1.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-son Qonunining 13-moddasi)
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-oktabrdagi 690-sonli “Yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molchilarini hamda bino va inshootlarni energiya iste’molini energiya auditidan o‘tkazish tartiblarini belgilash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-son Qonunining 13-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari G‘.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 24-may,
175-son
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 24-maydagi 175-son qaroriga ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-avgustdagi 164-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 8-son, 61-modda) bilan tasdiqlangan Yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molchilarini energetika tekshiruvidan va ekspertizadan o‘tkazish qoidalarida:
a) 9-banddagi “olti” so‘zi “ikki” so‘zi bilan almashtirilsin;
b) 10-banddagi “olti ming tonnadan” va “bir ming tonnadan” so‘zlari “ikki ming tonnadan” va “bir ming tonnadan” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2018-y., 09/18/22/0568-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 21-son, 239-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2018-y., 09/18/22/0568-son)