1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — moliya vaziri R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 7-iyun,
189-son
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-iyundagi 189-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 19-fevraldagi 30-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 2-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 5-bandning oltinchi xatboshiga “respublika budjeti” soʻzlaridan oldin “Oʻzbekiston Respublikasi” soʻzlari qoʻshilsin;
“boquvchisini yoʻqotgan taqdirda, shuningdek mehnatda mayib boʻlganlik yoki xodim mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq kasb kasalligi oqibatidagi nogironlik tufayli tayinlangan pensiyalarga toʻlangan mablagʻlarni daʼvolar boʻyicha aybdor yuridik va jismoniy shaxslardan belgilangan tartibda undirib olishni tashkil etish”;
“boquvchisini yoʻqotgan taqdirda, shuningdek mehnatda mayib boʻlganlik yoki xodim mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq kasb kasalligi oqibatidagi nogironlik tufayli tayinlangan pensiyalarga sarflangan mablagʻlarni “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq aybdor yuridik va jismoniy shaxslardan regress daʼvolar boʻyicha belgilangan tartibda undirib oladi”;
“g” kichik bandining oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“OʻZBEKISTON POCNTASI” AJ va tijorat banklarida pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya toʻlovlari hamda boshqa toʻlovlarning oʻz vaqtida toʻlanishi monitoringini olib boradi”;
“boquvchisini yoʻqotgan taqdirda, shuningdek mehnatda mayib boʻlganlik yoki xodim mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq kasb kasalligi oqibatidagi nogironlik tufayli tayinlangan pensiyalarni toʻlashga xarajatlarni toʻlash uchun regressiv talablar (daʼvolar) boʻyicha ish beruvchilar va fuqarolardan “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq undiriladigan mablagʻlarning 85 foizi”;
boquvchisini yoʻqotgan taqdirda, shuningdek mehnatda mayib boʻlganlik yoki xodim mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq kasb kasalligi oqibatidagi nogironlik tufayli tayinlangan pensiyalarni toʻlashga xarajatlarni toʻlash uchun regressiv talablar (daʼvolar) boʻyicha ish beruvchilar va fuqarolardan “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq undiriladigan mablagʻlarning 15 foizi”.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-oktabrdagi 592-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2022-y., 09/22/592/0919-son)
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 661-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.12.2023-y., 09/23/661/0937-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 24-son, 281-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son; 14.10.2022-y., 09/22/592/0919-son; 15.12.2023-y., 09/23/661/0937-son)