1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.16.00 Hayvonlarni boshqa joyga koʻchirish, urchitish (gibridlash), yarim tutqun va tutqun sharoitlarda saqlab turish va koʻpaytirish]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Oʻsimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
2016 — 2020-yillar davrida Toshkent hayvonot bogʻini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-dekabrdagi 996-sonli “Toshkent hayvonot bogʻini kelgusida modernizatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Toshkent hayvonot bogʻini (keyingi oʻrinlarda hayvonot bogʻi deb ataladi) zamonaviy madaniy-tomosha va ilmiy-maʼrifiy davlat muassasasi sifatida rivojlantirish, hayvonot bogʻi kolleksiyasini noyob va ekzotik hayvonlar bilan toʻldirishni taʼminlash, shuningdek hayvonlarni saqlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
2016 — 2020-yillar davrida Toshkent hayvonot bogʻini rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda Konsepsiya deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq;
2016 — 2020-yillar davrida Toshkent hayvonot bogʻini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari rejasi (keyingi oʻrinlarda Tadbirlar rejasi deb ataladi) 2-ilovaga muvofiq maʼqullansin. Tadbirlar rejasi quyidagilarga yoʻnaltirilgan kompleks tadbirlarni nazarda tutadi:
hayvonot bogʻi obyektlari qurish, ularni rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash hamda yovvoyi hayvonlarni tutqinlikda saqlash boʻyicha xalqaro talablarga muvofiq jihozlash yoʻli bilan hayvonot bogʻi infratuzilmasi va moddiy-texnika bazasini takomillashtirish;
zoologik izlanishlar, zoologik laboratoriyalar va zoomuhandislikni rivojlantirish uchun zamonaviy ilmiy majmua tashkil etish yoʻli bilan ilmiy-tadqiqot va seleksiya faoliyatini rivojlantirish;
hayvonlarni tutqinlikda sunʼiy koʻpaytirish, boshqa hayvonot bogʻlari bilan hayvonlarni ayirboshlash, maqsadli maxsus va epizootga qarshi tadbirlarni amalga oshirish hisobiga hayvonot bogʻi genofondini saqlash, toʻldirish va yanada boyitish;
maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar uchun maxsus toʻgaraklar tashkil etish, maktab oʻquvchilari uchun multimedia taʼlim resurslarini ishlab chiqish, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari, oliy taʼlim muassasalari talabalarining hayvonot bogʻida ishlab chiqarish va diplomoldi amaliyotidan oʻtishlarini tashkil etish, oʻquv kurslari, ekskursiyalar, koʻrgazmalar, shuningdek telekoʻrsatuvlar tashkil etish va ommaviy axborot vositalarida materiallar eʼlon qilish yoʻli bilan taʼlim va maʼrifiy faoliyatni rivojlantirish;
veb-saytni takomillashtirish, hayvonot bogʻi pavilonlarining joylashishi toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotlar mavjud boʻlgan elektron xarita — yoʻl koʻrsatuvchi yaratish yoʻli bilan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va keng qoʻllash.
2. Hayvonot bogʻi hududidagi obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash ishlarini amalga oshirish doirasida:
Toshkent shahar hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” ijiniring kompaniyasi — buyurtmachi etib;
“OʻzshaharsozlikLITI” davlat unitar korxonasi — bosh loyihachi etib belgilansin.
3. Toshkent shahar hokimligi belgilangan tartibda:
hayvonot bogʻi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash boʻyicha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishini;
Tadbirlar rejasi amalda roʻyobga chiqarilishini taʼminlaydigan asoslangan takliflar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligiga oʻz vaqtida kiritilishini;
Tadbirlar rejasida nazarda tutilgan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash ishlarini bajarish uchun pudrat tashkilotlari sifatli aniqlanishini taʼminlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasi zarur tarzda oʻtkazilishini belgilangan tartibda taʼminlasin hamda qurilish-montaj ishlari bajarilishi ustidan qatʼiy davlat arxitektura-qurilish nazorati oʻrnatsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq bajarilgan buyurtmachining asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha 2016-yilda hayvonot bogʻi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlashni moliyalashtirish manbalari boʻyicha aniq takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Hayvonot bogʻini saqlash uchun uning xarajatlarining oʻz daromadlari bilan qoplanmagan qismiga budjetdan mablagʻ ajratish tartibi saqlab qolinsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga hayvonot bogʻining oʻz ehtiyojlari uchun respublikada ishlab chiqarilmaydigan maxsus biopreparatlar, vitaminlar, ozuqa, asbob-uskunalar, asbob-uskunalarga butlovchi buyumlar va sarflash materiallari, shuningdek ekzotik hayvonlar xarid qilish uchun zarur boʻlgan mablagʻlar hayvonot bogʻining buyurtmanomalari boʻyicha oʻz vaqtida konvertatsiya qilinishini taʼminlash tavsiya etilsin.
7. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi hayvonot bogʻining oʻz ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan maxsus biopreparatlar, vitaminlar, ozuqa, asbob-uskunalar, asbob-uskunalarga butlovchi buyumlar va sarflash materiallarini, shuningdek ekzotik hayvonlarni tashish uchun eʼlon qilingan yuk tariflarining 10 foizi miqdorida chegirma berilishini taʼminlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi:
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-maydagi 270-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 19-son, 345-modda)
2016-yil 15-iyulgacha boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Fanlar akademiyasi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Samarqand, Surxondaryo va Fargʻona viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda Samarqand va Fargʻona shaharlarida Toshkent hayvonot bogʻining filiallarini qurish va Termiz shahri hayvonot bogʻini rekonstruksiya qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqilishini va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini;
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan birgalikda tasdiqlangan Tadbirlar rejasiga kiritilgan tadbirlarni birgalikda moliyalashtirish uchun xorijiy investitsiyalarni, donor-mamlakatlarning kreditlari va grantlarini jalb etish ishlari muntazam olib borilishini;
Toshkent hayvonot bogʻi bilan birgalikda Tadbirlar rejasi bajarilishi haqidagi axborot Vazirlar Mahkamasiga yilning har choragida kiritilishini taʼminlasin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari A.I. Ikramov va B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 20-may,
163-son
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-maydagi 163-son qaroriga 1-ILOVA
2016 — 2020-yillar davrida Toshkent hayvonot bogʻini rivojlantirish
konsepsiyasi
“Toshkent hayvonot bogʻi” davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda hayvonot bogʻi deb ataladi) hayvonlarning noyob va qimmatli turlarini saqlash, koʻpaytirish va tabiatga qayta qoʻyib yuborishga ixtisoslashgan markaziy madaniy-tomosha va ilmiy-maʼrifiy muassasa hisoblanadi, xalqaro Qizil kitobga va Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan noyob va yoʻqolib borayotgan hayvonlar kolleksiyasini tashkil etish va ularni sunʼiy koʻpaytirish, aholini respublika va jahon faunasi bilan tanishtirish boʻyicha maqsadli faoliyatni amalga oshiradi.
Hayvonot bogʻining umumiy maydoni 21,5 gektarni tashkil etadi. Bugungi kunda unda 7 mingdan ortiq noyob, ekzotik va yoʻqolib borayotgan hayvonlar, baliqlar va qushlar turlari mavjud.
I. Konsepsiyaning maqsad va vazifalari
1. Hayvonot bogʻini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilash hamda yaqin va uzoq muddatli istiqbolda markaziy madaniy-tomosha va ilmiy-maʼrifiy muassasa sifatida uning faoliyatini tashkil etish 2016 — 2020-yillar davrida Toshkent hayvonot bogʻini rivojlantirish konsepsiyasini (keyingi oʻrinlarda Konsepsiya deb ataladi) ishlab chiqishning maqsadi hisoblanadi. Konsepsiyani izchil amalga oshirish hayvonot bogʻining kolleksiya fondini tizimli boyitish va oʻrnini toʻldirish, Oʻzbekistonning tabiiy boyligini, ayniqsa hayvonlarning noyob, endemik va Qizil kitoblarga kiritilgan turlarini muntazam oʻrganish va saqlash ishlarini yanada kengaytirish va chuqurlashtirishga qoʻshimcha turtki beradi va yangi imkoniyatlar ochadi.
