1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.08 Suv muhofazasi zonasi. Qirgʻoq boʻyi mintaqasi. Suv obyektlarining sanitariya muhofazasi zonalari. Er usti va yer osti suvlarining hosil boʻlish zonalari]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
YER OSTI CHUCHUK SUVLARI HOSIL BOʻLADIGAN ZONALARGA RESPUBLIKA AHAMIYATIGA EGA BOʻLGAN ALOHIDA MUHOFAZA ETILADIGAN TABIIY HUDUDLAR MAQOMINI BERISH TOʻGʻRISIDA
1-ilovaga* muvofiq yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar boʻyicha 46467,2 gektar maydondagi “Hozirgi Zarafshon daryosi vodiysi” zonasi (Yuqori Zarafshon, Choʻponota, Qunduz, Qoradaryo, Damxoʻja uchastkalari);
2-ilovaga* muvofiq yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar boʻyicha 25303 gektar maydondagi Oʻsh-Aravon zonasi (Munduz, Paxtakor, Oxchin uchastkalari);
4-ilovaga* muvofiq yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar boʻyicha 17036 gektar maydondagi Kitob-Shahrisabz zonasi (Kitob, Yakkabogʻ uchastkalari).
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.08 Suv muhofazasi zonasi. Qirgʻoq boʻyi mintaqasi. Suv obyektlarining sanitariya muhofazasi zonalari. Er usti va yer osti suvlarining hosil boʻlish zonalari]
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda 2002-yil 1-dekabrgacha muhofaza etiladigan zonalar chegaralarida joylashgan potensial ekologik xavfli obyektlarni aniqlasin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang);
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.08 Suv muhofazasi zonasi. Qirgʻoq boʻyi mintaqasi. Suv obyektlarining sanitariya muhofazasi zonalari. Er usti va yer osti suvlarining hosil boʻlish zonalari;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.10.00 Suv va suv obyektlarini muhofaza qilish. Suvlarning zararli taʼsirining oldini olish]
3. Samarqand, Andijon, Namangan va Qashqadaryo viloyatlari hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Yer resurslari davlat qoʻmitasi bilan birgalikda, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan kelishgan holda, 2003-yil 1-yanvargacha aniqlangan potensial ekologik xavfli obyektlarda yer osti chuchuk suvlari ifloslanishi va sayozlanishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlarni ishlab chiqsinlar, zarurat boʻlganda, ularni muhofaza etiladigan zona chegarasidan tashqariga chiqarsinlar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qoʻmitasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, Samarqand, Andijon, Namangan va Qashqadaryo viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda 1 — 4-ilovalarda koʻrsatilgan yuridik shaxslarning mulkchilik shakllari, idoraviy mansubligi oʻzgargan, shuningdek ular qayta tashkil etilgan taqdirda, qishloq xoʻjaligi, sanoat korxonalari va boshqa obyektlar roʻyxatiga tegishli aniqliklar kiritsin, shuningdek bir oy muddatda yer osti chuchuk suvlari resurslari nazorat qilinishi va ulardan oqilona foydalanilishi uchun masʼul boʻlgan vakolatli davlat organlarini bundan xabardor qilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi bilan birgalikda alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar — Oʻsh-Aravon, Norin, Kitob-Shahrisabz yer osti chuchuk suvlari hosil boʻlish zonalari va “Hozirgi Zarafshon daryosi vodiysi” doirasida yer osti chuchuk suvlari resurslaridan oqilona foydalanilishi va ularning ifloslanishdan muhofaza qilinishi ustidan doimiy nazoratni amalga oshirsin.