toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
“Auditorlik faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumot shakli va uni toʻldirish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 3-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2515-2]
Oʻzbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 24-avgustdagi 275-son “Iqtisodiy faoliyat turlarini tasniflashning xalqaro tizimiga oʻtish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2013-yil 9-sentabrdagi 83-son “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumot shakli va uni toʻldirish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2515, 2013-yil 9-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 41-son, 553-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur buyruq 2017-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Vazir R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 19-oktabr,
81-son
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2016-yil 19-oktabrdagi 81-son buyrugʻiga
ILOVA
“Auditorlik faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumot shakli va uni toʻldirish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
nomidagi “tarmoqlar” degan soʻz “iqtisodiy faoliyat turlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“Koʻrsatkichlar nomi” ustunining 29 — 36-satrlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

togʻ-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash

29

ishlab chiqaradigan sanoat

30

elektr, gaz, bugʻ bilan taʼminlash va havoni konditsiyalash

31

qurilish

32

tashish va saqlash

33

qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi

34

ulgurji va chakana savdo; motorli transport vositalari va mototsikllarni taʼmirlash

35

moliyaviy va sugʻurta faoliyati

36

;

b) “M.Oʻ.” degan qisqartmadan keyin “(muhr mavjud boʻlgan taqdirda)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
a) VI bobning nomidagi va 25-banddagi “tarmoqlar” degan soʻz “iqtisodiy faoliyat turlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) 27-bandning uchinchi — oʻn ikkinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Auditorlik tekshiruvi oʻtkazilgan xoʻjalik yurituvchi subyektning asosiy faoliyat turi ushbu xoʻjalik yurituvchi subyektga berilgan Iqtisodiy faoliyat turlarining umumdavlat tasniflagich (IFUT) kodi boʻyicha aniqlanadi:
29-satrning 5 va 6-ustunlarida asosiy faoliyat turi boʻyicha “Togʻ-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash” “V” Seksiyasida IFUT kodiga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarda oʻtkazilgan majburiy auditorlik tekshiruvlari boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar soni va summasi, 7 va 8-ustunlarda esa, xuddi shunday koʻrsatkichlar tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvlari boʻyicha mos ravishda koʻrsatiladi;
30-satrning 5 va 6-ustunlarida asosiy faoliyat turi boʻyicha “Ishlab chiqaradigan sanoat” “S” Seksiyasida IFUT kodiga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarda oʻtkazilgan majburiy auditorlik tekshiruvlari boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar soni va summasi, 7 va 8-ustunlarda esa, xuddi shunday koʻrsatkichlar tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvlari boʻyicha mos ravishda koʻrsatiladi;
31-satrning 5 va 6-ustunlarida asosiy faoliyat turi boʻyicha “Elektr, gaz, bugʻ bilan taʼminlash va havoni konditsiyalash” “D” Seksiyasida IFUT kodiga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarda oʻtkazilgan majburiy auditorlik tekshiruvlari boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar soni va summasi, 7 va 8-ustunlarda esa, xuddi shunday koʻrsatkichlar tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvlari boʻyicha mos ravishda koʻrsatiladi;
32-satrning 5 va 6-ustunlarida asosiy faoliyat turi boʻyicha “Qurilish” “F” Seksiyasida IFUT kodiga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarda oʻtkazilgan majburiy auditorlik tekshiruvlari boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar soni va summasi, 7 va 8-ustunlarda esa, xuddi shunday koʻrsatkichlar tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvlari boʻyicha mos ravishda koʻrsatiladi;
33-satrning 5 va 6-ustunlarida asosiy faoliyat turi boʻyicha “Tashish va saqlash” “N” Seksiyasida IFUT kodiga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarda oʻtkazilgan majburiy auditorlik tekshiruvlari boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar soni va summasi, 7 va 8-ustunlarda esa, xuddi shunday koʻrsatkichlar tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvlari boʻyicha mos ravishda koʻrsatiladi;
34-satrning 5 va 6-ustunlarida asosiy faoliyat turi boʻyicha “Qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi” “A” Seksiyasida IFUT kodiga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarda oʻtkazilgan majburiy auditorlik tekshiruvlari boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar soni va summasi, 7 va 8-ustunlarda esa, xuddi shunday koʻrsatkichlar tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvlari boʻyicha mos ravishda koʻrsatiladi;
35-satrning 5 va 6-ustunlarida asosiy faoliyat turi boʻyicha “Ulgurji va chakana savdo; motorli transport vositalari va mototsikllarni taʼmirlash” “G” Seksiyasida IFUT kodiga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarda oʻtkazilgan majburiy auditorlik tekshiruvlari boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar soni va summasi, 7 va 8-ustunlarda esa, xuddi shunday koʻrsatkichlar tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvlari boʻyicha mos ravishda koʻrsatiladi;
36-satrning 5 va 6-ustunlarida asosiy faoliyat turi boʻyicha “Moliyaviy va sugʻurta faoliyati” “K” Seksiyasida IFUT kodiga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarda oʻtkazilgan majburiy auditorlik tekshiruvlari boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar soni va summasi, 7 va 8-ustunlarda esa, xuddi shunday koʻrsatkichlar tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvlari boʻyicha mos ravishda koʻrsatiladi;
37-satrning 5 va 6-ustunlarida asosiy faoliyat turi boʻyicha, 29–36-satrlarda qayd etilganlardan tashqari, boshqa iqtisodiy faoliyat turlarida IFUT kodiga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarda oʻtkazilgan majburiy auditorlik tekshiruvlari boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar soni va summasi, 7 va 8-ustunlarda esa, xuddi shunday koʻrsatkichlar tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvlari boʻyicha mos ravishda koʻrsatiladi.”.
3. Mazkur oʻzgartirishlar va qoʻshimcha Oʻzbekiston auditorlar palatasi, Oʻzbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi va Oʻzbekiston buxgalterlar federatsiyasi bilan kelishilgan.
Oʻzbekiston auditorlar palatasi Kengashi raisi N. KARIMOV
2016-yil 19-oktabr
Oʻzbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi Kengashi raisi M. TULAXODJAYEVA
2016-yil 19-oktabr
Oʻzbekiston buxgalterlar federatsiyasi ijrochi direktori D. SULTANOVA
2016-yil 19-oktabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 44-son, 518-modda)