2. Mazkur Konsepsiya hayvonot bogʻini rivojlantirish va uning doimiy faoliyatini tashkil etishning quyidagi asosiy yoʻnalishlarini nazarda tutadi:
infratuzilma va moddiy-texnik bazani takomillashtirish;
ilmiy-tadqiqot va seleksiya faoliyatini rivojlantirish;
hayvonot bogʻi kolleksiya fondini saqlash, boyitish va oʻrnini toʻldirish ishlarini tizimli tashkil etish;
taʼlim va madaniy-maʼrifiy faoliyatni rivojlantirish;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qoʻllash va faol joriy etish.
II. Hayvonot bogʻini rivojlantirish boʻyicha faoliyatning asosiy yoʻnalishlari
1. Infratuzilmani va moddiy-texnika bazani rivojlantirish
3. Hayvonot bogʻining madaniy-tomosha va ilmiy-maʼrifiy faoliyatini rivojlantirish, birinchi navbatda, hayvonot bogʻining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashni, mavjud hududni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, muhandislik tarmoqlarini (suv taʼminoti, isitish, elektr taʼminoti, kanalizatsiya kollektorlari tizimlarini) taʼmirlash va tiklash ishlarini oqilona tashkil etish va amalga oshirish yoʻli bilan hayvonlarni saqlash uchun ularning tabiiy yashash muhitiga eng koʻp yaqinlashtirilgan yanada qulay shart-sharoitlar yaratishni talab etadi.
4. Hayvonot bogʻining infratuzilmasini rivojlantirish quyidagilarni nazarda tutadi:
mavjud ekspozitsiya volyerlari tashqi koʻrinishini jahonning yetakchi hayvonot bogʻlari misolida tubdan oʻzgartirish;
mavjud volyerlarni rekonstruksiya qilish va kolleksiyaning son va tur tarkibini kengaytirish uchun yangi zamonaviy volyerlar qurish;
bolalar uchun koʻngilochar-attraksiya maydonchalari tashkil etish;
hayvonot bogʻi hududida yuqori texnologiyali “Akvanarium” qurish va dengiz jonivorlari va baliqlaridan iborat ekspozitsiya yaratish;
faunistik tadqiqotlarni rivojlantirish uchun zamonaviy ilmiy majmua, shuningdek zoologiya va zoomuhandislik laboratoriyalari barpo etish;
hayvonot bogʻi veterinariya shifoxonasining texnik bazasini mustahkamlash va zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlash (elektrokardiograf, ultratovushli skaner, narkozli nafas berish apparati, laboratoriya analizatorlari, endoskopik va rentgen uskunalari);
hayvonot bogʻining har bir ekspozitsiya obyektini oʻz yoʻnalishini hisobga olgan holda obodonlashtirish.
2. Ilmiy-tadqiqot va seleksiya faoliyatini rivojlantirish
5. Hayvonot bogʻi faoliyati jarayonida turli faunalarga mansub hayvonlarni yangi iqlimga koʻniktirish (akklimitizatsiya) va iqlimlashtirishning dastlabki bosqichi (introduksiya) natijalari tizimli asosda umumlashtiriladigan ilmiy-maʼrifiy muassasa sifatida faoliyat koʻrsatadi.
Mahalliy fauna hayvonlari hisobiga kolleksiyaning tur tarkibini tizimli asosda toʻldirish va boyitish tadbirlarini amalga oshirish hamda hayvonlarning noyob va yoʻqolib borayotgan turlarini jahonning boshqa hayvonot bogʻlari bilan ayirboshlash borasidagi faoliyatni kengaytirish, bular yangi juftlarni shakllantirish va hayvonot bogʻi kolleksiyasi tur tarkibini genetik yangilash uchun amaliy imkoniyat hisoblanadi.
Ilmiy faoliyatni rivojlantirish, kadrlar malakasini oshirishni va jahonning yetakchi hayvonot bogʻlari mutaxassislari bilan ish tajribasini almashishni tizimli tashkil etish dolzarb yoʻnalishlar hisoblanadi.
