toggle_night_mode
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining
Qarori
ISHLAB CHIQARILADIGAN TABIIY GAZGA AKSIZ SOLIG‘INI TO‘LASH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 9-yanvarda 2310-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 22-dekabrdagi PQ-2455-son “O‘zbekiston Respublikasining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2016-yil 11-avgustdagi 56 va 2016-27-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2310-2, 18.08.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 33-son, 398-modda)
1. Ishlab chiqariladigan tabiiy gazga aksiz solig‘ini to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 12-dekabr,
79-son
Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 12-dekabr,
2011-37-son
Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2011-yil 12-dekabrdagi 79, 2011-37-son qaroriga
ILOVA
Ishlab chiqariladigan tabiiy gazga aksiz solig‘ini to‘lash tartibi to‘g‘risidagi
Nizom
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan tabiiy gazga aksiz solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 13-maydagi 364-son va Soliq qo‘mitasining 2026-yil 28-apreldagi 2026-08-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2310-4, 02.06.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.06.2026-y., 10/26/2310-4/0556-son)
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
tabiiy gaz — konlardan qazib olinadigan, gaz va neft qazib oluvchi, gazni qayta ishlovchi va utilizatsiya qiluvchi tashkilotlar tomonidan qayta ishlanadigan va utilizatsiya qilinadigan tabiiy gaz;
pirovard iste’molchilar — tabiiy gazdan ishlab chiqarish va/yoki maishiy maqsadlarda foydalanadigan tashkilotlar, avtomobillarni gaz bilan to‘ldirish kompressor stansiyalari;
Oldingi tahrirga qarang.
gaz bilan ta’minlovchi tashkilot — gazning pirovard iste’molchilarga yetkazib berilishi, uzatilishi va taqsimlanishini ta’minlovchi tashkilot.
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 13-maydagi 364-son va Soliq qo‘mitasining 2026-yil 28-apreldagi 2026-08-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2310-4, 02.06.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.06.2026-y., 10/26/2310-4/0556-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 283 va 2893-moddalariga muvofiq respublikada ishlab chiqariladigan tabiiy gaz realizatsiyasiga aksiz solig‘i solinadi.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 19-iyuldagi 2310-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2310-3, 17.08.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.08.2023-y., 10/23/2310-3/0623-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 13-maydagi 364-son va Soliq qo‘mitasining 2026-yil 28-apreldagi 2026-08-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2310-4, 02.06.2026-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.06.2026-y., 10/26/2310-4/0556-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 13-maydagi 364-son va Soliq qo‘mitasining 2026-yil 28-apreldagi 2026-08-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2310-4, 02.06.2026-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.06.2026-y., 10/26/2310-4/0556-son)
3. Tuzilgan Mahsulot taqsimotiga oid bitimda aksiz solig‘i to‘lanishi bo‘yicha ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibdan boshqacha tartib belgilangan bo‘lsa, unda Mahsulot taqsimotiga oid bitimda nazarda tutilgan tartib qo‘llaniladi.
II. Aksiz solig‘i to‘lovchilari va soliq solish obyekti
4. Quyidagi tabiiy gazga aksiz solig‘i solinadi:
ichki bozorda pirovard iste’molchiga realizatsiya qilinadigan;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi hatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 19-iyuldagi 2310-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2310-3, 17.08.2023-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.08.2023-y., 10/23/2310-3/0623-son)
gaz va neft qazib oluvchi, gazni qayta ishlovchi va utilizatsiya qiluvchi tashkilotlar, shuningdek gaz bilan ta’minlovchi tashkilot tomonidan o‘z ehtiyoji uchun foydalaniladigan;
Oldingi tahrirga qarang.
gaz bilan ta’minlovchi tashkilotga gaz va neft qazib oluvchi, gazni qayta ishlovchi va utilizatsiya qiluvchi tashkilotlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan eng yuqori deklaratsiya qilinadigan narxdan oshadigan narx bo‘yicha realizatsiya qilinadigan.
