toggle_night_mode
Hujjat 25.09.2017 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Elektron hukumat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunini amalga oshirishni davom ettirish chora-tadbirlari haqida
Oʻzbekiston Respublikasining “Elektron hukumat toʻgʻrisida”gi va “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 38-son, 1037-modda)
Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portali toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “Oʻzinfokom” kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy qilish markazining Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumat portalini axborot bilan taʼminlash va rivojlantirish guruhining tashkiliy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bir oy muddatda “Oʻzinfokom” kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy qilish markazining Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumat portalini axborot bilan taʼminlash va rivojlantirish guruhini zarur moddiy-texnika bazasi bilan taʼminlasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilsin.
5. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 3-iyun,
188-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 38-son, 1037-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-son qaroriga
2-ILOVA
Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portali toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekistonning ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayoti toʻgʻrisidagi axborotni tarqatish, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati, davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari (keyingi oʻrinlarda davlat organlari deb ataladi) faoliyatini keng yoritish, shuningdek davlat organlari faoliyatiga oid ochiq maʼlumotlarni eʼlon qilish, fuqarolarning qonun ijodkorligi faoliyatiga va davlat boshqaruviga jalb etilishi holatini hamda elektron davlat xizmatlari taqdim etilishini taʼminlash maqsadida Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portalini (keyingi oʻrinlarda Portal deb ataladi) va uning doirasida faoliyat yurituvchi boshqa axborot resurslarini (veb-saytlarni) yaratish, rivojlantirish, tizimli qoʻllab-quvvatlash va axborot bilan taʼminlash boʻyicha umumiy talablarni belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Portal:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining Internet tarmogʻidagi rasmiy davlat axborot resursi;
davlat organlarining, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar oʻrtasidagi elektron-axborot hamkorligi infratuzilmasining tizim tashkil etuvchi elementi hisoblanadi.
II. Portalning maqsadlari
3. Quyidagilar Portalning asosiy maqsadlari hisoblanadi:
davlat axborot resurslarini shakllantirish va rivojlantirish, davlat organlari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga elektron davlat xizmatlari koʻrsatish uchun moʻljallangan ixtisoslashgan axborot tizimini yaratish;
tegishli axborot resurslarini yaratish va joylashtirish yoʻli bilan respublika aholisi hamda xalqaro jamoatchilikning Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati faoliyati toʻgʻrisida, respublikaning ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotida amalga oshirilayotgan islohotlardan xabardorligini taʼminlash;
davlat organlarining yuridik va jismoniy shaxslar bilan oʻzaro hamkorligi samaradorligini oshirishga koʻmaklashish;
aholini ularning tegishli davlat organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish imkoniyatlari va tartibotlari toʻgʻrisida xabardor qilish;
axborotni ayirboshlash va tarqatish tezkorligi hamda davlat organlarining xabardorligi darajasining oʻsishi hisobiga davlat organlari faoliyatining sifati va samaradorligini oshirishga koʻmaklashish;
tashkilotlar faoliyati toʻgʻrisida axborot olish huquqi kafolatlarini taʼminlash;
ochiq maʼlumotlarni eʼlon qilish hisobiga davlat organlari ishlarining oshkoraligini taʼminlash;
normativ-huquqiy hujjatlarning jamoatchilik muhokamasida qatnashishi yoʻli bilan davlat boshqaruvida fuqarolarning ishtirokini taʼminlash;
axborotning idoralararo elektron almashinuvini unifikatsiyalash.
III. Portaldagi axborotning mazmuniga qoʻyiladigan talablar
4. Quyidagilar toʻgʻrisidagi axborotning mavjud va ishonchli boʻlishi Portaldagi axborotning mazmuniga qoʻyiladigan asosiy talablar hisoblanadi:
Oʻzbekistonning ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayoti toʻgʻrisida;
respublikaning davlat tuzilishi tarkibi, respublikaning davlat, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy boshqaruv institutlari toʻgʻrisida;
davlat organlarining faoliyati, shuningdek tuzilmasi, vazifalari, funksiyalari, huquqlari va aloqalari toʻgʻrisida;
yuridik va jismoniy shaxslar uchun ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish yoki olish shartlari, shakllari, blankalari, tartibi va tartibotlari toʻgʻrisida;
koʻrsatiladigan elektron davlat xizmatlari toʻgʻrisida;
davlat organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilishi toʻgʻrisida;
mamlakatdagi muhim voqealar toʻgʻrisida, fotoarxiv, davlat organlarining turli tuzilmalaridan olingan tadbirlar haqidagi maʼlumotlarning qisqacha mazmuni;
davlat organlarining ochiq maʼlumotlari toʻgʻrisida;
aholi, tadbirkorlik subyektlari tomonidan muhokama etilishi va takliflar kiritilishi maqsadida joylashtirilgan ishlab chiqilayotgan (ishlab chiqilgan) normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida;
boshqa umumiy foydalaniladigan maʼlumotlar toʻgʻrisida.
IV. Portalni axborot bilan taʼminlashni tashkil etish tartibi
5. Quyidagilar Portalga joylashtirish uchun axborot manbalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatga muvofiq Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari boʻyicha axborot-tahlil departamenti, davlat organlarining axborot xizmatlari tomonidan taqdim etiladigan axborot;
Keyingi tahrirga qarang.
ommaviy axborot vositalaridan, shu jumladan elektron ommaviy axborot vositalaridan olinadigan axborot;
davlat organlarining Portalda majburiy eʼlon qilinishi kerak boʻlgan ochiq maʼlumotlari toʻplamlarining roʻyxatiga asosan axborot;
qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa manbalar.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Portalga joylashtirish uchun taqdim etilayotgan axborot tarkibida Oʻzbekiston Respublikasining davlat siri boʻlgan maʼlumotlar yoxud qonun hujjatlariga muvofiq foydalanilishi cheklangan boshqa maʼlumotlar boʻlmasligi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat organlarining axborot materiallarini Portalda joylashtirishga ruxsatni rahbar yoki mansabdor shaxslar, davlat organining rahbarlari yoki oʻrnatilgan tartibda belgilanadigan boshqa vakolatli shaxs beradi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 38-son, 1037-modda)
