toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.11.2011
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING “AHOLI BILAN PUL HISOB-KITOBLARINI AMALGA OShIRIShDA NAZORAT-KASSA MAShINALARINI MAJBURIY QO‘LLASh TARTIBI TO‘G‘RISIDA” 1994 YIL 26 DEKABRDAGI 621-SON QARORIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-noyabrdagi 306-sonli “Fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinalarining qo‘llanishini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Aholi bilan pul hisob-kitoblarini amalga oshirishni tartibga solish va nazorat qilishni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Aholi bilan pul hisob-kitoblarini amalga oshirishda nazorat-kassa mashinalarini majburiy qo‘llash tartibi to‘g‘risida” 1994-yil 26-dekabrdagi 621-son qarorining 8-bandi quyidagi mazmundagi xat boshilar bilan to‘ldirilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qarori bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Buzuq nazorat-kassa mashinasi tuzatishda bo‘lgan davrda savdo-sotiq faoliyatini turg‘un savdo shoxobchalari orqali amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar savdo-sotiqda va xizmatlar ko‘rsatishda aholi bilan pul hisob-kitoblarini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakllar bo‘yicha qat’iy hisobot beriluvchi hujjat hisoblanuvchi kvitansiyalar yozish, talonlar, chiptalar yoki ularga tenglashtirilgan boshqa cheklar berish yo‘li bilan amalga oshirishga majburdirlar”.
2. Nazorat-kassa mashinalarini joriy etish bo‘yicha davlat idoralararo komissiyasi tarkibi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
 LexUZ sharhi
2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-sentabrdagi 359-sonli qaroriga muvofiq yangi tahrirda bayon qilingan. Mazkur bandning rus tilidagi matniga qarang.
* Ilova berilmaydi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 26-dekabrdagi 621-son qaroriga 1-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
 LexUZ sharhi
4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-sentabrdagi 359-sonli qaroriga muvofiq yangi tahrirda bayon qilingan. Mazkur bandning rus tilidagi matniga qarang.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 21-may,
264-son
(O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1999-y., 5-son, 28-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)