toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining
buyrugʻi
Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 18-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2219-6]
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida”gi, “Pochta aloqasi toʻgʻrisida”gi, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 27-apreldagi PQ-2339-son “Xalqaro shartnomalarga qoʻshilish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktorining 2011-yil 22-fevraldagi 1-yu-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2219, 2011-yil 18-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 16-son, 167-modda) bilan tasdiqlangan Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir X. MIRZAXIDOV
Toshkent sh.,
2016-yil 18-oktabr,
148-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2016-yil 18-oktabrdagi 148-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Milliy operator Umumjahon pochta ittifoqining hujjatlariga muvofiq pochta aloqasini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasining tayinlangan pochta aloqasi operatori sifatida belgilangan.”;
toʻrtinchi — yettinchi xatboshilar tegishincha beshinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
birinchi xatboshidagi “hisobdan chiqarish” degan soʻzlar “xotira” degan soʻz bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Maxsus xotira shtempeli muhim davlat hodisalariga, tarixiy va xotira joylariga, sanalariga, koʻrgazmalarga va shu kabilarga bagʻishlangan tadbirlarni oʻtkazishda pochta markalarini hisobdan chiqarish uchun qoʻllaniladi.”.
3. 17-bandning birinchi xatboshisidan “telegraf va” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xalqaro pochta joʻnatmalariga belgilangan pochta aloqasi operatori tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan tashqariga joʻnatiladigan, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga belgilangan pochta aloqasi operatorining manziliga keladigan yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit bilan oʻtadigan pochta joʻnatmalarining quyidagi turlari kiradi:”;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Xalqaro pochta joʻnatmalarini joʻnatish va yetkazib berish (topshirish) Umumjahon pochta ittifoqi hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.”.
5. 26-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“26. Xalqaro pul oʻtkazmalari joʻnatish usuliga bogʻliq holda oddiy pul oʻtkazmalari (pochta aloqasi tarmogʻi boʻyicha joʻnatiladigan) va tezkor pul oʻtkazmalari (telekommunikatsiya tarmogʻi boʻyicha joʻnatiladigan — elektron pul oʻtkazmalari)ga boʻlinadi.
Pochta aloqasi tarmogʻidan va telekommunikatsiya tarmogʻidan foydalanib joʻnatiladigan xalqaro pul oʻtkazmalari gibrid pul oʻtkazmalari hisoblanadi.”.
6. 27-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xalqaro pul oʻtkazmalari bilan almashish xizmatlarini taqdim etish uchun belgilangan pochta aloqasi operatori boshqa mamlakatlarning belgilangan pochta aloqasi operatorlari bilan ikki tomonlama va koʻp tomonlama shartnomalar tuzadi. Xalqaro pul oʻtkazmalari bilan almashish Umumjahon pochta ittifoqining hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Xalqaro pul oʻtkazmalarini joʻnatish va yetkazib berish (toʻlash) muddatlari shartnomalarda belgilanadi.”.
7. 37-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Tezkor pochtaning xalqaro joʻnatmalarini joʻnatish va yetkazib berish (topshirish) Umumjahon pochta ittifoqining hujjatlariga muvofiq “EMS” tezkor pochta tizimi boʻyicha, “EMS” koʻp tomonlama namunali kelishuvi yoki ikki tomonlama kelishuvlar asosida amalga oshiriladi.”.
8. 73-bandning rus tilidagi matnida “dosmotru” degan soʻz “kontrolyu” degan soʻz bilan almashtirilsin.
9. 74-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Xalqaro pochta almashish joylari pochta aloqasi sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi bilan kelishuvga koʻra belgilanadi.”.
10. 76-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bojxona deklaratsiyasida oluvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, har bir tovarning nomi (tavsifi), ogʻirligi, miqdori va eʼlon qilingan narxi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar aniq koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Bojxona deklaratsiyalari ingliz, fransuz yoki belgilangan mamlakatda qabul qilingan boshqa tilda tuziladi.”.
