1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.02 Xizmat va tijorat siri]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Axborot va axborotlashtirish. Elektron tijorat (hujjat aylanishi)]
Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining
Qarori
Xodimlari tijorat siridan foydalanadigan korxonalar va tashkilotlar uchun tijorat siri rejimiga rioya etilishi boʻyicha namunaviy nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 28-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2818]
Oʻzbekiston Respublikasining “Tijorat siri toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Xodimlari tijorat siridan foydalanadigan korxonalar va tashkilotlar uchun tijorat siri rejimiga rioya etilishi boʻyicha namunaviy nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Rais D. XIDOYATOV
Toshkent sh.,
2016-yil 21-iyun,
01/26-26/40-son
Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2016-yil 21-iyundagi 01/26-26/40-son qaroriga ILOVA
Xodimlari tijorat siridan foydalanadigan korxonalar va tashkilotlar uchun tijorat siri rejimiga rioya etilishi boʻyicha
NAMUNAVIY NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Tijorat siri toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi ellik foizdan koʻproq boʻlgan korxonalar va tashkilotlarda (bundan buyon matnda tashkilot deb yuritiladi) tijorat siri rejimiga rioya etilishi bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga soladi.
Boshqa tashkilotlar uchun mazkur Nizom normalari tavsiyaviy xususiyatga ega hisoblanadi.
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
tijorat siri — uchinchi shaxslarga nomaʼlumligi sababli fan-texnika, texnologiya, ishlab chiqarish, moliya-iqtisodiyot sohalarida hamda boshqa sohalarda tijorat qimmatiga ega boʻlgan, qonuniy asosda erkin foydalanilmaydigan axborot boʻlib, ushbu axborot mulkdori uning maxfiyligini muhofaza qilish boʻyicha chora-tadbirlarni koʻradi;
tijorat sirining maxfiyligi — tijorat sirining tarqalib ketishi, oshkor etilishi va undan ruxsatsiz foydalanilishi xavfsizligi taʼminlanganligi holati;
tijorat sirining mulkdori — tijorat siriga egalik qilish, undan foydalanish hamda uni tasarruf etishni amalga oshiruvchi va unga nisbatan tijorat siri rejimini oʻrnatgan yuridik shaxs;
konfident — tijorat sirini uning mulkdori bilan tuzilgan shartnoma asosida egalik qilishga va foydalanishga olgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
tijorat sirini oshkor etish — tijorat sirini tashkil etuvchi axborotning uchinchi shaxslarga bunday axborot mulkdorining yoki konfidentning roziligisiz yoxud mehnat shartnomasi (kontrakt) yoki fuqarolik-huquqiy shartnomaga xilof ravishda, mumkin boʻlgan har qanday shaklda (ogʻzaki, yozma, boshqa shaklda, shu jumladan texnika vositalaridan foydalangan holda) maʼlum boʻlib qolishiga olib keladigan harakat yoki harakatsizlik;
tijorat siri rejimi — tijorat siridan foydalanishni cheklaydigan huquqiy, tashkiliy, texnik va boshqa chora-tadbirlar tizimi;
“tijorat siri” grifi — tijorat siri rejimi oʻrnatilgan moddiy jismlarga qoʻyiladigan rekvizit;
tijorat siri boʻyicha komissiya (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) — tashkilotda tijorat siri rejimini oʻrnatish va unga rioya etish bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish uchun tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan tashkil etiladigan komissiya;
tijorat siri aks etgan moddiy jismlar — tijorat sirini tashkil etuvchi axborot aks etgan moddiy jismlar, shu jumladan tijorat sirini oʻz ichiga olgan hujjatlar yoki axborot aks etgan hajmli jismlar;
axborot aks etgan hajmli jismlar (bundan buyon matnda AHJ deb yuritiladi) — tijorat sirini tashkil etuvchi axborot yoziladigan SD va DVD disklari, flesh- kartalari va hajmli qattiq disklar (tashqi);
tashkilotning tijorat siri roʻyxati (bundan buyon matnda Roʻyxat deb yuritiladi) — tashkilotning boʻlinmalaridagi maʼlumotlarning butun hajmidan saralab olingan, tijorat siri rejimi oʻrnatilgan axborot.
2. Tijorat sirining mulkdori faoliyat sohasining xususiyatidan kelib chiqib mazkur Nizomda nazarda tutilmagan tijorat sirini muhofaza qilish usullarini mustaqil ravishda belgilashga haqli.
2-bob. Tijorat siri rejimini oʻrnatish boʻyicha ishlarni tashkil etish
3. Tijorat siri rejimini oʻrnatish boʻyicha ishlarni tashkillashtirish tashkilot rahbari zimmasiga, mazkur Nizom talablarining xodimlar tomonidan bajarilishini nazorat qilish tarkibiy boʻlinmalarining boshliqlariga yuklatiladi.
4. Tashkilot rahbari tijorat sirini muhofaza qilish boʻyicha tashkiliy, huquqiy, texnik va boshqa chora-tadbirlarni koʻradi.
5. Tashkilot rahbari:
Roʻyxatni tasdiqlaydi, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha qarorlar qabul qiladi;
tijorat siridan foydalanishga ijozat olgan xodimlarning roʻyxatini tasdiqlaydi;
tijorat sirini muhofaza qilish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va bajarilishini nazorat qiladi;
tijorat siri rejimining oʻrnatilishi va unga rioya etilishi bilan bogʻliq boshqa masalalarni hal qiladi.
6. Tashkilotda tijorat sirini muhofaza qilish bilan bogʻliq joriy ishlar tashkiliy — nazorat funksiyalarini bajaruvchi tarkibiy boʻlinmaga (bundan buyon matnda Tijorat siri bilan ishlash boʻyicha boʻlinma deb yuritiladi) yuklatiladi. Tashkilotda tijorat qimmatiga ega boʻlgan axborot kam hajmda boʻlganda mazkur funksiyalar alohida mansabdor shaxsga yuklatilishi mumkin.
7. Tijorat siri bilan ishlash boʻyicha boʻlinma quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
tijorat sirini muhofaza qilish boʻyicha tashkiliy ishlarni amalga oshiradi;
tashkilotning boshqa tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda tijorat siri rejimining oʻrnatilishi va unga rioya etilishi boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
tijorat siri aks etgan moddiy jismlarni roʻyxatga olish va hisobini yuritishni amalga oshiradi;
tijorat siri aks etgan moddiy jismlarga “tijorat siri” grifini berishni amalga oshiradi;
tijorat siri aks etgan moddiy jismlarni konfidentlarga berishni amalga oshiradi;
tijorat sirini tashkil etuvchi axborotning oshkor etilishi, tijorat siri aks etgan moddiy jismlarning yoʻqotilishi faktlari boʻyicha xizmat tekshiruvlari oʻtkazadi;
Roʻyxatni shakllantirish, unga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish loyihasini tayyorlaydi;
tashkilot tarkibiy boʻlinmalari oʻrtasida tijorat qimmatiga ega boʻlgan axborotni aniqlash boʻyicha tushuntirish ishlarini oʻtkazadi;
tijorat siri aks etgan moddiy jismlar saqlanadigan seyflar, metall shkaflar hisobini yuritadi.
