1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.72.00 (Кучини йукотган) Oliy taʼlim (bakalavriat va magistratura)]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining
Qarori
Toshkent davlat yuridik universitetida oʻqitishning modul tizimi sharoitlarida talabalar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 22-aprelda 2780-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 20-iyuldagi 341-son “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, shuningdek Toshkent davlat yuridik universitetida oʻquv jarayonini yanada takomillashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirligi va Adliya vazirligi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 24-maydagi 5-q/q-son hamda Adliya vazirligining 2023-yil 27-maydagi 2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2780-5, 29.05.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2023-y., 10/23/2780-5/0308-son)
1. Toshkent davlat yuridik universitetida oʻqitishning modul tizimi sharoitlarida talabalar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A. VAHOBOV
Toshkent sh.,
2016-yil 22-aprel,
1-2016-son
Adliya vaziri M. IKRAMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 22-aprel,
4-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Adliya vazirligining 2016-yil 22-apreldagi 1-2016, 4-son qaroriga ILOVA
Toshkent davlat yuridik universitetida oʻqitishning modul tizimi sharoitlarida talabalar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari toʻgʻrisida
Mazkur Nizom Toshkent davlat yuridik universitetida (bundan buyon matnda universitet deb yuritiladi) oʻqitishning kredit-modul tizimi sharoitlarida talabalar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlarini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 24-maydagi 5-q/q-son hamda Adliya vazirligining 2023-yil 27-maydagi 2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2780-5, 29.05.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2023-y., 10/23/2780-5/0308-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Universitet talabalari (bundan buyon matnda talabalar deb yuritiladi) bilimini nazorat qilish va baholashning maqsadi — yuqori malakali, raqobatbardosh, mamlakatda oʻtkazilayotgan demokratik va huquqiy islohotlarning yuqori talablariga, zamonaviy xalqaro standartlarga javob bera oladigan yuridik kadrlarni tayyorlash hamda talabalarda mustaqil taʼlim olish, taʼlim sifatini boshqargan holda yuridik faoliyatning tegishli sohalarida tizimli tahlil qilish va boshqaruv koʻnikmalarini rivojlantirish, talabalarning modullarni oʻzlashtirishida boʻshliqlar hosil boʻlishining oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etishdan iborat.
Modul alohida oʻquv fani (uning qismi) boʻlib, oʻzida bilimga oid hamda kasbiy jihatlarni qamrab oladi va talabaning fan dasturini oʻrganishi natijasida shakllangan bilim, koʻnikma va malakalarini nazorat qilishning tegishli turi bilan yakunlanadi.
Universitet tomonidan boshqa oliy taʼlim muassasalari bilan tashkil etilgan qoʻshma taʼlim dasturlari doirasida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash hamda bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish qoʻshma taʼlim dasturlari boʻyicha shartnomada nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
2. Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
talabalarda davlat taʼlim standartlariga muvofiq tegishli bilim, koʻnikma va malakalar shakllanganligi darajasini nazorat qilish va tahlil qilib borish;
talabalar bilimi, koʻnikma va malakalarini baholashning asosiy tamoyillari: davlat taʼlim standartlariga asoslanganlik, aniqlik, haqqoniylik, ishonchlilik, bilimlarni baholashda shaffoflikni taʼminlash;
oʻquv materialining talabalar tomonidan tizimli ravishda va belgilangan muddatlarda oʻzlashtirilishini tashkil etish va tahlil qilish;
talabalarda mustaqil ishlash koʻnikmalarini rivojlantirish, axborot resurslari manbalaridan samarali foydalanishni tashkil etish;
talabalar bilimini xolis va adolatli baholash hamda uning natijalarini oʻz vaqtida maʼlum qilish;
talabalarning oʻquv rejasi doirasida kompleks hamda uzluksiz tayyorgarligini taʼminlash;
oʻquv jarayonining tashkiliy ishlarini kompyuterlashtirishga sharoit yaratish.
3. Kafedra mudiri har bir modul boʻyicha modul rahbarini, yaʼni alohida modulni oʻqitishning sifati, oʻquv materialini shakllantirish, shuningdek barcha turdagi nazorat savollarini tuzish, talabalar bilimini tekshirishda yagona standartlarni taʼminlashga masʼul boʻlgan pedagog xodimni belgilaydi.
Modullar boʻyicha talabalar bilimini semestr davomida baholab borish nazorat jadvallari va baholash mezonlari asosida amalga oshiriladi.
31. Modulning oʻquv dasturi mazmunini oʻzlashtirish kreditni — talabalarning oʻquv yuklama hajmini aniqlashning shartli birligini qoʻllagan holda belgilanadi.
Kredit talaba tomonidan tegishli oʻquv ishlarini (modul xususiyati va boʻlajak mutaxassisni shakllantirish uchun oʻquv ishlarining muhimligidan kelib chiqib universitet tomonidan belgilanadigan) bajarishga ketadigan vaqt (soatlar)dan tashkil topadi. Har bir modul mustaqil kredit hisobiga ega boʻladi.
Universitet bir kredit tarkibini, har bir modul boʻyicha kreditlar sonini, shuningdek har bir kursni va umuman oʻqish davrini tamomlash uchun talaba tomonidan toʻplanishi lozim boʻlgan kreditlarning umumiy sonini mustaqil ravishda belgilaydi.
Talaba mazkur Nizomga muvofiq modul oʻquv dasturi mazmunini oʻzlashtirgan (olgan reyting ballidan qatʼi nazar) taqdirda, u tegishli modul boʻyicha kreditlarning zarur sonini toʻplagan deb hisoblanadi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Adliya vazirligining 2017-yil 17-iyuldagi 11-2017, 7-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2780-1 21.07.2017-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2017-y., 29-son, 721-modda)
4. Talabalarning bilim saviyasi va oʻzlashtirish darajasini davlat taʼlim standartlariga muvofiqligini taʼminlash uchun universitetda oraliq va yakuniy nazorat turlari oʻtkaziladi.
Oʻquv dasturlarida belgilangan hollarda faqat yakuniy nazorat turi oʻtkazilishi mumkin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qarori (roʻyxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
5. Modulning nazorat jadvallari, nazorat turlari va shakllari, nazoratlar soni hamda oraliq va yakuniy nazoratlar uchun belgilangan maksimal va saralash ballari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar elektron taʼlim platformasiga oʻquv semestri boshlanishidan oldin kiritiladi hamda pedagog xodim tomonidan birinchi mashgʻulotda talabalarga eʼlon qilinadi.
