1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.02.00.00 Advokatura / 18.02.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Advokatura]
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
ADVOKATLIK FAOLIYATINING KAFOLATLARI VA ADVOKATLARNING IJTIMOIY HIMOYASI TOʻGʻRISIDA
1-modda. Advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqi
Advokatlik faoliyati bilan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan qatʼi nazar, shugʻullanishga haqlidir.
Advokatning kasb etikasi qoidalariga, advokatlik siri va advokat qasamyodiga qatʼiy rioya etish;
(2-moddaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-198-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 514-modda)
qonun hujjatlarida man qilinmagan usullar va vositalarni qoʻllash.
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.02.00.00 Advokatura / 18.02.01.00 Umumiy qoidalar]
Advokat tegishli malaka komissiyasining majlisida quyidagi mazmunda qasamyod qiladi:
“Oʻz kasbiy burchimni halol va vijdonan bajarishga, inson huquqlari va erkinliklarini hamisha himoya qilishga, advokatlik sirini saqlashga, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga qatʼiy rioya etishga tantanali qasamyod qilaman”.
4-modda. Advokatning vakolatlari
Advokat Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida, shuningdek, agar olingan topshiriqni bajarish zaruriyati taqozo etsa va tegishli davlatlarning qonun hujjatlariga zid boʻlmasa, respublika tashqarisida ham advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqiga ega.
Muayyan ishni olib borishga advokatning vakolatli ekanligi order bilan tasdiqlanadi.
Advokat, taraf sifatida, sud ishlarini yuritishning hamma bosqichida protsessning barcha ishtirokchilari bilan teng huquqlarga ega.
Advokat quyidagi huquqlarga ega:
qonunda belgilangan tartibda ishning barcha materiallari bilan tanishish va undan zarur maʼlumotlarni koʻchirib olish;
LexUZ sharhi
Jumladan, jinoyat ishlari boʻyicha himoyachi sifatida advokat Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 375 — 378-moddalarida belgilangan tartibda jinoyat ishi tamomlangandan keyin undagi barcha materiallar bilan tanishib chiqish va ushbu ishdagi hujjatlardan koʻchirmalar yozib olishga haqlidir.
oʻz himoyasidagi shaxs bilan u ushlangan paytdan boshlab qonun hujjatlarida belgilangan tartibda miqdori va muddati cheklanmagan xoli uchrashuvlar oʻtkazish;
(4-moddaning toʻrtinchi qismi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-198-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 514-modda)
ish materiallari bilan tanishish hamda ishni sudda va boshqa organlarda koʻrish chogʻida ovoz yozish qurilmalari hamda boshqa texnika vositalaridan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanish;
agar jinoyat ishini yuritishda, shuningdek fuqarolik, xoʻjalik ishini yoki maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrish va hal etishda himoyani yoki vakillikni amalga oshirish zaruriyati taqozo etsa, davlat sirlari, tijorat siri yoki boshqa sir hisoblangan maʼlumot bilan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda tanishish.
ishonch bildiruvchi shaxsning (oʻz himoyasi ostidagi shaxsning) nuqtai nazariga koʻra noqonuniy qaror chiqarilgan taqdirda, bu qaror ustidan qonunda belgilangan tartibda shikoyat qilishi shart.
(4-moddaning oltinchi qismi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-198-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 514-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi.
Advokat qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni ham bajaradi.
Advokatning boshqa huquq va majburiyatlari “Advokatura toʻgʻrisida”gi Qonun (6 va 7-moddalari)da, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksida va Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksda nazarda tutilgan.
5-modda. Advokatning mustaqilligini taʼminlash
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.02.00.00 Advokatura / 18.02.02.00 Advokatura faoliyatining tashkiliy asoslari]
Advokatning mustaqilligi:
unga qonunda belgilangan tartibda advokatlik faoliyatini amalga oshirish uchun ijozat berish, bu faoliyatni toʻxtatib turish va tugatish;
LexUZ sharhi
Advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyani toʻxtatib turish va tugatish tartibi “Advokatura toʻgʻrisida”gi Qonunning 14 — 16-moddalarida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 432-son qarori bilan tasdiqlangan Advokatlik faoliyatini maxsus elektron tizim orqali litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 4-bobida nazarda tutilgan.
advokatning daxlsizligi;
advokatlik sirini oshkor etishni talab qilishni man etish;
advokat olib borayotgan ishlarga aralashganlik yoxud advokatning daxlsizligini buzganlik uchun javobgarlik;
davlat tomonidan unga advokatlik faoliyati kafolatlari berilishi hamda ijtimoiy himoyalanishi orqali taʼminlanadi.
