1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.05.00 Vazirlar Mahkamasi apparati]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasiga qisman oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida” 2016-yil 10-sentabrdagi PQ-2584-sonli qaroriga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-fevraldagi PF-5329-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasining takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamenti tuzilmasini maqbullashtirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasiga qisman oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida” 2016-yil 10-sentabrdagi PQ-2584-sonli qarori 3-ilovasi matni ilovaga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi R. Abdukadirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 9-noyabr,
PQ-2656-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 9-noyabrdagi PQ-2656-sonli qaroriga ILOVA
Yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamenti
TUZILMASI
Departament mudiri
1
Yoshlar siyosati va maʼnaviy rivojlantirish masalalari shuʼbasi
Shuʼba mudiri
1
Yoshlar va boshqa jamoat tashkilotlari faoliyati masalalari boʻyicha bosh mutaxassis
1
Yetakchi mutaxassis
1
Din ishlari va millatlararo munosabatlar masalalari boʻyicha bosh mutaxassis
1
Ommaviy axborot vositalari, poligrafiya va noshirlik ishi masalalari boʻyicha bosh mutaxassis
1
Madaniyat va sanʼat masalalari shuʼbasi
Shuʼba mudiri
1
Madaniy-ommaviy tadbirlar, estrada-konsert faoliyati masalalari boʻyicha bosh mutaxassis
1
Teatr faoliyati masalalari boʻyicha yetakchi mutaxassis
1
Kinomatografiya masalalari boʻyicha yetakchi mutaxassis
1
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish masalalari shuʼbasi
Shuʼba mudiri
1
Davlat boshqaruvi va hokimiyati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis
1
Yetakchi mutaxassis
1
Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis
1
Yetakchi mutaxassis
1
Milliy axborot makoni monitoringi va axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari shuʼbasi
Shuʼba mudiri
1
Milliy axborot makoni monitoringi masalalari boʻyicha bosh mutaxassis
1
Yetakchi mutaxassis
1
Axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha bosh mutaxassis
1
Pochta va telekommunikatsiyalarni, arxiv ishi, intellektual mulk huquqlarini himoya qilish masalalari shuʼbasi
Shuʼba mudiri
1
Pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis
1
Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish va arxiv ishini rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis
1
Inspektor
2
Jami
24
Mutasaddilik qilinadigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, jamoat tashkilotlari:
1. Madaniyat va sport ishlari vazirligi (madaniyat qismi masalalari boʻyicha)
2. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi
3. Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi
4. Intellektual mulk agentligi
5. “Oʻzarxiv” agentligi
6. “Oʻzbekkino” milliy agentligi
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita
8. Badiiy akademiya
9. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi
10. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi
11. “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi
12. Alisher Navoiy nomidagi milliy kutubxona
13. “Mahalla” Oʻzbekiston xayriya jamoat fondi
14. “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati
15. Oʻzbekiston kasaba Uyushmalari Kengashi
16. Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi
17. Milliy gʻoya va mafkura ilmiy-amaliy markazi
18. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi
19. Oʻzbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi
20. Respublika baynalminal madaniyat markazi
21. “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi
22. “Aloqabank” AK
23. Axborot tizimlari va texnologiyalarni rivojlantirish, milliy axborot makonini monitoring qilish hamda axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha — davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari.”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 45-son, 523-modda)