Yakuniy nazorat jadvallari fakultet dekanatlari tomonidan ishlab chiqiladi va Oʻquv-uslubiy boshqarma tomonidan umumlashtirilgan holda universitet veb-saytiga hamda elektron taʼlim platformasiga joylashtiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qarori (roʻyxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
(3-bob Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
4-bob. Oraliq nazoratni oʻtkazish
11. Oraliq nazorat semestr davomida modul oʻquv dasturining tegishli (modulning bir necha mavzularini oʻz ichiga olgan) boʻlimi tugagandan keyin talabaning bilim va amaliy koʻnikma darajasini aniqlash va baholash usuli hisoblanadi. Oraliq nazorat talaba tomonidan modul oʻquv dasturining tegishli boʻlimlari mazmunini oʻzlashtirish darajasi, talabaning yuridik adabiyotlar, normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash amaliy koʻnikmalari, huquqni qoʻllash hujjatlari loyihalarini tuzish, muammoli vaziyatlarni hal etish (keys-stadi), tizimli tahlil, mantiqiy fikrlash, mustaqil tadqiqot olib borish, oʻz fikrlarini izchil va aniq bayon qilish qobiliyatini baholashga qaratilgan.
12. Oraliq nazoratni oʻtkazish tartibi (oraliq nazoratni oʻtkazish shakli va muddati, oraliq nazorat savollariga qoʻyiladigan talablar, baholash mezonlari) oʻquv fanining xususiyatlari va unga ajratilgan soatlardan kelib chiqqan holda tegishli kafedra taklifi asosida fakultet dekanati bilan kelishilgan holda oʻquv yili boshlanishidan kamida ikki hafta avval oʻquv dasturlarida belgilanadi va universitet Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Oraliq nazorat har bir oʻquv fanining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda semestr davomida kamida bir marotaba oʻtkaziladi.
Oraliq nazorat ogʻzaki yoki yozma ish (individual yoki jamoaviy ish, prezentatsiya, tahliliy maʼlumot tayyorlash) shaklida oʻtkaziladi.
Oraliq nazorat ogʻzaki shaklda oʻtkazilganida, ushbu jarayon videoyozuvda qayd qilinadi.
Oraliq nazorat dars mashgʻulotlarini oʻtkazgan pedagog xodim yoki kafedra mudiri tomonidan uch nafar kafedra aʼzolaridan iborat tarkibda tuziladigan komissiya tomonidan baholanadi.
Oraliq nazorat uchun har bir modul boʻyicha jami ballning (baho foizining) 40 foizigacha ajratilishiga ruxsat etiladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qarori (roʻyxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
(13 — 17-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
18. Oraliq nazorat yozma ish shaklida oʻtkazilganida, u talaba tomonidan mustaqil ravishda tayyorlanishi va akademik halollik talablariga rioya etilishi shart. Akademik halollik talablarini buzilishiga, shu jumladan mualliflikni oʻzlashtirishga (plagiat) yoʻl qoʻyilmaydi. Yozma ishda qogʻoz yoki elektron koʻrinishda nashr qilingan oʻzga matndan olingan manbaaga hech qanday havola qilmagan holda ishlatish yoki olingan manbaaga havola qilingan boʻlsada, lekin oʻzlashtirishlarning hajmi va xarakteri talabaning yozma ishni yoki uning asosiy qismini mustaqil yozilganligiga shubha uygʻotadigan darajada oʻzlashtirilgan boʻlsa plagiat deb topiladi.
(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qarori (roʻyxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
Plagiat ikki xil koʻrinishda boʻlishi mumkin:
oʻzga matnni soʻzma-soʻz bayon qilish;
parafraza — oʻzlashtirilgan oʻzga matnning mazmunini oʻzgartirmasdan soʻz va iboralarni almashtirib bayon qilish.
Oraliq nazorat yozma ish matnidagi oʻzganing mualliflik ishidan olingan har qanday matnda muallif, ishning nomi va ishning boshqa rekvizitlarini koʻrsatgan holda havolalar keltirilishi shart. Oraliq nazorat yozma ishini tekshirishda mualliflikni oʻzlashtirish (plagiat) holatlari aniqlanishi, shuningdek ikki yoki undan ortiq yozma ishning mustaqil yozilganligiga shubha uygʻotadigan darajada oʻxshash boʻlishi ushbu barcha yozma ishlarga nol ball qoʻyish yoki oldin qoʻyilgan oraliq nazorat reyting ballini bekor qilishga asos boʻladi.
(181-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
19. Oraliq nazorat ballari yakuniy nazorat boshlanishidan kamida uch hafta oldin pedagog xodim tomonidan elektron taʼlim platformasi tizimiga kiritilishi zarur.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Adliya vazirligining 2024-yil 7, 10-dekabrdagi 48-q/q, 1-sonli qarori (roʻyxat raqami 2780-6, 13.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2024-y., 10/24/2780-6/1027-son)
191. I yoki II guruh nogironligi boʻlgan talabaning mazkur Nizomda nazarda tutilgan oraliq nazorat ishlarini yozma shaklda bajarish imkoniyati mavjud boʻlmaganda, u oraliq nazoratni ogʻzaki imtihon shaklida tegishli modul oʻqituvchisiga yoki kafedra mudiri 3 nafar kafedra aʼzolaridan iborat tarkibda tuzgan komissiyaga topshiradi.
(191-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qarori (roʻyxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
5-bob. Yakuniy nazorat oʻtkazish
20. Yakuniy nazorat muayyan modul boʻyicha nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarning talabalar tomonidan oʻzlashtirish darajasini baholash usuli hisoblanadi. Yakuniy nazorat talabaning modul oʻquv dasturining mazmunini oʻzlashtirganlik darajasi, uning mantiqiy fikrlashi, normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash amaliy koʻnikmalari, huquqni qoʻllash hujjatlari loyihalarini tuzish, muammoli vaziyatlarni (keys-stadi) hal etish, tizimli, tanqidiy tahlil qila olishi, oʻz fikrlarini izchil va aniq bayon qilish qobiliyatlarini baholashga qaratilgan.
21. Mutaxassislik oʻquv fanlarining modullari boʻyicha yakuniy nazorat semestr yakunida universitetning maxsus jihozlangan auditoriyalarida elektron taʼlim platformasi orqali kompyuterda topshiriladi.
Nomutaxassislik oʻquv fanlari boʻyicha yakuniy nazorat universitetning Akademik halollik kengashi tomonidan belgilangan shaklda oʻtkazilishi mumkin.