6-modda. Advokatning daxlsizligi
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.02.00.00 Advokatura / 18.02.07.00 Advokatlik faoliyatiga oid boshqa masalalar]
Advokatning shaxsi daxlsiz. Advokatning daxlsizligi uning uy-joyiga, xizmat xonasiga, foydalanishidagi transporti va aloqa vositalariga, uning xat-xabarlariga, unga tegishli ashyolar va hujjatlarga ham taalluqlidir.
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.01.00 Umumiy qoidalar]
Advokatga nisbatan jinoyat ishi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori, viloyat, Toshkent shahar prokurori va ularga tenglashtirilgan prokurorlar tomonidan qoʻzgʻatilishi mumkin.
Advokatning uy-joyi yoki xizmat xonasiga, shaxsiy yoki foydalanishidagi transportiga kirish, ularni koʻzdan kechirish, tintuv oʻtkazish yoki olib qoʻyish, uning telefon va boshqa soʻzlashuv qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarini eshitib turish, advokatni koʻzdan kechirish va shaxsiy tintuvdan oʻtkazish, xuddi shuningdek uning pochta-telegraf joʻnatmalarini, unga tegishli ashyolar va hujjatlarni koʻzdan kechirish yoki olib qoʻyish, advokatni majburiy keltirish, ushlab turish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori, viloyat, Toshkent shahar prokurori va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning sanksiyasi bilan amalga oshirilishi mumkin.
(6-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 31dekabrdagi OʻRQ-198-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 514-modda)
Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi advokatga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori, viloyat prokurorlari, Toshkent shahar prokurori va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning iltimosnomasiga koʻra jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudi tomonidan qoʻllanilishi mumkin.
(6-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-198-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 514-modda)
Advokatning ish boʻyicha huquqiy nuqtai nazariga nisbatan surishtiruv organi, tergovchi, prokuror taqdimnoma kiritishi, shuningdek sud xususiy ajrim chiqarishi mumkin emas.
Advokatni yuridik va jismoniy shaxslarga qonunga muvofiq yuridik yordam koʻrsatganligi munosabati bilan jinoiy, moddiy va boshqa javobgarlikka tortish yoki unga shunday javobgarlikka tortish bilan tahdid qilish mumkin emas.
7-modda. Advokatlik faoliyatiga aralashishga yoʻl qoʻyilmasligi
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.02.00.00 Advokatura / 18.02.02.00 Advokatura faoliyatining tashkiliy asoslari]
Advokat yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha oʻz kasbiy vazifalarini amalga oshirayotganida uning faoliyatiga aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi.
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.02.00.00 Advokatura / 18.02.07.00 Advokatlik faoliyatiga oid boshqa masalalar]
Advokatdan va uning yordamchisidan va stajyoridan advokatlik siri predmeti hisoblangan holatlar toʻgʻrisida biron-bir tushuntirish yoki koʻrsatuvlar berishni talab qilish, shuningdek ular haqida tezkor-qidiruv faoliyatida, jinoyat ishlari, maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar va boshqa ishlarni yuritishda foydalanish uchun biron-bir material taqdim etishni talab qilish man etiladi.
(7-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-198-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 514-modda)
Advokatlik faoliyatini amalga oshirishda biron-bir maxsus ruxsatnoma (order va advokat guvohnomasidan tashqari) talab qilish yoki boshqa toʻsiqlar vujudga keltirish man etiladi;
(7-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-198-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 514-modda)
Advokatning muayyan ishni oʻrganishiga toʻsqinlik qilish yoki ishonch bildiruvchi shaxsning (oʻz himoyasi ostidagi shaxsning) qonuniy manfaatlariga zid keluvchi nuqtai nazarni majburan egallashiga erishish maqsadida unga qanday shaklda boʻlmasin taʼsir koʻrsatish, shuningdek advokatga tahdid qilish, uni haqoratlash, unga nisbatan tuhmat qilish, kuch ishlatish yoki uning hayoti, sogʻligʻi va mol-mulkiga tajovuz qilish qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.
(7-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-198-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT,2008-y., 52-son, 514-modda)
8-modda. Advokatlik faoliyati himoyalanishini taʼminlash
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.02.00.00 Advokatura / 18.02.07.00 Advokatlik faoliyatiga oid boshqa masalalar]
Advokat va uning kasbiy faoliyati davlat himoyasida boʻladi.
