1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
QARORI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOJXONA ChEGARASIDAN OʻTAYOTGAN ShAXSLARNI KOʻZDAN KEChIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMAGA OʻZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 9-aprelda 1307-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 9-apreldagi 01-02/12-21-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan oʻtayotgan shaxslarni koʻzdan kechirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma”ni, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1307-4, 12.04.2016-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1. Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan oʻtayotgan shaxslarni koʻzdan kechirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (2004-yil 2-fevral, roʻyxat raqami 1307 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 5-son, 58-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiritilsin.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Davlat bojxona qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Sh. Xayrullayev zimmasiga yuklatilsin.
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2008-yil 5-aprel,
01-02/22-31-son
Davlat bojxona qoʻmitasining 2008-yil 5-apreldagi 01-02/22-31-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan oʻtayotgan shaxslarni koʻzdan kechirish tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va sobiq Prezidenti, shuningdek, xizmat vazifasini bajarish bilan bogʻliq boʻlgan holda bojxona chegarasidan oʻtayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputatlari, Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining aʼzolari bojxona nazoratining “Shaxsni koʻzdan kechirish” shaklidan ozod qilinadi”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 14-15-son, 114-modda)