1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.06.00.00 Harbiy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash / 15.06.02.00 Kasbiy taʼlimning harbiy taʼlim muassasalari;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining
buyrugʻi
“Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalariga tinglovchi va kursantlarni oʻqishga qabul qilishda test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 29-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2477-2]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 10-maydagi 11-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3366, 10.05.2022-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2013-yil 2-iyuldagi 01-237-son “Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalariga tinglovchi va kursantlarni oʻqishga qabul qilishda test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2477, 2013-yil 12-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 28-son, 367-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq 2017-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Direktor J. ISMAILOV
Toshkent sh.,
2016-yil 24-avgust,
01-288-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2016-yil 24-avgustdagi 01-288-son buyrugʻiga ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalariga tinglovchi va kursantlarni oʻqishga qabul qilishda test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlar
“Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 141-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oliy harbiy taʼlim muassasalarida (bundan buyon matnda taʼlim muassasalari deb yuritiladi) test sinovlarini oʻtkazish tartibini belgilaydi.”;
v) 5-banddagi “10” raqami “5” raqami bilan almashtirilsin;
g) 8-bandning ikkinchi xatboshisidagi “1-iyulga” degan soʻzlar “25-iyunga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
i) 49-banddagi “1-iyulga” degan soʻzlar “25-iyunga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
k) 1 — 22-ilovalar belgisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalariga tinglovchi va kursantlarni oʻqishga qabul qilishda test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga” degan soʻzlar “Oliy harbiy taʼlim muassasalarida test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Ichki ishlar vaziri A. AXMEDBAYEV
2016-yil 28-iyul
Mudofaa vaziri Q. BERDIYEV
2016-yil 3-avgust
Milliy xavfsizlik xizmati raisi R. INOYATOV
2016-yil 24-avgust
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Z. DUSANOV
2016-yil 10-avgust
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 35-son, 411-modda)