8. Roʻyxatni tashkil qilish uchun tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan tashkilot mansabdor shaxslari orasidan kamida uch kishidan iborat boʻlgan tarkibda Komissiya tuziladi. Uning tarkibiga rais, Komissiya aʼzolari va kotib kiradi.
9. Komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
tashkilotning tarkibiy boʻlinmalaridan kelib tushadigan tijorat qimmatiga ega axborotni tijorat siriga kiritish haqidagi buyurtmanomalarni ekspertiza qilish;
tijorat siri rejimining amal qilish muddatini belgilash, oʻzgartirish va bekor qilish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish;
tijorat siri aks etgan moddiy jismlarning mavjudligini xatlovdan oʻtkazish;
tijorat siri yoʻqotilishining oldini olish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
tashkilotning tijorat sirini muhofaza qilish mexanizmini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash.
10. Komissiyaning raisi tashkilot rahbariyatiga oʻzining vakolatiga kiritilgan masalalar boʻyicha davriy ravishda hisobot beradi.
11. Komissiyaning tijorat siri rejimini oʻrnatish va unga rioya etilishi masalalari boʻyicha qarorlari, agar Komissiyaning majlisida uning aʼzolarining kamida yarmi va raisi ishtirok etgan boʻlsa, qabul qilingan hisoblanadi. Komissiya qarorlari koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
3-bob. Roʻyxatni shakllantirish
12. Tijorat siri quyidagi talablarga muvofiq boʻlishi kerak:
uchinchi shaxslarga nomaʼlumligi sababli tashkilot uchun haqiqiy yoki potensial tijorat qiymatiga ega boʻlishi;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq hammaga maʼlum yoki hamma uchun ochiq boʻlmasligi;
(12-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
maxfiyligi muhofaza qilish chora-tadbirlari bilan taʼminlangan boʻlishi;
davlat sirlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sir belgilariga ega boʻlmasligi.
13. Oʻzbekiston Respublikasining “Tijorat siri toʻgʻrisida”gi Qonunining 5-moddasiga muvofiq quyidagi maʼlumotlar tijorat sirini tashkil etishi mumkin emas:
davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan mol-mulkka doir huquqlar va bu huquqlar boʻyicha bitimlar toʻgʻrisidagi;
yuridik shaxsning taʼsis hujjatlaridagi, yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs tashkil etmagan dehqon xoʻjaliklari haqidagi yozuvlar tegishli davlat reyestrlariga kiritilganligi faktini tasdiqlaydigan hujjatlardagi;
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi hujjatlardagi;
davlat muassasasining mol-mulki tarkibi toʻgʻrisidagi va ular tomonidan tegishli budjet mablagʻlaridan foydalanilishi haqidagi;
(13-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining 2025-yil 25-apreldagi 2818-sonli qarori (roʻyxat raqami 2818-1, 14.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2025-y., 10/25/2818-1/0436-son)
atrof-muhitning ifloslanishi, yongʻin xavfsizligining holati, sanitariya-epidemiologik va radiatsiyaviy vaziyat, oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi hamda ishlab chiqarish obyektlarining xavfsiz faoliyat koʻrsatishini, har bir fuqaroning va butun aholining xavfsizligini taʼminlashga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi boshqa omillar haqidagi;
xodimlarning soni va tarkibi, mehnatga haq toʻlash tizimi va mehnat sharoitlari toʻgʻrisidagi, shu jumladan, mehnatni muhofaza qilish, ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar va kasb kasalliklari koʻrsatkichlari, shuningdek boʻsh ish oʻrinlari bor-yoʻqligi haqidagi;
ish beruvchilarning ish haqi toʻlash va ijtimoiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorligi toʻgʻrisidagi;
qonunchilik hujjatlari buzilishlari va bunday buzilishlarni sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish faktlari toʻgʻrisidagi;
(13-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish boʻyicha tanlovlarning yoki kimoshdi savdolarining shartlari haqidagi;
notijorat tashkilotlar daromadlarining miqdorlari va tuzilishi, ushbu tashkilotlarning mol-mulki miqdorlari va tarkibi haqidagi, ularning xarajatlari, bu tashkilotlar xodimlarining (aʼzolarining) soni va mehnatiga haq toʻlash, notijorat tashkilotning faoliyatida fuqarolarning tekin mehnatidan foydalanilishi toʻgʻrisidagi;
yuridik shaxs nomidan ishonchnomasiz ish yuritish huquqiga ega boʻlgan shaxslarning roʻyxati haqidagi;
davlat statistika hisoboti sifatida taqdim etilishi lozim boʻlgan maʼlumotlar.
Oshkor etilishi shartligi yoki foydalanishni cheklashga yoʻl qoʻyilmasligi boshqa qonunda belgilangan maʼlumotlar tijorat sirini tashkil etishi mumkin emas.
14. Roʻyxatni shakllantirish Komissiya tomonidan tashkilot rahbarining buyrugʻiga muvofiq amalga oshiriladi. Roʻyxatni shakllantirish uchun tashkilotning tarkibiy boʻlinmalarida tijorat qimmatiga ega boʻlgan axborot mavjudligi haqida yozma buyurtmanomalar yigʻiladi va koʻrib chiqiladi. Buyurtmanomaga bir nusxada tijorat qimmatiga ega boʻlgan axborot aks etgan moddiy jism ilova qilinadi.
15. Saralab olingan buyurtmanomalar tashkilot rahbarining buyrugʻida belgilangan muddatda tarkibiy boʻlinmalarning boshliqlari tomonidan Komissiyaning kotibiga ikki nusxada tuzilgan roʻyxat asosida beriladi. Roʻyxatning bir nusxasi Komissiyada qoladi, ikkinchisi esa qabul qilinganligi haqidagi belgi qoʻyilib, tarkibiy boʻlinmaga qaytariladi.
16. Komissiya tashkilot rahbarining buyrugʻida belgilangan muddatda tarkibiy boʻlinmalar tomonidan taqdim qilingan tijorat qimmatiga ega boʻlgan axborotning ekspertizasini amalga oshiradi. Buyurtmanomalar koʻp miqdorda boʻlgan taqdirda Komissiyaning ishi tashkilot rahbarining buyrugʻi asosida uzaytirilishi mumkin.
17. Tijorat qimmatiga ega boʻlgan axborotni ekspertiza qilish yakunlari boʻyicha Komissiya axborotga yoki uning bir qismiga nisbatan tijorat siri rejimini qoʻllash maqsadga muvofiqligi hamda uning amal qilish muddati haqida xulosa beradi.
