1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati]
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining
qarori
Yangidan tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan taʼmirlash-qurilish tashkilotlari tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 19-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2009-1]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining 2018-yil 17-yanvardagi 2018-05, 8, 01-02/8-5, 2018-1-sonli “Yangidan tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan taʼmirlash-qurilish tashkilotlari tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2009-2, 01.02.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining 2009-yil 16-avgustdagi 2009-21, 83, 01-02/8-14, 5-son qarori (roʻyxat raqami 2009, 2009-yil 19-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 39-son, 428-modda) bilan tasdiqlangan Yangidan tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan taʼmirlash-qurilish tashkilotlari tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomgailovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 16-may,
2016-12-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 16-may,
31-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Z. DUSANOV
Toshkent sh.,
2016-yil 16-may,
01-02/8-37-son
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B. ZAKIROV
Toshkent sh.,
2016-yil 16-may,
2-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining 2016-yil 16-maydagi 2016-12, 31, 01-02/8-37 va 2-son qaroriga ILOVA
Yangidan tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan taʼmirlash-qurilish tashkilotlari tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbek tilidagi matnning I bob nomidagi “qism” degan soʻz “qoidalar” degan soʻz bilan almashtirilsin.
oʻzbek tilidagi matnning ikkinchi xatboshisidagi “fondlariga” degan soʻz “jamgʻarmalariga” degan soʻz bilan almashtirilsin.
3. 6-band quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Bunda, yangidan tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan taʼmirlash-qurilish tashkilotlari hisoblangan mikrofirma va kichik korxonalar tomonidan soliq va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar va preferensiyalarni qoʻllash uchun ariza taqdim etilmaydi.”.
4. 2-ilova “M.Oʻ.” degan qisqartmadan keyin “(muhr mavjud boʻlgan taqdirda)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 20-son, 229-modda)