toggle_night_mode
Hujjat 22.08.2016 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
“Ishlab chiqariladigan tabiiy gazga aksiz soligʻini toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 18-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2310-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 22-dekabrdagi PQ-2455-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 12-dekabrdagi 79, 2011-37-son “Ishlab chiqariladigan tabiiy gazga aksiz soligʻini toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2310, 2012-yil 9-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 2-son, 20-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 11-avgust,
56-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 11-avgust,
2016-27-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 11-avgustdagi 56 va 2016-27-son qaroriga
ILOVA
“Ishlab chiqariladigan tabiiy gazga aksiz soligʻini toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Qarorning muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 22-dekabrdagi PQ–2455-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:”.
a) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 22-dekabrdagi PQ–2455-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan tabiiy gazga aksiz soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibini belgilaydi.”;
b) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 22-dekabrdagi PQ-2455-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qarorining 13-1-ilovasiga muvofiq respublikada ishlab chiqariladigan tabiiy gaz realizatsiyasiga, shu jumladan eksportiga aksiz soligʻi solinadi.
Bunda, aholiga realizatsiya qilinadigan, tabiiy gazning narxida nazarda tutilgan tabiiy gazga hisoblangan aksiz soligʻi summasi, investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga maqsadli ravishda yoʻnaltirish uchun “Oʻztransgaz” AK tasarrufida qoldiriladi.
“Oʻztransgaz” AK tasarrufida qoldiriladigan, aholiga realizatsiya qilinadigan tabiiy gaz boʻyicha aksiz soligʻi summasini aniqlash bilan bogʻliq operatsiyalarni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi Yuridik shaxslarga soliqlar, bojxona va majburiy toʻlovlarni budjetga toʻlash boʻyicha berilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalterlik hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 1463, 2005-yil 2-aprel) bilan tartibga solinadi.”;
v) 10-banddagi “yilning har choragida, hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay” degan soʻzlar “har oyda, soliq davridan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
g) 11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Aksiz soligʻini toʻlash hisob-kitoblarni topshirish muddatlaridan kechiktirmay amalga oshiriladi.”.
3. Mazkur oʻzgartirishlar “Oʻzbekneftegaz” MXK bilan kelishilgan.
“Oʻzbekneftegaz” MXK raisi A. SULTANOV
2016-yil 11-avgust
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 33-son, 398-modda)