1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.02.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish ustidan nazorat va boshqaruv. Foydali qazilmalarni qazib olish faoliyatini litsenziyalash]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Er osti boyliklari]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-son Qonunining 6-moddasi)
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli “Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-son Qonunining 6-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari G‘.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 9-noyabr,
383-son
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 9-noyabrdagi 383-son qaroriga ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-iyuldagi 494-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 28-son, 664-modda)
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-avgustdagi 675-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
3. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-avgustdagi 225-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 8-son, 55-modda) bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar ro‘yxatining 107-pozitsiyasining “Sodir etilishi va (yoki) amalga oshirilishi uchun ruxsat beruvchi tusdagi hujjat zarur bo‘lgan xatti-harakat va (yoki) muayyan faoliyat” ustunidagi “alohida” so‘zi chiqarib tashlansin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-maydagi 297-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2020-y., 09/20/297/0616-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 45-son, 525-modda; 2017-y., 28-son, 664-modda; 20.05.2020-y., 09/20/297/0616-son)