(21-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 24-maydagi 5-q/q-son hamda Adliya vazirligining 2023-yil 27-maydagi 2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2780-5, 29.05.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2023-y., 10/23/2780-5/0308-son)
22. Yakuniy nazorat savollari, qoida tariqasida, mantiqiy savollar va muammoli vaziyatlarni yoki faqat muammoli vaziyatni (kazus, keys-stadini) oʻz ichiga oladi. Shuningdek yakuniy nazorat test shaklida oʻtkazilishi mumkin. Modullar boʻyicha yakuniy nazorat savollarining mazmuni kafedralar tomonidan belgilanadi.
Yakuniy nazorat savollari boʻyicha ballar miqdori taqsimoti (baho foizi) universitet Akademik halollik kengashi qarori bilan tasdiqlanadi.
(22-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 24-maydagi 5-q/q-son hamda Adliya vazirligining 2023-yil 27-maydagi 2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2780-5, 29.05.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2023-y., 10/23/2780-5/0308-son)
23. Yakuniy nazorat savollari tegishli kafedra tomonidan tuziladi. Savollar soni kafedra tavsiyasiga asosan Oʻquv-uslubiy boshqarma tomonidan belgilanadi.
Savollar:
talabalarning oʻtgan oʻquv yillarida tayyorlangan yozma ishlardan foydalanish imkoniyatini istisno qilish uchun zaruratga koʻra yangilanishi;
aniq, normativ-huquqiy hujjatlar koʻrsatmalariga asoslangan va amaliyot bilan bevosita bogʻliq boʻlishi;
mazmuni modul oʻquv dasturiga muvofiq boʻlishi;
oʻz ichiga oʻquv dasturining tegishli boʻlimlarini toʻliq qamrab oluvchi materiallarni mujassam qilgan boʻlishi;
talabalarning modulni oʻzlashtirish darajasini, tahlil qilish koʻnikmalarini, mustaqil fikrlash va kelajakdagi kasbiy faoliyatlarida mustaqil qarorlar qabul qilish qobiliyatlarini aniqlashga qaratilgan boʻlishi lozim.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qarori (roʻyxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
24. Kafedra mudiri oʻquv semestrining toʻrtinchi haftasi boshlanishidan kechikmagan holda yakuniy nazorat savollarini fakultet dekanatiga taqdim qilinishini taʼminlashi shart. Fakultet dekanati savollarni oʻquv dasturida belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirgan holda yetti ish kuni ichida Oʻquv-uslubiy boshqarmaga taqdim qiladi.
Oʻquv-uslubiy boshqarma Taʼlim sifatini nazorat qilish boʻlimi bilan birgalikda yakuniy nazorat savollarini olgan kundan boshlab ikki hafta davomida ularning oʻquv dasturiga mos yoki mos emasligi nuqtai nazaridan ekspertizadan oʻtkazadi. Ekspertizadan oʻtkazilgan yakuniy nazorat savollari Oʻquv-uslubiy boshqarma tomonidan tegishli modullar boʻyicha yakuniy nazorat savollari yagona bazasiga kiritiladi. Yakuniy nazorat savollari yagona bazasi har yili taqdim qilinadigan yakuniy nazorat savollari hisobiga kengayib boradi. Universitet yakuniy nazorat savollari yagona bazasidan talabalar va pedagog xodimlarning foydalanishiga imkoniyat yaratilishini taʼminlaydi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qarori (roʻyxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
25. Yakuniy nazorat savollari yagona bazasida mavjud savollar asosida elektron taʼlim platformasida avtomatik ravishda yakuniy nazorat savollari shakllantiriladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qarori (roʻyxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
26. Yakuniy nazorat fakultet dekanlari tavsiyasiga koʻra oʻquv ishlari boʻyicha prorektor tomonidan tasdiqlanadigan, kafedralarning pedagog xodimlari orasidan tayinlanadigan auditoriya rahbari va kuzatuvchilar tomonidan oʻtkaziladi. Yakuniy nazoratni oʻtkazishda rektor tomonidan tayinlangan universitetning boshqa xodimlari ham qatnashadi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qarori (roʻyxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
27. Yakuniy nazorat olib borish jarayoni, qoida tariqasida, videoyozuvda qayd qilinadi. Oʻquv-uslubiy boshqarma va Taʼlim sifatini nazorat qilish boʻlimi xodimlari videokuzatuv vositasi orqali yakuniy nazorat oʻtkazish jarayonini kuzatadi.
(27-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qarori (roʻyxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
Auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilarning tasdiqlangan roʻyxati universitet tarkibiy tuzilmalari eʼtiboriga yetkaziladi.
Yakuniy nazoratga auditoriya rahbari yoki kuzatuvchisining uzrli sababsiz kelmasligi (yoki kechikib kelishi) ularga nisbatan intizomiy choralarni qoʻllashga asos boʻladi. Kelmagan auditoriya rahbari va (yoki) kuzatuvchini almashtirish majburiyati tegishli kafedra mudiri zimmasiga yuklatiladi.
28. Talabalar yakuniy nazorat oʻtkazilayotgan auditoriyaga faqat talabalik guvohnomasi yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatni taqdim etganlaridan soʻng kiritiladi.
29. Imtihon jadvalida belgilangan yakuniy nazorat vaqti boshlangandan soʻng kelgan talabalar unda ishtirok etishga qoʻyilmaydi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qarori (roʻyxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
30. Yakuniy nazorat oʻtkazilayotgan auditoriyaga auditoriya rahbari va kuzatuvchilardan boshqa shaxslarning kirishi qatʼiyan taqiqlanadi. Yakuniy nazorat oʻtkazish jarayoni rektor, oʻquv ishlari boʻyicha prorektor, Oʻquv-uslubiy boshqarmasining va Taʼlim sifatini nazorat qilish boʻlimining rahbarlari hamda xodimlari, shuningdek dekanlar va ularning oʻrinbosarlari tomonidan nazorat qilib turilishi mumkin.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 24-maydagi 5-q/q-son hamda Adliya vazirligining 2023-yil 27-maydagi 2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2780-5, 29.05.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2023-y., 10/23/2780-5/0308-son)
yakuniy nazorat oʻtkazish qoidalarini buzgan talabalarni elektron taʼlim platformasida tegishli dalolatnoma tuzgan holda imtihondan chetlashtirish.
(31-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 24-maydagi 5-q/q-son hamda Adliya vazirligining 2023-yil 27-maydagi 2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2780-5, 29.05.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2023-y., 10/23/2780-5/0308-son)
32. Yozma imtihon, qoida tariqasida, 2 soat (120 daqiqa) mobaynida oʻtkaziladi. Imtihon vaqti auditoriya rahbari tomonidan yoʻl-yoʻriq berilgan vaqtdan boshlanadi. Yakuniy nazoratni boshlash va tugatish vaqti auditoriya rahbari tomonidan auditoriya doskasida aks ettirilishi zarur.