7. Portalga joylashtirish uchun taqdim etilayotgan axborot dolzarb, ishonchli, yaxlit, mavzuli bloklar boʻyicha aniq tarkibga ega va taqsimlangan boʻlishi kerak.
8. Portaldagi axborot Oʻzbekiston Respublikasining davlat tilida taqdim etilishi kerak. Shu bilan birga, Portal axborotning rus, ingliz va boshqa tillardagi mazmunan bir xil yoki qisqartirilgan versiyalariga ega boʻlishi mumkin.
V. Portal ishini tashkil etish
9. Portal ishlashiga texnik xizmat koʻrsatish Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining “Oʻzinfokom” kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi tuzilmasida yaratilgan Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumat portalini axborot bilan taʼminlash va rivojlantirish guruhi (keyin oʻrinlarda Guruh deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi. Portal doirasida ishlaydigan axborot resurslari (veb-saytlar)ni texnik kuzatib borish va axborot bilan taʼminlash boʻyicha masʼul davlat organlari Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining qarori bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Quyidagilar Guruhning asosiy vazifalari va funksiyalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamenti hamda boshqa davlat organlari tomonidan muntazam ravishda taqdim etiladigan axborot materiallarini Portalda eʼlon qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
“Oʻzinfokom” kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazining boshqa boʻlinmalari bilan uzviy hamkorlikda Portalning axborot xavfsizligini va uzluksiz faoliyat koʻrsatishini taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat organlariga ular oʻrtasida, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar oʻrtasida elektron-axborot boʻyicha hamkorlikni rivojlantirish masalalarida koʻmaklashish;
Portal faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirish, aholi va tadbirkorlik subyektlarining axborotga boʻlgan ehtiyojini qondirish maqsadida Portal vositasida koʻrsatiladigan elektron davlat xizmatlari roʻyxatini kengaytirish va sifatini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va kiritish;
davlat organlari ochiq maʼlumotlari toʻplamlarining roʻyxatini kengaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va kiritish;
aholi, tadbirkorlik subyektlari tomonidan muhokama qilish va keyinchalik takliflar kiritish maqsadida joylashtirilgan ishlab chiqilayotgan (ishlab chiqilgan) normativ-huquqiy hujjatlar qismida Portal faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va kiritish;
Portal, davlat organlarining axborot resurslari, Portalni rivojlantirish va takomillashtirish istiqbollari toʻgʻrisida bosma materiallarni tayyorlash va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish, bu haqda telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar tashkil etish;
Portalda yoritish maqsadida tadbirlarda (tashkilotlarning matbuot anjumanlari, brifinglari, ochiq hayʼat majlislari, oʻquv seminarlari va shu kabilarda) ishtirok etish;
Portal faoliyati toʻgʻrisida jamoatchilik, tadbirkorlik subyektlari vakillari va Internet tarmogʻining boshqa foydalanuvchilari fikr-mulohazalarini oʻrganish boʻyicha tahliliy ishlar olib borish;
Portal va uning doirasida ishlaydigan boshqa axborot resurslari (veb-saytlar)ga texnik xizmat koʻrsatish;
davlat organlari, shuningdek ommaviy axborot vositalari bilan axborot-maʼlumot ishlarini olib borish uchun Guruh faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha tahliliy, statistik va boshqa materiallar maʼlumotlarining tizimlashgan bankini yaratish.
Oldingi tahrirga qarang.
Portalga interaktiv davlat xizmatlarini joriy etishda davlat organlariga metodologik va texnik yordam berish.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 38-son, 1037-modda)
11. Guruh quyidagilarga majbur:
Oʻzbekistonning ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining faoliyati toʻgʻrisidagi davlat organlari tomonidan taqdim etiladigan axborotni qayta ishlash, tahlil qilish va yagona formatda umumlashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamenti tomonidan taqdim etilgan axborotni davlat tilida, shuningdek, mavjud boʻlganda rus, ingliz va boshqa tillardagi mazmunan bir xil yoki qisqartirilgan versiyalarini bir kun muddatdan kechiktirmay Portalda joylashtirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Portalda davlat organlarining axborot xizmatlari tomonidan qonun hujjatlarining belgilangan talablariga muvofiq taqdim etiladigan axborot materiallarini joriy holatda joylashtirish;
Keyingi tahrirga qarang.
aholi va tadbirkorlik subyektlariga elektron xizmatlar koʻrsatish boʻyicha texnikaviy ishlarni amalga oshirish;
aholi va tadbirkorlik subyektlari tomonidan muhokama qilish maqsadida joylashtirilgan ishlab chiqilayotgan (ishlab chiqilgan) normativ-huquqiy hujjatlar qismida Portal faoliyatini takomillashtirish;
Portalda ularning ishlarini yoritish maqsadida tadbirlarda (davlat organlarining matbuot anjumanlari, brifinglari, ochiq hayʼat majlislari, oʻquv seminarlari va shu kabilar) muntazam ishtirok etish;
taqdim etilgan va shakllantirilgan axborotni uzatish, qayta ishlash, eʼlon qilish va saqlash jarayonida uning yaxlitligini saqlash;
Internet tarmogʻi foydalanuvchilari uchun Portaldan uzluksiz foydalanish imkoniyatini taʼminlash;
Portalni yanada rivojlantirish va takomillashtirish boʻyicha ushbu Nizomga zid boʻlmagan tadbirlarni, shu jumladan texnikaviy tadbirlarni amalga oshirish;
Internet tarmogʻi foydalanuvchilari tomonidan Portalning zarurligi va samaradorligi toʻgʻrisida jamoatchilik fikr-mulohazalarini oʻrganish asosida koʻrsatilayotgan elektron davlat xizmatlarini yaxshilash boʻyicha takliflarni shakllantirish;
Portal faoliyatini va koʻrsatilayotgan elektron davlat xizmatlarini har chorakda kamida bir marta ommaviy axborot vositalarida yoritish.
VI. Javobgarlik
12. Guruh axborotning Hukumat portalida va uning doirasida amal qiluvchi boshqa axborot resurslarida (veb-saytlarda) oʻz vaqtida joylashtirilishi, shuningdek ushbu Nizomda nazarda tutilgan vazifalarning bajarilishi uchun javobgar boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Qonun hujjatlariga muvofiq Portalda joylashtirish uchun taqdim etiladigan axborotning ishonchliligi, mazmuni va oʻz vaqtida taqdim etilishi uchun tegishli manbalari boʻlmish tashkilotlar javobgar boʻladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 38-son, 1037-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-son qaroriga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “Oʻzinfokom” kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazining Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumat portalini axborot bilan taʼminlash va rivojlantirish guruhining
