1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.04 Bogʻdorchilik. Uzumchilik;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.05 Sabzavotchilik;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.01 Kontraktatsiya. Davlat ehtiyoji uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotib olish va yetkazib berish (shuningdek, 03.11.01.05 ga qarang)]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari uyushmasi — “Oʻzbekoziqovqatzaxira”ni tashkil etish toʻgʻrisida
Ichki isteʼmol bozorini, eng avvalo qish-bahor davrida yangi meva-sabzavot, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum bilan barqaror taʼminlab turish uchun shunday mahsulotlarni tayyorlash va gʻamlash tizimini yanada takomillashtirish, zamonaviy saqlash texnologiyalarini joriy etish, omborxona xoʻjaligi va sovutish omborlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va rivojlantirish asosida mahsulotlar nobudgarchiligini har tomonlama kamaytirish maqsadida:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.01 Boshqaruv va tartibga solishning umumiy masalalari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.04 Bogʻdorchilik. Uzumchilik;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.05 Sabzavotchilik]
1. “Oʻzulgurjisavdoinvest” uyushmasi qatnashchilarining, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining “Oʻzulgurjisavdoinvest” uyushmasini meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari uyushmasi — “Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi etib qayta tashkil qilish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.04 Bogʻdorchilik. Uzumchilik;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.05 Sabzavotchilik]
2. Quyidagilar “Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi faoliyatining asosiy vazifa va yoʻnalishlari etib belgilansin:
talab-ehtiyojni chuqur oʻrganish asosida, yangi meva-sabzavot, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum bilan ichki isteʼmol bozorini uzluksiz toʻldirib borish va narx-navo barqarorligini taʼminlash maqsadida ularni qish-bahor davriga gʻamlab qoʻyish uchun fermer va dehqon xoʻjaliklaridan, agrofirmalardan shunday mahsulotlarni xarid qilish shartnomalarini tuzish;
qish-bahor davriga gʻamlab qoʻyiladigan yangi meva-sabzavot, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzumning yaxshi saqlanishini tashkillashtirish, ularni saqlash vaqtida nobudgarchiliklarni kamaytirish chora-tadbirlarini amalga oshirish, mahsulotni xarid qilish va yetkazib berishda zamonaviy logistika tizimini keng joriy qilish;
respublika shaharlarida yangi meva-sabzavot, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum sotish boʻyicha ixtisoslashtirilgan yarmarka savdolarini doimiy asosda oʻtkazib turish;
toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni keng koʻlamda jalb etish va uyushma tarkibiga kirgan korxonalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va rivojlantirish ishlarini tashkil qilish, meva-sabzavot mahsulotlari saqlanadigan maxsus omborxonalar va sovutish kameralari qurish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalashni taʼminlash, ularni zamonaviy uskunalar bilan jihozlash;
olis va borish qiyin boʻlgan aholi punktlarida yashovchi aholini ijtimoiy ahamiyatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ishonchli va uzluksiz taʼminlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
uyushma tarkibiga kirgan korxonalar mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.01 Boshqaruv va tartibga solishning umumiy masalalari]
3. Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi tugatilayotgan “Oʻzulgurjisavdoinvest” uyushmasining shartnomalari va majburiyatlari boʻyicha huquqiy voris hisoblanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-oktabrdagi PQ-3344-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2017-y., 07/17/3344/0152-son)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (Sh. Mirziyoyev) bir oy muddatda puxta tanlov asosida “Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasining ijro etuvchi apparatini tasdiqlangan tuzilma va shtat jadvaliga muvofiq yuqori malakali mutaxassislar bilan butlasin.
6. “Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi bir oy muddatda muassislarning umumiy yigʻilishini oʻtkazib, uning ustavini tasdiqlasin hamda uni belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etsin.
7. “Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi Toshkent shahri, Navoiy koʻchasi, 25-uyga joylashtirilsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.02.00 Qonunchilik tashabbusi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.01 Boshqaruv va tartibga solishning umumiy masalalari]
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzulgurjisavdoinvest” uyushmasining tuzilmasini isloh qilish va faoliyat samaradorligini oshirish toʻgʻrisida” 2011-yil 30-martdagi PQ-1514-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
9. “Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 8-aprel,
PQ-2517-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 15-son, 144-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2017-y., 07/17/3344/0152-son)