33. Talaba yakuniy nazorat oʻtkaziladigan auditoriyada oʻzi uchun ajratilgan kompyuterga familiyasi, ismi, sharifi, kursi, guruhi va boshqa tegishli maʼlumotlarni kiritadi.
Tegishli maʼlumotlar kiritilganidan keyin kompyuter monitorida yakuniy nazorat savollari chiqadi.
Imtihon oʻtkazish vaqtida talabalarning yakuniy nazorat savollarining mazmuni toʻgʻrisidagi murojaatlari koʻrib chiqilmaydi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qarori (roʻyxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
34. Yakuniy nazorat talaba tomonidan mustaqil ravishda bajarilishi shart.
Ishni tekshirish vaqtida ikki yoki undan ortiq (ish mazmunining 2/3 dan ortigʻi) oʻxshash ishlar talabaning koʻchirganligi holatiga asos boʻladi va talabalarga nol reyting ball qoʻyiladi.
Shifrlangan ishni baholashning obyektivligiga taʼsir koʻrsatuvchi holatlar aniqlanganda, shu jumladan soʻzning ustiga yoki tagiga chizish yoxud atrofini chizib qoʻyish, ishda tekshiruvchi shaxs nomiga murojaatning mavjud boʻlishi, matnning turli qismlariga (shu jumladan, ochiq qoldirilgan joylariga) grafik belgilar qoʻyish, ish matnida talabaning familiyasi, ismi, otasining ismini koʻrsatish holatlari mavjud boʻlganda, ish uchun nol reyting balli qoʻyiladi.
Yakuniy nazoratga talaba oʻrniga boshqa shaxs kirgan holatlar aniqlanganda, talabaga nol reyting balli qoʻyilib qoidabuzarlar auditoriyadan chiqarib yuboriladi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qarori (roʻyxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
(35 va 36-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
37. Yozma ishlar tekshirilishi ushbu Nizomning 6-bobiga muvofiq amalga oshiriladi.
371. I yoki II guruh nogironligi boʻlgan talabaning mazkur Nizomda nazarda tutilgan yakuniy nazorat ishlarini kompyuterda bajarish imkoniyati mavjud boʻlmaganda u yakuniy nazorat davri boshlanishidan kamida ikki hafta oldin oʻquv ishlari boʻyicha prorektorga murojaat qiladi. Bunda, ushbu talabaning nogironligi toʻgʻrisidagi tibbiy maʼlumotnoma yoki tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining xulosasi Universitet tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlaridan, shu jumladan “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi yoki “Ijtimoiy xizmat” elektron platformasi orqali mustaqil ravishda olinadi. Mazkur bandda nazarda tutilgan talabalar yakuniy nazoratni ogʻzaki imtihon shaklida komissiyaga topshiradi.
(371-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 24-maydagi 5-q/q-son hamda Adliya vazirligining 2023-yil 27-maydagi 2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2780-5, 29.05.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2023-y., 10/23/2780-5/0308-son)
Sogʻligʻining holati kompyuterda ishlash imkoniyatini istisno qiladigan talabalardan ogʻzaki imtihonlarni qabul qiluvchi universitetning professor-oʻqituvchilar tarkibidan iborat komissiya rektor buyrugʻi bilan tuziladi. Komissiya tarkibi har oʻquv yili uchun bir marotaba tasdiqlanadi. Komissiya uning aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi. Komissiya tomonidan qoʻyilgan baho bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
(371-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qarori (roʻyxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
38. Yakuniy nazoratni oʻtkazishda baholarning xolisligini taʼminlash maqsadida talabalar tomonidan bajarilgan ishlar elektron taʼlim platformasi tomonidan avtomatik ravishda identifikatsiya kodlari berish yoʻli bilan shifrlanadi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qarori (roʻyxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
40. Oʻquv-uslubiy boshqarma elektron taʼlim platformasiga oʻquv yuklamasidan kelib chiqib modullar boʻyicha yakuniy nazorat ishlarini tekshirishi mumkin boʻlgan pedagog xodimlar roʻyxatini kiritadi.
Elektron taʼlim platformasi tomonidan identifikatsiya kodlari berish yoʻli bilan shifrlangan ishlar avtomatik ravishda tegishli pedagog xodimlarga tekshirish uchun yuboriladi.
Yakuniy nazorat ishlarini tekshirish yakuniy nazorat imtihonlari yakunlangan kundan boshlab 15 ish kuni ichida amalga oshiriladi. Zaruratga koʻra (internet tarmogʻida yoki elektron taʼlim platformasida texnik nosozlik yuz berganda) ushbu muddat universitet rektori tomonidan 5 ish kunigacha uzaytirilishi mumkin.
(40-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 24-maydagi 5-q/q-son hamda Adliya vazirligining 2023-yil 27-maydagi 2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2780-5, 29.05.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2023-y., 10/23/2780-5/0308-son)
Yakuniy nazorat ishlarini tekshirish muddati yakunlangan kundan boshlab 1 ish kuni ichida natijalar elektron taʼlim platformasida eʼlon qilinadi.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 24-maydagi 5-q/q-son hamda Adliya vazirligining 2023-yil 27-maydagi 2-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2780-5, 29.05.2023-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2023-y., 10/23/2780-5/0308-son)
41. Yozma ishlarni tekshirish muddatlarini buzgan pedagog xodimlarga nisbatan Oʻquv-uslubiy boshqarma boshligʻining bildirgisiga asosan intizomiy jazo choralari qoʻllanishi mumkin.
42. Yakuniy nazorat ishlarini tekshirish natijalari (baho) ishni tekshirgan pedagog xodim tomonidan bahoni asoslantiruvchi taqriz bilan birgalikda darhol elektron taʼlim platformasiga kiritiladi.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qarori (roʻyxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
44. Kafedraning yakuniy nazorat ishlarini tekshirishda ishtirok etgan pedagog xodimlari tomonidan oʻquv mashgʻulotlari vaqtida talabalar uchun yakuniy nazorat ishlarida koʻp uchragan xatolar toʻgʻrisida tushuntirish beriladi, shuningdek, mazkur xatolar umumlashtirilib, talabalarga axborot xizmati orqali yetkaziladi.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qarori (roʻyxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
46. Oʻquv-uslubiy boshqarma tomonidan oraliq va yakuniy nazorat natijalari asosida elektron taʼlim platformasida talabalarning familiyasi, ismi, otasining ismi identifikatsiya qilingan holda jamlovchi elektron reyting qaydnomasi shakllantiriladi.
Jamlovchi elektron reyting qaydnomasida notoʻgʻri qayd qilingan hollar aniqlanganda, elektron taʼlim platformasiga ishlarni tekshirish va baholarni kiritishga masʼul boʻlgan pedagog xodim javobgar boʻladi.