TASHKILIY TUZILMASI
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-son qaroriga
4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-noyabrdagi 458-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 11-son, 73-modda) bilan tasdiqlangan Telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 14-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshiga “bank muassasasidagi hisob raqami” soʻzlaridan keyin “zarurat boʻlganda elektron manzili” soʻzlari qoʻshilsin;
b) 16-banddagi “axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash orqali” soʻzlari “axborot tizimlari orqali” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 31-bandning oʻn beshinchi xatboshiga “ommaviy axborot vositalari” soʻzlaridan keyin “litsenziyalovchi organning rasmiy veb-sayti” soʻzlari qoʻshilsin;
g) 37-banddagi “axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash yoʻli bilan” soʻzlari “axborot tizimlari orqali elektron shaklda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 1-ilovaning 5-bandiga “faks” soʻzidan keyin “zarurat boʻlganda elektron manzil” soʻzlari qoʻshilsin;
e) 4-ilova toʻrtinchi bosqichining “tadbirlar” ustunining 2-bandida:
birinchi xatboshidagi “yozma ravishda” soʻzlari “yozma ravishda yoki axborot tizimlari orqali elektron shaklda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “yozma” soʻzi “yozma ravishda yoki axborot tizimlari orqali elektron shaklda” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-sentabrdagi 690-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 955-modda)
3. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 20-dekabrdagi 592-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 12-son, 109-modda) bilan tasdiqlangan Radiochastotalarni tanlov yoʻli bilan taqsimlash va teleradioeshittirish sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibdagi litsenziyalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 6-bandning birinchi xatboshiga “ommaviy axborot vositalarida” soʻzlaridan keyin “shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining rasmiy veb-saytida” soʻzlari qoʻshilsin;
b) 9-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Tanlovda qatnashish uchun buyurtmanomada litsenziya talabgorining elektron manzili koʻrsatilishi mumkin.
Tanlovda qatnashish toʻgʻrisidagi buyurtmanomada litsenziya talabgori elektron manzilining koʻrsatilishi uning arizasi yuzasidan qabul qilingan qaror toʻgʻrisidagi bildirishnomani axborot tizimi orqali elektron shaklda olishga roziligi hisoblanadi”;
v) 10-bandning “a” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
g) 12-banddagi “yoxud pochta aloqa vositasi orqali” soʻzlari “pochta aloqa vositasi orqali yoxud axborot tizimlari orqali elektron shaklda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 1-ilova 1-bosqichining “Tadbirlar” ustunining 2-bandidagi hamda 4-bosqichining “Tadbirlar” ustunining 3-bandidagi “ommaviy axborot vositalarida” soʻzlaridan keyin “shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining rasmiy veb-saytida” soʻzlari qoʻshilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Axborotlashtirish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish toʻgʻrisida” 2005-yil 22-noyabrdagi 256-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 11-son, 62-modda):
a) Davlat axborot resurslarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
15-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“15. Davlat axborot resurslari oʻzaro axborot-texnologik moslikni taʼminlashi va idoralararo elektron hamkorlikni taʼminlash maqsadida elektron hukumatning markaziy maʼlumotlar bazasi bilan integratsiyalash imkoniga ega boʻlishi zarur”;
19-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Elektron davlat xizmatlari koʻrsatishga jalb etilgan davlat axborot resurslari hisobga olinishi va roʻyxatdan oʻtkazilishi shart”;
20-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Bunda foydalanuvchini autentifikatsiya qilmasdan va hisobga olmasdan hamma foydalanishi mumkin boʻlgan davlat axborot resurslaridan erkin foydalanish imkoni beriladi, hamma foydalanadigan axborot resurslarida mavjud boʻlgan hamda foydalanuvchining oʻzining shaxsiy maʼlumotlari boʻlmagan jismoniy shaxslar toʻgʻrisida maʼlumotlar olishi va ulardan foydalanishi bundan mustasno”;
quyidagi mazmundagi 211-band qoʻshilsin:
“211. Elektron davlat xizmatlari koʻrsatishga jalb etilgan davlat axborot resurslari hamda elektron hukumatning markaziy maʼlumotlar bazalari bilan oʻzaro hamkorligi “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiya platformasi orqali amalga oshiriladi”;
30-bandning toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“axborot olish huquqiga ega boʻlmagan shaxslarga axborot olish imkoni berilishi, shuningdek jismoniy shaxslarning shaxsiy maʼlumotlari mavjud boʻlgan axborotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning tegishli jismoniy shaxslarning ruxsatisiz tarqatilishi”;
b) Davlat organlarining axborot tizimlarini yaratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“3. Davlat organlarining axborot tizimlarini yaratishning maqsadi ular faoliyati samaradorligini, tezkorligini va oshkoraligini oshirish, ular tomonidan koʻrsatiladigan elektron davlat xizmatlari koʻrsatish spektrini kengaytirish va sifatini oshirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash hisobiga davlatning boshqa organlari, yuridik va jismoniy shaxslar bilan idoralararo elektron hamkorlikni tashkil etishdan iborat”;
4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4. Davlat xizmatlari koʻrsatishda, davlat organlari boshqa funksiyalarini bajarishda zarur boʻlgan axborotlarni izlash, olish, qayta ishlash, turkumlashtirish va tarqatish jarayonlarini jadallashtirish va yengillashtirish, yangi ehtiyojlarni oʻz vaqtida qondirish hamda paydo boʻlayotgan imkoniyatlarni tezda baholash ishlarini davom ettirish, shuningdek davlat organining barcha tarkibiy boʻlinmalari faoliyati samaradorligini, boshqaruvchanligini oshirish, uni muvofiqlashtirish davlat axborot tizimidan foydalanishning asosiy maqsadi hisoblanadi”;
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi qoʻshilsin:
“idoralararo elektron hamkorlikni taʼminlash uchun “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiya platformasi bilan integratsiyalash imkoniyatini”;
oltinchi — toʻqqizinchi xatboshilar tegishli ravishda yettinchi — oʻninchi xatboshilar deb hisoblansin;
6-bandning toʻqqizinchi xatboshidagi “axborotlar berilishini” soʻzlari “elektron davlat xizmatlari koʻrsatilishini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi qoʻshilsin:
