1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati]
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi hamda pensiya hujjatlarining shakllari va ularni toʻldirish qoidalari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 6-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2282-4]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 13-noyabrdagi 84-sonli ““Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi hamda pensiya hujjatlarining shakllari va ularni toʻldirish qoidalari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2282-9, 07.12.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-fevraldagi 46-son “Chet elda ishlayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hamda ish vaqtini hisobga olib boʻlmaydigan shaxslarning ayrim toifalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlash tartibini, shuningdek ularning pensiyani hisoblash uchun olinadigan ish stajini va ish haqi miqdorini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2011-yil 14-oktabrdagi 63-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2282, 2011-yil 17-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 45-46-son, 483-modda) bilan tasdiqlangan Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi hamda pensiya hujjatlarining shakllari va ularni toʻldirish qoidalari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomagailovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 11-may,
28-son
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2016-yil 11-maydagi 28-son buyrugʻiga ILOVA
Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi hamda pensiya hujjatlarining shakllari va ularni toʻldirish qoidalari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 1-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Yakka tartibdagi tadbirkor (chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs, dehqon xoʻjaligi aʼzosi, oilaviy tadbirkorlik subyekti oilasi aʼzosi uchun, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan mehnat shartnomasi boʻyicha yollangan xodimlar uchun) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlanganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma uning yashash joyi boʻyicha Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlari tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlari asosida rasmiylashtiriladigan Toʻlangan sugʻurta badallarini hisobga olish kartochkasi asosida beriladi.”.
2. 11-bandning birinchi xatboshisidagi “(mehnat daftarchasi, arxiv maʼlumotlari va tashkilot tomonidan taqdim etilgan maʼlumotnomalardan tashqari)” degan soʻzlar “(mehnat daftarchasi, arxiv maʼlumotlari, tashkilot tomonidan taqdim etilgan maʼlumotnomalar, yakka tartibdagi tadbirkor (chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs, dehqon xoʻjaligi aʼzosi, oilaviy tadbirkorlik subyekti oilasi aʼzosi uchun, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan mehnat shartnomasi boʻyicha yollangan xodimlar uchun) tomonidan sugʻurta badallari toʻlanganligini tasdiqlovchi maʼlumotnomalar va soliq agenti hisoblanmaydigan ish beruvchidan daromad oluvchi xodimning jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiyalaridan tashqari)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“pensiyani tayinlash toʻgʻrisidagi arizani pensiya tayinlash (yashash manzili oʻzgarganligi munosabati bilan hisobga qoʻyish) toʻgʻrisidagi arizalarni roʻyxatga olish kitobiga (mazkur Yoʻriqnomaning 6-ilovasi);”;
oltinchi xatboshidagi “toʻlash toʻgʻrisidagi” degan soʻzlar “toʻlash, shuningdek pensiya (ijtimoiy nafaqa)ni qayta hisoblash (boshqa turiga oʻtkazish, tiklash) toʻgʻrisidagi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 13-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Inspektor ariza beruvchining soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami va shaxsiy jamgʻarilib boradigan pensiya hisobvaragʻiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Aksiyadorlik-tijorat Xalq banki bilan axborot almashinuvi boʻyicha oʻzaro hamkorlik, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda, ariza beruvchining ish staji, ish haqi va hisoblangan sugʻurta badallari summasini oʻzaro solishtiradi.”.
6. 24 va 25-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“24. Pensiya guvohnomasini olish uchun shaxs Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga ikkita fotosurat taqdim etadi, shundan bittasi guvohnomaga, ikkinchisi esa pensiya yigʻmajildi oldi qismining ichki tomoniga yelimlanadi. Pensiya guvohnomasining berilishi pensionerlar (nafaqa oluvchilar)ga berilgan guvohnomalar, maʼlumotnomalar va jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini olish huquqi toʻgʻrisida berilgan guvohnomalarni roʻyxatga olish kitobida (mazkur Yoʻriqnomaning 18-ilovasi) qayd etiladi.
Pensiya guvohnomasi yoʻqolgan taqdirda, guvohnomaning dublikati beriladi. Dublikatga yoʻqolgan pensiya guvohnomasining raqami beriladi, dublikatning qayd etish raqami esa pensionerlar (nafaqa oluvchilar)ga berilgan guvohnomalar, maʼlumotnomalar va jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini olish huquqi toʻgʻrisida berilgan guvohnomalarni roʻyxatga olish kitobiga kiritiladi.
25. Pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa toʻlovlarni olganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma pensionerlar (nafaqa oluvchilar)ga berilgan guvohnomalar, maʼlumotnomalar va jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini olish huquqi toʻgʻrisida guvohnomalarni roʻyxatga olish kitobiga shaxsning maʼlumotnoma olganligi toʻgʻrisidagi imzo qoʻyilishi orqali beriladi.”.
8. III bob quyidagi mazmundagi 302-band bilan toʻldirilsin:
“302. Yakka tartibdagi tadbirkorlar (chet elda yollangan holda ishlovchi shaxslar, yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik subyekti oilasi aʼzolari, dehqon xoʻjaligi aʼzolari)ning hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi arizalari, shuningdek Toʻlangan sugʻurta badallarining hisobga olish kartochkalari yakka tartibdagi tadbirkorlar (chet elda yollangan holda ishlovchi shaxslar, yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik subyekti oilasi aʼzolari, dehqon xoʻjaligi aʼzolari)ning Pensiya jamgʻarmasi boʻlimida hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi arizalari, shuningdek Toʻlangan sugʻurta badallarining hisobga olish kartochkasi ochilishini roʻyxatga olish kitobida qayd etilishi lozim (mazkur Yoʻriqnomaning 23-ilovasi).”.
9. 31-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “mazkur Yoʻriqnomaning 23, 24-ilovalarida koʻzda tutilgan kitoblarda” degan soʻzlar “uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha kompensatsiya pul toʻlovlarini toʻlash, shuningdek pensiya (ijtimoiy nafaqa)ni qayta hisoblash (boshqa turiga oʻtkazish, tiklash) toʻgʻrisidagi arizalarni roʻyxatga olish kitobiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“40. Nogironlik guruhini belgilash (bekor qilish) toʻgʻrisidagi TMEK maʼlumotlarini roʻyxatga olish (koʻrik dalolatnomalaridan koʻchirmalar) mazkur Yoʻriqnomaning 26-ilovasida koʻzda tutilgan kitoblarda amalga oshiriladi.”.
11. 47-banddagi “mazkur Yoʻriqnomaning 29-ilovasiga muvofiq, pensioner (nafaqa oluvchi)ning yashash manzili oʻzgarganligi munosabati bilan pensiya yigʻmajildini hisobga qoʻyishni” degan soʻzlar “pensiyani tayinlash (yashash manzili oʻzgarganligi munosabati bilan hisobga qoʻyish) toʻgʻrisidagi arizalarni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“57. Pensiya (ijtimoiy nafaqa) toʻlovlari toʻxtatilgan pensiya yigʻmajildlari ijrodagi pensiya yigʻmajildlaridan alohida Pensiya jamgʻarmasi arxivida saqlanadi va alfavit tartibida roʻyxatga olish kitoblarida (mazkur Yoʻriqnomaning 32-ilovasi) roʻyxatga olinadi. Bunda alfavit kitobidagi qayd etish raqami pensiya yigʻmajildiga beriladi. Alfavitning har bir harfi boʻyicha bir raqamidan boshlab alohida tartib raqamlari qoʻyib chiqiladi.”.
13. 61-bandning birinchi xatboshisidagi “33, 34-ilovalari” degan soʻzlar “32, 33-ilovalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
14. 62-bandning birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi oʻrtasida axborot almashinuvi boʻyicha oʻzaro hamkorlik asosida, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda, har kuni vafot etgan pensioner (nafaqa oluvchi)lar roʻyxati Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga taqdim etiladi.”.
15. 1-ilova mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 1-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
16. 6-ilova mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 2-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
17. 10-ilova mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 3-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
19. 18-ilova mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 4-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon qilinsin.
20. 23-ilova mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 5-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon qilinsin.
21. 26-ilova mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 6-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon qilinsin.
22. 32-ilova mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 7-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon qilinsin.
Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi hamda pensiya hujjatlarining shakllari va ularni toʻldirish qoidalari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 1-ILOVA
“Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi hamda pensiya hujjatlarining shakllari va ularni toʻldirish qoidalari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 1-ILOVA
Pensiya yigʻmajildini rasmiylashtirish uchun roʻyxatga olish kitoblari
ROʻYXATI
T/r
Hujjat nomi
Masʼul
Nazoratchi
1.