Agar oraliq va yakuniy nazorat ishlari natijasi jamlovchi reyting qaydnomasida notoʻgʻri aks ettirilgan boʻlsa, Oʻquv-uslubiy boshqarmaning jamlovchi reyting qaydnomasini tuzishga masʼul boʻlgan xodimi, shuningdek Oʻquv-uslubiy boshqarma boshligʻi javobgar boʻladi.
Oraliq va yakuniy nazorat ishlari reyting qaydnomasida toʻgʻri aks etishini monitoring qilish uchun Akademik halollik kengashi oʻz qarori bilan jamlovchi reyting qaydnomasini haqiqiy ballarga mos kelishini qayta tekshirish tashabbusi bilan chiqishi mumkin.
(46-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 24-maydagi 5-q/q-son hamda Adliya vazirligining 2023-yil 27-maydagi 2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2780-5, 29.05.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2023-y., 10/23/2780-5/0308-son)
Oraliq va yakuniy nazorat topshirish reyting qaydnomasining hamda yakuniy jamlovchi reyting qaydnomasining shakllari Akademik halollik kengashi tomonidan tasdiqlangan namuna boʻyicha tuziladi.
(46-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 24-maydagi 5-q/q-son hamda Adliya vazirligining 2023-yil 27-maydagi 2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2780-5, 29.05.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2023-y., 10/23/2780-5/0308-son)
47. Oraliq va yakuniy nazorat ishlarini baholashning xolisligini taʼminlash maqsadida Oʻquv-uslubiy boshqarma va Taʼlim sifatini nazorat qilish boʻlimi yozma ishlarning tasodifiy tanlangan holda qayta tekshirilishini tashkil qiladi. Bu maqsadda ushbu huquq sohasiga yoki fanga aloqador boʻlgan Universitet pedagog xodimlari jalb qilinadi va ular baholash mezonlari asosida talabalarga qoʻyilgan oraliq va yakuniy nazoratlar reyting ballarining xolisligini aniqlaydi.
(47-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qarori (roʻyxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
48. Oʻquv-uslubiy boshqarma boshligʻi oraliq va yakuniy nazorat natijasi boʻyicha topshirish reyting qaydnomalarini koʻrib chiqib koʻp miqdorda past oʻzlashtirish reyting balli ishlarni aniqlasa, bu haqda oʻquv ishlari boʻyicha prorektorni xabardor qiladi. Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor rektor buyrugʻi asosida tashkil etiladigan ekspertlar guruhi tomonidan yozma ishlarni qayta tekshirtirish huquqiga ega.
Ekspertlar guruhi ishiga rahbarlikni, qoida tariqasida, oʻquv ishlari boʻyicha prorektor amalga oshiradi. Ekspertlar sifatida boshqa oliy taʼlim muassasalarining pedagog xodimlari va amaliyot vakillari (kelishuv asosida) ishtirok etishi mumkin. Ekspertlarning shaxsi oshkor etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Ekspertlarning asosiy vazifasi yozma ishlarni tasdiqlangan baholash mezonlari asosida qayta tekshirib, qoʻyilgan ballarning muvofiq yoki nomuvofiq ekanligini aniqlash hisoblanadi.
Qayta tekshirish natijalariga koʻra ekspertlar guruhi oʻzining ekspertlar guruhi aʼzolari tomonidan imzolangan va oʻquv ishlari boʻyicha prorektor tomonidan tasdiqlanadigan xulosasini taqdim qiladi va bu tegishli ballarni oʻzgartirish uchun asos hisoblanadi. Xulosa Oʻquv-uslubiy boshqarmaga jamlovchi qaydnomani tayyorlash uchun taqdim etiladi.
Ekspertlar guruhining xulosasi rasmiylashtirilgunga qadar oraliq va yakuniy nazorat natijalari yakuniy emas deb hisoblanadi va talabalarga eʼlon qilinishi mumkin emas. Xulosa rasmiylashtirilgunga qadar natijalar maxfiyligi uchun Oʻquv-uslubiy boshqarma masʼul xodimi javobgar hisoblanadi. Oʻquv-uslubiy boshqarma boshligʻi xodimlarining lavozim majburiyatlarini bajarishlari uchun zaruriy shart-sharoitlarni taʼminlashga masʼuldir.
Masʼul xodim oraliq va yakuniy nazorat natijalarining maxfiyligi buzilishi yuzasidan barcha holatlar toʻgʻrisida Oʻquv-uslubiy boshqarma boshligʻiga darhol xabar berishi kerak.
49. Talabalar nazorat turlari boʻyicha olgan baholarini hamda pedagog xodim tomonidan yozilgan taqrizlarni elektron taʼlim platformasi orqali kuzatib boradi.
Oraliq nazorat boʻyicha qoʻyilgan balldan norozi boʻlgan talabalar baho eʼlon qilingandan boshlab 72 soat davomida elektron taʼlim platformasi orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. Bunda, talabalar oʻquv dasturidagi baholash mezonlariga asoslanib apellatsiya shikoyatida oʻqituvchining taqriziga shikoyat bildirishi lozim.
(49-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 24-maydagi 5-q/q-son hamda Adliya vazirligining 2023-yil 27-maydagi 2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2780-5, 29.05.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2023-y., 10/23/2780-5/0308-son)
Zaruratga koʻra (internet tarmogʻida yoki elektron taʼlim platformasida texnik nosozlik yuz berganda, talaba betobligi tufayli platformaga apellatsiya shikoyatini yuklay olmay qolganda) ushbu muddat universitet rektori tomonidan 72 soatgacha uzaytirilishi mumkin.
(49-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 24-maydagi 5-q/q-son hamda Adliya vazirligining 2023-yil 27-maydagi 2-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2780-5, 29.05.2023-y.) asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2023-y., 10/23/2780-5/0308-son)
Oraliq nazorat ishlari boʻyicha apellyatsiya shikoyatlarini koʻrib chiqish uchun tegishli kafedra mudiri tomonidan kafedra professor-oʻqituvchilari tarkibidan kamida uchta aʼzodan iborat apellyatsiya komissiyasi tuziladi.
Oraliq nazorat ishlari boʻyicha apellyatsiya shikoyatlari apellyatsiya komissiyasi tomonidan shikoyat berilgan kundan boshlab uch ish kuni ichida koʻrib chiqiladi.
Yakuniy nazorat boʻyicha qoʻyilgan balldan norozi boʻlgan talabalar baho eʼlon qilingandan boshlab 72 soat davomida elektron taʼlim platformasi orqali apellatsiya shikoyatini berishlari mumkin. Bunda, talabalar oʻquv dasturidagi baholash mezonlariga asoslanib apellatsiya shikoyatida oʻqituvchining taqriziga shikoyat bildirishi lozim.
