toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
“Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik tarmoqlarining Umumhuquqiy klassifikatorini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 10-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2333-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 2-martdagi 53-mh-son “Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik tarmoqlarining Umumhuquqiy klassifikatorini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2333, 2012-yil 2-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 8-9-son, 98-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (Sh. Saidov) mazkur idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi oʻrinbosari R. Davletov zimmasiga yuklansin.
Vazir M. IKRAMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 10-oktabr,
243-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 10-oktabrdagi 243-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik tarmoqlarining Umumhuquqiy klassifikatorini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 2-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
beshinchi xatboshidagi “tashkilotlar va fuqarolarning” degan soʻzlar “yuridik va jismoniy shaxslarning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
yettinchi xatboshi oltinchi xatboshi deb hisoblansin;
oltinchi xatboshidagi “,biroq yarim yilda kamida bir marta” soʻzlari chiqarib tashlansin.
a) 01.00.00.00 KONSTITUTSIYAVIY TUZUM boʻlimi quyidagi mazmundagi kod bilan toʻldirilsin:
“01.17.14.00 Davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorligi”;
b) 02.00.00.00 DAVLAT BOShQARUVI ASOSLARI boʻlimida:
02.03.05.00 Kompaniyalar, konsernlar, uyushmalar va boshqalar” kodi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“02.03.05.00 Xoʻjalik boshqaruvi organlari”;
02.07.08.00 Fuqarolarning murojaatlari, arizalari va shikoyatlari” kodi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari”;
v) 04.00.00.00 OILA QONUNChILIGI boʻlimidagi “04.08.00.00 Oila, onalik, otalik va bolalikni himoya qilish” kodi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“04.08.00.00 Oila, onalik, otalik va bolalikni himoya qilish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash”;
g) 06.00.00.00 IJTIMOIY TAʼMINOT VA IJTIMOIY SUGʻURTA TOʻGʻRISIDAGI QONUNChILIK. IJTIMOIY HIMOYA boʻlimidagi “06.08.05.00 Diniy marosim xizmatlari” kodi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“06.08.05.00 Diniy marosim xizmatlari. Dafn etish joylari”;
d) 07.00.00.00 MOLIYA VA KREDIT TOʻGʻRISIDAGI QONUNChILIK. BANK FAOLIYATI boʻlimidagi “07.19.02.00 Tijorat banklari. Xorijiy banklar” kodi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar”;
e) 08.00.00.00 UY-JOY QONUNChILIGI. KOMMUNAL XOʻJALIK boʻlimidagi “08.03.11.00 Uy hayvonlarini saqlash” kodi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“08.03.11.00 Uy hayvonlari va boshqa hayvonlarni saqlash”;
j) 09.00.00.00 TADBIRKORLIK VA XOʻJALIK FAOLIYATI boʻlimida:
09.01.04.00 Kichik va xususiy tadbirkorlik” kodi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“09.01.04.00 Kichik va xususiy tadbirkorlik. Oilaviy tadbirkorlik”;
09.10.09.00 Yoqilgʻi sanoati (neft qazib chiqarish va neftni qayta ishlash sanoati, gaz sanoati)” kodi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“09.10.09.00 Yoqilgʻi sanoati (neft qazib chiqarish va neftni qayta ishlash sanoati, gaz va koʻmir sanoati)”;
quyidagi mazmundagi kodlar bilan toʻldirilsin:
“09.15.03.01 Umumiy qoidalar;
09.15.03.02 Boshqaruv, nazorat va tashkilotlar hamkorligi;
09.15.03.03 Temir yoʻl xoʻjaligini ekspluatatsiya, rekonstruksiya, modernizatsiya qilish;
09.15.03.04 Yoʻlovchi va yuk tashish, oʻzaro hisob-kitoblar;
09.15.03.05 Boshqa masalalar”;
z) 12.00.00.00 AXBOROT VA AXBOROTLAShTIRISh boʻlimidagi “12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv” kodi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat”;
i) 13.00.00.00 TAʼLIM. FAN. MADANIYAT boʻlimidagi “13.01.27.00 Kanikullar. Bolalarning yozgi dam olishi” kodi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13.01.27.00 Taʼtillar. Bolalarning yozgi dam olishi”;
k) 16.00.00.00 XAVFSIZLIK VA HUQUQ TARTIBOT MUHOFAZASI boʻlimidagi “16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi” kodi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi”.
4. 2-ilova ushbu oʻzgartirish va qoʻshimchalarning ilovaciga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
“Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik tarmoqlarining Umumhuquqiy klassifikatorini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 2-martdagi 53-mh-son buyrugʻiga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik tarmoqlarining Umumhuquqiy klassifikatorini rivojlantirish boʻyicha
MAXSUS KOMISSIYA TARKIBI

1.

Lavozimiga koʻra

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Qonunchilik bosh boshqarmasi boshligʻi, maxsus komissiya rahbari

2.

Sh. Saidov

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi boshligʻi, maxsus komissiya rahbarining oʻrinbosari

3.

D. Qalandarov

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirli�i Jinoiy, maʼmuriy va ijtimoiy qonunchilik boshqarmasi boshligʻi

4.

I. Xalpayev

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Iqtisodiy qonunchilik boshqarmasi boshligʻi

5.

B. Boliyev

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi boshligʻi

6.

A. Gʻafurov

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi direktori

7.

N. Imomov

Toshkent davlat yuridik universiteti Fuqarolik huquqi kafedrasi dotsenti

8.

Z. Nematxodjayev

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy axborot bilan taʼminlash markazi direktori oʻrinbosari

9.

G. Ergasheva

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi bosh maslahatchisi, maxsus komissiya kotibi

Izoh: maxsus komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 41-son, 477-modda)