Pensiyani tayinlash (yashash manzili oʻzgarganligi munosabati bilan hisobga qoʻyish) toʻgʻrisidagi arizalarni roʻyxatga olish kitobi
Pensiya tayinlash guruhi rahbari
Boʻlim boshligʻi
2.
Ijtimoiy nafaqalarni tayinlash toʻgʻrisidagi arizalarni roʻyxatga olish kitobi
Pensiya tayinlash guruhi rahbari
Boʻlim boshligʻi
3.
Bola tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqa toʻlash toʻgʻrisidagi arizalarni roʻyxatga olish kitobi
Pensiya tayinlash guruhi rahbari
Boʻlim boshligʻi oʻrinbosari
4.
Dafn etishga nafaqa toʻlash toʻgʻrisidagi arizalarni roʻyxatga olish kitobi
Boʻlim boshligʻi oʻrinbosari
Boʻlim boshligʻi
5.
Uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha kompensatsiya pul toʻlovlarini toʻlash, shuningdek pensiya (ijtimoiy nafaqa)ni qayta hisoblash (boshqa turiga oʻtkazish, tiklash) toʻgʻrisidagi arizalarni roʻyxatga olish kitobi
Pensiya tayinlash guruhi rahbari
Boʻlim boshligʻi
6.
Pensiya tayinlashni rad etish, qoʻshimcha tekshirishni oʻtkazish va qoʻshimcha hujjatlarni taqdim etish toʻgʻrisidagi komissiya qarorlarini roʻyxatga olish kitobi
Boʻlim boshligʻi oʻrinbosari
Boʻlim boshligʻi
7.
Pensiya va nafaqalar toʻlovi monitoringi guruhiga taqdim etilgan hujjatlarni roʻyxatga olish kitobi
Pensiya tayinlash guruhi inspektori
Pensiya tayinlash va Pensiya va nafaqa toʻlovlari monitoringi guruhlari rahbari
8.
Pensionerlar (nafaqa oluvchilar)�a berilgan guvohnomalar, maʼlumotnomalar va jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini olish huquqi toʻgʻrisida berilgan guvohnomalarni roʻyxatga olish kitobi
Ish yurituvchi
Boʻlim boshligʻi oʻrinbosari
9.
Ishlovchi pensionerlarga beriladigan topshiriqnomalarni (F-25) roʻyxatga olish kitobi
Pensiya va nafaqa toʻlovlari monitoringi guruhi rahbari
Boʻlim boshligʻi oʻrinbosari
10.
Nogironlik guruhini belgilash (bekor qilish) toʻgʻrisidagi TMEK maʼlumotnomalari (koʻrikdan oʻtish dalolatnomalaridan koʻchirma)ni roʻyxatga olish kitobi
Ish yurituvchi
Boʻlim boshligʻi
11.
I guruh nogironi, shuningdek 80 yoshga toʻlgan keksaga qarab turishning haqiqiy holatlarini tekshirish dalolatnomasini roʻyxatga olish kitobi
Pensiya tayinlash guruhi rahbari
Boʻlim boshligʻi oʻrinbosari
12.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar (chet elda yollangan holda ishlovchi shaxslar, yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik subyekti oilasi aʼzolari, dehqon xoʻjaligi aʼzolari)ning Pensiya jamgʻarmasi boʻlimida hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi arizalari, shuningdek Toʻlangan sugʻurta badallarining hisobga olish kartochkasi ochilishini roʻyxatga olish kitobi
Mablagʻlarga ehtiyojni aniqlash, buxgalteriya hisobi va hisoboti shuʼbasi rahbari
Boʻlim boshligʻi oʻrinbosari
13.
Pensioner (nafaqa oluvchi)ning yashash manzili oʻzgarganligi munosabati bilan pensiya yigʻmajildini hisobdan chiqarishni roʻyxatga olish kitobi
Pensiya va nafaqa toʻlovlari monitoringi guruhi rahbari
Boʻlim boshligʻi oʻrinbosari
14.
Pensiya (ijtimoiy nafaqa)dan chegirmalar toʻgʻrisida ijro hujjatlarini roʻyxatga olish kitobi
Pensiya va nafaqa toʻlovlari monitoringi guruhi rahbari
Boʻlim boshligʻi va yuriskonsult
15.