(49-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 24-maydagi 5-q/q-son hamda Adliya vazirligining 2023-yil 27-maydagi 2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2780-5, 29.05.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2023-y., 10/23/2780-5/0308-son)
Zaruratga koʻra (internet tarmogʻida yoki elektron taʼlim platformasida texnik nosozlik yuz berganida, talaba betobligi tufayli platformaga apellatsiya shikoyatini yuklay olmay qolganda) ushbu muddat universitet rektori tomonidan 72 soat gacha uzaytirilishi mumkin.
(49-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 24-maydagi 5-q/q-son hamda Adliya vazirligining 2023-yil 27-maydagi 2-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2780-5, 29.05.2023-y.) asosan yettinchixatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2023-y., 10/23/2780-5/0308-son)
Apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqish uchun fakultet dekani bildirgisiga asosan rektor buyrugʻi bilan universitet professor-oʻqituvchilari tarkibidan kamida yettita aʼzodan iborat apellyatsiya komissiyasi tuziladi.
Yakuniy nazorat ishlari boʻyicha apellyatsiya shikoyatlari apellyatsiya komissiyasi tomonidan barcha modullar boʻyicha yakuniy nazorat baholari eʼlon qilingandan boshlab oʻn kun davomida koʻrib chiqiladi.
Apellyatsiya komissiyalari aʼzolarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi. Apellyatsiya komissiyalarining qarori oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi va unda ishtirok etgan barcha aʼzolar tomonidan tasdiqlanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Talabaning apellyatsiya shikoyati apellyatsiya komissiyalarida zarurat boʻlganda ushbu nazorat turi boʻyicha ballar qoʻygan pedagog xodimning ishtirokida koʻrib chiqiladi.
Apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqishda apellyatsiya komissiyalari nazorat ishlarini har tomonlama oʻrganadi.
Talabaning apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqish natijasi boʻyicha apellyatsiya komissiyalari quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
qoʻyilgan ballarni oʻzgarishsiz qoldirish;
qoʻyilgan ballarni oʻzgartirish.
Talabaning apellyatsiya shikoyatini koʻrishda uning ilgari olgan reyting ballini pasaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(49-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qarori (roʻyxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
50. Tekshirilgan oraliq va yakuniy nazorat yozma ishlari elektron taʼlim platformasida olti oy mobaynida saqlanadi. Oraliq va yakuniy nazorat yozma ishlari hujjatlar yigʻmajildlariga kiritilmaydi va alohida saqlanishi talab etiladigan hujjat hisoblanmaydi. Oraliq va yakuniy yozma ishlar olti oylik muddat oʻtganidan soʻng elektron tizimdan oʻchirib tashlanadi.
(50-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qarori (roʻyxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
51. Talabaning har bir modul boʻyicha oʻzlashtirish darajasi talabalarning bilim, malaka va koʻnikmalarini baholash Yevropa kredit transfer tizimiga (European Credit Transfer and Accumulation System — ECTS) asosan mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qarori (roʻyxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
52. Talabaning oʻquv semestri mobaynidagi har bir modul boʻyicha oʻzlashtirishi 100 ballik tizim asosida butun sonlar bilan baholanadi. 100 ball nazorat turlari boʻyicha quyidagicha taqsimlanadi:
oraliq nazoratga modul boʻyicha toʻplanishi mumkin boʻlgan maksimal ballning — 40 foiz (40 ball) gacha;
yakuniy nazoratga modul boʻyicha toʻplanishi mumkin boʻlgan maksimal ballning oraliq nazoratga ajratilgan qismidan qolgan qismda, oraliq nazorati belgilanmagan taqdirda 100 foiz (100 ball) gacha ajratiladi.
(52-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qarori (roʻyxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
53. Elektron taʼlim platformasida alohida baholanadigan kurs ishi (loyiha, jadval-hisoblash ishi), amaliyot (stajirovka), yakuniy davlat attestatsiyasi, bitiruv malakaviy ishi, shuningdek magistrlik dissertatsiyasi boʻyicha oʻzlashtirish ushbu Nizomning ilovasida belgilangan mezonlar boʻyicha baholanadi.
(53-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qarori (roʻyxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
54. Talabaning modul boʻyicha oʻzlashtirishini baholashda quyidagi namunaviy mezonlardan (bundan buyon matnda namunaviy mezonlar deb yuritiladi) kelib chiqish tavsiya etiladi:
a) “A”, “A-” aʼlo baho (86 — 100 foiz) olish uchun talaba:
oʻquv dasturining barcha boʻlimlari boʻyicha tizimli, toʻla va chuqur bilimga ega boʻlishi, zarur dalillar bilan asoslantirishi;
ilmiy terminologiyadan (shu jumladan, xorijiy tilda ham) aniq foydalanishi, savollarga javobni mantiqan toʻgʻri, stilistik savodli ravishda ifodalashi;
muammoli savollarni aniqlashi, oʻz huquqiy pozitsiyasini ilmiy-amaliy tilda asoslab bera olishi;
modulning tayanch tushunchalarini bilishi va uni qisqa vaqt ichida ilmiy va amaliy masalalarni yechishda samarali qoʻllay olishi;
nostandart vaziyatlarda muammolarni mustaqil va ijodiy hal qila olish qobiliyatini koʻrsata olishi;
amaliy masalalarni qisqa, asoslangan va ratsional ravishda hal etishi;
modul oʻquv dasturida tavsiya etilgan asosiy va qoʻshimcha adabiyotlarni toʻliq va chuqur oʻzlashtirishi;
oʻrganilayotgan modul boʻyicha nazariyalar, konsepsiyalar va yoʻnalishlar mohiyatini anglash, ularga tanqidiy baho berish va boshqa modullar ilmiy yutuqlarini qoʻllay olishi;
seminar, amaliy va laboratoriya mashgʻulotlarida butun semestr mobaynida ijodiy va mustaqil qatnashishi, guruhli muhokamalarda faol boʻlishi, vazifalarni bajarishda yuqori madaniyat darajasiga ega boʻlishi lozim;
b) “V+”, “V”, “V-” yaxshi baho (71 — 85 foiz) olish uchun talaba:
oʻquv dasturining barcha boʻlimlari boʻyicha tizimli, toʻla va chuqur bilimga ega boʻlishi, zarur dalillar bilan asoslantirishi;
ilmiy terminologiyadan (shu jumladan, xorijiy tilda ham) aniq foydalanishi, savollarga javobni mantiqan toʻgʻri, stilistik savodli ravishda ifodalashi;
