1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.05 Protez-ortopediya yordami]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Qarori
Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-aravachalar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 14-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2801]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2021-yil 5-noyabrdagi 38-sonli va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 4-noyabrdagi 71-sonli ““Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-aravachalar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2801-2, 09.11.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-fevraldagi PF-4782-son “Aholining hojatmand qatlamlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash hamda tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-noyabrdagi 344-son “Fuqarolarni tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-aravachalar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 17-may,
53-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 17-may,
36-son
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligining 2016-yil 17-maydagi 53 va 36-son qaroriga ILOVA
Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-aravachalar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisida
1. Protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-aravachalar bilan bepul taʼminlanish huquqiga ega boʻlgan imtiyozli shaxslarga quyidagilar kiradi:
2. 16 yoshgacha boʻlgan nogiron bolalar hamda 16 yoshdagi va undan katta yoshdagi nogironlar (bundan buyon matnda muhtoj nogironlar deb yuritiladi), shuningdek pensiya yoshidagi muhtoj shaxslar mazkur Nizomning 1-ilovasidagi protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-aravachalar bilan tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tomonidan bepul taʼminlanadi.
3. Muhtoj nogironlar nogironni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturiga muvofiq reabilitatsiya texnik vositalarini oʻz mablagʻlari hisobiga sotib olgan taqdirda, ularga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kompensatsiya toʻlanadi.
4. Tashkilotda mehnat faoliyatini bajarish vaqtida yuzaga kelgan jarohatlanishi oqibatida shaxsga mazkur Nizomda belgilangan tartibda beriladigan protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-aravachalar uchun xarajatlar tashkilot tomonidan qoplanadi.
2-bob. Protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-aravachalarga muhtojlik toʻgʻrisida tibbiy xulosa berish
5. Muhtoj nogironlar, pensiya yoshidagi muhtoj shaxslarga protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-aravachalar Tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi (bundan buyon matnda TMEK deb yuritiladi) yoki Tibbiy-maslahat komissiyasining (bundan buyon matnda TMK deb yuritiladi) mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi tibbiy xulosasi asosida beriladi. Bunda 16 yoshgacha boʻlgan nogiron bolalarga hamda pensiya yoshidagi muhtoj shaxslarga ularning yashash joyidagi TMK tomonidan, 16 yoshdagi va undan katta yoshdagi nogironlarga ularning yashash joyidagi TMEK tomonidan beriladi.
6. Pensiya yoshidagi muhtoj shaxsga uning yoki qonuniy vakilining arizasi hamda davolovchi vrachning tibbiy hujjatlariga (ambulator kartasi, zarur boʻlganda, kasallik tarixidan koʻchirma) asosan tibbiy xulosa rasmiylashtiriladi. Bunda shaxsning protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-aravachalarga muhtojlik muddati har bir kasallik holatida kasallikning xususiyati va kechishiga, organizm funksiyalarining buzilishi darajasiga va kompensatorlik mexanizmlarining holatiga qarab yakka tartibda aniqlanadi.
Tibbiy xulosaning amal qilish muddati 6 oydan oshmasligi lozim.
16 yoshgacha boʻlgan nogiron bolaga qonuniy vakilining arizasi hamda nogironlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma asosida, 16 yoshdagi va undan katta yoshdagi nogironlarga nogironning yoki qonuniy vakilining arizasi hamda nogironlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma asosida tibbiy xulosa rasmiylashtiriladi.
7. Rasmiylashtirilgan tibbiy xulosalar haqidagi maʼlumotlar tegishli TMEK yoki TMK tomonidan mazkur Nizomning 3-ilovasida belgilangan shakldagi TMEK (TMK)da tibbiy xulosalarni qayd etish jurnaliga kiritib boriladi.
8. TMEK yoki TMK tomonidan tibbiy xulosalarni rasmiylashtirishda tegishlicha mazkur Nizomning 4 va 5-ilovalarida nazarda tutilgan tibbiy koʻrsatmalarga asoslanilishi lozim.
9. Pensiya yoshidagi muhtoj shaxslarga berilgan tibbiy xulosalar 6 oygacha, muhtoj nogironlarga berilgan tibbiy xulosalar esa, nogironlikning muddatidan kelib chiqib, qayta nogironlikka oʻtish muddatigacha yoki ulardan foydalanish muddatigacha beriladi.