11. 77-bandning ikkinchi xatboshisi “Oʻz DSt 1143:2008 “Pochta varaqchalari. Texnik shartlar” degan soʻzlardan keyin “, “Pochta aloqasida xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha talablar” maxsus texnik reglamenti” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“pochta indeksi, viloyat markazining (Toshkent sh.) nomi yoki viloyat, Qoraqalpogʻiston Respublikasi nomi;”;
toʻqqizinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oʻninchi va oʻn birinchi xatboshilar tegishincha toʻqqizinchi va oʻninchi xatboshilar deb hisoblansin.
13. 89-bandning “u” kichik banddagi “bosma nashrlarda” soʻzlaridan oldin “tegishli oʻrovdagi” soʻzlari qoʻshilsin.
rus tilidagi matni “b” va “v” kichik bandlaridagi “Recommande” degan soʻz “Recommande” degan soʻz bilan almashtirilsin;
“g” kichik banddagi “Secogrammes” degan soʻz “Cecogrammes” degan soʻz bilan almashtirilsin;
“z” kichik banddagi “posilkalarda va” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
“s” va “t” kichik bandlardagi “bosma nashrlarda” degan soʻzlar “tegishli oʻrovdagi bosma nashrlarda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
15. 93-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qiymati eʼlon qilingan posilkalar va xalqaro xatlar, mayda paketlar, moʻrt va katta posilkalar, “Exspres” (Shaxsan topshirilsin) belgisi boʻlgan yozma xat-xabarlar joʻnatmalari va posilkalar, “Frans de taxes et de droits” (Tariflar va yigʻimlar undirmasdan) belgili yozma xat-xabarlar joʻnatmalari va posilkalar, shuningdek “A remettre en main propre” (Oʻz qoʻliga topshirilsin) belgili qiymati eʼlon qilingan buyurtma joʻnatmalari, xatlar va posilkalar faqat ularni qabul qilish ruxsat etilgan mamlakatlarga joʻnatish uchun qabul qilinadi. Bu mamlakatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Umumjahon pochta ittifoqining xalqaro byurosi tomonidan xabar qilinadi.”.
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Pul oʻtkazmalarini joʻnatish xizmatlari uchun haq toʻlash naqd pul bilan hamda naqd boʻlmagan hisob-kitoblar yoʻli bilan, shu jumladan plastik kartochkalardan foydalanib amalga oshiriladi. Ustama toʻlovli pul oʻtkazmalarini joʻnatish xizmatlari uchun haq toʻlash pochta joʻnatmasining joʻnatuvchisi tomonidan ustama toʻlovi bilan ushbu pochta joʻnatmasi qabul qilingan joyda amalga oshiriladi.
Plastik kartochkalardan foydalanib, jismoniy shaxslardan qabul qilingan pul oʻtkazmalari yuborilayotgan summani oluvchining plastik kartochkasiga oʻtkazish yoʻli bilan toʻlanadi.”;
toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar tegishli ravishda oltinchi va yettinchi xatboshilar deb hisoblansin.
birinchi xatboshidagi “50” raqami “20” raqami bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
18. 112-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“112. Pochta joʻnatmalari uyga yetkazib beriladi yoki pochta aloqasi obyektlarida topshiriladi.
Pul oʻtkazmalari uyga yetkazib beriladi, pochta aloqasi obyektlarida yoki yuborilayotgan summani oluvchining plastik kartochkasiga oʻtkazish yoʻli bilan toʻlanadi.”.
quyidagi mazmundagi birinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Buyurtma xatlar, pochta varaqchalari, banderollar, pochta joʻnatmalarini va pul oʻtkazmalarini olish toʻgʻrisidagi bildirishnomalar adresatning imzosini qoʻydirib adresatga topshiriladi.”;
birinchi va ikkinchi xatboshilar tegishli ravishda ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
ikkinchi xatboshidan “mayda paketlar,” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
20. 124-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Pul oʻtkazmalari, shu jumladan xalqaro pul oʻtkazmalari pochta aloqasi obyektlarida Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalada boʻlgan pul belgilari bilan toʻlanadi.”.
“e” kichik band “qiymati eʼlon qilingan xalqaro” degan soʻzlardan keyin “xatlar” degan soʻz bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi “k” kichik band bilan toʻldirilsin:
“k) ogʻirligi 500 g dan koʻp boʻlgan xalqaro mayda paketlar.”.
22. 126-banddagi “125-bandi “a”, “b” va “g” kichik bandlarida” degan soʻzlar “125-bandi “a”, “b”, “g” va “k” kichik bandlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ustama toʻlov bilan joʻnatilgan pochta joʻnatmalari, adresatlar ustama toʻlovning toʻliq summasini toʻlaganidan keyin adresatga beriladi. Toʻlovni toʻlagunga qadar adresat joʻnatuvchining manzili toʻgʻrisida maʼlumot olish huquqiga ega boʻladi. Ustama toʻlov bilan yuborilgan pochta joʻnatmasi adresatga berilgandan soʻng koʻrsatilgan pochta joʻnatmasi qaytarib olinmaydi, ustama toʻlov summasi qaytarilmaydi.”;