Komissiyaning xulosasi mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi, uning barcha aʼzolari tomonidan imzolanadi va tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
18. Roʻyxat mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakllantiriladi va tashkilot rahbarining tijorat siri rejimini oʻrnatish haqidagi buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
19. Roʻyxatga kiritilgan axborotga nisbatan tijorat siri rejimi tijorat siri rejimi oʻrnatish haqidagi buyruq qabul qilingan kundan boshlab amal qiladi.
20. Tijorat siri rejimining amal qilish muddatini oʻzgartirish va (yoki) tijorat siri rejimini bekor qilish tegishli tarkibiy boʻlinmalarning takliflari asosida Komissiya tomonidan koʻrib chiqiladi.
21. Tijorat siri rejimining amal qilish muddatini oʻzgartirish yoki tijorat siri rejimini bekor qilish zarurati paydo boʻlgan taqdirda, tegishli tarkibiy boʻlinmaning boshligʻi Komissiyaga Roʻyxatga tegishli oʻzgartirishlar kiritish haqida taklif kiritadi.
22. Komissiyaning tijorat siri rejimining amal qilish muddatini oʻzgartirish yoki tijorat siri rejimini bekor qilish toʻgʻrisidagi xulosasi mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
23. Tijorat siri rejimining amal qilish muddatining oʻzgartirilishi yoki tijorat siri rejimining bekor qilinishi tashkilot rahbari tomonidan buyruq qabul qilingan kundan boshlab kuchga kiradi, uning asosida Roʻyxatga tegishli yozuv kiritiladi.
24. Tijorat sirini tashkil etuvchi axborot jiddiy oʻzgarganda, Roʻyxat yangidan shakllantiriladi va tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
4-bob. Tijorat siri aks etgan moddiy jismlarga “tijorat siri” grifini berish
25. Tijorat siri aks etgan moddiy jismlarga “tijorat siri” grifi berish (bundan buyon matnda griflash deb yuritiladi) tijorat siri bilan ishlash boʻyicha boʻlinma tomonidan amalga oshiriladi.
26. Tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan tijorat siri bilan ishlash boʻyicha boʻlinma xodimiga tijorat siri aks etgan moddiy jismlarni griflash, hisobini yuritish, saqlash boʻyicha majburiyatlar yuklatiladi.
27. “Tijorat siri” grifini berish uchun taqdim etiladigan tijorat sirini oʻz ichiga olgan hujjatlarda ularning nomi va qisqa annotatsiya koʻrsatilgan titul varagʻi boʻlishi kerak.
28. Har bir hujjat titul varagʻi bilan birga kitob holiga keltirilishi va tikilishi, betlari raqamlab chiqilishi kerak. Oxirgi varaqning orqa tomonidan tikish ipining oxirini mahkamlaydigan yopishqoq varaqchada tikib chiqilgan va raqamlab chiqilgan betlarning soni koʻrsatiladi, tijorat siri bilan ishlash boʻyicha boʻlinma xodimining imzosi qoʻyiladi.
29. Hujjatlarning titul varagʻiga quyidagi rekvizitlar qoʻyiladi:
“Tijorat siri” yozuvi yoki “TS” belgisi;
hujjatning toʻliq nomi;
tijorat siri mulkdorining nomi;
tijorat sirining amal qilish muddati;
tijorat siri rejimining oʻrnatilishi haqidagi buyruq raqami va sanasi;
Roʻyxat boʻyicha tijorat siri obyektining raqami.
30. AHJ koʻrinishidagi tijorat siri aks etgan moddiy jismlarga mazkur Nizomning 29-bandida nazarda tutilgan rekvizitlarni oʻz ichiga olgan yorliqlar yopishtirilgan boʻlishi lozim. Agar tijorat siri aks etgan AHJning yuzasi rekvizitini tushirish imkonini beradigan hajmga ega boʻlsa, rekvizit uning yuzasiga qoʻyiladi.
31. “Tijorat siri” grifi tegishli shtamp yordamida, mashina yozuvi yoki qoʻlyozma usulda qoʻyib chiqilishi mumkin.
32. Tijorat siri aks etgan moddiy jismlar mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq dalolatnoma asosida tegishli tarkibiy boʻlinmaga beriladi. Har bir tijorat siri aks etgan moddiy jism uning Roʻyxatda mavjudligi boʻyicha, AHJ esa ularda tijorat sirini tashkil etuvchi axborot mavjudligi boʻyicha tekshiriladi.
33. Tijorat siri rejimi bekor qilinganda tijorat siri rejimi bekor qilingan barcha moddiy jismlarga tijorat siri bilan ishlash boʻyicha boʻlinma tomonidan tijorat siri rejimining oʻrnatilganligi haqidagi grifning pastiga uning bekor qilinganligi haqidagi buyruqning sanasi va raqamini koʻrsatgan holda tegishli belgi qoʻyiladi.
5-bob. Tijorat siridan foydalanishga ijozat berish
34. Tashkilot xodimlariga tijorat siridan foydalanishga ruxsatnoma asosida yoʻl qoʻyiladi.
Tijorat siridan foydalanishga ijozat berilgan xodimlar roʻyxati tashkilot tarkibiy boʻlinmalarining boshliqlari tomonidan tuziladi va tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
35. Xodimning tijorat siridan foydalanishi, agar bu uning mehnat vazifalarida nazarda tutilmagan boʻlsa, oʻzining roziligi bilan amalga oshiriladi.
36. Tijorat sirining muhofaza qilinishini taʼminlash maqsadida ish beruvchi:
oʻz mehnat vazifalarini bajarish uchun tijorat siridan foydalanishi zarur boʻlgan xodimni tijorat sirini tashkil etuvchi maʼlumotlar roʻyxati bilan tilxat olgan holda tanishtirishi;
xodimni ish beruvchi tomonidan oʻrnatilgan tijorat siri rejimi va uni buzganlik uchun javobgarlik choralari bilan tilxat olgan holda tanishtirishi;
ish beruvchi tomonidan oʻrnatilgan tijorat siri rejimiga rioya etishi uchun xodimga zarur shart-sharoitlarni yaratishi shart.
37. Tijorat sirining muhofaza qilinishini taʼminlash maqsadida xodim:
ish beruvchi tomonidan oʻrnatilgan tijorat siri rejimiga rioya etishi;
ish beruvchining roziligisiz tijorat sirini oshkor etmasligi va undan shaxsiy maqsadlarda foydalanmasligi;
mehnat shartnomasi (kontrakti) bekor qilinganda oʻz foydalanishida boʻlgan, tijorat siri aks etgan moddiy jismlarni ish beruvchiga topshirishi yoki uni mazkur jismlardan ish beruvchining nazorati ostida yoʻq qilib yoxud oʻchirib tashlashi shart.