“elektron hukumatning yagona identifikatorlaridan foydalanish — elektron hukumatning qonun hujjatlarida belgilanadigan yagona identifikatorlari asosida elektron davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlarining axborot tizimlarida axborotlar saqlanishini va qayta ishlanishini taʼminlash”;
beshinchi-oltinchi xatboshilar tegishli ravishda oltinchi-yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
19-bandning birinchi xatboshiga “Davlat organlarining” soʻzlaridan oldin “Elektron davlat xizmatlari koʻrsatishga jalb etilgan” soʻzlari qoʻshilsin;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi qoʻshilsin:
“elektron davlat xizmatlari koʻrsatish uchun zarur axborotlar mavjud boʻlgan axborot tizimlari va axborot resurslarining uzluksiz faoliyatini taʼminlash”;
toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi va oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qoʻllab-quvvatlash uchun masʼul boʻlgan davlat organlari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2006-yil 20-fevraldagi 27-son qarori 2-bandining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 2-son, 11-modda) ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“elektron davlat xizmatlarini koʻrsatishga jalb etilgan tegishli davlat axborot resurslarini shakllantirilishi, ulardan foydalanilishi, oʻz vaqtida qoʻllab-quvvatlanishi va yangilanishi hamda elektron hukumatning markaziy maʼlumotlar bazalari bilan integratsiyalashuvini taʼminlasinlar;
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga keyinchalik ularni roʻyxatga kiritish uchun yangidan tashkil etilgan davlat axborot resurslari boʻyicha muntazam ravishda axborot taqdim etsinlar”.
6. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-noyabrdagi 306-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 11-son, 89-modda) bilan tasdiqlangan Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ilovada:
birinchi xatboshidagi “turgʻun shoxobcha joylashgan joy boʻyicha” soʻzlaridan keyin “bevosita, pochta aloqasi vositasi orqali yoki elektron shaklda ularning olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma olingan holda” soʻzlari qoʻshilsin;
ikkinchi xatboshidagi “joyning manzili” soʻzlaridan keyin “zarurat boʻlganda elektron manzili” soʻzlari qoʻshilsin;
uchinchi xatboshiga “telefonlar” soʻzidan keyin “zarurat boʻlganda elektron manzil” soʻzlari qoʻshilsin;
“b” kichik band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) quyidagi mazmundagi 51-band qoʻshilsin:
“51. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar xoʻjalik yurituvchi subyektning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Roʻyxatdan oʻtkazish kartochkasini berish haqidagi arizada xoʻjalik yurituvchi subyekt elektron manzilining koʻrsatilishi uning arizasi yuzasidan qabul qilingan qaror toʻgʻrisida axborot tizimi orqali elektron shaklda xabarnoma olishga boʻlgan roziligi hisoblanadi”;
v) 11-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilariga “elektron shaklda” soʻzlaridan oldin “axborot tizimi orqali” soʻzlari qoʻshilsin;
g) 13-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“13. Agar davlat soliq xizmati organlari ushbu Tartibning 10-bandida nazarda tutilgan muddatda xoʻjalik yurituvchi subyektni nazorat-kassa mashinasining roʻyxatdan oʻtkazish kartochkasini berish rad etilganligidan xabardor qilmagan yoki nazorat-kassa mashinasining roʻyxatdan oʻtkazish kartochkasini bermagan taqdirda, xoʻjalik yurituvchi subyekt davlat soliq xizmati organlarini yozma ravishda xabardor qilib nazorat-kassa mashinasini qoʻllagan holda aholi bilan naqd pulli hisob-kitob qilib tovarlarni sotish, ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish huquqiga ega boʻladi.
Nazorat-kassa mashinasining roʻyxatdan oʻtkazish kartochkasi olingunga qadar taqdim etilgan hujjatlarning qabul qilingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan roʻyxati va xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan davlat soliq xizmati organlariga yuborilgan yozma yoki axborot tizimi orqali elektron shakldagi bildirishnoma ruxsat beruvchi xususiyatga ega boʻlgan hujjatga tenglashtiriladi va nazorat-kassa mashinasini qoʻllagan holda aholi bilan naqd pulli hisob-kitob qilib tovarlarni sotish, ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish uchun asos hisoblanadi.
Bunda davlat soliq xizmati organlari xoʻjalik yurituvchi subyektning yozma yoki axborot tizimi orqali elektron shakldagi bildirishnomasi olingandan keyin besh ish kunidan kech boʻlmagan muddatda nazorat-kassa mashinasining roʻyxatdan oʻtkazish kartochkasini berishi shart”;
d) 21-banddagi va 32-bandning birinchi xatboshidagi “elektron shaklda” soʻzlaridan oldin “axborot tizimi orqali” soʻzlari qoʻshilsin;
birinchi bosqichning “Tadbirlar” ustunining 2-bandiga “elektron shaklda” soʻzlaridan oldin “axborot tizimi orqali” soʻzlari qoʻshilsin;
uchinchi bosqich “Tadbirlar” ustunining 2-bandiga “yozma shaklda” soʻzlaridan keyin “yoki axborot tizimi orqali elektron shaklda” soʻzlari qoʻshilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Interaktiv davlat xizmatlari koʻrsatishni hisobga olgan holda Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portali faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 30-dekabrdagi 378-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 12-son, 95-modda) 2-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. Yagona portal:
jismoniy va yuridik shaxslarning davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari xizmatlari va funksiyalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan foydalanishini;
jismoniy va yuridik shaxslarning elektron davlat xizmatlaridan foydalanishi uchun zarur boʻlgan arizalar shakllari, blankalar va boshqa hujjatlardan, shu jumladan elektron tarzda toʻldirish uchun foydalanishini;
ariza beruvchilar tomonidan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek boshqa tashkilotlar bilan teskari aloqani amalga oshirish imkoniyatini;
elektron davlat xizmatlaridan foydalanish uchun zarur boʻlgan arizalar va boshqa hujjatlarni elektron tarzda qabul qilishni;
jismoniy va yuridik shaxslarning Yagona portal faoliyati bilan bogʻliq soʻrovlari va murojaatlarini hisobga olish, shu jumladan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning interaktiv davlat xizmatlari koʻrsatish sifati monitoringi olib borilishini taʼminlaydi”.
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish holatini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 31-dekabrdagi 355-son qarorida:
a) 1-ilova matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish samaradorligini reytingli baholash tizimi
TUZILMASI