uchinchi xatboshidan “va uni pul oʻtkazmasi bilan joʻnatish uchun haq” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
24. 135-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“135. Bojxona organi tomonidan bojxona toʻlovlari hisoblangan tovarlarni oʻz ichiga olgan xalqaro pochta joʻnatmalari adresatlarga pochta aloqasi obyektlarida faqat hisoblangan bojxona toʻlovlari va bojxona nazoratiga taqdim qilish uchun yigʻimlar toʻlangandan soʻng beriladi.”.
birinchi xatboshidagi “koʻrigidan” degan soʻz “nazoratidan” degan soʻz bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Boshqa davlatlardan keladigan, Oʻzbekiston Respublikasida qabul qilingan va ochiq tranzit bilan joʻnatiladigan tezkor pochtaning xalqaro joʻnatmalariga toʻliq ishlov berish, shuningdek ularni belgilangan joyga joʻnatish Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro pochta almashish joylarida amalga oshiriladi.”.
birinchi xatboshidagi “koʻrigidan” degan soʻz “nazoratidan” degan soʻz bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“oʻz pochta manzili boʻyicha, yoʻqlab olish tarzida yoki abonement pochta javonining yacheykalaridan foydalangan holda pochta va kuryerlik joʻnatmalarini olish;”;
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“pul oʻtkazmalarini oʻzining pochta manzili boʻyicha, talab qilib olinguncha olish va yuborilayotgan summani plastik kartochka hisobiga oʻtkazish;”;
beshinchi — oʻninchi xatboshilar tegishli ravishda oltinchi — oʻn birinchi xatboshilar deb hisoblansin.
birinchi xatboshidan “ichki” degan soʻz chiqarib tashlansin;
sakkizinchi xatboshidagi “ushbu pochta, kuryerlik joʻnatmalarining bojxona rasmiylashtirilishi amalga oshirilgan xalqaro pochta almashinuvi” degan soʻzlar “xalqaro pochta almashinuvi joyiga yoki kuryerlik joʻnatmalarini bojxona nazoratidan oʻtkazish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
29. 185-bandning birinchi xatboshisi “Xalqaro pochta almashinuvi joyida” degan soʻzlardan keyin “yoki kuryerlik joʻnatmalarini bojxona nazoratidan oʻtkazish joyida” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
30. 193-bandning birinchi xatboshisidagi “ular olingan xalqaro pochta almashinuvi” degan soʻzlar “berilgan joyga keyinchalik qaytarish uchun ular olingan xalqaro pochta almashinuvi joyiga yoki kuryerlik joʻnatmalarini bojxona nazoratidan oʻtkazish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“a” kichik banddagi “koʻrigidan” degan soʻz “nazoratidan” degan soʻz bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi “e” kichik band bilan toʻldirilsin:
“e) buzilishlar pochta, kuryerlik joʻnatmasi yoki pul oʻtkazmasi joʻnatuvchisi tomonidan manzilning toʻliq boʻlmagan va notoʻgʻri yozilganligi bilan bogʻliq boʻlsa.”.
32. 200-banddagi “koʻrigiga” degan soʻz “nazoratiga” degan soʻz bilan almashtirilsin.
33. 201-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Pochta, kuryerlik joʻnatmalarida yoki pul oʻtkazmalarida manzilning toʻgʻri va toʻliq yozilganligi uchun ushbu pochta, kuryerlik joʻnatmalari yoki pul oʻtkazmalarining joʻnatuvchilari javobgar boʻladilar.”.
ikkinchi xatboshi “talabnomalar” degan soʻzdan keyin “, shu jumladan pochta va kuryerlik joʻnatmalari yoki pul oʻtkazmalarini qidirish arizalari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
beshinchi xatboshidagi “ikki tomonlama bitimlar bilan nazarda tutilgan muddatlarda” degan soʻzlar “joʻnatma berilgan kundan boshlab toʻrt oy davomida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Daʼvolar ogʻzaki, yozma yoki elektron shaklda taqdim etiladi va belgilangan tartibda roʻyxatga olinadi. Arizachi daʼvoni, shu jumladan pochta va kuryerlik joʻnatmalarini yoki pul oʻtkazmalarini qidirish arizasini berishda ushbu Qoidalarning 136-bandida koʻrsatilgan hujjatlardan birini taqdim etishi kerak. Daʼvoda taqdim etilgan hujjatdagi maʼlumotlar koʻrsatiladi. Daʼvo bilan foydalanuvchining oʻzi emas, balki u ishonch bildirgan shaxs murojaat qilgan holda, daʼvoga ishonchnoma ilova qilinadi.”.
35. 1-ilovaning 1-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

