1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.05.00 Kompaniyalar, konsernlar, uyushmalar va boshqalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.04.00 Ulgurji savdo]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
“OʻZULGURJISAVDOINVEST” UYuShMASI TUZILMASINI ISLOH QILISh VA FAOLIYAT SAMARADORLIGINI OShIRISh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 8-apreldagi PQ-2517-sonli “Meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari uyushmasi — “Oʻzbekoziqovqatzaxira”ni tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ichki isteʼmol bozorini toʻldirish va aholini, birinchi navbatda qish-bahor davrida meva-sabzavot mahsulotlari bilan barqaror taʼminlash hamda uni eksportga yetkazib berishni kengaytirish maqsadida:
1. Mulk va aktivlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi “Mulk-Invest” DUK balansida boʻlgan ulgurji tashkilotlar 1-ilovaga* muvofiq “Oʻzulgurjisavdoinvest” ulgurji savdo korxonalari Uyushmasi tarkibiga oʻtkazilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, “Oʻzulgurjisavdoinvest” Uyushmasi mazkur ulgurji tashkilotlarni tegishli moddiy-texnika bazasi, birinchi navbatda meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish hamda saqlash uchun zarur boʻlgan muzlatish kameralari va omborxonalari bilan birga topshirilishini belgilangan tartibda amalga oshirsin.
2. “Oʻzulgurjisavdoinvest” ulgurji savdo korxonalari Uyushmasi qatnashchilarining, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2-ilovaga* muvofiq respublika ixtisoslashtirilgan ulgurji baza-kontoralar ularning hududiy bazalari tarmogʻi bilan birga uyushma tarkibidan ixtiyoriy ravishda chiqish, keyinchalik ular mustaqil xoʻjalik yurituvchi subyekt sifatida faoliyat olib borishi toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
“Oʻzulgurjisavdoinvest” ulgurji savdo korxonalari Uyushmasining tashkiliy tuzilmasi va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar roʻyxati 3 va 3a-ilovalarga* muvofiq;
boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 25 nafar boʻlgan “Oʻzulgurjisavdoinvest” ulgurji savdo korxonalari Uyushmasi ijro etuvchi apparatining yangi tuzilmasi 4-ilovaga* muvofiq maʼqullansin.
4. Quyidagilar “Oʻzulgurjisavdoinvest” ulgurji savdo korxonalari Uyushmasining asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari deb belgilansin:
yetishtirilgan mahalliy oziq-ovqat mahsulotlarini, ayniqsa yangi meva-sabzavot mahsuloti, uzum va poliz mahsulotini jamlash hamda ularni eksportga yetkazib berishni tashkil qilish;
meva-sabzavot va kartoshka mahsulotlarini fermer hamda dehqon xoʻjaliklaridan xarid qilish, uni puxta saqlash va qish-bahor davrida aholini ushbu mahsulotlar bilan barqaror taʼminlash;
ichki isteʼmol bozori konyunkturasini marketing jihatdan oʻrganish, xususan qishloq joylardagi, olis hamda yetib borish qiyin boʻlgan aholi punktlaridagi chakana savdo tarmogʻini ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlari bilan ishonchli va uzluksiz taʼminlab turish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
ulgurji tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash boʻyicha ishlarni tashkil etish, tayyor oziq-ovqat tovarlari va yangi meva-sabzavot mahsulotlari uchun ixtisoslashtirilgan omborxonalar qurishni, rekonstruksiyalash va modernizatsiya qilishni taʼminlash, ularni zamonaviy ombor, savdo va muzlatish uskunalari bilan jihozlash;
uyushma tarkibiga kiruvchi ulgurji bazalar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda mahalliy oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar bilan aloqalarni yoʻlga qoʻyish va mustahkamlashda ularga koʻmaklashish.
5. “Oʻzulgurjisavdoinvest” Uyushmasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan hamkorlikda bir oy muddatda mazkur qarorning qoidalaridan kelib chiqqan holda uyushmaning Ustaviga va taʼsis shartnomasiga oʻzgartishlar kiritsin, ularni tasdiqlasin va belgilangan tartibda roʻyxatga olsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2006-yil 6-martdagi PQ-300-son qarorining 1 va 2-bandlari hamda uning 1 va 2-ilovalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan hamkorlikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning mazkur qarorga muvofiq holga keltirilishini taʼminlasin.
8. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 30-mart,
PQ-1514-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 12-13-son, 115-modda)