6. Ilmiy tadqiqotlarning yanada yuqori darajasiga erishish maqsadida hayvonot bogʻining ilmiy salohiyatini jumladan innovatsiya yoʻnalishlari boʻyicha oshirish quyidagilarni taʼminlaydigan chora-tadbirlar qabul qilinishini talab qiladi:
tuzilmani rivojlantirish, jahonning yetakchi hayvonot bogʻlari misolida zamonaviy yoʻnalishlar boʻyicha yangi ixtisoslashtirilgan boʻlinmalar (boʻlimlar va laboratoriyalar) tashkil etgan holda ilmiy-tadqiqot va ilmiy-maʼrifiy ishlarni kengaytirish;
veterinariya tadqiqotlarining zamonaviy darajasini taʼminlash uchun laboratoriya infratuzilmasini takomillashtirish;
zararkunandalar va hayvonlarning kasalliklarining doimiy monitoringini olib borish;
mahalliy sharoitlarda hayvonlarning qimmatli va noyob turlari va zotlari seleksiyasi va inkubatsiyasi boʻyicha zamonaviy texnologiyalarga ravon oʻtishga doir tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish.
3. Hayvonot dunyosi kolleksiyasini saqlash, toʻldirish va boyitish
7. Hayvonot bogʻi ekspozitsiyalarini saqlash, toʻldirish va boyitish quyidagi yoʻllar bilan amalga oshiriladi:
hayvonlarni tutqinlikda sunʼiy ravishda koʻpaytirish;
tabiatdan hayvonlar olish;
aniq maqsadga yoʻnaltirilgan maxsus, epizootga qarshi tadbirlarni muntazam asosda olib borish;
boshqa hayvonot bogʻlarining hayvonlari bilan ayirboshlash orqali hayvonot bogʻi genofondini saqlash va boyitish;
hayvonlarni belgilangan tartibda sotib olish.
4. Taʼlim va madaniy-maʼrifiy faoliyatni rivojlantirish
8. Hayvonot dunyosining xilma-xilligini oʻrganish, oʻsib kelayotgan avlodda jonivorlarga muhabbat va ularni ehtiyot qilish tuygʻusini tarbiyalashda maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlim sohasida hayvonot bogʻi muhim oʻrin tutadi.
Qayd etish zarurki, oʻqitish bevosita amaliy mashgʻulotlar bilan uzluksiz bogʻliqligi, jarayonda hayvonlarning bevosita ishtirok etishi hayvonot bogʻidagi taʼlim jarayonining bosh xususiyati va farq qiluvchi ustunligi hisoblanadi.
Hayvonlar bilan, ayniqsa jahonning boshqa qitʼalarida yashaydigan hayvonlar bilan yuzma-yuz tanishish uchungina emas, balki ular bilan ishlashning amaliy koʻnikmalariga ega boʻlish uchun imkoniyat beradigan resurs sifatida hayvonot bogʻining mutlaq roli aynan mana shunda namoyon boʻladi.
9. Hayvonot bogʻining taʼlim dasturi taʼlim oluvchilarning yoshiga qarab quyidagi turlarga boʻlinadi:
maktabgacha taʼlim;
umumiy oʻrta taʼlim;
oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlim;
madaniy va maʼrifiy faoliyat.
10. Umumiy taʼlim maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar uchun tashkil etilgan “Yosh tabiatshunos” toʻgaragida mashgʻulotlar tashkil etilishini nazarda tutadi.
11. Umumiy oʻrta taʼlim maktab oʻquvchilari uchun multimediyali taʼlim resurslari ishlab chiqilishini, hayvonot bogʻida darslar oʻtkazilishini, bevosita jalb etilgan oʻquvchilar ishtirokida sinfdan tashqari ilmiy-amaliy va tadqiqotchilik faoliyati amalga oshirilishini nazarda tutadi.
12. Oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlim akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari va oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun multimediyali taʼlim resurslarini ishlab chiqish, hayvonot bogʻida ishlab chiqarish, diplomoldi amaliyotidan oʻtish, bakalavrlarning diplom, bitirish malaka ishlarini hamda magistrlik dissertatsiyalarini tayyorlash, shuningdek oʻquv kurslarini tashkil etilishini nazarda tutadi.
13. Madaniy va maʼrifiy faoliyat tadbirlarning keng doirasini, shu jumladan quyidagilarni qamrab oladi:
hayvonot bogʻi toʻgʻrisidagi koʻrgazmali axborot materiallarini ishlab chiqish, nashr etish, tayyorlash va eʼlon qilish;
ekskursiyalar, koʻrgazmalar, ommaviy maʼruzalar, telekoʻrsatuvlar tashkil etish, ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish;
“Butunjahon yer kuni”, “Butunjahon atrof muhit kuni”, “Butunjahon biologik xilma-xillik kuni” “Dekorativ kabutarlar festivali” kabi atrof muhitni muhofaza qilish muammolariga bagʻishlangan tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish.
5. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va keng qoʻllash
14. Hayvonot bogʻi faoliyatining samaradorligini oshirish, axborot resurslaridan keng foydalanish va aniq maqsadli auditoriyani maʼrifiy faoliyat bilan yanada samarali qamrab olish, shuningdek hayvonot bogʻining reklama-turistik salohiyatini rivojlantirish maqsadida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini faol joriy etish va keng qoʻllash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni qabul qilish zarur.
15. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va keng qoʻllash:
axborot-oʻqitish resurslarini joriy etish va taqdim etish yoʻli bilan (elektron kutubxonalar, elektron kitoblar, elektron davriy nashrlar, axborot tizimlari);
interfaol shaklda (veb-sayt, elektron pochta, elektron telekonferensiya);
qidiruv resurslari (kataloglar, qidiruv tizimlari) orqali amalga oshiriladi.
16. Hayvonot bogʻida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish tadbirlari quyidagi asosiy yoʻnalishlarni oʻz ichiga oladi:
hayvonot bogʻining veb-saytida va ommaviy elektron qidiruv tizimlarida (Google va boshqalar) hayvonot bogʻi toʻgʻrisida batafsil maʼlumotni joylashtirish;
hayvonot bogʻi hayvonot dunyosi genofondi shakllanishi tarixiga va uning hozirgi holatini yoritishga bagʻishlangan maqolalarni tayyorlash va joylashtirish;
hayvonot bogʻi hududida audio-gid xizmatlarini tashkil etish;
hayvonot bogʻining noyob hayvonot dunyosi toʻgʻrisida zarur obzorli axborotni taqdim etgan holda yoʻl koʻrsatuvchi — elektron xaritani tashkil etish, jumladan hayvonot bogʻining butun hududi boʻyicha elektron axborot displeylarini qoʻllash;
hayvonot bogʻi maʼmuriy-boshqaruv binolarini keng polosali Internet bilan taʼminlash.
III. Konsepsiyani amalga oshirish mexanizmi
17. Konsepsiya 2016 — 2020-yillar davrida Toshkent hayvonot bogʻini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish tadbirlari rejasi (keyingi oʻrinlarda Tadbirlar rejasi deb ataladi) sifatli va toʻliq bajarilishi orqali amalga oshiriladi.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan Tadbirlar rejasining oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini muvofiqlashtirish hamda toʻliq hajmda va belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish Madaniyat vazirligi va Toshkent shahri hokimligi tomonidan amalga oshiriladi, ular:
(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-maydagi 270-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 19-son, 345-modda)
har yili Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligiga moliyalashtirish manbalarini aniqlashtirish uchun tegishli loyihalar boʻyicha takliflar kiritadilar;
masʼul bajaruvchilar bilan birgalikda moddiy-texnika resurslari, texnologik quvvatlar va shu kabilarni hisobga olgan holda Tadbirlar rejasini oʻrganadilar hamda aniqlashtirish va tuzatish boʻyicha takliflar tayyorlaydilar;
ushbu Konsepsiyani amalga oshirish uchun ajratilgan moliyaviy mablagʻlar va moddiy resurslardan maqsadli va samarali foydalanish ustidan monitoring olib boradilar;
Tadbirlar rejasini, shuningdek Konsepsiyani amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish, amalga oshirish usullari va shart-sharoitlari boʻyicha takliflar kiritadilar;
Konsepsiyani amalga oshirish boʻyicha Tadbirlar rejasining bajarilishi toʻgʻrisidagi axborotni har chorakda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadilar.