1.

Kichik formatdagi xat

Katta formatdagi xat

Formatga mos boʻlmagan xat

0,1

0,5

2

110 x 220 mm; ‎114 x 162 mm; 162 x 229 mm;

229 x 324 mm;

Eng koʻp: birga qoʻshilganda uzunligi
va qalinligi — 900 mm, bunda eng katta oʻlchami 2 mm ogʻish bilan 600 mm dan oshmasligi mumkin;

oʻramlar uchun: uzunligi va ikkilangan diametri yigʻindisi — 1040 mm, bunda eng katta oʻlchami 2 mm ogʻish bilan
900 mm dan oshmasligi mumkin;

eng kam: 2 mm ogʻish bilan 90 x 140 mm dan kam boʻlmagan oʻlchamlarga yoʻl qoʻyiladi;

oʻramlar uchun: uzunligi va ikkilangan diametri yigʻindisi — 170 mm, bunda eng katta oʻlchami 100 mm dan oshmasligi mumkin.

.

a) 1-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

1.

Kichik formatdagi xat


Katta formatdagi xat


Formatga mos boʻlmagan xat

0,1


0,5


2

110 x 220 mm; ‎114 x 162 mm; 162 x 229 mm;


229 x 324 mm;


Eng koʻp: birga qoʻshilganda uzunligi
va qalinligi — 900 mm, bunda eng katta oʻlchami 2 mm ogʻish bilan 600 mm dan oshmasligi mumkin;

oʻramlar uchun: uzunligi va ikkilangan diametri yigʻindisi — 1040 mm, bunda eng katta oʻlchami 2 mm ogʻish bilan
900 mm dan oshmasligi mumkin;

eng kam: 2 mm ogʻish bilan 90 x 140 mm dan kam boʻlmagan oʻlchamlarga yoʻl qoʻyiladi;

oʻramlar uchun: uzunligi va ikkilangan diametri yigʻindisi — 170 mm, bunda eng katta oʻlchami 100 mm dan oshmasligi mumkin.

”;

b) 6-pozitsiyada “Ogʻirligi (kg)” ustunidagi “20” raqami “30” raqami bilan almashtirilsin;
v) 7-pozitsiyada:
“Ogʻirligi (kg)” ustunidagi “31,5” raqami “30” raqami bilan almashtirilsin;
“Oʻrovdagi oʻlchamlari” ustunidagi “eng katta koʻndalang kesimi perimetrining” degan soʻzlar “uzunlikdan boshqa yoʻnalishda oʻlchangan eng katta aylana” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“b” kichik banddagi “v” kichik bandining” degan soʻzlar “v” va “g” kichik bandlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“e” kichik band “taqiqlangan predmetlar” degan soʻzlardan keyin “chiquvchi” degan soʻz bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi “k” kichik band bilan toʻldirilsin:
“k) uskunada mavjud boʻlgan va uskunadan alohida joʻnatiladigan litiyli elementlar yoki litiyli batareyalar.”;
quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Bundan tashqari, xalqaro pochta, kuryerlik joʻnatmalarida quyidagi predmetlar va buyumlarni joʻnatish taqiqlangan:
Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish, shuningdek belgilangan mamlakatga olib kirish taqiqlangan;
Umumjahon pochta ittifoqi hujjatlariga muvofiq joʻnatilishi taqiqlangan;
roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tashqi savdo faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq oʻrnatilgan cheklovlar qoʻllaniladigan predmetlar va buyumlar.
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga xorij mamlakatlaridan kelib tushadigan xalqaro pochta joʻnatmalarida urugʻlar va ekish materiali, mevalar, yangi mevalar va sabzavotlarni joʻnatish taqiqlanadi.”.
b) 3-band quyidagi mazmundagi “g” kichik band bilan toʻldirilsin:
“g) giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar, ular Oʻzbekiston Respublikasida tarkibida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar boʻlgan dorivor vositalarni roʻyxatga olish yoki qayta roʻyxatga olish uchun namunalar sifatida yuborilganda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Sogʻliqni saqlash, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari boʻyicha axborot-tahlil departamentining koʻrsatilgan yuklarning gumanitar yordamga tegishliligi toʻgʻrisidagi xulosasiga muvofiq ular Oʻzbekiston Respublikasidagi muayyan yuridik shaxslarga yuborilayotganda, ularni gumanitar yordam koʻrinishida joʻnatishga ruxsat beriladi.”.
38. 5-ilovaning 3-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

3.

Posilka

30

Eng koʻp: oʻlchamlardan biri uchun 1,50 m yoki uzunligi va uzunlikdan boshqa yoʻnalishda olingan eng katta aylana yigʻindisi 3 m;

Eng kam: 2 mm dan ogʻish bilan, 90 x 140 mm (eng kam qalinligi 50 mm boʻlganda).

.

39. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi D. XIDOYATOV
2016-yil 14-oktabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 46-son, 536-modda)