T/r

Koʻrsatkich

Koʻrsatkichning salmogʻi

Yakuniy reyting,

100%

shu jumladan:

I. Rasmiy veb-sayt va interaktiv davlat xizmatlari koʻrsatish

60%

1.1.

Internet tarmogʻida rasmiy veb-saytning mavjudligi va undan foydalana olish

1%

1.2.

Rasmiy veb-saytning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi

5%

1.3.

“Ochiq maʼlumotlar” boʻlimining mazmuni

8%

1.4.

“Elektron qatnashish” uchun imkoniyatlar

16%

1.5.

Elektron davlat xizmatlari koʻrsatish boʻyicha talablarni bajarish

30%

II. Axborot tizimlari, axborot resurslari va elektron hujjatlar aylanishi

16%

2.1.

“Elektron hukumat” tizimi doirasida foydalaniladigan axborot tizimlari

8%

2.2.

Idoralararo elektron hujjatlar aylanishi tizimining faoliyat koʻrsatishi

4%

2.3.

Boshqa davlat organlarining axborot tizimlari bilan oʻzaro hamkorlik qiluvchi maʼlumotlar bazalari

4%

III. Axborot xavfsizligi

20%

3.1.

Axborot xavfsizligini taʼminlash tizimlari va vositalarini tashkilotning moliyalashtirish manbalari bilan tasdiqlangan yaqin yillardagi faoliyatiga joriy etish tadbirlari rejalarining mavjudligi

3%

3.2.

Axborot xavfsizligi boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlarning mavjudligi va ularning amalga oshirilishi holati

7%

3.3.

Axborot xavfsizligini taʼminlash va xodimlarini himoya qilish boʻyicha jismoniy chora-tadbirlarning mavjudligi va amalga oshirilishi holati

4%

3.4.

Axborot xavfsizligini taʼminlash texnik vositalarining mavjudligi va holati

6%

IV. Tashkiliy jihatdan baholash

4%

4.1.

Tashkilotning moliyalashtirish manbalari bilan tasdiqlangan, yaqin yillardagi faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish tadbirlari rejalarining mavjudligi

1%

4.2.