Tibbiy xulosa protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-aravachalardan foydalanish muddati tugagandan keyin qayta rasmiylashtiriladi.
10. Tibbiy xulosalarning asosliligi va toʻgʻri rasmiylashtirilishi uchun uni rasmiylashtirgan va imzolagan shaxslar javobgar hisoblanadi.
11. Shaxsda alohida maxsus tibbiy koʻrsatmalar mavjud boʻlgan hollarda, Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi yoki Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazlari qoshidagi Tibbiy-texnik komissiyalar tomonidan muhtoj nogironlar, pensiya yoshidagi muhtoj shaxslar qoʻshimcha tekshiruvdan oʻtkazilishi va protez-ortopediya buyumlarini tayyorlashda qoʻshimcha tibbiy va texnik xulosa berilishi mumkin.
3-bob. Protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-aravachalarga boʻlgan ehtiyojni aniqlash
12. Tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tomonidan tegishlicha mazkur Nizomning 6 va 7-ilovalariga muvofiq shaklda muhtoj shaxslar roʻyxati (bundan buyon matnda muhtoj shaxslar roʻyxati deb yuritiladi) yuritiladi va muntazam ravishda yangilab boriladi.
Tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi tegishli TMEK va TMK bilan birgalikda har yili 20-dekabrdan kechiktirmay keyingi yil uchun moliyalashtirish hajmini aniqlash maqsadida hudud boʻyicha muhtoj shaxslar roʻyxatini tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasiga (bundan buyon matnda hududiy sogʻliqni saqlash boshqarmasi deb yuritiladi) elektron va yozma shaklda taqdim etadi.
13. Hududiy sogʻliqni saqlash boshqarmalari umumlashtirilgan muhtoj shaxslar roʻyxati asosida protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-aravachalarni tayyorlovchi va/yoki yetkazib beruvchi korxonalar (bundan buyon matnda korxona deb yuritiladi) bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shartnoma tuzadi.
Hisobot yili davomida TMEK yoki TMKga birinchi marta murojaat qilgan va tibbiy xulosa rasmiylashtirilgan muhtoj shaxslar roʻyxatiga kiritilmagan muhtoj nogironlar, pensiya yoshidagi muhtoj shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar TMEK yoki TMK tomonidan tegishli tuman (shahar) tibbiyot birlashmasiga elektron va yozma shaklda taqdim qilinadi. Bunda oʻtgan oy boʻyicha maʼlumotlar keyingi oyning 5-sanasidan kechiktirmay taqdim etilishi lozim.
Tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari qabul qilib olingan qoʻshimcha ehtiyoj boʻyicha maʼlumotlarni ular qabul qilib olingan kundan boshlab 3 ish kuni ichida tegishli hududiy sogʻliqni saqlash boshqarmasiga elektron va yozma shaklda yuboradi.
14. Hududiy sogʻliqni saqlash boshqarmalari qabul qilib olingan muhtoj shaxslar roʻyxatiga kiritilmagan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni umumlashtiradi va qoʻshimcha ehtiyojlar uchun ham korxonalar bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shartnomalar tuzadi.
4-bob. Protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-aravachalar bilan taʼminlash
15. Hududiy sogʻliqni saqlash boshqarmasi tegishli tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarini muhtoj nogironlar, pensiya yoshidagi muhtoj shaxslar ehtiyojlarini hisobga olgan holda, mazkur Nizomning 8-ilovasiga muvofiq shakldagi yoʻllanma-talonlar bilan taʼminlaydi.
16. Tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi tomonidan muhtoj nogironlar, pensiya yoshidagi muhtoj shaxslarga tegishli hududiy sogʻliqni saqlash boshqarmasi bilan shartnoma tuzgan korxonaga taqdim etish uchun tibbiy xulosalar asosida protez-ortopediya buyumlarini tayyorlash uchun yoʻllanma-talon rasmiylashtiriladi.
17. Yoʻllanma-talon har bir protez-ortopediya buyumi uchun alohida rasmiylashtiriladi (protez poyabzali va ortopedik poyabzal uchun uning bir juftiga 1 ta yoʻllanma-talon rasmiylashtiriladi).
