1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Moliya / Baxolash faoliyati]
Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining
Qarori
“Baholash faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar” shaklini toʻldirish boʻyicha Qoidalarning 6-bandiga qoʻshimcha kiritish haqida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 10-maydagi 11-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3366, 10.05.2022-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 1-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1860-2]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2008-yil 15-avgustdagi 01/19-18/12-son qarori (roʻyxat raqami 1860, 2008-yil, 24-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 39-son, 401-modda) bilan tasdiqlangan “Baholash faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar” shaklini toʻldirish boʻyicha Qoidalarning 6-bandi “tashkilot muhri bilan” degan soʻzlardan keyin “(muhr mavjud boʻlgan taqdirda)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais D. XIDOYATOV
Toshkent sh.,
2016-yil 26-may,
01/27-26/33-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 22-son, 254-modda)