19. Tadbirlar rejasida belgilangan masʼul bajaruvchilar:
belgilangan muddatlar va ishlar hajmiga muvofiq tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini;
Tadbirlarni amalga oshirish uchun ajratilgan moliyaviy mablagʻlardan aniq maqsadda va samarali foydalanishni;
Toshkent shahri hokimligiga har choraklik asosida Konsepsiya va Tadbirlar rejasining amalga oshirilishi toʻgʻrisida axborot taqdim etilishini;
har yili Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligiga Konsepsiyani va Tadbirlar rejasini amalga oshirishni moliyalashtirish manbalarini aniqlash uchun keyingi yil uchun moliyaviy mablagʻlarga boʻlgan ehtiyojlar toʻgʻrisida asoslangan takliflar belgilangan tartibda kiritilishini;
oldinga qoʻyilgan maqsadlar va vazifalarga erishishga taʼsir qilishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlarni bartaraf etish boʻyicha oʻz vaqtida zarur choralarni koʻrish uchun boʻlishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlarning monitoringi doimiy asosda olib borilishini taʼminlaydilar.
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-maydagi 163-son qaroriga 2-ILOVA
2016 — 2020-yillar davrida Toshkent hayvonot bogʻini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish tadbirlari
I. Infratuzilma va moddiy-texnik bazani rivojlantirish
1.
Texnik topshiriqqa binoan yovvoyi hayvonlarni tutqunlikda saqlash boʻyicha xalqaro talablarga muvofiq Toshkent hayvonot bogʻi (keyingi oʻrinlarda hayvonot bogʻi deb ataladi) obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish (mahalliy qozonxona binosini, sovuq va issiq suv taʼminoti, isitish, energiya taʼminoti, gaz taʼminoti tizimini, shuningdek hayvonot bogʻi volyerlarini rekonstruksiya qilish)
Toshkent shahri hokimligi, Toshkent hayvonot bogʻi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi,
Madaniyat va sport ishlari vazirligi, “OʻzshaharsozlikLITI” DUK
Mahalliy budjet
Toshkent shahri hokimligi mablagʻlari
2016-yil
2.
Ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq hayvonot bogʻi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash
Toshkent shahri hokimligi,
“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi,
Madaniyat vazirligi, “OʻzshaharsozlikLITI” DUK
Loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishi yakunlari boʻyicha aniqlanadi
Moliyalashtirish manbalari loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishi yakunlari boʻyicha aniqlanadi
2016 — 2020-yillar
3.
Hayvonot bogʻi hududida volyerlar va “Akvanarium” qurish loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish
“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Madaniyat vazirligi, Toshkent shahri hokimligi, “OʻzshaharsozlikLITI” DUK
Loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishi yakunlari boʻyicha aniqlanadi
Moliyalashtirish manbalari loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishi yakunlari boʻyicha aniqlanadi
2017-yil
4.
Hayvonot bogʻi hududida tashrif buyuruvchilar uchun zamonaviy bolalar koʻngilochar attraksion maydonchalari, wi-fi zonali qahvaxonalar va shu kabilarni oʻz ichiga oluvchi qoʻshimcha qulayliklar tashkil etish.
Toshkent shahri hokimligi,
Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi, Toshkent hayvonot bogʻi
1000,0
Toshkent hayvonot bogʻining budjetdan tashqari mablagʻlari
2016-2017-yillar
5.
Hayvonot bogʻida ekskursiyalar tashkil etish uchun ikkita elektromobil xarid qilish
Toshkent hayvonot bogʻi
700,0
Toshkent hayvonot bogʻining budjetdan tashqari mablagʻlari
2016-yil
II. Ilmiy-tadqiqot va seleksiya faoliyatini rivojlantirish
6.
Hayvonot bogʻi tuzilmasida tashkil etiladigan zoologiya va zoomuhandislik laboratoriyalari negizida oliy taʼlim muassasalari talabalarining ixtisosli yoʻnalishlar boʻyicha ishlab chiqarish, diplomoldi amaliyotidan oʻtishlari boʻyicha dasturlarni ishlab chiqish, ularga bakalavrlarning diplom, bitiruv ishlarini va magistrlik disseratsiyalarini tayyorlash uchun shart-sharoitlar yaratish
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Toshkent hayvonot bogʻi
Har yili byudj�tdan ajratiladigan mablagʻlar doirasida
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Toshkent hayvonot bogʻi mablagʻlari
Doimo
7.
