1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-396-son Qonuni)
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-396-son Qonuniga muvofiq, valyuta birjasi faoliyatini amalga oshirish tartibini takomillashtirish, shuningdek tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga* muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, valyuta birjasi faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya berilganligi uchun eng kam oylik ish haqining toʻrt baravari miqdorida davlat boji undiriladi.
3. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R. S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 2-may,
134-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 18-son, 195-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son)