oʻz fikrini isbotlashda yoki boshqa nazariy materialni bayon qilishda yuzaga kelgan noaniqliklarni mustaqil bartaraf eta olishi;
modulning tayanch tushunchalarini bilishi, qisqa vaqt ichida ilmiy va kasbiy vazifalarni qoʻyish hamda hal qilishda undan unumli foydalanishi;
standart vaziyatlarda muammolarni oʻquv dasturi doirasida mustaqil hal qila olishi;
amaliy mashgʻulotlarda normativ-huquqiy hujjatlarni yaxshi bilishini namoyish qilishi, ushbu bilimlarni yangi vaziyatlarda toʻgʻri (lekin doim ham ratsional emas) qoʻllay olishi, bunda bajarilgan ish natijalarini yetarli darajada rasmiylashtira olmasligi;
modul oʻquv dasturida tavsiya qilingan asosiy adabiyotlarni oʻzlashtirishi;
oʻrganilayotgan modul boʻyicha nazariyalar, konsepsiyalar va yoʻnalishlar mohiyatini anglay olishi va ularga tanqidiy baho berishi;
butun modulni oʻzlashtirish davomida seminar, amaliy va laboratoriya mashgʻulotlarida ijodiy va mustaqil qatnashishi, guruhli muhokamalarda faol boʻlishi, vazifalarni bajarishda yuqori madaniyat darajasiga ega boʻlishi lozim;
v) “S+”, “S”, “S-” qoniqarli baho (56 — 70 foiz) olish uchun talaba:
(54-band “v” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 24-maydagi 5-q/q-son hamda Adliya vazirligining 2023-yil 27-maydagi 2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2780-5, 29.05.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2023-y., 10/23/2780-5/0308-son)
davlat taʼlim standartlari doirasida yetarli bilim hajmiga ega boʻlishi;
ilmiy terminologiyani ishlatishi, savollarga javoblarni toʻgʻri bayon qilishi, lekin bunda ayrim xatolarga yoʻl qoʻyishi;
javob berishga yoki ayrim maxsus koʻnikmalarni namoyish qilishda qiynalganda, modul va normativ-huquqiy hujjatlar boʻyicha asosiy tushunchaga ega ekanligini namoyish etishi;
modulning umumiy tushunchalari boʻyicha qisman bilimga ega boʻlishi va uni standart (namunaviy) vaziyatlarni hal etishda qoʻllay olishi;
pedagog xodim rahbarligida standart (namunaviy) vaziyatlarni hal eta olishi;
oʻqilayotgan modul boʻyicha asosiy nazariyalar, konsepsiyalar va yoʻnalishlar mohiyatini anglashi, ularga baho bera olishi;
seminar, amaliy va laboratoriya mashgʻulotlarida pedagog xodim rahbarligida qatnashishi, vazifalarni bajarishda yetarli madaniyat darajasiga ega boʻlishi lozim;
g) talabaning bilim darajasi “D” qoniqarsiz baho bilan (50 — 55 foizgacha) baholanadi, agar:
davlat taʼlim standartlari doirasida faqat ayrim fragmentar bilimlarga ega boʻlsa;
ilmiy terminlarni ishlata olmasa yoki javob berishda jiddiy mantiqiy xatolarga yoʻl qoʻysa;
seminar, amaliy va laboratoriya mashgʻulotlarida passiv qatnashib, vazifalar bajarish madaniyatining past darajasiga ega boʻlsa;
d) talaba oʻzlashtirishi quyidagi hollarda bilim darajasi “F” (0 — 49 foizgacha) bahoga baholanadi, agar:
tegishli modul boʻyicha bilimlarga ega boʻlmasa;
amaliy koʻnikmalarga ega boʻlmasa, xatolarini hatto pedagog xodim tavsiyalari yordamida ham toʻgʻrilay olmasa.
Modul xususiyatidan kelib chiqqan holda har bir modul boʻyicha baholash mezonlari kafedra tomonidan aniqlashtirilgan tartibda ishlab chiqiladi hamda tegishli modulning dasturiga kiritilib, Akademik halollik kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
(54-band “d” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 24-maydagi 5-q/q-son hamda Adliya vazirligining 2023-yil 27-maydagi 2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2780-5, 29.05.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2023-y., 10/23/2780-5/0308-son)
(55-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
56. Modullar boʻyicha oraliq va yakuniy nazoratni baholash mezonlari namunaviy baholash mezonlari asosida ishlab chiqiladi va Universitet Akademik halollik kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
(56-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 24-maydagi 5-q/q-son hamda Adliya vazirligining 2023-yil 27-maydagi 2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2780-5, 29.05.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2023-y., 10/23/2780-5/0308-son)
57. Modullar boʻyicha semestr uchun talaba reytingi quyidagicha aniqlanadi:
Rf — talabaning reytingi;
V — semestrda modul uchun ajratilgan umumiy yuklama (soatlarda);
OI — modul boʻyicha oʻzlashtirish darajasi (ballarda).
58. Talaba semestr mobaynida modul boʻyicha olgan umumiy balli belgilangan tartibda talaba tomonidan har bir nazorat turi boʻyicha olingan umumiy ballar yigʻindisiga teng.
8-bob. Nazorat va qayta topshirishlarni oʻtkazish muddatlari
59. Yakuniy nazorat jadvallari yakuniy nazorat boshlanishidan kamida bir hafta oldin oʻquv reja asosida fakultet dekanlari tomonidan ishlab chiqiladi, Oʻquv-uslubiy boshqarma tomonidan umumlashtiriladi hamda oʻquv ishlari boʻyicha prorektor tomonidan tasdiqlanadi.
Talaba belgilangan tartibda elektron taʼlim platformasi orqali oraliq va yakuniy nazorat ish natijalarini mustaqil ravishda bilib borishga majburdir.
(59-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qarori (roʻyxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
(60-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
61. Oʻquv mashgʻulotlarida kasalligi yoki hujjat bilan tasdiqlangan boshqa uzrli sabablar tufayli (yoʻl-transport hodisasi, yaqin qarindoshining vafoti, yaqin qarindoshining yoki talabaning nikoh tuzishi, farzand tugʻilishi, fan, madaniyat va sport sohalaridagi xalqaro hamda respublika tanlovlari va musobaqalarida, harbiy kafedra mashgʻulotlarida ishtirok etganlik, universitetning elektron taʼlim platformasida yuzaga kelgan texnik nosozlik) ishtirok etmagan va shu sababli oraliq yoki yakuniy nazoratni belgilangan muddatda topshirmagan talabaga uning arizasi hamda unga ilova qilingan asoslantiruvchi hujjatlarga muvofiq, qoldirgan oʻquv mashgʻulotlarini qayta oʻzlashtirganidan soʻng fakultet dekani tomonidan oʻquv ishlari boʻyicha prorektor bilan kelishilgan holda oraliq yoki yakuniy nazoratni topshirishga ruxsat beriladi.