Ilmiy-maʼrifiy faoliyatni tashkil etish va rivojlantirish, shu jumladan:
a) faunistik tadqiqotlarni rivojlantirish, shuningdek zoologiya va zoomuhandislik laboratoriyalari uchun zamonaviy ilmiy majmua barpo etish;
b) chiplar oʻrnatish usuli orqali hayvonlarni hisobga olish va inventarizatsiya qilishning umumjahon dasturi amaliyotini joriy etish;
v) hayvonot bogʻi hayvonlarining maʼlumotlar bazasini tashkil etish va zotlari kitoblarini tuzish
Madaniyat vazirligi, Toshkent shahri hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Toshkent hayvonot bogʻi
Har yili budjetdan ajratiladigan mablagʻlar va hayvonot bogʻining budjetdan tashqari mablagʻlari doirasida
Madaniyat vazirligi,
Toshkent shahri hokimligi,
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Toshkent hayvonot bogʻi mablagʻlari
2017-2018-yillar
8.
Quyidagilar yoʻli bilan hayvonot bogʻi mutaxassislarining malakasini oshirish:
a) Yevropa va Osiyo hayvonot bogʻlari va akvariumlari mintaqaviy assotsiatsiyasi tomonidan oʻtkaziladigan yillik konferensiyalarda hayvonot bogʻi mutaxassislarining ishtirokini taʼminlash;
b) xodimlarni jahonning yetakchi hayvonot bogʻlariga stajirovkaga yuborish
Toshkent hayvonot bogʻi, Toshkent shahri hokimligi, Madaniyat vazirligi
30,0
Toshkent hayvonot bogʻining budjetdan tashqari mablagʻlari
Har yili
9.
Qimmatbaho va noyob hayvon turlarini sunʼiy chatishtirish orqali zamonaviy seleksiya va inkubatsiya texnologiyalariga ravon oʻtish chora-tadbirlarini amalga oshirish.
Toshkent hayvonot bogʻi
100,0
Toshkent hayvonot bogʻining budjetdan tashqari mablagʻlari
2017-2018-yillar
III. Hayvonot dunyosi kolleksiyasini saqlash, toʻldirish va boyitish
10.
Mahalliy fauna vakillari hisobiga hayvonot bogʻi kolleksiyasi tur tarkibini toʻldirish va boyitish hamda yangi juftlarni shakllantirish, kolleksiyaning tur tarkibini genetik yangilash uchun noyob va yoʻqolib borayotgan hayvonlarni boshqa hayvonot bogʻlari bilan ayirboshlashga doir faoliyatni kengaytirish, shuningdek yaqin qon chatishuvlarini istisno etish
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Toshkent hayvonot bogʻi
100,0
Toshkent hayvonot bogʻining budjetdan tashqari mablagʻlari
Zaruriyatga koʻra
11.
Faunaning yoʻqolib borayotgan va endemik turlari kolleksiyasini kengaytirish.
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Toshkent hayvonot bogʻi
50,0
Toshkent hayvonot bogʻining budjetdan tashqari m?blagʻlari
Zaruriyatga koʻra
12.
Aniq maqsadga yoʻnaltirilgan maxsus epizootga qarshi tadbirlarni amalga oshirish;
Toshkent hayvonot bogʻi
-
Toshkent hayvonot bogʻining budjetdan tashqari mablagʻlari
Doimo
IV. Taʼlim va madaniy-maʼrifiy faoliyatni rivojlantirish
13.
Maktabgacha va maktab yoshidagi oʻquvchilar uchun maxsus toʻgaraklar tashkil etish
Toshkent hayvonot bogʻi, Xalq taʼlimi vazirligi
Xarajatlar talab etilmaydi
Toshkent hayvonot bogʻi, Xalq taʼlimi vazirligi mablagʻlari
2016-yil
14.
Maktab oʻquvchilari uchun multimedia taʼlim resurslari dasturini ishlab chiqish, hayvonot bogʻida akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari va oliy taʼlim muassasalari talabalarining ishlab chiqarish va diplomoldi amaliyotidan oʻtishlarini tashkil etish
Toshkent hayvonot bogʻi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,
30,0
Toshkent hayvonot bogʻining budjetdan tashqari mablagʻlari
2016-yil
15.
