1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.05.00 Kompaniyalar, konsernlar, uyushmalar va boshqalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.02.00 Transport sohasidagi boshqaruv. Transport xizmatlari koʻrsatishni litsenziyalash;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yoʻl transporti / 09.15.03.01 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“OʻZBEKISTON TEMIR YOʻLLARI” DAVLAT-AKSIYADORLIK KOMPANIYASINI BOSHQARISHNI TASHKIL ETISHNI TAKOMILLASHTIRISH TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Temir yoʻl transportini monopoliyadan chiqarish va aksiyalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 2-martdagi PF-2815-son Farmonini bajarish yuzasidan va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining boshqaruv tizimini takomillashtirish, temir yoʻl transporti korxonalari va tashkilotlarini xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish, tarmoq korxonalarini rivojlantirish, texnika bilan qayta jihozlash va zamonaviylashtirish uchun investitsiyalar, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 3-avgustdagi 366-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 31-son, 353-modda)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yoʻl transporti / 09.15.03.02 Boshqaruv, nazorat va tashkilotlar hamkorligi]
2. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi 2001-yil 1-sentabrgacha “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining yuk va yoʻlovchilar tashish boʻyicha hududiy direksiyalari hamda Orolboʻyi boʻlimini belgilangan tartibda tugatish va ularning negizida 1-ilovada nazarda tutilgan funksional tarkibiy boʻlinmalar va korxonalar tashkil etishga doir kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.05.00 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (shuningdek, 08.01.06.00ga qarang) / 03.08.05.02 Ayrim tarmoq va obyektlarni davlat tasarrufidan chiqarish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yoʻl transporti / 09.15.03.02 Boshqaruv, nazorat va tashkilotlar hamkorligi]
3. Temir yoʻl transporti korxonalari va tashkilotlarini monopoliyadan va davlat tasarrufidan chiqarish hamda aksiyalashtirish masalalari boʻyicha maxsus komissiya (Sultonov), Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
asosiy fondlarning 2001-yil 1-yanvardagi holatiga koʻra qayta baholanishini hisobga olgan holda 2-ilovaga muvofiq korxonalar, tashkilotlar va tarkibiy boʻlinmalarning mol-mulki qiymati hisobiga 2001-yil 1-iyungacha “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining ustav fondini shakllantirsinlar. Kompaniyaning aksiyalari emissiyasi prospekti belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishi taʼminlansin;
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda 3-ilovaga* muvofiq korxonalar va tashkilotlarni bosqichma-bosqich ochiq aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirish chora-tadbirlarini amalga oshirsinlar;
4-ilovaga* muvofiq xoʻjalik jamiyatlarining ustav fondlaridagi davlatga tegishli ulushlarni toʻliq sotsinlar, shu jumladan xususiy mulk sifatida sotsinlar;
5-ilovaga* muvofiq xalq isteʼmol tovarlari ishlab chiqaruvchi korxonalar va tashkilotlar hamda ijtimoiy infratuzilma obyektlari 2001-2002-yillarda yuz foiz xususiylashtirilishini, shu jumladan xususiy mulk sifatida sotilishini taʼminlasinlar;
(3-bandning oltinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 17-apreldagi 185-sonli qarori bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 61-modda)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yoʻl transporti / 09.15.03.02 Boshqaruv, nazorat va tashkilotlar hamkorligi]
4. Belgilansinki:
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasini ochiq aksiyadorlik jamiyatiga aylantirish jarayonida chiqarilgan aksiyalar davlat mulki hisoblanadi va sotilmaydi yoki boshqacha tarzda oʻzgaga berilmaydi, garovga qoʻyilishi mumkin emas, shuningdek ikkilamchi qimmatli qogʻozlar chiqarishni taʼminlashga xizmat qilishi mumkin emas;
mazkur qarorga muvofiq tashkil etiladigan Yagona dispetcherlik markazi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining yoʻllardan foydalanish va ularni saqlash, energiya bilan taʼminlash, signalizatsiya va aloqa tizimlari, tashish hujjatlarini qayta ishlash, lokomotiv xoʻjaligi, halokat-tiklash ishlari boʻyicha funksional tarkibiy boʻlinmalari xususiylashtirilmaydi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yoʻl transporti / 09.15.03.03 Temir yoʻl xoʻjaligini ekspluatatsiya, rekonstruksiya, modernizatsiya qilish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yoʻl transporti / 09.15.03.04 Yoʻlovchi va yuk tashish, oʻzaro hisob-kitoblar]
