1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi markaziy apparati tuzilmasiga qisman oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi faoliyati yanada takomillashtirilishini taʼminlash hamda oliy taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan tadbirlarni tizimli nazorat qilish samaradorligini oshirish va muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi markaziy apparati tuzilmasiga qisman oʻzgartirishlar kiritilsin va ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fan va texnologiyalar rivojlanishini muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 7-avgustdagi PQ-436-son qarori)” 2006-yil 2-oktabrdagi 207-son qarorining 2-bandi, shuningdek qarorga 3-ilova (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 10-son, 73-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, moliya vaziri R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 23-sentabr,
323-son
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 23-sentabrdagi 323 -son qaroriga ILOVA
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi markaziy apparatining
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-maydagi 292-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 20-son, 371-modda)
LexUZ sharhi
ilovaga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 30-dekabrdagi 1039-sonli qaroriga asosan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 39-son, 461-modda; 2017-y., 20-son, 371-modda)