1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.13.00 Qazilma xomashyolarni qazib olish sanoati]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“QIZILQUMNODIRMETALLOLTIN” DAVLAT KONSERNINI TUGATISH VA NAVOIY KON-METALLURGIYA KOMBINATI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH MASALALARI TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xoʻjalik boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 22-dekabrdagi PF-3366-son Farmonini bajarish yuzasidan va Navoiy kon-metallurgiya kombinati faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Qizilqumnodirmetalloltin” davlat konsernini tugatish komissiyasi 1-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.03.00 Yuridik shaxslar bankrotligi va sanatsiya (shuningdek 09.03.00.00 ga qaralsin);
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.09.00 Tugatish jarayoni]
Komissiya “Qizilqumnodirmetalloltin” davlat konsernini tugatish bilan bogʻliq masalalarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirsin.
2. Navoiy davlat konchilik instituti budjetdan moliyalashtirish manbalari saqlab qolingan holda Navoiy kon-metallurgiya kombinati tasarrufiga berilsin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.05.00 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (shuningdek, 08.01.06.00ga qarang) / 03.08.05.01 Umumiy qoidalar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.05.00 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (shuningdek, 08.01.06.00ga qarang) / 03.08.05.02 Ayrim tarmoq va obyektlarni davlat tasarrufidan chiqarish;
3.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.05.00 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (shuningdek, 08.01.06.00ga qarang) / 03.08.05.03 Davlat mulki obyektlarini sotish]
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi “Qizilqumnodirmetalloltin” davlat konserni tarkibiga kirgan 2-ilovaga muvofiq korxonalar aksiyalari davlat paketlari va aktivlarining 2004-yilda, belgilangan tartibda xususiylashtirilishini taʼminlasin.
4. Navoiy kon-metallurgiya kombinati tizimining tashkiliy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Belgilansinki, ilgari “Qizilqumnodirmetalloltin” davlat konserni tarkibiga kirgan 3-ilovaga muvofiq korxonalar Navoiy kon-metallurgiya kombinati bilan oʻzaro hamkorlikni xoʻjalik shartnomalari asosida amalga oshiradilar.
5. Navoiy kon-metallurgiya kombinati:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.03.00 Tarif setkalari. Mansab okladlari]
kombinatning tashkiliy tuzilmasini hamda boshqaruv va muhandis-texnik xodimlarining cheklangan soni 6634 kishidan, shu jumladan boshqaruv apparati xodimlari soni 325 kishidan iborat boʻlishidan kelib chiqqan holda boshqaruv apparati tuzilmasini tasdiqlasin;
bir oy muddatda korxonaning yangi tahrirdagi ustavini ishlab chiqsin va uning belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.10.00 Korxona rahbari bilan mehnat shartnomasi tuzish xususiyatlari;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.10.00.00 Ayrim toifadagi xodimlarning mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari / 05.10.05.00 Davlat xizmatchilari xodimlarining mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari (shuningdek, 02.06.00.00 ga qarang)]
6. Belgilab qoʻyilsinki, Navoiy kon-metallurgiya kombinatining bosh direktori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tayinlanadi va u maishiy taʼminot, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish shart-sharoitlariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi vazirining birinchi oʻrinbosariga, uning oʻrinbosarlari esa — vazir oʻrinbosarlariga tenglashtiriladi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, boshqa vazirliklar va idoralar oʻn kun muddatda ushbu qarorda nazarda tutilgan tashkiliy tadbirlardan kelib chiqqan holda 2004-yil uchun iqtisodiy koʻrsatkichlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritsinlar.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
9. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 21-iyuldagi 279–f-son farmoyishi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 19-may,
237-son
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-maydagi 237-son qaroriga 1-ILOVA
“Qizilqumnodirmetalloltin” davlat konsernini tugatish komissiyasi
TARKIBI
1.
Sultonov Oʻ.T.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, komissiya raisi
2.
Asqarov M.A.
—
Davlat mulki qoʻmitasi raisi, komissiya raisining oʻrinbosari
3.
Guskova T.N.
—
Moliya vazirining birinchi oʻrinbosari
4.
Hasanov S.S.
—
Iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari
5.
