1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.04.00 Kapital qurilishni loyihalashtirish]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Arxitektura va qurilish]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash uchun loyiha-qidiruv ishlarining manzilli roʻyxatlarini shakllantirish, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarini loyihalashtirish ishlarini va ekspertizadan oʻtkazishni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 22-yanvardagi 15-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash uchun loyiha-qidiruv ishlarining manzilli roʻyxatlarini shakllantirish, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.