1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.13.00 Qazilma xomashyolarni qazib olish sanoati]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“QIZILQUMNODIRMETALLOLTIN” DAVLAT KONSERNINI TUGATISH VA NAVOIY KON-METALLURGIYA KOMBINATI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH MASALALARI TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xoʻjalik boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 22-dekabrdagi PF-3366-son Farmonini bajarish yuzasidan va Navoiy kon-metallurgiya kombinati faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Qizilqumnodirmetalloltin” davlat konsernini tugatish komissiyasi 1-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.03.00 Yuridik shaxslar bankrotligi va sanatsiya (shuningdek 09.03.00.00 ga qaralsin);
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.09.00 Tugatish jarayoni]
Komissiya “Qizilqumnodirmetalloltin” davlat konsernini tugatish bilan bogʻliq masalalarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirsin.
2. Navoiy davlat konchilik instituti budjetdan moliyalashtirish manbalari saqlab qolingan holda Navoiy kon-metallurgiya kombinati tasarrufiga berilsin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.05.00 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (shuningdek, 08.01.06.00ga qarang) / 03.08.05.01 Umumiy qoidalar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.05.00 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (shuningdek, 08.01.06.00ga qarang) / 03.08.05.02 Ayrim tarmoq va obyektlarni davlat tasarrufidan chiqarish;
3.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.05.00 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (shuningdek, 08.01.06.00ga qarang) / 03.08.05.03 Davlat mulki obyektlarini sotish]
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi “Qizilqumnodirmetalloltin” davlat konserni tarkibiga kirgan 2-ilovaga muvofiq korxonalar aksiyalari davlat paketlari va aktivlarining 2004-yilda, belgilangan tartibda xususiylashtirilishini taʼminlasin.
4. Navoiy kon-metallurgiya kombinati tizimining tashkiliy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Belgilansinki, ilgari “Qizilqumnodirmetalloltin” davlat konserni tarkibiga kirgan 3-ilovaga muvofiq korxonalar Navoiy kon-metallurgiya kombinati bilan oʻzaro hamkorlikni xoʻjalik shartnomalari asosida amalga oshiradilar.
5. Navoiy kon-metallurgiya kombinati:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.03.00 Tarif setkalari. Mansab okladlari]
kombinatning tashkiliy tuzilmasini hamda boshqaruv va muhandis-texnik xodimlarining cheklangan soni 6634 kishidan, shu jumladan boshqaruv apparati xodimlari soni 325 kishidan iborat boʻlishidan kelib chiqqan holda boshqaruv apparati tuzilmasini tasdiqlasin;
bir oy muddatda korxonaning yangi tahrirdagi ustavini ishlab chiqsin va uning belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.10.00 Korxona rahbari bilan mehnat shartnomasi tuzish xususiyatlari;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.10.00.00 Ayrim toifadagi xodimlarning mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari / 05.10.05.00 Davlat xizmatchilari xodimlarining mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari (shuningdek, 02.06.00.00 ga qarang)]
6. Belgilab qoʻyilsinki, Navoiy kon-metallurgiya kombinatining bosh direktori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tayinlanadi va u maishiy taʼminot, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish shart-sharoitlariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi vazirining birinchi oʻrinbosariga, uning oʻrinbosarlari esa — vazir oʻrinbosarlariga tenglashtiriladi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, boshqa vazirliklar va idoralar oʻn kun muddatda ushbu qarorda nazarda tutilgan tashkiliy tadbirlardan kelib chiqqan holda 2004-yil uchun iqtisodiy koʻrsatkichlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritsinlar.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
9. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 21-iyuldagi 279–f-son farmoyishi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 19-may,
237-son
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-maydagi 237-son qaroriga 1-ILOVA
“Qizilqumnodirmetalloltin” davlat konsernini tugatish komissiyasi
TARKIBI
1.
Sultonov Oʻ.T.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, komissiya raisi
2.
Asqarov M.A.
—
Davlat mulki qoʻmitasi raisi, komissiya raisining oʻrinbosari
3.
Guskova T.N.
—
Moliya vazirining birinchi oʻrinbosari
4.
Hasanov S.S.
—
Iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari
5.
Samatov P.A.
—
Adliya vazirining oʻrinbosari
6.
Qurbonov D.Q.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari kotibiyatining bosh mutaxassisi
7.
Kucherskiy N.I.
—
Navoiy kon-metallurgiya kombinatining bosh direktori
8.
Mamayeva O.I.
—
Navoiy kon-metallurgiya kombinatining bosh buxgalteri
9.
Gudson V.E.
—
tugatiladigan “Qizilqumnodirmetalloltin” davlat konsernining ijro etuvchi direktori
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-maydagi 237-son qaroriga 2-ILOVA
“Qizilqumnodirmetalloltin” davlat konserni tarkibiga kirgan, aksiyalarining davlat paketlari va aktivlari 2004-yilda xususiylashtiriladigan aksiyadorlik jamiyatlari
ROʻYXATI
T/r
Korxonalar nomi
Joylashgan joyi
Sotiladigan davlat ulushi, %
I. Davlat aktivlari birja savdolarida va birjadan tashqari bozorlarda xususiylashtiriladigan aksiyadorlik jamiyatlari
1.