Davlat xizmatlarini interaktiv shaklga bosqichma-bosqich oʻtkazish boʻyicha oʻtkazishning jadvallari va sanalari koʻrsatilgan holdagi chora-tadbirlar dasturining mavjudligi

1%

4.3.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish yuzasidan rahbariyat orasidan masʼul shaxsning mavjudligi

1%

4.4.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish yuzasidan masʼul boʻlgan ixtisoslashtirilgan tarkibiy boʻlinmaning yoki tegishli xizmatlar autsorsingi boʻyicha shartnomaning mavjudligi

1%

“d” kichik band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“d) davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining boʻlajak va oʻtkazilgan ommaviy tadbirlari (majlislar, yigʻilishlar, uchrashuvlar, matbuot konferensiyalari, seminarlar va brifinglar, davra suhbatlari, rasmiy tashriflar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, kundalik faoliyati toʻgʻrisidagi boshqa axborotlar”;
quyidagi mazmundagi “r” kichik band qoʻshilsin:
“r) saytdan foydalanish, shuningdek saytdagi mavjud atamalarning ahamiyati boʻyicha yoʻriqnoma”;
birinchi xatboshidagi “bazaviy axborot” soʻzlari “elektron davlat” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“a” kichik bandga “kunlari” soʻzidan keyin “shuningdek soatlari” soʻzlari qoʻshilsin;
“v” kichik band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“v) davlat xizmatlaridan foydalanish uchun zarur boʻlgan shakllar va blankalar, shuningdek boshqa axborot (bank rekvizitlaridagi, manzillardagi va shu kabilardagi), shuningdek davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organining erkin koʻchirish uchun statistika hisoboti”;
“g” va “i” kichik bandlarga “shikoyatlari” soʻzidan keyin “davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organining faoliyati toʻgʻrisida maʼlumot olishga soʻrovlari” soʻzlari qoʻshilsin;
“m” kichik band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“m) “Elektron davlat xizmatlari” va “Ochiq maʼlumotlar” alohida boʻlimlari;
“n” kichik bandga “avtomatlashtirilgan formatlari” soʻzlaridan keyin “(shu jumladan SMS yuborish yoʻli bilan” soʻzlari qoʻshilsin;
quyidagi mazmundagi “r” kichik band qoʻshilsin:
“r) ularni koʻrsatish davlat organi vakolatiga kiradigan davlat xizmatlari koʻrsatilgan holda Davlat xizmatlari, shakllari va blankalari yagona reyestridan koʻchirma yoki bunday axborot mavjud boʻlgan Davlat xizmatlari yagona reyestriga havola”;
g) 4-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Elektron davlat xizmatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda pulli asosda koʻrsatilishi mumkin”;
d) 12-bandning “b” kichik bandidagi “haq toʻlash imkoniyati” soʻzlari “haq toʻlash va tasdiqlash imkoniyati” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 10-apreldagi 87-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 4-son, 27-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 4-bandga quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi qoʻshilsin:
“elektron hukumat sohasidagi vakolatli organ tomonidan”;
toʻrtinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi — toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
ikkinchi xatboshidagi “Elektron hukumat” tizimini joriy etish” soʻzlari “elektron hukumat” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qoʻshilsin:
“elektron hukumatni yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini aniqlash va elektron hukumat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish”;
uchinchi — oltinchi xatboshilar toʻrtinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
oltinchi xatboshidagi “Elektron hukumat” tizimini joriy etish sohasida” soʻzlari “elektron hukumatni rivojlantirishda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshidagi “Elektron hukumat” tizimini joriy etish” soʻzlari “elektron hukumat” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“elektron hukumat sohasida davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish, amalga oshirish va ularning bajarilishini tahlil qilishni taʼminlash, elektron hukumat sohasida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirish”;
quyidagi mazmundagi uchinchi — yettinchi xatboshilar qoʻshilsin:
“markaziy maʼlumotlar bazalari, idoralararo elektron hamkorlik tizimi, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, maʼlumotlarga ishlov berish markazi va idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmogʻi boʻyicha elektron hukumat infratuzilmasi faoliyat koʻrsatishini taʼminlash;
axborotlashtirish va elektron davlat xizmatlari koʻrsatish sifati, shuningdek elektron hukumat loyihalari amalga oshirilishi samaradorligining maqsadli koʻrsatkichlariga erishish darajasi boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini baholash va nazorat qilish;
axborotni toʻplash, saqlash, qayta ishlash, uzatish va ayirboshlash boʻyicha standartlar va texnik talablar asosida elektron hukumatning texnik asosini shakllantirishga doir chora-tadbirlarni qabul qilish va amalga oshirish;
elektron hukumat, elektron davlat xizmati koʻrsatish toʻgʻrisidagi hisobot materiallarini shakllantirish va ularni puxta ishlash, shuningdek idoralararo elektron oʻzaro hamkorlik sohasida monitoring olib borish;
koʻrsatilayotgan elektron davlat xizmatlari va idoralararo elektron oʻzaro hamkorlik tartib-taomillarini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish”;
uchinchi — sakkizinchi xatboshilar sakkizinchi — oʻn uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni tashkil etish, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasida kadrlar, shuningdek elektron hukumat sohasida davlat organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish va joriy etish, elektron hukumatning axborot tizimlari va axborot resurslarining axborot xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish”;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“elektron hukumat sohasida davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni, shuningdek axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni, telekommunikatsiyalarni va pochta aloqasini istiqbolli rivojlantirish dasturlarini, shu jumladan keng polosali foydalanishning zamonaviy vositalarini, maʼlumotlarni uzatishning raqamli tizimlarini, yoʻldosh va mobil aloqani, teleradioeshittirishni joriy etish, yuridik va jismoniy shaxslarga elektron davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini takomillashtirish, raqobatbardoshli dasturiy mahsulotlarni mahalliy ishlab chiqarishni tashkil etish, axborot tizimlari va resurslarni rivojlantirish boʻyicha bosqichma-bosqich dasturlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi”;
uchinchi xatboshidagi “axborotlashtirishni” soʻzidan oldin “elektron hukumatni” soʻzlari qoʻshilsin;
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“investitsiya siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda hamda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar, elektron hukumatni yanada rivojlantirishga xorijiy investitsiyalarni jalb etishda, Internet tarmogʻining milliy segmentini rivojlantirishda, shu jumladan davlat buyurtmasi doirasida rivojlantirishda, pochta aloqasi vositalari va tarmoqlarini, telekommunikatsiyalar, teleradioeshittirish, radiomonitoringning texnik vositalarini, dasturiy mahsulotlarni rivojlantirishda ishtirok etadi”;