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 19-iyuldagi 2310-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2310-3, 17.08.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.08.2023-y., 10/23/2310-3/0623-son)
5. Tabiiy gazga aksiz solig‘i to‘lovchilari quyidagilardir:
Oldingi tahrirga qarang.
a) gaz bilan ta’minlovchi tashkilot – o‘zi sotib olgan va ichki bozorda pirovard iste’molchilarga, avtomobillarni gaz bilan to‘ldirish kompressor stansiyalariga realizatsiya qiladigan hajmlar bo‘yicha, shuningdek o‘z ehtiyojlari uchun foydalanadigan hajmlari bo‘yicha;
(5-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 19-iyuldagi 2310-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2310-3, 17.08.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.08.2023-y., 10/23/2310-3/0623-son)
b) tabiiy gazni qazib olishni, qayta ishlashni va utilizatsiya qilishni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan quyidagi hajmlar bo‘yicha:
Oldingi tahrirga qarang.
gaz bilan ta’minlovchi tashkilotga gaz va neft qazib oluvchi, gazni qayta ishlovchi va utilizatsiya qiluvchi tashkilotlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan eng yuqori deklaratsiya qilinadigan narxdan oshadigan narx bo‘yicha realizatsiya qilinadigan hajmlar bo‘yicha;
(5-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 19-iyuldagi 2310-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2310-3, 17.08.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.08.2023-y., 10/23/2310-3/0623-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tabiiy gaz hajmini gaz bilan ta’minlovchi tashkilotga realizatsiya qilmagan holda ichki bozorda pirovard iste’molchilarga realizatsiya qilish hajmlari bo‘yicha;
(5-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 19-iyuldagi 2310-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2310-3, 17.08.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.08.2023-y., 10/23/2310-3/0623-son)
o‘z ehtiyojlari uchun foydalanadigan hajmlari bo‘yicha.
III. Soliq solinadigan baza
6. Realizatsiya qilinadigan tabiiy gazga aksiz solig‘ini hisoblab chiqarish uchun soliq solinadigan baza bo‘lib realizatsiya qilingan tabiiy gazning aksiz solig‘i va qo‘shilgan qiymat solig‘ini o‘z ichiga olmagan holdagi qiymati hisoblanadi.
7. O‘z ehtiyojlari uchun foydalaniladigan tabiiy gaz bo‘yicha soliq solinadigan baza uning tannarxidan kelib chiqib aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(IV bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 13-maydagi 364-son va Soliq qo‘mitasining 2026-yil 28-apreldagi 2026-08-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2310-4, 02.06.2026-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.06.2026-y., 10/26/2310-4/0556-son)
V. Hisob-kitobni taqdim etish va aksiz solig‘ini to‘lash
Oldingi tahrirga qarang.
10. Aksiz solig‘ining hisob-kitobi soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga har oyda, soliq davridan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay taqdim etiladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2016-yil 11-avgustdagi 56 va 2016-27-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2310-2, 18.08.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 33-son, 398-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Aksiz solig‘ini to‘lash hisob-kitoblarni topshirish muddatlaridan kechiktirmay amalga oshiriladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2016-yil 11-avgustdagi 56 va 2016-27-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2310-2, 18.08.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 33-son, 398-modda)
VI. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
12. Tabiiy gaz uchun aksiz solig‘ining to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi va to‘lanishi ustidan nazorat davlat soliq xizmati organlari tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
13. Ushbu Nizom “O‘zbekneftegaz” MXK bilan kelishilgan.
“O‘zbekneftegaz” MXK Boshqaruv raisi Sh. FAYZULLAYEV
2011-yil 12-dekabr
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 2-son, 20-modda; 2013-y., 6-son, 82-modda; 2016-y., 33-son, 398-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 18.08.2023-y., 10/23/2310-3/0623-son; 03.06.2026-y., 10/26/2310-4/0556-son)