“2-qurilish-montaj boshqarmasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati
Navoiy shahri
25,0
2.
“Janubsanoatmontaj” ochiq aksiyadorlik jamiyati
Navoiy shahri
25,0
3.
“Ishlab chiqarish korxonalari boshqarmasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati
Navoiy shahri
25,0
4.
“Avtotransqurilish-mexanizatsiya” ochiq aksiyadorlik jamiyati
Navoiy shahri
25,0
5.
“Mexanizatsiya va avtotransport” ochiq aksiyadorlik jamiyati
Navoiy shahri
25,0
II. Aktivlari yakka tartibdagi loyihalar boʻyicha xususiylashtiriladigan davlat tashkilotlari
6.
“Navoiymontajavtomatika”
Navoiy shahri
49
7.
“OʻzGEOTEXLITI” LITI
Toshkent shahri
100
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-maydagi 237-son qaroriga 3-ILOVA
Navoiy kon-metallurgiya kombinati tizimining tashkiliy tuzilmasi
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 13-maydagi 90-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 18-19-son, 141-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-maydagi 237-son qaroriga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Fosforli oʻgʻitlar ishlab chiqarish uchun Jeroy-Sardara koni xom ashyosidan fosforit kukuni ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 3-iyuldagi 278-son qarori 3-bandining toʻrtinchi xatboshidagi hamda 15 va 16-bandlaridagi “Qizilqumnodirmetalloltin” konserni” soʻzlari “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Chimyon-Chorvoq zonasi tabiiy boyliklarini saqlash hamda hududni oʻzlashtirishga kompleks va izchillik bilan yondoshishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 10-martdagi 83-son qaroriga 4-ilovaning 29-bandidagi “Qizilqumnodirmetalloltin” konserni Oʻrta Osiyo sanoat texnologiyasi loyiha-qidiruv ilmiy-tadqiqot instituti” soʻzlari “Oʻzbekiston geotexnologiya loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot instituti (UzGEOTEXLITI)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Navoiy davlat konchilik instituti faoliyatini tashkil etish masalalari hamda kon-metallurgiya sanoati korxonalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 13-apreldagi 173-son qarorida:
kirish qismidagi “va Qizilqumnodirmetalloltin” konserni” soʻzlari chiqarib tashlansin;
7-banddagi “va Qizilqumnodirmetalloltin” konserni” soʻzlari chiqarib tashlansin;
8, 10 va 12-bandlardagi “Qizilqumnodirmetalloltin” konserni” va “Qizilqumnodirmetalloltin” konsernida” soʻzlari tegishli ravishda “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” va “Navoiy kon-metallurgiya kombinatida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Don resurslari va unning bozor fondidan yanada oqilona va tejamli foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 14-sentabrdagi 374-son qarorining 7-bandidagi “Qizilqumnodirmetalloltin” konserni” soʻzlari “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Tabiiy gaz yetkazib berish va uning uchun hisob-kitob qilish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2002-yil 20-martdagi 90-son qaroriga 1-ilovaning “Oʻztransgaz” AKning magistral gaz quvurlariga toʻgʻridan-toʻgʻri chiqadigan ulgurji isteʼmolchilar” ustunidan “Qizilqumnodirmetalloltin” davlat konserni” soʻzlari chiqarib tashlansin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Standartlashtirish, metrologiya va mahsulotlar hamda xizmatlarni sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 3-oktabrdagi 342-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 10-son, 56-modda) 6-ilovadagi “Tolstov E.A. — “Qizilqumnodirmetalloltin” konserni raisining birinchi oʻrinbosari” soʻzlari “lavozimiga koʻra — Navoiy kon-metallurgiya kombinati bosh muhandisi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2002-yil 31-oktabrdagi 374-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 10-son, 63-modda):
a) 1-ilovadagi “Qizilqumnodirmetalloltin” davlat konserni” soʻzlari “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovadagi “Kucherskiy N.I. — “Qizilqumnodirmetalloltin” konserni raisi” soʻzlari “Kucherskiy N.I. — Navoiy kon-metallurgiya kombinati bosh direktori soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining “Yarmarka savdosini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 13-noyabrdagi 391-son qaroriga 5-ilovadagi “Gʻulomov S.Q. — “Qizilqumnodirmetalloltin” davlat konserni raisining oʻrinbosari” soʻzlari “Gʻulomov S.Q. — Navoiy kon-metallurgiya kombinatining Toshkent shahridagi vakolatxonasi rahbari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 18-avgustdagi 175-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotdi— Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 34-35-son, 344-modda)
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 2003-yil 21-avgustdagi 361-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 8-son, 74-modda) 7-ilovadagi “Kucherskiy N.I. —“Qizilqumnodirmetalloltin” konserni raisi” soʻzlari “Kucherskiy N.I. — Navoiy kon-metallurgiya kombinati bosh direktori” soʻzlari bilan almashtirilsin.