yuk va yoʻlovchilar tashuvchi, shuningdek yuk joʻnatuvchilar va yoʻlovchilarga transport-ekspeditorlik va servis xizmatlari koʻrsatuvchi korxonalar, vokzallarga xizmat koʻrsatuvchi servis kompaniyalari, umumiy ovqatlanish, turizm, chiptalarni uyga yetkazib berish xizmatlari koʻrsatuvchi va boshqa xizmatlar boʻyicha kompaniyalar turli tashkiliy-huquqiy shakllarda tashkil etilishi mumkin va ular raqobat asosida faoliyat koʻrsatadilar;
“Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi”ning daromadlariga “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasida markazlashtirilgan tartibda daromad (foyda) soligʻi va qoʻshilgan qiymat soligʻi solinadi. Koʻrsatib oʻtilgan norma, shuningdek ishlab chiqarish korxonalari uchun belgilangan toʻlov stavkalari qoʻllanilgan holda, Respublika yoʻl jamgʻarmasiga, budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga va Taʼlim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga toʻlovlarni hisoblab chiqish va toʻlash tartibiga ham joriy etiladi. Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat aksiyadorlik kompaniyasi tizimiga kiradigan korxonalar oʻrtasida mol-mulkni bepul berishda daromad soligʻi va qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha markazlashgan tartibdagi hisob-kitoblarda qabul qiluvchi va beruvchi tomonlar foyda soligʻi va qoʻshilgan qiymat soligʻi solish obyekti hisoblanmaydi.
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 3-fevraldagi 30-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 60-modda)
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-oktabrdagi 499-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 43-son, 456-modda)
Kompaniya kengashi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining yuqori boshqaruv organi hisoblanadi. Uning tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 24-iyuldagi PQ-424-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 30-son, 290-modda)
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi rais va uning 4 nafar oʻrinbosaridan, shu jumladan 1 nafar bosh menejer-bosh muhandisdan va raisning 1 nafar birinchi oʻrinbosaridan iborat boʻladi. Rais va uning oʻrinbosarlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishgan holda.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyundagi 108-son qarori tahririda— OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 183-modda)
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.06.00.00 Noturar joylar. Maʼmuriy binolar / 08.06.02.00 Noturar joy fondi obyektlariga mulk huquqi va boshqa huquqlar. Balansdan balansga berish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yoʻl transporti / 09.15.03.02 Boshqaruv, nazorat va tashkilotlar hamkorligi]
7. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2002-yil 1-yanvargacha belgilangan tartibda:
uy-joy fondi va kommunal sohaning muhandislik kommunikatsiyalari ular joylashgan joyda qabul qilib olish-topshirish dalolatnomalari asosida hududiy kommunal foydalanish birlashmalari balanslariga;
7-ilovaga* muvofiq obyektlar viloyatlar va shaharlar hokimliklari, vazirliklar va idoralar ixtiyoriga berilishini taʼminlasin.
* 3—5, 7-ilovalar berilmaydi.
8. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 14-noyabrdagi 551-son qarorining 3-bandi, 4-bandining birinchi va ikkinchi xatboshi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T.Sultonov zimmasiga yuklansin.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-noyabrdagi 378-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 3-martdagi 108-son qaroriga 2-ILOVA
Mulkning qiymati “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi ustav jamgʻarmasiga beriladigan korxonalar, tashkilotlar va tarkibiy boʻlinmalar
24. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi balansidagi mulk qiymati **
* Ustav jamgʻarmalaridagi davlat ulushlari qiymati
** Toʻliq sotiladigan ijtimoiy infratuzilma obyektlari, shuningdek toʻliq yoki davlatga tegishli ulush Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ixtiyoriga, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga ishonchli boshqaruvga beriladigan mol-mulki qiymati chegirib tashlangan holda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi balansidagi mol-mulkning balans qiymati.
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 24-iyuldagi PQ-424-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 30-son, 290-modda)