38. Tijorat sirining muhofaza qilinishini taʼminlash maqsadida mehnat shartnomasi (kontrakt) yoki fuqarolik-huquqiy shartnomada quyidagilar nazarda tutilishi kerak:
xodimning va tijorat siri mulkdori yoki konfident boʻlgan ish beruvchining tijorat siri muhofaza qilinishini taʼminlash boʻyicha majburiyatlari;
mehnat shartnomasi (kontrakti) yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma bekor qilingandan keyin sobiq xodim tijorat sirini oshkor etmasligi shart boʻlgan muddat.
39. Xodim mehnat shartnomasi (kontrakti) yoki fuqarolik-huquqiy shartnomada nazarda tutilgan vazifalarni bajarishi munosabati bilan foydalanishga ijozat olgan tijorat siriga qonunga xilof ravishda tijorat siri rejimi oʻrnatilganligi ustidan sud tartibida shikoyat qilish huquqiga ega.
40. Xodimning tijorat siridan foydalanishini bekor qilish uchun quyidagilar asos boʻladi:
mehnat shartnomasi (kontrakti) yoki fuqarolik-huquqiy shartnomaning bekor qilinishi;
tijorat sirini oshkor qilmaslik yoki tijorat siri aks etgan moddiy jismlarni yoʻqotmaslik boʻyicha olingan majburiyatlarning buzilishi.
41. Mehnat munosabatlari jarayonida tijorat siridan foydalanishning bekor qilinishi xodimni tijorat sirini oshkor etmaslik boʻyicha oʻz zimmasiga olgan majburiyatlardan ozod etmaydi.
6-bob. Tashkilotga kelib tushadigan tijorat siri aks etgan moddiy jismlarni qabul qilish, roʻyxatga olish va hisobini yuritish
42. Tashkilotga kelib tushadigan tijorat siri aks etgan moddiy jismlarni qabul qilish tijorat siri bilan ishlash boʻyicha boʻlinma tomonidan amalga oshiriladi.
Tijorat siri aks etgan moddiy jismlarni qabul qilishda quyidagilar tekshiriladi:
hujjatda koʻrsatilgan adresatning muvofiqligi;
konvertlarning bus-butunligi;
“tijorat siri” grifi qoʻyilgan hujjatlar va AHJning mavjudligi.
43. Olingan konvertda tijorat siri aks etgan moddiy jismlar mavjud boʻlmagan, hujjatning ayrim varaqlari yetishmagan yoxud konvertda koʻrsatilgan raqam tijorat siri aks etgan moddiy jismning raqamiga mos kelmagan taqdirda ikki nusxada dalolatnoma tuziladi.
Dalolatnomaning bir nusxasi tashkilotda qoladi, ikkinchisi esa, konvertning joʻnatuvchisiga qaytariladi.
44. Tashkilotga kelib tushgan tijorat siri aks etgan moddiy jismning har biriga tijorat siri bilan ishlash boʻyicha boʻlinmaning roʻyxatga olish shtampi qoʻyiladi. Roʻyxatga olish shtampi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
tijorat siri bilan ishlash boʻyicha boʻlinma nomi;
hujjatning roʻyxat raqami (“tijorat siri” grifini qoʻshgan holda);
kelib tushish sanasi;
hujjat va ilovalari varaqlari soni.
45. Tashkilotga kelib tushgan tijorat siri aks etgan moddiy jismlarni roʻyxatga olish va hisobini yuritish mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq Tashkilotga kelib tushgan tijorat siri aks etgan moddiy jismlarni roʻyxatga olish jurnalida amalga oshiriladi.
7-bob. Tijorat siri aks etgan moddiy jismlar bilan ishlash
46. Tijorat siri aks etgan moddiy jismni ijrochi xodimga berish tashkilot tarkibiy boʻlinmasi boshligʻi tomonidan amalga oshiriladi.
47. Hujjatlar koʻrinishidagi tijorat siri aks etgan moddiy jismlar harakatining hisobi mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq Hujjatlar koʻrinishidagi tijorat siri aks etgan moddiy jismlar harakatining hisobini yuritish jurnalida yuritiladi.
AHJ koʻrinishidagi tijorat siri aks etgan moddiy jismlar harakatining hisobi mazkur Nizomning 7-ilovasiga muvofiq Axborot hajmli jismlar koʻrinishidagi tijorat siri aks etgan moddiy jismlar harakatining hisobini yuritish jurnalida yuritiladi.
48. Tijorat siri aks etgan moddiy jismlar harakatining hisobini yuritish boʻyicha tegishli jurnalga yozuv kiritilgan paytdan boshlab bir ish kuni ichida har bir tijorat siri aks etgan moddiy jismga yigʻmajild shakllantiriladi, unga tijorat sirining oʻrnatilishi va undan foydalanilishi boʻyicha hujjatlar (tijorat siri rejimining oʻrnatilishi toʻgʻrisida buyruq, boshqa buyruqlar, xabarnomalar, xizmat xatlari, dalolatnomalar, shartnomalar va boshqalar) tikiladi.
49. Yigʻmajildga “tijorat siri” grifi qoʻyiladi, tashkilotning toʻliq nomi, joylashgan joyi, Roʻyxatdagi raqami, tijorat siri rejimining muddati, yigʻma jildi raqami, tijorat siri aks etgan moddiy jismni saqlash joyi koʻrsatiladi.
50. “Tijorat siri” grifi qoʻyilgan yigʻmajild hujjatlarning ichki roʻyxatiga ega boʻlishi lozim. “Tijorat siri” grifi qoʻyilgan yigʻmajildga yangi hujjatlarning kelib tushishiga qarab ichki roʻyxatga tegishli yozuv kiritiladi.
“Tijorat siri” grifi qoʻyilgan yigʻmajilddagi hujjatlarning ichki roʻyxati mazkur Nizomning 8-ilovasiga muvofiq shaklda tuziladi.
51. “Tijorat siri” grifi qoʻyilgan yigʻmajilddan hujjatlar olingan yoki ular “Tijorat siri” grifi qoʻyilgan boshqa yigʻmajildga joylashtirilgan taqdirda, yigʻmajildga tegishli maʼlumotnoma joylashtiriladi, unda hujjatning yangi joylashgan joyi koʻrsatiladi va yigʻmajilddagi hujjatlarning ichki roʻyxatiga tegishli belgi qoʻyiladi. Maʼlumotnoma mazkur Nizomning 9-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha tuziladi.
52. Zarurat boʻlganda, “tijorat siri” grifi qoʻyilgan yigʻmajilddan olingan hujjatlarning oʻrniga uning tasdiqlangan nusxalari tikilishi mumkin. Bunday holatda maʼlumotnoma talab qilinmaydi.