Pensiya (ijtimoiy nafaqa) toʻlovlari toʻxtatilgan pensiya yigʻmajildlarini hamda ularning berilishini roʻyxatga olish kitobi
Arxivarius
Boʻlim boshligʻi oʻrinbosari
16.
Pensiya (ijtimoiy nafaqa) toʻlovlari amalga oshirilayotgan arxivdagi pensiya yigʻmajildlarining berilishini roʻyxatga olish kitobi
Arxivarius
Boʻlim boshligʻi
YURITIShGA DOIR TALABLAR
T/r
Barcha koʻrsatib oʻtilgan hujjatlarda quyidagilar amalga oshirilgan boʻlishi lozim:
Masʼul
1.
Nomerlangan
Pensiya tayinlash, Pensiya va nafaqalar toʻlovi monitoringi guruhlari rahbarlari
2.
Tikilgan
Pensiya tayinlash, Pensiya va nafaqalar toʻlovi monitoringi guruhlari rahbarlari
3.
Imzolar bilan tasdiqlangan
Pensiya tayinlash, Pensiya va nafaqalar toʻlovi monitoringi guruhlari rahbarlari
4.
Muhr qoʻyilgan
Boʻlim boshligʻi
5.
Yozuvlar oʻchirishlar va oʻzgartirishlarsiz
Pensiya tayinlash, Pensiya va nafaqalar toʻlovi monitoringi guruhlari rahbarlari
6.
Barcha rekvizitlar bilan toʻldirilgan
Pensiya tayinlash, Pensiya va nafaqalar toʻlovi monitoringi guruhlari rahbarlari
7.
Oʻz vaqtida yopilgan
Pensiya tayinlash, Pensiya va nafaqalar toʻlovi monitoringi guruhlari rahbarlari
Izoh: Eski namunada ochilgan roʻyxatga olish kitoblaridan undagi barcha qatorlar toʻldirilgunga, ammo 2017-yil 1-yanvardan koʻp boʻlmagan muddatga qadar foydalaniladi.”.
Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi hamda pensiya hujjatlarining shakllari va ularni toʻldirish qoidalari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 2-ILOVA
“Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi hamda pensiya hujjatlarining shakllari va ularni toʻldirish qoidalari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 6-ILOVA
Pensiyani tayinlash (yashash manzili oʻzgarganligi munosabati bilan hisobga qoʻyish) toʻgʻrisidagi arizalarni roʻyxatga olish
KITOBI
T/r
Arizachining F.I.O., tugʻilgan yili va yashash manzili
Avvalgi yashash manzili (davlat, viloyat,shahar, tuman nomi)
Pensiya tayinlash uchun hujjatlar taqdim etgan tashkilot nomi
Hujjatning kelib tushgan sanasi
Pensiya (nafaqa) turi
Talab qilinadigan ish staji/ ortiqcha ish staji
Komissiya qarori mazmuni
Pensiya yigʻmajildi raqami
taqdimnoma (tashkilot tomonidan kelib tushgansanasi)
ariza (fuqaro tomonidan kelib tushgan sanasi)
umumiy ish staji
oʻrtacha oylik ish haqi
qaror sanasi
Pensiya (nafaqa) miqdori
Pensiya (nafaqa) tayinlash (hisobga qoʻyish) muddati
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
1.
2.
3.
”.
Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi hamda pensiya hujjatlarining shakllari va ularni toʻldirish qoidalari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 3-ILOVA
“Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi hamda pensiya hujjatlarining shakllari va ularni toʻldirish qoidalari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 10-ILOVA
Uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha kompensatsiya pul toʻlovlarini toʻlash, shuningdek pensiya (ijtimoiy nafaqa)ni qayta hisoblash (boshqa turiga oʻtkazish, tiklash) toʻgʻrisidagi arizalarni roʻyxatga olish
KITOBI
T/r
Arizachining F.I.O., tugʻilgan yili va yashash manzili
Arizaning kelib tushgan sanasi
Pensiya (ijtimoiy nafaqa)turi
Pensiyani qayta hisoblash (tiklash, boshqa turiga oʻtkazish)
uchun asos (ish staji, ish haqi, pensiyaning boshqa turiga oʻtkazish, qoʻshimchaning miqdori)
Komissiya qarorining mazmuni
Pensiya yigʻmajildi raqami
ish staji
ish haqi
komissiya qarorining sanasi
avvalgi pensiya miqdori
yangi tayinlangan pensiya (ijtimoiy nafaqa) miqdori
Pensiya (ijtimoiy nafaqa) qayta hisob-kitob qilingan (tiklangan) sana
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
1.