Yoʻllanma-talon 3 ta — “A”, “V” va “S” qismdan iborat boʻladi.
Rasmiylashtirilgan yoʻllanma-talonlar haqida tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tomonidan mazkur Nizomning 9-ilovasiga muvofiq shaklda yuritiladigan Protez-ortopediya buyumlari uchun rasmiylashtirilgan yoʻllanma-talonlarni qayd etish jurnaliga tegishli yozuv kiritib boriladi.
18. Birinchi marta murojaat qilgan muhtoj shaxslarga yoʻllanma-talon rasmiylashtirilganda, bu haqda tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi tomonidan mazkur Nizomning 10-ilovasiga muvofiq shaklda yuritiladigan Protezlanuvchining kartasiga qayd etiladi.
Protezlanuvchining kartasi tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi tomonidan muhtoj nogiron, pensiya yoshidagi muhtoj shaxs uchun ochilgan yigʻmajildda saqlanadi. Muhtoj nogiron, pensiya yoshidagi muhtoj shaxsning yashash joyi oʻzgargan taqdirda, uning yigʻmajildi yangi yashash joyidagi tuman (shahar) tibbiyot birlashmasiga yuboriladi.
19. Yoʻllanma-talonning “A” qismi, “V” va “S” qismlarining 1 — 11-bandlari (11-band ham) tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi tomonidan toʻldiriladi hamda ushbu tashkilotning muhri bilan tasdiqlanadi.
Yoʻllanma-talonning “V” va “S” qismlaridagi 12 va 13-bandlar korxona tomonidan toʻldiriladi.
Yoʻllanma-talonning “A” qismi uni rasmiylashtirgan tuman (shahar) tibbiyot birlashmasida qoladi, “V” va “S” qismlari nomiga yoʻllanma-talon rasmiylashtirilgan muhtoj nogiron, pensiya yoshidagi muhtoj shaxsga beriladi. Bunda tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi masʼul xodimi tomonidan muhtoj nogironga, pensiya yoshidagi muhtoj shaxsga protez-ortopediya buyumini olish uchun korxonaga murojaat qilish muddati va tartibi tushuntiriladi.
Muhtoj nogironlar, pensiya yoshidagi muhtoj shaxslarga yoʻllanma-talon asosida protez-ortopediya buyumini olish muddati korxona bilan tuzilgan shartnomadan kelib chiqib belgilanadi.
20. Muhtoj nogiron, pensiya yoshidagi muhtoj shaxs yoʻllanma-talon bilan korxonaga murojaat qilganda, unga korxona tomonidan protez-ortopediya buyumini tayyorlash uchun ketadigan vaqt hisobga olingan holda protez-ortopediya buyumining taxminiy tayyor boʻlish kuni haqida maʼlumot beriladi. Bunda korxona tomonidan protez-ortopediya buyumini tayyorlash muddati tuzilgan shartnomada koʻrsatilgan muddatdan oshmasligi lozim.
21. Korxona tomonidan har bir tayyorlangan protez-ortopediya buyumi, reabilitatsiya texnik vositasi va kreslo-aravachalar texnik pasporti hamda foydalanish boʻyicha yoʻriqnomasi bilan birgalikda berilishi lozim.
22. Tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi korxona tomonidan yetkazib berilgan reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-aravachalarni belgilangan tartibda hududiy sogʻliqni saqlash boshqarmasidan qabul qilib oladi.
Reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-aravachalar qabul qilib olingan kundan boshlab 3 ish kuni ichida tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi muhtoj nogironlar, pensiya yoshidagi muhtoj shaxslar yoki ularning qonuniy vakillarini tegishli reabilitatsiya texnik vositasi yoki kreslo-aravachani olib ketish mumkinligi haqida xabardor qiladi. Reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-aravachalar muhtoj shaxslar roʻyxati va navbat asosida beriladi.
Reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-aravachalar tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi bosh vrachi hamda muhtoj nogiron, pensiya yoshidagi muhtoj shaxs yoki ularning qonuniy vakillari oʻrtasida tuziladigan shartnomaga asosan topshiriladi.
23. Reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-aravachalar bilan taʼminlangan muhtoj nogiron, pensiya yoshidagi muhtoj shaxs sogʻayib ketganligi yoki vafot etganligi sababli, unga berilgan reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-aravachalardan foydalanishga zarurat qolmaganda, ular muhtoj nogiron, pensiya yoshidagi muhtoj shaxs yoki ularning qonuniy vakillari tomonidan tegishli tuman (shahar) tibbiyot birlashmasiga qaytarilishi shart.
24. Muhtoj nogiron, pensiya yoshidagi muhtoj shaxs yoki ularning qonuniy vakillari tayyorlangan protez-ortopediya buyumini bevosita korxonadan qabul qilib oladi.
25. Yoʻllanma-talonning “S” qismining tegishli bandlari toʻliq toʻldirilgandan soʻng, korxona tomonidan hududiy sogʻliqni saqlash boshqarmasiga yuboriladi. Yoʻllanma-talonning “V” qismi korxonada qoladi.
26. Korxona yuborgan yoʻllanma-talonning “S” qismi asosida hududiy sogʻliqni saqlash boshqarmasi tomonidan muhtoj nogironlar, pensiya yoshidagi muhtoj shaxslarning protez-ortopediya buyumlari bilan amalda taʼminlanganligi oʻrganiladi.
27. Hududiy sogʻliqni saqlash boshqarmasi tomonidan muhtoj nogironlar, pensiya yoshidagi muhtoj shaxslarning protez-ortopediya buyumlari bilan amalda taʼminlanganligi oʻrganilgandan soʻng, yoʻllanma-talonning “S” qismi 1 oy ichida tuman (shahar) tibbiyot birlashmasiga saqlash uchun yuboriladi.
Tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi yoʻllanma-talonning “S” qismiga asosan ushbu yoʻllanma-talon rasmiylashtirilishi uchun asos boʻlgan tibbiy xulosaning qaytarma qismini tegishli TMEK yoki TMKga saqlash uchun yuboradi.
TMEKga yuborilgan tibbiy xulosaning qaytarma qismi muhtoj nogironning koʻrik ishida, TMKga yuborilgan tibbiy xulosaning qaytarma qismi muhtoj nogiron, pensiya yoshidagi muhtoj shaxsning yakka tartibdagi ambulator kartasida saqlanadi.
28. Tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari har oy yakunlari boʻyicha keyingi oyning 3-sanasidan kechiktirmasdan tegishli hududiy sogʻliqni saqlash boshqarmasiga, hududiy sogʻliqni saqlash boshqarmalari esa, har chorak yakunlari boʻyicha keyingi oyning 5-sanasidan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga tegishlicha mazkur Nizomning 11 va 12-ilovalariga muvofiq shakldagi hisobotlarni elektron va yozma shaklda taqdim etadi.
5-bob. Protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-aravachalarni taʼmirlash yoki almashtirish
29. Protez-ortopediya buyumi, reabilitatsiya texnik vositasi va kreslo-aravacha mazkur Nizomning 1-ilovasida koʻrsatilgan kafolat muddatida nosoz boʻlib qolganda, u shartnoma shartlariga muvofiq korxona tomonidan bepul taʼmirlab beriladi yoki boshqa yaroqlisiga almashtiriladi.
30. Protez-ortopediya buyumlari tibbiy xulosaga asosan quyidagi hollarda boshqasiga almashtirib beriladi:
muhtoj nogironlar, pensiya yoshidagi muhtoj shaxslarning jismoniy rivojlanishi oqibatida protez-ortopediya buyumlari oʻlchamlari ularga toʻgʻri kelmay qolsa;
muhtoj nogironlar, pensiya yoshidagi muhtoj shaxslarda kasallik kechishining yomonlashuvi oqibatida aynan shu protez-ortopediya buyumlaridan foydalanish imkoni boʻlmasa;
muhtoj nogironlar, pensiya yoshidagi muhtoj shaxslarda oʻtkazilgan jarrohlik muolajalaridan soʻng yuzaga kelgan anatomik yoki fiziologik oʻzgarishlar oqibatida protez-ortopediya buyumlari foydalanishga yaroqsiz boʻlib qolsa.
