1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.02.00 Aloqa sohasini boshqarish. Aloqa sohasidagi faoliyatlarni litsenziyalash;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.02.00 Axborotlashtirish sohasida standartlashtirish va sertifikatlashtirish]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Aloqa;
2.Iqtisodiyot / Axborot va axborotlashtirish. Elektron tijorat (hujjat aylanishi)]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
ALOQA VA AXBOROTLASHTIRISH SOHASIDA BOSHQARUVNI TASHKIL ETISHNI TAKOMILLASHTIRISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish toʻgʻrisida” 2002-yil 30-maydagi PF-3080-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda aloqa va axborotlashtirish sohasida faoliyatni tashkil etish va takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 7-apreldagi 84-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2014-y., 15-son, 167-modda)
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.01.00 Axborotlashtirishni boshqarish organlari]
2. Belgilansinki, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi hamda Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi tegishli ravishda Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligining hamda Pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining huquqiy vorislari hisoblanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son)
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.02.00 Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi (shuningdek, 07.07.02.02 ga qarang);
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
3. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan chet el hamda mamlakatimiz kompyuter va axborot kompaniyalari bilan birgalikda Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish markazi tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.06.00 Ijtimoiy va boshqa sohalarni moliyalashtirish;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
4. Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish markazi 2005-yil 1-yanvargacha uning asosiy faoliyati boʻyicha soliqlarning barcha turlarini, yigʻimlarni toʻlashdan va davlat maqsadli jamgʻarmalariga ajratmalardan istisno tariqasida ozod qilinsin, budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga hamda Respublika yoʻl jamgʻarmasiga ajratmalar bundan mustasno.
Belgilansinki, bunda boʻshayotgan mablagʻlar Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish markazining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yoʻnaltiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi boʻshayotgan mablagʻlarning Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish markazi tomonidan maqsadli foydalanilishi ustidan qatʼiy nazoratni taʼminlasinlar.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi toʻgʻrisidagi hamda Pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 1997-yil 28-avgustdagi 420-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-maydagi 215-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 19-son, 220-modda)
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-dekabrdagi 356-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 51-son, 577-modda)
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-dekabrdagi 356-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 51-son, 577-modda)
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 7-apreldagi 84-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2014-y., 15-son, 167-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 23-sentabrdagi 328-son qaroriga 5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-iyundagi 159-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 24-son, 273-modda)
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 7-apreldagi 84-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2014-y., 15-son, 167-modda)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 7-iyundagi 275-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 6-son, 21-modda) bilan tasdiqlangan Muqobil xizmatni tashkil etish va oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga ilovaning yettinchi xatboshidagi “pochta va telekommunikatsiyalar” soʻzlari “aloqa va axborotlashtirish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish, rekonstruksiya qilish va ularning ish sifatini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1994-yil 12-oktabrdagi 502-son qarori 4 va 5-bandlaridagi “Aloqa vazirligining” va “Aloqa vazirligi huzuridagi” soʻzlari tegishli ravishda “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining” va “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi huzuridagi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining “INTELSAT” yoʻldosh aloqasi xalqaro tashkilotiga kirishi toʻgʻrisida” 1997-yil 24-fevraldagi 105-son qarorining 2-bandidagi “pochta va telekommunikatsiyalar” soʻzlari “aloqa va axborotlashtirish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 1997-yil 31-iyuldagi 380-son qarorida:
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-maydagi 215-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 19-son, 220-modda)
1, 2, 8 va 10-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
1, 1a, 2, 2a va 7-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 27-dekabrdagi PQ-244-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 52-son, 386-modda)
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-dekabrdagi 973-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2019-y., 09/19/973/4123-son)
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Chastota spektridan foydalanish, radioteledasturlarni shakllantirish va tarqatish hamda maʼlumotlar uzatish samaradorligini oshirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1998-yil10-iyuldagi 293-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 7-son, 26-modda):
ikkinchi xatboshidagi “pochta va telekommunikatsiyalar” soʻzlari “aloqa va axborotlashtirish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi va toʻrtinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi”, “Davlat matbuot qoʻmitasi” soʻzlari “Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 2-ilovaning 5, 9 va 10-bandlaridagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi, Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi” soʻzlari tegishli ravishda “Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi”, “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-banddagi “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligiga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasiga” soʻzlari “Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligiga, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin, “Fan va texnika davlat qoʻmitasi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
6-banddagi “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi” soʻzlari “Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi”, “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin, “Fan va texnika davlat qoʻmitasi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
8-bandning birinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi” soʻzlari tegishli ravishda “Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi”, “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
10-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi”, “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi” soʻzlari tegishli ravishda “Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi”, “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 9-ilovaning 1-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maʼlumotlar uzatish milliy tarmogʻini tashkil etish va jahon axborot tarmoqlaridan foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida” 1999-yil 5-fevraldagi 52-son qarorida:
a) 1-banddagi va 2-bandning uchinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-maydagi 215-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 19-son, 220-modda)
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
14. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmogʻini rivojlantirish (II bosqich) uchun Yaponiya xorijiy iqtisodiy hamkorlik jamgʻarmasining imtiyozli kreditiga xizmat koʻrsatish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 6-iyuldagi 331-son qarori 5-bandining toʻrtinchi xatboshidagi, 6-bandining birinchi xatboshidagi, 7-bandidagi, 9-bandining birinchi va ikkinchi xatboshidagi va 10-bandidagi “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 2000-yil 30-iyundagi 253-son qarorida:
ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 5-banddagi “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 4-ilova nomidagi “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 22-noyabrdagi 458-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 11-son, 73-modda):
a) 1-banddagi “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi”, “telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi” soʻzlari “aloqa va axborotlashtirish soʻzlari bilan almashtirilsin;
(16-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
17. Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 26-oktabrdagi 429-son qarori bilan tasdiqlangan (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001y., 10-son, 60-modda) Oʻzbekiston Respublikasida radiochastota spektridan foydalanganlik uchun haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda:
4-banddagi “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
9-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Radiochastota spektridan foydalanganlik uchun olingan va radiochastota spektridan foydalanishni davlat tomonidan boshqarish hamda monitoring olib borish xarajatlarini qoplashga yoʻnaltirilgan mablagʻlar daromad hisoblanmaydi va tegishli ravishda ularga soliq solinmaydi”.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)