Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Zarafshon daryosi havzasida suv xoʻjaligi va ekologiya jihatidan keskin vaziyat vujudga kelganligi munosabati bilan xamda Samarqand, Navoiy va Buxoro viloyatlarida sanitariya-epidemiologik holat yomonlashishining oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Zarafshon daryosi havzasida ekologik va sanitariya-epidemiologik vaziyatni yaxshilash, xavfli yuklarni Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali transportda tashishda boʻlishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar ilovaga
* muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 3-maydagi farmoyishi bilan tashkil etilgan Zarafshon daryosi havzasida ekologik va sanitariya-epidemiologik vaziyatni yaxshilash boʻyicha idoralararo ishchi komissiya:
vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, Samarqand, Navoiy va Buxoro viloyatlari hokimliklari rahbarlarining moʻljallangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarini muntazam ravishda eshitib borsin;
tasdiqlangan chora-tadbirlarning bajarilishi yuzasidan har bir yarim yillik yakunlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.