yettinchi xatboshiga “kommunikatsiyalarni” soʻzidan keyin “shuningdek elektron hukumatni” soʻzlari qoʻshilsin;
sakkizinchi xatboshidagi “Elektron hukumat” tizimini joriy etish” soʻzlari “elektron hukumatni yanada rivojlantirish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻqqizinchi xatboshidagi “davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida foydalaniladigan telekommunikatsiyalar tarmoqlari va axborot tizimlari integratsiyasini” soʻzlari “axborot tizimlari va axborot resurslarini, shuningdek davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan koʻrsatiladigan elektron davlat xizmatlarini joriy etish, rivojlantirish va integratsiyasini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻninchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“fan va marketing tadqiqotlari, maʼmuriy tartib-taomillarni takomillashtirish hamda elektron davlat xizmatlari koʻrsatishda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hujjatlarini birxillashtirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va davlat xizmatlari, aloqa tarmoqlari va xizmatlarini, standartlar va texnik shartlarni rivojlantirish monitoringini olib borish, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni, telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlarni rivojlantirishning mamlakat va jahon anʼanalarini, radiochastota spektridan foydalanishni oʻrganish va tahlil qilish ishlarini tashkil etadi”;
oʻn ikkinchi xatboshidagi “joriy etish va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
oʻn toʻrtinchi xatboshidagi “kommunikatsiyalar” soʻzi “elektron hukumat kommunikatsiyalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻn beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“umumiy texnik renglamentlarni va davlat standartlarini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun belgilangan tartibda taqdim etadi, xalqaro standartlarni davlat standartlari sifatida qabul qilish ishlarini tashkil etadi, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan koʻrsatiladigan elektron davlat xizmatlari reglamentlarini kelishadi, mamlakatning yagona axborot makonini shakllantirish va “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish uchun maxsus texnik reglamentlarni va normativ hujjatlarni, radioelektron vositalarga va yuqori chastotali qurilmalarga, telekommunikatsiyalar vositalariga va axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga qoʻyiladigan talablarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi”;
oʻn yettinchi xatboshidagi “Elektron hukumat tizimini joriy etish” soʻzlari “elektron hukumat” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida “elektron hukumat” loyihalarini amalga oshirish samaradorligining maqsadli koʻrsatkichlariga erishish darajasini, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishning holatini tahlil qilish va baholashni, shuningdek NIS.UZ idoralararo avtomatlashtirilgan axborot tizimida taqdim etiladigan axborotning sifati va ishonchliligini taʼminlaydi, keyinchalik ularni takomillashtirish yuzasidan aniq tavsiyalar va takliflarni tayyorlaydi”;
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan foydalanish samaradorligi indikatorlarini, ular tomonidan koʻrsatiladigan elektron davlat xizmatlari sifati va elektron davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini takomillashtirish darajasini, shuningdek elektron davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlarining bir-biri bilan oʻzaro hamkorligi darajasini baholash mezonlari va mexanizmlarini ishlab chiqadi”;
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining elektron davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini tizimli takomillashtirish va qayta tashkil etish, funksional va operatsion jarayonlarini tahlil qiladi va uning natijalari boʻyicha takliflar tayyorlaydi”;
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“metodika, shuningdek jamoatchilik fikrini oʻrganish asosida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan elektron davlat xizmatlari koʻrsatish sifatini baholaydi va natijalar boʻyicha elektron davlat xizmatlari koʻrsatish sifatini yanada yaxshilash va takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi”;
oʻn toʻrtinchi xatboshidagi “interaktiv” soʻzi “elektron” soʻzi bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi oʻn beshinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Elektron davlat xizmatlarining yagona reyestrini shakllantiradi va yuritadi”;
oʻn beshinchi — oʻn toʻqqizinchi xatboshilar tegishli ravishda oʻn oltinchi — yigirmanchi xatboshilar deb hisoblansin;
oʻn oltinchi xatboshiga “davlat xizmatlari”, “Davlat xizmatlarini” soʻzlaridan oldin “elektron” soʻzi qoʻshilsin;
sakkizinchi xatboshiga “elektron hukumatning markaziy maʼlumotlar bazalari va axborot tizimlari” soʻzlari qoʻshilsin;
toʻqqizinchi va oʻninchi xatboshilarga “telekommunikatsiyalar” soʻzidan oldin “elektron hukumat” soʻzlari qoʻshilsin;
“j” kichik bandning birinchi va ikkinchi xatboshilariga “axborotlashtirish” soʻzidan oldin “elektron hukumatni” soʻzlari qoʻshilsin;
ikkinchi xatboshiga “vakolatli organlar tomonidan markaziy maʼlumotlar bazalarida saqlanadigan axborotni dolzarblashtirish” soʻzlari qoʻshilsin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish darajasi va samaradorligini, elektron hukumat loyihalarini amalga oshirish samaradorligining maqsadli koʻrsatkichlariga erishish darajasini, shuningdek elektron davlat xizmatlari koʻrsatish sifatini tekshiradi”;
toʻrtinchi, oltinchi, sakkizinchi, oʻn uchinchi xatboshilardagi “interaktiv” soʻzi “elektron” soʻzi bilan almashtirilsin;
oʻn ikkinchi xatboshidagi “texnologiyalar” soʻzidan keyin “elektron hukumat” soʻzlari qoʻshilsin;
oʻn toʻqqizinchi xatboshidagi “axborotlashtirish” soʻzidan keyin “elektron hukumat” soʻzlari qoʻshilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 13-maydagi 120-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 5-son, 37-modda) bilan tasdiqlangan Davlat xizmatlari, shakllari va blankalari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“davlat xizmati — ariza beruvchilarning soʻrovlari boʻyicha davlat organlarining funksiyalari amalga oshirilishi boʻyicha davlat organlari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar. Davlat xizmatini, agar qonun hujjatlariga muvofiq davlat xizmatlari koʻrsatish funksiyalari ularga yuklangan boʻlsa, boshqa tashkilotlar ham koʻrsatishi mumkin;
uchinchi xatboshidan “davlat xizmatlari koʻrsatish toʻgʻrisida” soʻzlari chiqarib tashlansin;
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“davlat xizmati koʻrsatish reglamenti — elektron davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini va unga qoʻyiladigan talablarni belgilaydigan normativ-huquqiy hujjat”;
b) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Davlat xizmatlari, shakllar va blankalarning
YAGONA REYESTRI