53. Zarurat boʻlganda, “tijorat siri” grifi qoʻyilgan yigʻmajilddan olingan hujjatlardan nusxa olish faqat tarkibiy boʻlinma boshligʻining tijorat siri bilan ishlash boʻyicha boʻlinma boshligʻi tomonidan imzo qoʻyilgan yozma ruxsati bilan amalga oshiriladi. Ruxsat tegishli yigʻmajildga tikiladi.
Tijorat siri aks etgan moddiy jismning koʻpaytirilgan nusxalari hujjat aslining roʻyxat raqami bilan hisobga olinadi.
Koʻpaytirilgan nusxalar soni haqida tijorat siri aks etgan moddiy jismning orqa tomonida va uni roʻyxatga olishning hisob maʼlumotlarida belgi qoʻyiladi.
Tijorat siri aks etgan moddiy jismning koʻpaytirilgan nusxalari hisobi avval koʻpaytirilgan va hisobga olingan nusxalarning oxirgi raqamidan boshlab davom etadi.
54. “Tijorat siri” grifi qoʻyilgan yigʻmajilddan nusxa olinganligi, nusxalarning yangi joylashgan joyi haqidagi belgilar tijorat siri aks etgan moddiy jismlar harakatining hisobini yuritish jurnaliga kiritiladi.
55. “Tijorat siri” grifi qoʻyilgan tijorat siri aks etgan moddiy jismlar va yigʻmajildlar maxsus qulflanadigan shkaflar (seyflar)da saqlanishi lozim.
56. “Tijorat siri” bekor qilingan taqdirda tijorat siri aks etgan moddiy jismlar tashkilot arxiviga topshiriladi.
57. Tijorat siri aks etgan moddiy jismlarni arxivga topshirish uchun yoki yoʻq qilish uchun ajratib olish tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlangan roʻyxat asosida amalga oshiriladi
58. Komissiya tomonidan arxivga topshirish uchun ajratib olingan moddiy jismlarning roʻyxati tashkilotning rahbari tomonidan tasdiqlangandan soʻng ikki nusxada “tijorat siri” grifi qoʻyilgan tijorat siri aks etgan moddiy jismlarni arxivga topshirish dalolatnomasi (bundan buyon matnda arxivga topshirish dalolatnomasi deb yuritiladi) tuziladi, u Komissiya aʼzolari va tegishli tarkibiy boʻlinma boshligʻi tomonidan imzolanadi. Arxivga topshirish dalolatnomasining birinchi nusxasi tegishli tarkibiy boʻlinmada, ikkinchisi esa, tashkilotning arxivida saqlanadi.
59. Arxivga topshirish dalolatnomasi tijorat siri aks etgan moddiy jismning hisobga olish maʼlumotlari bilan solishtiriladi. Hisobga olish maʼlumotlarida ular tomonidan arxivga topshirish dalolatnomasining raqamini va topshirish sanasini koʻrsatgan holda tegishli belgi qoʻyiladi.
60. Komissiya tomonidan yoʻq qilish uchun ajratib olingan, arxivga topshirilishi lozim boʻlmagan tijorat siri aks etgan moddiy jismlarning roʻyxati tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlangandan soʻng ikki nusxada tijorat siri aks etgan moddiy jismlarni yoʻq qilishga ajratish toʻgʻrisida dalolatnoma (bundan buyon matnda yoʻq qilishga ajratish toʻgʻrisida dalolatnoma deb yuritiladi) tuziladi, u Komissiya aʼzolari va tegishli tarkibiy boʻlinma boshligʻi tomonidan imzolanadi. Yoʻq qilishga ajratish toʻgʻrisida dalolatnomaning birinchi nusxasi Komissiyada, ikkinchisi esa, tashkilotning tarkibiy boʻlinmasida saqlanadi.
61. Yoʻq qilishga ajratish toʻgʻrisida dalolatnomadagi maʼlumotlar tijorat siri aks etgan moddiy jismning hisobga olish maʼlumotlari bilan solishtiriladi va hisobga olish maʼlumotlariga yoʻq qilishga ajratish toʻgʻrisidagi dalolatnomaning raqami va topshirish sanasi koʻrsatilgan tegishli belgi qoʻyiladi.
62. “Tijorat siri” grifi qoʻyilgan moddiy jismlar, yigʻmajildlarni yoʻq qilish Komissiya aʼzolari ishtirokida, qogʻozni yoʻq qiladigan mashinalar yordamida va matnning tiklanishini istisno etuvchi boshqa usulda amalga oshiriladi.
63. Ishdan chiqqan tijorat siri aks etgan AHJ sindirish yoki yaroqsiz holga keltirish orqali yoʻq qilinishi lozim.
AHJ koʻrinishidagi moddiy jismlar harakatining hisobini yuritish jurnaliga AHJ hisobdan chiqarilganligi haqida tegishli belgi hamda ilgari AHJni olganligi haqida imzo qoʻygan xodimning imzosi qoʻyiladi.
64. Tijorat siridan foydalanishga ijozat berilgan xodim tomonidan tijorat siri aks etgan moddiy jismni boshqa xodimga berilishi, tijorat siri aks etgan moddiy jismni tarkibiy boʻlinma boshligʻining yozma ruxsatisiz ish joyidan tashqariga olib chiqish taqiqlanadi.
65. Ruxsatnoma berilgan shaxs tomonidan xizmat vazifalarini bajarish uchun tijorat siri aks etgan moddiy jismdan foydalanish muddati tarkibiy boʻlinma boshligʻi bilan kelishilgan xizmat xati asosida uzaytirilishi mumkin.
66. Tashkilot tarkibiy boʻlinmalari har xil yuridik manzil boʻyicha joylashgan taqdirda, tijorat siri aks etgan moddiy jismni berish tarkibiy boʻlinma boshligʻining asoslantirilgan yozma soʻrovi asosida tijorat siri aks etgan moddiy jismni konvertlarda joʻnatish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
8-bob. Tijorat siri aks etgan moddiy jismlarning saqlanishini nazorat qilish
67. Tijorat siri aks etgan moddiy jismlar va “tijorat siri” grifi qoʻyilgan yigʻmajildlarning saqlanishini nazorat qilish quyidagilar orqali amalga oshiriladi:
tijorat siri rejimiga xodimlar tomonidan rioya etilishini kunlik nazorat qilish;
tijorat siri aks etgan moddiy jismlar va yigʻmajildlarni har yili xatlovdan oʻtkazish;
tijorat siri aks etgan moddiy jismlar saqlanadigan yigʻmajildlarning yoʻqotilishi munosabati bilan tijorat siri rejimini navbatdan tashqari tekshiruvdan oʻtkazish;
tijorat sirini tashkil etuvchi axborotning oshkor etilishi fakti munosabati bilan tijorat siri rejimini navbatdan tashqari tekshiruvdan oʻtkazish;
tijorat siri bilan ishlash boʻyicha boʻlinma mansabdor shaxslari va tijorat siriga masʼul xodimlar almashganda tijorat siri rejimini tekshiruvdan oʻtkazish.