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.02.00.00 Advokatura / 18.02.06.00 Advokatlik faoliyati (litsenziyalash, tashkiliy huquqiy shakllari)]
Advokatning oʻz himoyasidagi shaxs bilan xoli uchrashuvlar oʻtkazishini, jinoyat ishiga doir barcha materiallar bilan tashishib chiqishi va undan zarur maʼlumotlarni koʻchirib olishini rad etish man qilinadi.
Yuridik yordam berish bilan bogʻliq axborotni talab qilib olish, olib qoʻyish, koʻzdan kechirish, tekshirish, undan nusxa koʻchirish, bunday axborotni toʻplash va undan foydalanishga faqat advokat ayblanuvchi tariqasida javobgarlikka tortilgan taqdirda, boshqa hollarda — jinoyat, fuqarolik, xoʻjalik ishlari, intizomiy ishlar yoki maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni yuritishda esa, faqat yuridik yordam soʻrab murojaat qilgan shaxsning roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi.
Davlat tomonidan advokatga quyidagilar taʼminlanadi:
kasbiy vazifalarini bajarish imkoniyati;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida, shuningdek uning tashqarisida yuridik yordam soʻrab murojaat qilgan shaxslarga maslahat berish imkoniyati;
oʻz kasbiy vazifalarini bajarishi tufayli hayoti va sogʻligʻi uchun xavf-xatar yuzaga kelganda zarur darajadagi himoya.
Advokatning kasbga oid huquqlarining davlat organlari va boshqa organlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan buzilishi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikka sabab boʻladi.
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.02.00.00 Advokatura / 18.02.02.00 Advokatura faoliyatining tashkiliy asoslari]
Har kim oʻz huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun yuridik yordam soʻrab oʻzi xohlagan har qanday advokatga murojaat qilishga haqlidir.
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.02.00.00 Advokatura / 18.02.07.00 Advokatlik faoliyatiga oid boshqa masalalar]
Ushlab turilgan shaxsga, ayblanuvchi, sudlanuvchi va mahkumga advokat bilan moneliksiz va xoli uchrashish hamda undan maslahat olish uchun zarur shart-sharoit taʼminlanishi lozim.
10-modda. Advokatning hayotini va sogʻligʻini muhofaza qilish
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.02.00.00 Advokatura / 18.02.07.00 Advokatlik faoliyatiga oid boshqa masalalar]
Advokatning hayoti va sogʻligʻi davlat himoyasida boʻladi.
(10-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-198-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 514-modda)
11-modda. Advokaturaning mablagʻlari
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.02.00.00 Advokatura / 18.02.05.00 Koʻrsatgan yuridik yordami uchun advokatlarga haq toʻlash]
Advokatura notijorat tashkilotdir va faoliyatni oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiradi.
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.02.00.00 Advokatura / 18.02.05.00 Koʻrsatgan yuridik yordami uchun advokatlarga haq toʻlash]
Advokaturaning shtatlari, mansab okladlari va maʼmuriy-xoʻjalik xarajatlarining smetalari moliya organlarida roʻyxatdan oʻtkazilmasligi lozim. Advokaturaning ish haqi fondi banklar tomonidan nazorat qilinmaydi.
12-modda. Davlat bilan advokatura oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.02.00.00 Advokatura / 18.02.07.00 Advokatlik faoliyatiga oid boshqa masalalar]
Davlat har bir fuqaroning teng va erkin yuridik yordam olish huquqini taʼminlash uchun advokatura bilan hamkorlik qiladi.
Advokatura manfaatlariga daxldor masalalar davlat organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi ishtirokida belgilangan tartibda hal etiladi.
(12-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-198-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 514-modda)
Davlat advokaturani fuqarolar murojaat etishi uchun qulay boʻlgan joylarda zarur binolar bilan belgilangan tartibda taʼminlaydi.
Advokaturaga kommunal xizmatlar, aloqa xizmatlari haqini toʻlash boʻyicha imtiyozlar va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda boshqa imtiyozlar berilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 25-dekabr,
721-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y.,1-son, 12-modda, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 514-modda; 2016-y., 39-son, 457-modda; 2017-y., 37-son, 978-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2020-y., 03/20/651/1577-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 04.08.2022-y., 03/22/786/0705-son; 21.09.2024-y., 03/24/963/0735-son)