2.
3.
”.
Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi hamda pensiya hujjatlarining shakllari va ularni toʻldirish qoidalari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 4-ILOVA
“Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi hamda pensiya hujjatlarining shakllari va ularni toʻldirish qoidalari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 18-ILOVA
Pensionerlar (nafaqa oluvchilar)ga berilgan guvohnomalar, maʼlumotnomalar va jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini olish huquqi toʻgʻrisida guvohnomalarni roʻyxatga olish
KITOBI
T/r
Shaxsiy varaq
Pensioner (nafaqa oluvchi) F.I.O.
Pensiya yoki nafaqa turi
Guvohnoma raqami
Berilgan sanasi
Maʼlumotnoma qayerga taqdim etish uchun berilganligi toʻgʻrisida belgi
Pensioner (nafaqa oluvchi) imzosi
Inspektorning F.I.O. va imzosi
1
2
3
4
5
6
7
8
9
1.
2.
3.
”.
Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi hamda pensiya hujjatlarining shakllari va ularni toʻldirish qoidalari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 5-ILOVA
“Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi hamda pensiya hujjatlarining shakllari va ularni toʻldirish qoidalari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 23-ILOVA
Yakka tartibdagi tadbirkor (chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs, yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik subyekti oilasi aʼzosi, dehqon xoʻjaligi aʼzosi)ning Pensiya jamgʻarmasi boʻlimida hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi arizalari, shuningdek Toʻlangan sugʻurta badallarining hisobga olish kartochkasi ochilishini roʻyxatga olish
KITOBI
T/r
F.I.O.
Yashash manzili
Faoliyat turi
STIR
Ariza berilgan sana
Xorijiy davlat, chiqib ketish sanasi, va xorijiy davlatda boʻlish davri
Taqdim etilgan hujjatlar (pasport nusxasi va STIR, mehnat va jamgʻarilib boriladigan daftarcha va boshqalar)
Toʻlangan sugʻurta badallarining hisobga olish kartochkasi ochilgan sana
Arizachining imzosi
Inspektor F.I.O. va imzosi
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
1.
2.
3.
”.
Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi hamda pensiya hujjatlarining shakllari va ularni toʻldirish qoidalari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 6-ILOVA
“Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi hamda pensiya hujjatlarining shakllari va ularni toʻldirish qoidalari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 26-ILOVA
Nogironlik guruhini belgilash (bekor qilish) (koʻrik dalolatnomalaridan koʻchirma) toʻgʻrisida TMEK maʼlumotnomalarini roʻyxatga olish
KITOBI
T/r
F.I.O.
Yashash manzili
Nogironlik oʻrnatilgan (bekor qilingan) sana
TMEK maʼlumotnomasi raqami
Nogironlik guruhi
Nogironlik sababi
TMEK koʻrigi (birlamchi, qayta),nogironlikni bekor qilish sababi
Maʼlumotnoma bergan TMEK raqami
TMEK maʼlumotnomasi olingan sana
TMEK maʼlumotnomalariningmutaxassis tomonidan olinganligi
Maʼlumotnoma asosida qayta ishlangan sana
sana
xodimimzosi
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
1.
2.
3.
”.
Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi hamda pensiya hujjatlarining shakllari va ularni toʻldirish qoidalari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 7-ILOVA
“Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi hamda pensiya hujjatlarining shakllari va ularni toʻldirish qoidalari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 32-ILOVA
Pensiya (ijtimoiy nafaqa) toʻlovlari toʻxtatilgan pensiya yigʻmajildlarini hamda ularning berilishini roʻyxatga olish
KITOBI
T/r
Shaxsiy hisobvaraq raqami
Pensioner (nafaqa oluvchi)ning F.I.O.
Pensioner (nafaqa oluvchi)ning yashash manzili
Pensiya (ijtimoiy nafaqa) turi
Pensiya yigʻmajildini qayd etish sanasi
Pensiya yigʻmajildi berilgan sana
Pensiya yigʻmajildiqaytarilgan sanasi
Arxivarius imzosi
Izoh (arxivdan pensiya yigʻmajildini olish, olinish sanasi va x.k.)
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
1.
2.
3.
”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 23-son, 270-modda)