Oʻquv kurslari, ekskursiyalar, koʻrgazmalar tashkil etish, shuningdek radioeshittirishlar va telekoʻrsatuvlar uyushtirish va ommaviy axborot vositalarida materiallar eʼlon qilish yoʻli bilan taʼlim va maʼrifiy faoliyatni rivojlantirish
Toshkent hayvonot bogʻi, Madaniyat vazirligi
50,0
Toshkent hayvonot bogʻining budjetdan tashqari mablagʻlari
Doimo
16.
Koʻrgazmali axborot materiallarini, shu jumladan hayvonot bogʻi faunasining xilma-xilligi toʻgʻrisida reklama bukletlarini ishlab chiqish, tayyorlash, nashr etish va eʼlon qilish
Toshkent hayvonot bogʻi
50,0
Toshkent hayvonot bogʻining budjetdan t�shqari mablagʻlari
Zaruriyatga koʻra
17.
Hayvonot bogʻiga maktablar, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari va oliy taʼlim muassasalari talabalarining bepul tashriflarini tashkil etish boʻyicha uch tomonlama reja-jadvallarni tasdiqlash
Toshkent hayvonot bogʻi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
-
Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Toshkent hayvonot bogʻi mablagʻlari
2016 — 2020-yillar
V. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va keng qoʻllash
18.
Hayvonot bogʻining http://www.ipzoo.uz veb-saytini takomillashtirish. Bunda quyidagilarni nazarda tutish:
veb-saytni Content Management System (CMS) boshqaruvining professional tizimiga oʻtkazish;
ve?-sayt dizaynini yaxshilash;
veb-sayt funksiyalarini koʻpaytirish;
veb-sayt boʻlimlari bilan ishlashda yanada qulay interfeys tashkil etish;
veb-saytda hayvonot bogʻi boʻylab virtual sayohat (3D) turlarini yaratish va joylashtirish va ularni doimo yangilash va rivojlantirish;
pavilonlar, koʻngilochar attraksionlar, kafe va hayvonot bogʻining boshqa infratuzilmasi joylashuvi toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumot beradigan elektron xarita-yoʻlkoʻrsatkich yaratish
Toshkent hayvonot bogʻi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi
50,0
Toshkent hayvonot bogʻining budjetdan tashqari mablagʻlari
2016-yil oxirigacha, doimiy asosda yangilagan holda
19.
Internet tarmogʻining mashhur qidiruv tizimlarida hamda elektron kartalarda (Google va boshqalar) hayvonot bogʻi toʻgʻrisidagi batafsil axborotni joylashtirish va quyidagi axborotni koʻrsatish:
hayvonot bogʻiga borish chizmasi;
hayvonot bogʻining ish jadvali;
kirish chiptalarining narxi;
hayvonot bogʻining sxematik xaritasi;
hayvonot bogʻi faunasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va boshqalar
Toshkent hayvonot bogʻi
20,0
Toshkent hayvonot bogʻining budjetdan tashqari mablagʻlari
2016-yil oxirigacha, doimiy asosda yangilagan holda
20.
Hayvonot bogʻining tarixiga, uning ilmiy faoliyatiga, faunasiga va shu kabilarga bagʻishlangan maqolalar tayyorlash va ularni umumtaʼlim “ZiyoNet” tarmogʻida joylashtirish
Toshkent hayvonot bogʻi
10,0
Toshkent hayvonot bogʻining budjetdan tashqari mablagʻlari
Doimo
21.
Hayvonot bogʻida audio-gid xizmatlarini tashkil etish uchun zamonaviy uskunalar jamlamasini xarid qilish
Toshkent hayvonot bogʻi
50,0
Toshkent hayvonot bogʻining budjetdan tashqari mablagʻlari
2016-yil
22.
Tashrif buyuruvchilarni, xodimlarning ish vaqtini va hayvonot bogʻi xavfsizligini taʼminlash uchun asbob-uskunalar majmuini oʻz ichiga oluvchi tizimni xarid qilish orqali sensorli toʻsiqlar va panjaralardan foydalaniladigan elektron turniket tizimni oʻrnatish
Toshkent hayvonot bogʻi
160,0
Toshkent hayvonot bogʻining budjetdan tashqari mablagʻlari
2016-yil
* Tadbirlarni amalga oshirish qiymati dastlabki qiymat hisoblanadi va aniqlashtirilishi kerak.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 21-son, 230-modda; 2017-y., 19-son, 345-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)