1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang);
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Iqtisodiyot / Hisobga olish, statistika va hisobot]
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining
Qarori
“2016-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 12-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2728-1]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2016-yil 1-noyabrdagi 3-mb-sonli “2017-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2843, 01.12.2016-y.) asosan 2017-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat statistikasi toʻgʻrisida”gi Qonuni 51-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 12-apreldagi “Meva-sabzavot, kartoshka va poliz mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2520-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2015-yil 2-noyabrdagi “2016-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 4-mb-son qaroriga (roʻyxat raqami 2728, 2015-yil 13-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 45-son, 583-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais B. TURAYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 5-may,
2-mb-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2016-yil 5-maydagi 2-mb-son qaroriga ILOVA
“2016-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimcha
1. 1-banddagi “114” raqami “115” raqami bilan almashtirilsin.
2. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchaning ilovasiga muvofiq Meva-sabzavot mahsulotlari xaridi toʻgʻrisida hisobot shakli (115-ilova) bilan toʻldirilsin.
2016-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchaga ILOVA
Meva-sabzavot mahsulotlari xaridi toʻgʻrisida hisobot shakli (115-ilova)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 19-son, 220-modda)