻmitalari” soʻzlari “fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 15-noyabrdagi 393-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2002-y., 21-son, 172-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari, 1999-y., 6-son, 34-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 21-son, 172-modda;2005-y., 19-20-son, 143-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)