Samatov P.A.
—
Adliya vazirining oʻrinbosari
6.
Qurbonov D.Q.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari kotibiyatining bosh mutaxassisi
7.
Kucherskiy N.I.
—
Navoiy kon-metallurgiya kombinatining bosh direktori
8.
Mamayeva O.I.
—
Navoiy kon-metallurgiya kombinatining bosh buxgalteri
9.
Gudson V.E.
—
tugatiladigan “Qizilqumnodirmetalloltin” davlat konsernining ijro etuvchi direktori
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-maydagi 237-son qaroriga 2-ILOVA
“Qizilqumnodirmetalloltin” davlat konserni tarkibiga kirgan, aksiyalarining davlat paketlari va aktivlari 2004-yilda xususiylashtiriladigan aksiyadorlik jamiyatlari
ROʻYXATI
T/r
Korxonalar nomi
Joylashgan joyi
Sotiladigan davlat ulushi, %
I. Davlat aktivlari birja savdolarida va birjadan tashqari bozorlarda xususiylashtiriladigan aksiyadorlik jamiyatlari
1.
“2-qurilish-montaj boshqarmasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati
Navoiy shahri
25,0
2.
“Janubsanoatmontaj” ochiq aksiyadorlik jamiyati
Navoiy shahri
25,0
3.
“Ishlab chiqarish korxonalari boshqarmasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati
Navoiy shahri
25,0
4.
“Avtotransqurilish-mexanizatsiya” ochiq aksiyadorlik jamiyati
Navoiy shahri
25,0
5.
“Mexanizatsiya va avtotransport” ochiq aksiyadorlik jamiyati
Navoiy shahri
25,0
II. Aktivlari yakka tartibdagi loyihalar boʻyicha xususiylashtiriladigan davlat tashkilotlari
6.
“Navoiymontajavtomatika”
Navoiy shahri
49
7.
“OʻzGEOTEXLITI” LITI
Toshkent shahri
100
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-maydagi 237-son qaroriga 3-ILOVA
Navoiy kon-metallurgiya kombinati tizimining tashkiliy tuzilmasi
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
2. Vazirlar Mahkamasining “Chimyon-Chorvoq zonasi tabiiy boyliklarini saqlash hamda hududni oʻzlashtirishga kompleks va izchillik bilan yondoshishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 10-martdagi 83-son qaroriga 4-ilovaning 29-bandidagi “Qizilqumnodirmetalloltin” konserni Oʻrta Osiyo sanoat texnologiyasi loyiha-qidiruv ilmiy-tadqiqot instituti” soʻzlari “Oʻzbekiston geotexnologiya loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot instituti (UzGEOTEXLITI)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-martdagi PF-94-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/94/0256-son)
4. Vazirlar Mahkamasining “Don resurslari va unning bozor fondidan yanada oqilona va tejamli foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 14-sentabrdagi 374-son qarorining 7-bandidagi “Qizilqumnodirmetalloltin” konserni” soʻzlari “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Tabiiy gaz yetkazib berish va uning uchun hisob-kitob qilish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2002-yil 20-martdagi 90-son qaroriga 1-ilovaning “Oʻztransgaz” AKning magistral gaz quvurlariga toʻgʻridan-toʻgʻri chiqadigan ulgurji isteʼmolchilar” ustunidan “Qizilqumnodirmetalloltin” davlat konserni” soʻzlari chiqarib tashlansin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
8. Vazirlar Mahkamasining “Yarmarka savdosini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 13-noyabrdagi 391-son qaroriga 5-ilovadagi “Gʻulomov S.Q. — “Qizilqumnodirmetalloltin” davlat konserni raisining oʻrinbosari” soʻzlari “Gʻulomov S.Q. — Navoiy kon-metallurgiya kombinatining Toshkent shahridagi vakolatxonasi rahbari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 18-avgustdagi 175-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotdi— Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 34-35-son, 344-modda)
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-iyuldagi 472-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 28-son, 649-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 20-son, 236-modda; 2006-y., 34-35-son, 344-modda; 2010-y., 18-19-son, 141-modda; 2017-y., 28-son, 649-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/94/0256-son; 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)