toggle_night_mode
Hujjat 21.04.2016 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan oʻtayotgan shaxslarni koʻzdan kechirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma”ni, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 12-aprelda 1307-4-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror 2016-yil 21-apreldan kuchga kiradi.
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Z. DUSANOV
Toshkent sh.,
2016-yil 9-aprel,
01-02/12-21-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 9-apreldagi 01-02/12-21-son qaroriga
ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2003-yil 5-noyabrdagi 01-02/20-46-son “Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan oʻtayotgan shaxslarni koʻzdan kechirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1307, 2004-yil 2-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 5-son, 58-modda);
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2008-yil 5-apreldagi 01-02/22-31-son “Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan oʻtayotgan shaxslarni koʻzdan kechirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1307-1, 2008-yil 9-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 14-15-son, 114-modda);
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2010-yil 4-noyabrdagi 01-02/12-29-son “Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan oʻtayotgan shaxslarni koʻzdan kechirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1307-2, 2010-yil 12-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 46-son, 415-modda);
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2013-yil 15-iyuldagi 01-12/20-18-son “Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan oʻtayotgan shaxslarni koʻzdan kechirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1307-3, 2013-yil 5-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 32-son, 430-modda).
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 15-son, 156-modda)