68. Tarkibiy boʻlinmalarning mansabdor shaxslari va tijorat siriga masʼul shaxslar tijorat siri rejimiga rioya etilishini kunlik nazorat qilishni amalga oshiradilar.
69. Tijorat siri aks etgan moddiy jismlar va “tijorat siri” grifi qoʻyilgan yigʻmajildlarni har yili xatlovdan oʻtkazish Komissiya tomonidan tashkilot rahbarining buyrugʻiga muvofiq amalga oshiriladi.
70. Komissiya tekshirishni oʻtkazish davomida quyidagilarni aniqlaydi:
tijorat siri aks etgan moddiy jismlar va “tijorat siri” grifi qoʻyilgan yigʻmajildlar mavjudligini;
tijorat siri aks etgan moddiy jismlar hisobini yuritish jurnalidagi, tijorat siri aks etgan moddiy jismlar harakatining hisobini yuritish jurnalidagi hisob maʼlumotlarining toʻgʻriligini, shuningdek ularni yuritish toʻgʻriligini;
tijorat siri aks etgan moddiy jismlar va “tijorat siri” grifi qoʻyilgan yigʻmajildlar bilan ishlash tartibiga rioya etilishini;
tijorat siri aks etgan moddiy jismlarni koʻpaytirish, yoʻq qilish va arxivga topshirish tartibiga rioya etilishini;
tijorat siri aks etgan moddiy jismlardan “tijorat siri” grifini olish toʻgʻriligini.
71. Tijorat siri aks etgan moddiy jismlar va “tijorat siri” grifi qoʻyilgan yigʻmajildlarni xatlovdan oʻtkazish tamomlangandan soʻng mazkur Nizomning 10-ilovasiga muvofiq dalolatnoma tuziladi, u Komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadi.
Dalolatnoma quyidagilarni aks ettirishi lozim:
xatlovdan oʻtkazishga asos;
kim tomonidan va qachon xatlov oʻtkazilganligi;
tijorat siri rejimi oʻrnatilishi, unga rioya etilishi holati va tijorat siri aks etgan moddiy jismlar va “tijorat siri” grifi qoʻyilgan yigʻmajildlarning mavjudligiga baho;
tijorat siri muhofazasini kuchaytirish va saqlanishini taʼminlash boʻyicha zarur tavsiyalar.
72. Tijorat siri aks etgan moddiy jismlar yoʻqotilgan yoki tijorat sirini tashkil etuvchi axborot oshkor etilgan holatlar aniqlanganda tashkilot rahbari va tijorat siri bilan ishlash boʻyicha boʻlinma mansabdor shaxsiga maʼlum qilinadi.
9-bob. Tijorat siri aks etgan moddiy jismlarning yoʻqotilishi va tijorat sirini tashkil etuvchi axborot oshkor etilishi faktlari boʻyicha xizmat tekshiruvlarini oʻtkazish
73. Tijorat siri aks etgan moddiy jismlarning yoʻqotilishi yoki tijorat sirini tashkil etuvchi axborotning oshkor etilishi faktlari boʻyicha xizmat tekshiruvlari oʻtkaziladi.
74. Tijorat siri aks etgan moddiy jismlarning yoʻqotilishi va tijorat sirini tashkil etuvchi axborotning oshkor etilishiga, shu jumladan quyidagilar kiradi:
tijorat siri aks etgan moddiy jismni toʻliq yoki uning bir qismini talon-toroj qilish;
tijorat siri aks etgan moddiy jismni toʻliq yoki bir qismini yoʻqotish;
tijorat siri aks etgan moddiy jismni yoki undagi axborotni qasddan yoʻq qilish;
tijorat siri aks etgan moddiy jismdan axborotdan ruxsat berilmagan holda nusxa olish.
75. Tarkibiy boʻlinmaning boshligʻi tashkilot rahbarini tashkilot yoki uning konfidentlari tomonidan tijorat siri aks etgan moddiy jismlarning yoʻqotilishi yoki tijorat sirini tashkil etuvchi axborotning oshkor etilishi fakti haqida xizmat xati asosida xabardor qiladi va xizmat tekshiruvlari oʻtkazilishi tashabbusi bilan chiqadi.
76. Tijorat siri aks etgan moddiy jismlarning yoʻqotilishi yoki tijorat sirini tashkil etuvchi axborotning oshkor etilishi holati boʻyicha xizmat tekshiruvlarini Komissiya tashkilot rahbarining buyrugʻi asosida amalga oshiradi.
77. Komissiya xizmat tekshiruvini oʻtkazishda quyidagi harakatlarni amalga oshiradi:
yoʻqotilgan tijorat siri aks etgan moddiy jismga “tijorat siri” grifi berilishi toʻgʻriligini aniqlaydi;
oshkor qilingan axborotning tashkilot sirini tashkil etuvchi axborotga kirish yoki kirmasligini;
tijorat siri aks etgan moddiy jism yoʻqotilishi holatlarini aniqlaydi;
tijorat sirini tashkil etuvchi axborot oshkor etilishi sodir boʻlgan holatlarni aniqlaydi (vaqt, joy, usuli);
yoʻqotilgan tijorat siri aks etgan moddiy jismning joylashgan joyini aniqlashga qaratilgan choralarni koʻradi;
tijorat siri aks etgan moddiy jismlarning yoʻqotilishi yoki tijorat sirini tashkil etuvchi axborotning oshkor etilishi oqibatida yetkazilgan yoki yetkazilishi mumkin boʻlgan moddiy va boshqa zararni aniqlaydi;
tijorat siri aks etgan moddiy jismlarning yoʻqotilishi yoki tijorat sirini tashkil etuvchi axborotning oshkor etilishiga taalluqli boʻlgan xodimlarni aniqlaydi;
tijorat siri aks etgan moddiy jismlarning yoʻqotilishiga olib kelgan yoki tijorat sirini tashkil etuvchi axborotning oshkor etilishiga olib kelgan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqadi.
78. Xizmat tekshiruvlarini oʻtkazayotgan Komissiya aʼzolari quyidagilarga haqli:
tashkilot tarkibiy boʻlinmalari joylashgan joyni koʻzdan kechirishni oʻtkazish;
tijorat siri aks etgan moddiy jism kelib tushishi va harakatini aks ettiruvchi hisob hujjatlarini tekshirish;
tijorat siri aks etgan moddiy jismlarning yoʻqotilishi yoki tijorat sirini tashkil etuvchi axborotning oshkor etilishiga yoʻl qoʻygan shaxslarni soʻroq qilish;
yoʻqotilgan tijorat siri aks etgan moddiy jismning joylashgan joyini aniqlashda yordam koʻrsatishi mumkin boʻlgan tarkibiy boʻlinmalar xodimlari bilan savol-javob oʻtkazish;
tegishli tarkibiy boʻlinmalardan tijorat siri aks etgan moddiy jismlarning yoʻqotilishi yoki tijorat sirini tashkil etuvchi axborotning oshkor etilishi holatlariga aloqador boʻlgan axborot va hujjatlarni soʻrash va olish.