31. Protez-ortopediya buyumi, reabilitatsiya texnik vositasi va kreslo-aravacha kafolat muddati tugagandan keyin nosoz boʻlib qolganda, ularni taʼmirlash yoki nosozliklarni bartaraf etish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. Bunda protez-ortopediya buyumi, reabilitatsiya texnik vositasi va kreslo-aravachaning nosozligi toʻgʻrisida tegishli tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi tomonidan dalolatnoma rasmiylashtiriladi hamda taʼmirlanishi lozim boʻlgan protez-ortopediya buyumi, reabilitatsiya texnik vositasi va kreslo-aravachani taʼmirlashga mazkur Nizomda belgilangan tartibda korxonaga murojaat qilish uchun yoʻllanma-talon rasmiylashtirib beriladi.
32. Protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-aravachalarni boshqa shaxslarga foydalanish uchun berish taqiqlanadi.
33. Muhtoj nogironlar, pensiya yoshidagi muhtoj shaxslar protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-aravachalar bilan taʼminlash bilan bogʻliq mazkur Nizomda belgilangan talablardan norozi boʻlgan taqdirda, yuqori turuvchi organ yoki sudga murojaat qilishi mumkin.
Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-aravachalar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-aravachalar
Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-aravachalar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-aravachalarga muhtojlik toʻgʻrisidagi ___________sonli TIBBIY XULOSA
4. _________________________________________________________________________________________ (muhtoj nogiron yoki pensiya yoshidagi muhtoj shaxs)
___________________________________________________________________________________________ (nogironlik guruhi, sababi va muddati (agar nogiron boʻlsa)
8. _________________________________________________________________________________________ (protez-ortopediya buyumi, reabilitatsiya texnik vositasi, kreslo-aravachaning nomi va kodi)
9. Tibbiy xulosa berilgan sana ____________________________
___________________________________________________________________________________________ (protez-ortopediya buyumi, reabilitatsiya texnik vositasi, kreslo-aravachaning nomi va kodi)
Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-aravachalar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
TMEK (TMK)da tibbiy xulosalarni qayd etish
jurnali
T/r
F.I.O.
Tibbiy xulosa berilgan sana
(kun, oy, yil)
Yashash joyi
Muhtoj nogiron yoki pensiya yoshidagi muhtoj shaxs
Nogironlik guruhi, sababi va muddati
(agar nogiron boʻlsa)
Protez-ortopediya buyumi, reabilitatsiya texnik vositasi, kreslo-aravachaning turi
Tibbiy xulosaning qaytarma qismi
qabul qilingan sana
Taʼminlangan protez-ortopediya buyumi, reabilitatsiya texnik vositasi, kreslo-aravachaning nomi
Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-aravachalar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Protez-ortopediya buyumlariga muhtojlikni aniqlash boʻyicha
tibbiy koʻrsatmalar
1. Protez buyumlarga:
qoʻlning choʻltoqligi;
bilakning choʻltoqligi;
yelkaning choʻltoqligi;
sonning choʻltoqligi;
boldirning choʻltoqligi;
oyoqning amputatsion choʻltoqligi.
2. Ortopedik apparatlarga:
poliomiyelit (qoqshol) kasalligi asoratlari (shu jumladan, oyoq parezi);
son va boldir sohasidagi soxta boʻgʻimlar;
tugʻma yoki orttirilgan patologiyalar natijasida oyoqning 3 santimetr va undan ortiq kaltaligi;
bolalar tserebral falajligi.
3. Koʻkrak bezi ekzoprotezlariga:
onkologik oʻsmalar va boshqa sabablar tufayli koʻkrak bezining olib tashlanganligi.
4. Tutorlarga:
poliomiyelit asoratlari;
sekin bitadigan siniqlar va soxta boʻgʻimlar.
5. Korsetlarga:
skolioz;
osteoxondroz asoratlari (disk churrasi, spondilolistez, orqa miya nerv tolasining ezilishi natijasida rivojlangan skolioz);
kifoz;
umurtqa kanali stenozi;
umurtqa pogʻonasi jarohati asoratlari (umurtqalar oʻynoqiligi, orqa miya faoliyatining buzilishi, spondilolistez).
6. Bandajlarga:
qaytalanuvchi yoki jarrohlik amaliyotini qoʻllash imkoni boʻlmagan churralar.