Davlat xizmatining noyob reyestr raqami

Davlat xizmatining nomi

Davlat xizmatini koʻrsatish natijasini beruvchi vakolatli organning nomi

Davlat

xizmati

koʻrsatilayotgan

ariza

beruvchilar

toifalari

Davlat

xizmati

koʻrsatish

shakli

(anʼanaviy va

elektron)

Davlat

xizmati

koʻrsatish

narxi

Davlat

xizmati

koʻrsatish

muddatlari

Davlat

xizmati

koʻrsatish

reglamenti

Davlat

xizmati

koʻrsatish uchun

talab

qilinadigan

hujjatlar

Axborot

hamkorligi

orqali

olinadigan

hujjatlar va

axborotlar

hamda

ularni

beradigan

davlat

organlari

Davlat

xizmati

koʻrsatish

natijasi

Davlat

xizmati

koʻrsatish

natijasida beriladigan

yoki davlat

xizmati

olish uchun

foydalaniladigan

shakllar

va blankalar

Davlat xizmatlari, shakllari va blankalari yagona reyestriga havola

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13




Izoh. davlat xizmatlari, shakllar va blankalarning yagona reyestri davlat xizmatlari toʻgʻrisidagi boshqa maʼlumotlarni ham oʻz ichiga olishi mumkin”.
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-son qaroriga
5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuridik va jismoniy shaxslar bilan oʻzaro hamkorligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 23-avgustdagi 181-son qarori 1-bandining ikkinchi xatboshi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-yil, 8-son, 50-modda), shuningdek qarorga 1-ilova.
2. Vazirlar Mahkamasining “Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portalini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 17-dekabrdagi 259-son qarorining 1 va 2-bandlari (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-yil, 12-son, 71-modda), shuningdek qarorga 1 va 2-ilovalar.
3. Vazirlar Mahkamasining “Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portaliga axborotlarni taqdim etish va joylashtirish tartibi toʻgʻrisida” 2009-yil 21-apreldagi 116-son qaroriga 4-ilovaning 2-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Interaktiv davlat xizmatlari koʻrsatishni hisobga olgan holda Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portali faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 30-dekabrdagi 378-son qarori 1-bandining birinchi xatboshi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-yil, 12-son, 95-modda), shuningdek qarorga 1-ilova hamda 2-ilova 2-bandining “v” kichik bandi va 3-bandining “v” kichik bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-avgustdagi 225-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar roʻyxatining 210-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-yil, 8-son, 55-modda).
6. Vazirlar Mahkamasining “Davlat soliq xizmati organlari tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlarda soliq qarzdorligi yoʻqligi toʻgʻrisida xulosa berish tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2014-yil 27-yanvardagi 17-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-yil, 1-son, 9-modda).
7. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Interaktiv davlat xizmatlari koʻrsatishni hisobga olgan holda Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portali faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 30-dekabrdagi 378-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” (Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida” 2014-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-378-son Qonuni)” 2015-yil 6-martdagi 50-son qaroriga ilovaning 3-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-yil, 3-son, 14-modda).
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida” 2015-yil 4-fevraldagi PF-4702-son Farmoni)” 2015-yil 27-iyundagi 171-son qaroriga ilova 30-bandining “v” kichik bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-yil, 6-son, 51-modda).
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 23-son, 269-modda; 2017-y., 36-son, 955-modda, 38-son, 1037-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2017-y., 09/17/925/0299-son, 01.05.2018-y., 09/18/318/1108-son, 25.08.2018-y., 09/18/680/1791-son, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son; 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2021-y., 09/21/373/0559-son; 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)