Bunda, talaba fakultet dekani nomiga kasalligi yoki boshqa uzrli sabablarga koʻra qoldirilgan oʻquv mashgʻulotlarini qayta oʻzlashtirish hamda oraliq yoki yakuniy nazoratni topshirishga ruxsat berishni soʻrab, uzrli sabablar (holatlar) yakunlangan vaqtdan boshlab 5 ish kuni ichida ariza bilan murojaat qilishi lozim.
(61-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Adliya vazirligining 2024-yil 7, 10-dekabrdagi 48-q/q, 1-sonli qarori (roʻyxat raqami 2780-6, 13.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2024-y., 10/24/2780-6/1027-son)
611. Oʻquv mashgʻulotlarida uzrsiz sabablar tufayli ishtirok etmagan va shu sababli oraliq nazoratni belgilangan muddatda topshirmagan talabaga uning arizasiga muvofiq, qoldirgan oʻquv mashgʻulotlarini qayta oʻzlashtirganidan soʻng fakultet dekani tomonidan oʻquv ishlari boʻyicha prorektor bilan kelishilgan holda oraliq nazoratni topshirishga ruxsat beriladi.
Bunda, uzrsiz sabablarga koʻra qoldirilgan oʻquv mashgʻulotlari mazkur mashgʻulotga ajratilgan auditoriya soatining 25 foizidan oshmagan taqdirda talabaga qoldirgan oʻquv mashgʻulotlarini qayta oʻzlashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
Talaba fakultet dekani nomiga uzrsiz sabablarga koʻra qoldirilgan oʻquv mashgʻulotlarini qayta oʻzlashtirish hamda oraliq nazoratni topshirishga ruxsat berishni soʻrab, talaba oʻquv mashgʻulotlariga chiqqan kundan boshlab 5 ish kuni ichida ariza bilan murojaat qilishi lozim.”.
612. Uzrli va uzrsiz sabablarga koʻra qoldirilgan oʻquv mashgʻulotlarini qayta oʻzlashtirish tartibi oʻquv mashgʻulotlarining xususiyatidan kelib chiqib, Akademik halollik kengashi tomonidan belgilanadi.
(611 va 612-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Adliya vazirligining 2024-yil 7, 10-dekabrdagi 48-q/q, 1-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2780-6, 13.12.2024-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2024-y., 10/24/2780-6/1027-son)
(62-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Adliya vazirligining 2024-yil 7, 10-dekabrdagi 48-q/q, 1-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2780-6, 13.12.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2024-y., 10/24/2780-6/1027-son)
63. Talabalarga stipendiya toʻlash qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(63-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-yanvardagi 59-sonli “Oliy taʼlim muassasalari talabalariga toʻlanadigan stipendiyalar miqdorlarini belgilash hamda stipendiyalar tayinlash va toʻlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
(64-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
(65-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
9-bob. Reyting natijalarini roʻyxatdan oʻtkazish va tahlil qilish
(66-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
(67-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
(68-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
69. Talabalarning umumiy reytingi, shuningdek modullar boʻyicha toʻplangan kreditlar soni har bir semestr va oʻquv yili yakunidan soʻng eʼlon qilinadi.
(69-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Adliya vazirligining 2017-yil 17-iyuldagi 11-2017, 7-sonli qarori (roʻyxat raqami 2780-1 21.07.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 29-son, 721-modda)
70. Agar modul bir necha semestr davomida oʻtilgan boʻlsa, Oʻquv-uslubiy boshqarma tomonidan talaba diplomining ilovasi yoki akademik maʼlumotnoma tuzilayotgan vaqtda reytinglar yigʻindisi va toʻplangan kreditlar soni hisobga olinadi.
(70-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Adliya vazirligining 2017-yil 17-iyuldagi 11-2017, 7-sonli qarori (roʻyxat raqami 2780-1 21.07.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 29-son, 721-modda)
Talabaga imtiyozli diplom belgilash vaqtida uning modullar boʻyicha oʻzlashtirishi har bir semestr natijasiga koʻra hisobga olinadi.
71. Har bir fakultet talabalarining nazorat turlari boʻyicha erishgan natijalari fakultet dekanati tomonidan Oʻquv-uslubiy boshqarma bilan hamkorlikda tizimli ravishda tahlil qilinadi va Akademik halollik kengashida muhokama qilish uchun kiritiladi.
(71-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 24-maydagi 5-q/q-son hamda Adliya vazirligining 2023-yil 27-maydagi 2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2780-5, 29.05.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2023-y., 10/23/2780-5/0308-son)
72. Oraliq va yakuniy nazorat ishlarining natijalari Akademik halollik kengashida va zaruratga koʻra, universitet Kengashida muntazam ravishda muhokama qilinadi va ular yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinadi.
(72-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 24-maydagi 5-q/q-son hamda Adliya vazirligining 2023-yil 27-maydagi 2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2780-5, 29.05.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2023-y., 10/23/2780-5/0308-son)
73. Oʻquv yilining yakuni boʻyicha toʻplangan kreditlar miqdoriga koʻra talabalarni belgilangan tartibda keyingi kursga oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
(71 — 73-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qarori (roʻyxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
10-bob. Yakuniy qoida
74. Mazkur Nizom Toshkent davlat yuridik universiteti bilan kelishilgan.
Toshkent davlat yuridik universiteti rektori E. KANYAZOV
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
Toshkent davlat yuridik universitetida oʻqitishning modul tizimi sharoitlarida talabalar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Talabaning har bir modul boʻyicha oʻzlashtirish darajasini Yevropa kredit transfer tizimi (European Credit Transfer and Accumulation System — ECTS) asosida
BAHOLASH MEZONLARI
Baho
Ballda ifodalanishi
Tavsifi
A
100 — 93
Aʼlo
A-
92 — 86
B+
85 — 82
Yaxshi
B
81 — 77
B-
76 — 71
C+
70 — 67
Qoniqarli
C
66 — 60
C-
59 — 56
D
55 — 50
Qoniqarsiz
F
49 — 0
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 16-son, 172-modda; 2017-y., 29-son, 721-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2019-y., 10/19/2780-2/2522-son; 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son, 21.12.2021-y., 10/21/2780-4/1183-son; 01.06.2023-y., 10/23/2780-5/0308-son; 16.12.2024-y., 10/24/2780-6/1027-son)