7. Murakkab ortoped poyabzaliga:
orttirilgan, tizimli, irsiy yoki tugʻma patologiyalar natijasida oyoqning 3 santimetrdan ortiq anatomik kaltaligi;
tovon yuzasining varus yoki valgusli deformatsiyasi natijasida oyoqni ichki tomonga yoki tashqi tomoniga qiyshayishi;
oyoq kafti amputatsiyasi yoki ekzoartikulatsiyasidan (Shopar, Lisfrank, Goranjo, Sharp usulida va boshqalar) keyingi choʻltoqlik;
oshiq-tovon boʻgʻimini mustahkamlashni talab etadigan oyoqlar yarim falajligi (parezi) yoki falajligi (paralichi);
bolalar tserebral falajligi;
oyoq panjasining rivojlangan ekvinus-varus qiyshiqligi, oyoq panjasi falajligi (ot tuyogʻi);
oyoq panjasining kuyish, sovuq urishi, elektr jarohati yoki jarrohlik muolajasi natijasidagi deformatsiyalari;
oyoq panjasining rivojlangan va turgʻun limfastazi (fil oyoqlik) va u bilan bogʻliq boʻlgan trofik oʻzgarishlar.
Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-aravachalar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-aravachalarga muhtojlikni aniqlash boʻyicha
tibbiy koʻrsatmalar
1. Xonaga moʻljallangan kreslo-aravacha quyidagi istalgan holatlarda yoki kasallik asoratlarida tavsiya etiladi:
NYNA boʻyicha III daraja/IV funksional klassdagi surunkali yurak yetishmovchiligi;
III daraja nafas olish yetishmovchiligi bilan asoratlangan nafas olish organlari kasalliklari, har qanday darajadagi qon aylanishi yetishmovchiligi bilan uygʻunlikda;
jigar funksiyalarining namoyon boʻlgan buzilishi, portal gipertenziya va assit bilan birgalikdagi jigar kasalliklari;
IV daraja (terminal bosqich)dagi surunkali buyrak yetishmovchiligiga olib keladigan buyrak kasalliklari;
gemiplegiya, namoyon boʻlgan gemiparez, namoyon boʻlgan pastki paraparez, paraplegiya, namoyon boʻlgan triparez, triplegiya, namoyon boʻlgan tetraparez, tetraplegiya;
akinetik-rigid sindromi; keskin namoyon boʻlgan ataksiya, shu jumladan namoyon boʻlgan vestibulyar-miyacha buzilishlari; yaqqol namoyon boʻlgan giperkinetik buzilishlar;
ikkala tizzadagi va undan yuqoridagi amputatsiya choʻltoqligi, oyoq funksiyalari sezilarli buzilgan holdagi ikkinchi oyoqning amputatsiya choʻltoqligi;
ikkala tizza va bilak-kaft boʻgʻimlarining deformatsiyalovchi IV darajali osteoartrozi;
oyoqlar va tos suyaklari defekti, deformatsiyasi va tugʻma anomaliyasi (rivojlanish nuqsonlari) oqibatida yurish va turishning namoyon boʻlgan buzilishlari;
namoyon boʻlgan ogʻriq sindromi, keskin namoyon boʻlgan kontraktura, yurish va turishning namoyon boʻlgan buzilishlari bilan birga ikkala oyoqning III-IV darajali tos-bel va (yoki) tizza boʻgʻimlarining deformatsiyalovchi artrozi;
ikkala tos-bel va (yoki) tizza boʻgʻimlarini endoprotezlashdan keyingi ogʻir asoratlar.
2. Sayr qilish kreslo-aravachasi quyidagi istalgan holatlarda yoki kasallik asoratlarida tavsiya etiladi:
gemiplegiya, namoyon boʻlgan gemiparez, namoyon boʻlgan pastki paraparez, paraplegiya, namoyon boʻlgan triparez, triplegiya, namoyon boʻlgan tetraparez, tetraplegiya;
aqliy zaiflikning, ruhiy kasalliklar (demensiya)ning ogʻir darajasi oqibatida yurish va turishning namoyon boʻlgan buzilishlari;
ikkala tizzadagi va undan yuqoridagi amputatsiya choʻltoqligi, oyoq funksiyalari sezilarli buzilgan holdagi ikkinchi oyoqning amputatsiya choʻltoqligi;
ikkala tizza va bilak-kaft boʻgʻimlarining deformatsiyalovchi IV darajali osteoartrozi;
oyoqlar va tos suyaklari defekti, deformatsiyasi va tugʻma anomaliyasi (rivojlanish poroklari) oqibatida yurish va turishning namoyon boʻlgan buzilishlari;
ikkala oyoqning III-IV darajali tos-bel va (yoki) tizza boʻgʻimlarining deformatsiyalovchi artrozi, namoyon boʻlgan ogʻriq sindromi, keskin namoyon boʻlgan kontraktura, yurish va turishning namoyon boʻlgan buzilishlari bilan birga;
ikkala tos-bel va (yoki) tizza boʻgʻimlarini endoprotezlashdan keyingi ogʻir asoratlar.