79. Xizmat tekshiruvi yakuni boʻyicha Komissiya tashkilot rahbarining koʻrib chiqishi uchun quyidagi xulosalarni taqdim etadi:
oʻtkazilgan xizmat tekshiruvlarining natijalari haqida xulosa;
yoʻqotilgan tijorat siri aks etgan moddiy jismga “tijorat siri” grifi berilishi toʻgʻriligi yoki oshkor qilingan axborotning tijorat sirini tashkil etuvchi axborotga kiritilishi toʻgʻriligi haqida xulosa;
tijorat siri aks etgan moddiy jismlarning yoʻqotilishi yoki tijorat sirini tashkil etuvchi axborotning oshkor etilishi oqibatida yetkazilgan yoki yetkazilishi mumkin boʻlgan moddiy va boshqa zararni aniqlash natijasi boʻyicha xulosa;
xizmat tekshiruvlarini oʻtkazishga aloqador boʻlgan hujjatlar.
80. Xulosalar ikki nusxada tuziladi va Komissiyaning barcha aʼzolari tomonidan imzolanadi. Xizmat tekshiruvlarining natijalari boʻyicha xulosaning bir nusxasi Komissiyada qoladi, ikkinchisi esa, tashkilotning tijorat siri bilan ishlash boʻyicha boʻlinmasiga taqdim etiladi.
81. Xizmat tekshiruvlari tamom boʻlgandan soʻng Komissiya tomonidan tijorat siri aks etgan moddiy jismning yoʻqotilishi yoki tijorat sirini tashkil etuvchi axborot oshkor etilishida aybdor shaxslar aniqlanadi.
10-bob. Yakuniy qoida
82. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Savdo-sanoat palatasi raisi A. SHAYXOV
2016-yil 21-iyun
Xodimlari tijorat siridan foydalanadigan korxonalar va tashkilotlar uchun tijorat siri rejimiga rioya etilishi boʻyicha namunaviy nizomga 1-ILOVA
Tijorat qimmatiga ega axborotni korxona (tashkilot)ning tijorat siriga kiritish boʻyicha
BAYONNOMA
Tijorat qimmatiga ega axborotni korxona (tashkilot)ning tijorat siriga kiritish boʻyicha BAYONNOMA
“Tasdiqlayman” _____________________ (tashkilot rahbari ) (F.I.O.)
_________________________________________ni tijorat qimmatiga ega axborotni tashkilotning tijorat siriga kiritish maqsadga muvofiqligi haqidagi masala boʻyicha quyidagi maʼlumotlar:
Xodimlari tijorat siridan foydalanadigan korxonalar va tashkilotlar uchun tijorat siri rejimiga rioya etilishi boʻyicha namunaviy nizomga 2-ILOVA
_______________________ (tashkilot nomi) rahbarining 20___ yil “___” _________dagi _________-son buyrugʻi bilan amalga kiritilgan
Tashkilotning tijorat siri ROʻYXATI
T/r
Tashkilotning tijorat sirini tashkil etuvchi tijorat qimmatiga ega axborot
Tijorat siri rejimining amal qilish muddati
Tijorat siri rejimining olib tashlanishi haqida maʼlumotlar
1.
2.
Xodimlari tijorat siridan foydalanadigan korxonalar va tashkilotlar uchun tijorat siri rejimiga rioya etilishi boʻyicha namunaviy nizomga 3-ILOVA
____________________________ (tashkilot nomi) rahbarining 20___ yil “___” _________dagi _________-son buyrugʻi bilan amalga kiritilgan
Tijorat siri boʻyicha komissiyaning tijorat siri rejimini bekor qilish (muddatini oʻzgartirish) toʻgʻrisida BAYONNOMASI 20__ yil “__” _____________ __ -son
quyidagi sabablarga koʻra (bir yoki bir nechta sabablar tanlansin):
□ tijoratdagi qiymatining yoʻqolishi; □ eʼlon qilinishi sababli hammaga maʼlum boʻlgan axborot toifasiga oʻtishi, eʼlon qilinish sanasi _______________, eʼlon qilinish manbasi ______________________; □ tijorat siri rejimi amal qilishining belgilangan muddati oʻtishi; □ tijorat siri rejimi amal qilishining muddatini uzaytirish maqsadga muvofiqligi.
Quyidagi axborotga nisbatan tijorat siri rejimi bekor qilinsin (muddati oʻzgartirilsin): — (tijorat siri roʻyxati boʻyicha raqami ____________) — (tijorat siri roʻyxati boʻyicha raqami ____________) — (tijorat siri roʻyxati boʻyicha raqami ____________) Komissiya aʼzolari: _________________________________________________________________
(F.I.O.)
_________________________________________________________________________________ (Komissiya aʼzosining muhokamada aytilgan alohida fikri)
Xodimlari tijorat siridan foydalanadigan korxonalar va tashkilotlar uchun tijorat siri rejimiga rioya etilishi boʻyicha namunaviy nizomga 4-ILOVA
Tijorat siri aks etgan moddiy jismlarning qabul qilish-topshirish DALOLATNOMASI
______-son
201__ yil “__” ____________
___________________ tashkiloti rahbarining _________dagi _____-son buyrugʻiga va tashkilot rahbarining _______dagi ______-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Tijorat siri roʻyxatiga muvofiq, __________________________________ topshirdim,
(lavozim, F.I.O., imzo)
_________________________________ ___________________________ning quyidagi
(lavozim, F.I.O., imzo)
tijorat siri aks etgan moddiy jismlarni qabul qildim: — _________ ta (varaqda, gigabayt) tijorat siri aks etgan moddiy jismlar.
Xodimlari tijorat siridan foydalanadigan korxonalar va tashkilotlar uchun tijorat siri rejimiga rioya etilishi boʻyicha namunaviy nizomga 5-ILOVA
____________________________________ (tashkilotning nomi) ____________________________________ (tarkibiy boʻlinmaning nomi) Tashkilotga kelib tushgan tijorat siri aks etgan moddiy jismlarni roʻyxatga olish JURNALI
T/r
Roʻyxatga olish kirish raqami va sanasi
Joʻnatuvchining sanasi va chiqish raqami
Joʻnatuvchi tashkilot nomi
Hujjatning qisqacha mazmuni
Varaqlar soni va nusxa raqami
asosiy hujjatlar
ilovalar
...
