O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ichki bozorni dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan to‘ldirish, narxlarning asossiz ravishda o‘sib ketishi hollariga barham berish va aholini ijtimoiy himoya qilishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
import bo‘yicha keltiriladigan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari, tovar yetkazib berishda qatnashuvchi vositachilarning sonidan qat’iy nazar, sotib olish qiymatining 20 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda ulgurji-chakana savdo ustamasi qo‘llangan holda sotiladi;
3. Tijorat banklariga dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini import qiluvchi ulgurji va chakana dorixona muassasalariga xizmat ko‘rsatishda xorijiy valyutani sotishda vositachilik haqi stavkasini sotilgan valyutaning 0,5foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda qo‘llash tavsiya etilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda:
Dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari sotishda ulgurji va chakana tashkilotlar tomonidan savdo ustamalarining qo‘llanilishi tartibiga bir hafta muddatda tegishli o‘zgartirishlar kiritsin;
dori-darmon vositalari ishlab chiqaruvchi yetakchi chet el kompaniyalarining tovar kreditlarini jalb qilish masalasini bir oy muddatda ishlab chiqsin va hal etsin.
5. Pul-kredit siyosati bo‘yicha respublika komissiyasi Markaziy bankning litsenziyalariga ega bo‘lgan, dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini import qiluvchi korxonalar tomonidan valyutani faqat O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan tibbiyot preparatlari ro‘yxati bo‘yicha konvertatsiya qilish tartibini bir hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida bir hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari R.S. Azimov va H.S. Karomatovlar zimmasiga yuklansin.