3. Eshitish moslamasiga:
tugʻma, orttirilgan va aralash koxlear nevrit;
eshitish qobiliyati pasayishining III va IV darajasi (surdologning ikkala quloqning eshitish qobiliyati pasayganligi toʻgʻrisidagi xulosasi asosida).
4. Qoʻltiq tayoqqa:
bitta oyoqning tayanch-harakat faoliyati toʻliq buzilgan holatlar hamda anatomik defektlarda.
Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-aravachalar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
Protez-ortopediya buyumlariga muhtoj shaxslar
ROʻYXATI
T/r
F.I.O.
Tugʻilgan yili
Yashash manzili
Muhtoj nogiron yoki pensiya yoshidagi muhtoj shaxs
Nogironlik guruhi, sababi va muddati
(agar nogiron boʻlsa)
Tashxis
Muhtojlik aniqlangan protez-ortopediya buyumning nomi va kodi
Protez-ortopediya buyumini olish uchun berilgan yoʻllanma-talon berilgan sanasi
Protez-ortopediya buyumi bilan oxirgi marta taʼminlangan sana
Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-aravachalar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 7-ILOVA
Reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-aravachalarga muhtoj shaxslar
ROʻYXATI
T/r
F.I.O.
Tugʻilgan yili
Yashash manzili
Muhtoj nogiron yoki pensiya yoshidagi muhtoj shaxs
Nogironlik guruhi, sababi va muddati
(agar nogiron boʻlsa)
Tashxis
Reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-aravacha nomi
Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-aravachalar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 8-ILOVA
Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-aravachalar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 9-ILOVA
Protez-ortopediya buyumlari uchun rasmiylashtirilgan yoʻllanma-talonlarni qayd etish
Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-aravachalar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 10-ILOVA
______________ tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi PROTEZLANUVChINING KARTASI
4. Yashash manzili______________________________________________________________________________
5. Pasport seriyasi _______________ raqami _________________ Kim tomonidan va qachon berilgan ________________________________________________________________
6. Muhtoj nogiron yoki pensiya yoshidagi muhtoj shaxs_________________________________________________
7. Nogironlik guruhi, sababi va muddati (agar nogiron boʻlsa)_________________________________________
8. Ish joyi va lavozimi ________________________________________________________________________
11. Qisqa kasallik tarixi ______________________________________________________________________ ___________________________________________________________________________________________
Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-aravachalar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 11-ILOVA
20___ yil __________ oyida protez-ortopediya buyumlari bilan taʼminlangan muhtoj nogironlar va pensiya yoshidagi muhtoj shaxslar haqida
HISOBOT
T/r
Tuman (shahar)
Muhtojlik
Jami
Shu jumladan
Shundan
Pensiya yoshidagi shaxslar
16 yoshdan katta nogironlar
Shu jumladan, 16-18 yoshdagilar
16 yoshgacha nogiron bolalar
Rejalashtirilgan mablagʻ (ming soʻmda)
Son suyagi toʻliq olingandan keyingi protez
Son protezi
Boldir protezi
Elka protezi
Bilak protezi
Qoʻl panjasi protezi
Qoʻkrak bezi protezi
Oyoq apparati
Qoʻl apparati
Oyoq tutori
Qoʻl tutori
Korset
Murakkab poyabzal
Protez uchun poyabzal
Boshqa protez-ortopediya buyumlari
Kontingent
(odam.)
Buyumlar soni
Kontingent
(odam.)
Buyumlar soni
Kontingent
(odam.)
Buyumlar soni
Kontingent
(odam.)