1
2
3
4
5
6
Hujjatdagi rezolyutsiya
Ijro muddati (mavjud boʻlsa)
Hujjatni qabul qilish sanasi, F.I.O., imzo
Hujjatni qaytarish sanasi, imzo, F.I.O.
Yigʻma jild raqami
Yoʻq qilinganlik haqida belgi (yoʻq qilinganlik haqida dalolatnoma raqami va sanasi)
7
8
9
10
11
12
Xodimlari tijorat siridan foydalanadigan korxonalar va tashkilotlar uchun tijorat siri rejimiga rioya etilishi boʻyicha namunaviy nizomga 6-ILOVA
____________________________________ (tashkilotning nomi) ____________________________________ (tarkibiy boʻlinmaning nomi) Hujjatlar koʻrinishidagi tijorat siri aks etgan moddiy jismlar harakatining hisobini yuritish JURNALI
T/r
Kirim raqami, sanasi
Hujjat qayerdan kelib tushgan va qayerga yuborilgan
Hujjatning koʻrinishi va qisqa mazmuni
Varaqlar soni va nusxa raqami
Hujjat ijroga kimga topshirildi, imzo va sana
asosiy hujjatning
ilovaning
...
1
2
3
4
5
6
Hujjat ijrochidan olinganligi haqida imzo va sana
Hujjat tikilgan yigʻmajild raqami
Hujjat mavjudligi tekshirilganligi haqida belgi
Hujjat yoʻq qilinganligi (arxivga topshirilgan- ligi) haqida dalolatnomaning soni va sanasi
Izoh
7
8
9
10
11
Xodimlari tijorat siridan foydalanadigan korxonalar va tashkilotlar uchun tijorat siri rejimiga rioya etilishi boʻyicha namunaviy nizomga 7-ILOVA
____________________________________ (tashkilotning nomi) ____________________________________ (tarkibiy boʻlinmaning nomi) Axborot hajmli jismlar koʻrinishidagi tijorat siri aks etgan moddiy jismlar harakatining hisobini yuritish JURNALI
T/r
AHJ turi va oʻlchami
AHJ raqami va kelib tushish sanasi
AHJ qayerdan kelib tushgan va qayerga yuborilgan
AHJdagi axborotning qisqacha mazmuni
AHJ ijroga kimga topshirildi, imzo va sana
...
1
2
3
4
5
Tijorat siriga masʼul shaxsning AHJni olganligi haqida tilxati va sanasi
AHJning joyi, yigʻmajildi raqami
AHJ mavjudligi tekshirilganligi haqida belgi
AHJdagi axborotning yoʻq qilinganligi haqida dalolatnomaning soni va sanasi
AHJning hisobdan chiqarilganligi haqida maʼlumot
Izoh
6
7
8
9
10
11
Xodimlari tijorat siridan foydalanadigan korxonalar va tashkilotlar uchun tijorat siri rejimiga rioya etilishi boʻyicha namunaviy nizomga 8-ILOVA
Jami: ________________________________ ta hujjat.
(raqamlar va harflar bilan)
________________ (lavozim
__________________ F.I.O.
_______________ imzo)
Xodimlari tijorat siridan foydalanadigan korxonalar va tashkilotlar uchun tijorat siri rejimiga rioya etilishi boʻyicha namunaviy nizomga 9-ILOVA
“Tijorat siri” grifi qoʻyilgan yigʻmajilddan olingan hujjatlar boʻyicha MAʼLUMOTNOMA
_____________________dagi _________-sonli hujjat yigʻmajilddan ___________ varaqda olindi. __________________________________________________________________________________ (boshqa yigʻmajildga tikilgan taqdirda, yangi yigʻmajild raqami koʻrsatiladi; __________________________________________________________________________________ yuborilganda — qayerga yuborilgan, qancha muddatga, yuborish va qaytarish sanasi koʻrsatilgan holda; __________________________________________________________________________________ yoʻq qilinganda — yoʻq qilish dalolatnomasi raqami va sanasi) Asos: _____________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________
_____________ (lavozim
_____________ F.I.O.
_____________ imzo)
Xodimlari tijorat siridan foydalanadigan korxonalar va tashkilotlar uchun tijorat siri rejimiga rioya etilishi boʻyicha namunaviy nizomga 10-ILOVA
“TASDIQLAYMAN” tashkilot rahbari
_______________ (imzo
_______________________ F.I.O.)
201__ yil “___” _____________
______________________ (tashkilotning nomi)
Tijorat siri aks etgan moddiy jismlar va “tijorat siri” grifi qoʻyilgan yigʻmajildlar mavjudligini tekshirish ______-son DALOLATNOMASI
Asos ____________________________________________________________________________ (har yilgi xatlov, tijorat siri aks etgan moddiy jismlar yoʻqotilganda, tijorat siri _________________________________________________________________________________ aks etgan moddiy jismlarni roʻyxatga olish, hisobini yuritish, saqlashga masʼul shaxs almashganda _________________________________________________________________________________
(boʻshaganda) oʻtkaziladigan navbatdan tashqari tekshirish) Tekshirishda quyidagilar aniqlandi: 1. Hisobga olish maʼlumotlari boʻyicha hammasi boʻlib hisobda turadi:
________ta tijorat siri aks etgan moddiy jism; ________ta “tijorat siri” grifi qoʻyilgan yigʻmajildlar.
Mavjud:
________ta tijorat siri aks etgan moddiy jism; ________ta “tijorat siri” grifi qoʻyilgan yigʻmajildlar.
Aniqlanmadi:
________ta tijorat siri aks etgan moddiy jism; ________ta “tijorat siri” grifi qoʻyilgan yigʻmajildlar.
2. Hisobga olish maʼlumotlariga kiritilmagan quyidagilar aniqlandi:
________ta tijorat siri aks etgan moddiy jism; ________ta “tijorat siri” grifi qoʻyilgan yigʻmajildlar.
3. Tijorat siri aks etgan moddiy jismlar ahvolining tavsifi _____________________________ ________________________________________________________________________________ (qoniqarli, qoniqarsiz, shikastlar bilan, shikastsiz)
Komissiya tomonidan tijorat siri aks etgan moddiy jismlar yoki _______________-sonli “tijorat siri” grifi qoʻyilgan yigʻmajildlar tanlab olish yoʻli bilan tekshirildi. Ulardan: ____________________________ta tijorat siri aks etgan moddiy jismlar yoki ____________________________________ sonli “tijorat siri” grifi qoʻyilgan yigʻmajildlar mavjud; ________________________________ta tijorat siri aks etgan moddiy jismlar yoki ____________________________________-sonli “tijorat siri” grifi qoʻyilgan yigʻmajildlar aniqlanmadi. Tekshirish natijasi boʻyicha qaror _______________________________ Komissiya raisi:
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 30-son, 370-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 14.05.2025-y., 10/25/2818-1/0436-son)