Buyumlar soni
Kontingent
(odam.)
Buyumlar soni
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
1.
2.
...
davomi
Taʼminot
Jami
Shu jumladan
Shundan
Pensiya yoshidagi shaxslar
16 yoshdan katta nogironlar
Shu jumladan, 16-18 yoshdagilar
16 yoshgacha nogiron bolalar
Sarflangan mablagʻ (ming soʻmda)
Son suyagini toʻliq olingandan keyingi protez
Son protezi
Boldir protezi
Elka protezi
Bilak protezi
Qoʻl panjasi protezi
Qoʻkrak bezi protezi
Oyoq apparati
Qoʻl apparati
Oyoq tutori
Qoʻl tutori
Korset
Murakkab poyabzal
Protez uchun poyabzal
Boshqa protez-ortopediya buyumlari
Kontingent (odam.)
Buyumlar soni
Kontingent (odam.)
Buyumlar soni
Kontingent (odam.)
Buyumlar soni
Kontingent (odam.)
Buyumlar soni
Kontingent (odam.)
Buyumlar soni
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50
51
52
53
Izoh: mazkur hisobot tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari va hududiy sogʻliqni saqlash boshqarmalari tomonidan toʻldiriladi.
Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-aravachalar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 12-ILOVA
20___ yil __________ oyida reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-aravachalar bilan taʼminlangan muhtoj nogironlar va pensiya yoshidagi muhtoj shaxslar haqida
HISOBOT
T/r
Tuman (shahar)
Hassa
Qoʻltiq-tayoq
Muhtojlar
Taʼminlanganlar
Muhtojlar
Taʼminlanganlar
Jami
Shundan
Jami
Jami sarflangan (ming soʻmda)
Shundan
Shundan homiylar hisobidan
Jami
Shundan
Jami
Jami sarflangan (ming soʻmda)
Shundan
Shundan homiylar hisobidan
Pensiya yoshidagi shaxslar
16 yoshdan katta nogironlar
Shu jumladan, 16-18 yoshdagilar
16 yoshgacha nogiron bolalar
Pensiya yoshidagi shaxslar
16 yoshdan katta nogironlar
Shu jumladan, 16-18 yoshdagilar
16 yoshgacha nogiron bolalar
Soni
Sarflangan mablagʻ (ming soʻmda)
Pensiya yoshidagi shaxslar
16 yoshdan katta nogironlar
Shu jumladan, 16-18 yoshdagilar
16 yoshgacha nogiron bolalar
Pensiya yoshidagi shaxslar
16 yoshdan katta nogironlar
Shu jumladan, 16-18 yoshdagilar
16 yoshgacha nogiron bolalar
Soni
Sarflangan mablagʻ (ming soʻmda)
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
1.
2.
...
davomi
Eshituv apparati
Kreslo-aravacha
Muhtojlar
Taʼminlanganlar
Muhtojlar
Taʼminlanganlar
Jami
Shundan
Jami
Jami sarflangan (ming soʻmda)
Shundan
Shundan homiylar hisobidan
Jami
Shundan
Jami
Jami sarflangan (ming soʻmda)
Shundan
Shundan homiylar hisobidan
Pensiya yoshidagi shaxslar
16 yoshdan katta nogironlar
Shu jumladan, 16-18 yoshdagilar
16 yoshgacha nogiron bolalar
Pensiya yoshidagi shaxslar
16 yoshdan katta nogironlar
Shu jumladan, 16-18 yoshdagilar
16 yoshgacha nogiron bolalar
Soni
Sarflangan mablagʻ (ming soʻmda)
Pensiya yoshidagi shaxslar
16 yoshdan katta nogironlar
Shu jumladan, 16-18 yoshdagilar
16 yoshgacha nogiron bolalar
Pensiya yoshidagi shaxslar
16 yoshdan katta nogironlar
Shu jumladan, 16-18 yoshdagilar
16 yoshgacha nogiron bolalar
Soni
Sarflangan mablagʻ (ming soʻmda)
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50
51
52
53
Izoh: mazkur hisobot tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari va hududiy sogʻliqni saqlash boshqarmalari tomonidan toʻldiriladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 24-son, 298-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2018-y., 10/18/2801-1/0991-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)