1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.08.00.00 Bojxona rasmiylashtiruvi]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 6-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2773]
Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi, “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 376-son “Tovarlarni bojxonada elektron shaklda deklaratsiyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror 2016-yil 21-apreldan kuchga kiradi.
Rais Z. DUSANOV
Toshkent sh.,
2016-yil 29-fevral,
01-02/15-07-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 29-fevraldagi 01-02/15-07-son qaroriga ILOVA
Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi, “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 18-iyuldagi PF-4455-son “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 376-son “Tovarlarni bojxonada elektron shaklda deklaratsiyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq bojxona yuk deklaratsiyasini (bundan buyon matnda BYD deb yuritiladi) toʻldirish tartibini belgilaydi.
1. Mazkur Yoʻriqnomada quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
joʻnatuvchi — oʻzaro tuzilgan bitimga muvofiq tovarlarni oʻz nomidan tashish uchun tashuvchiga taqdim etuvchi va u haqidagi maʼlumotlar transport hujjatlarida koʻrsatilgan shaxs;
moliyaviy tartibga solish uchun javobgar shaxs — tashqi savdo kontraktini (shartnomasi, kelishuvini) tuzgan va u boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirishga masʼul shaxs;
bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassis (bundan buyon matnda mutaxassis deb yuritiladi) — deklarant yoki bojxona brokeri nomidan BYDni toʻldirish, imzolash va bojxona organlariga taqdim etish uchun vakolatli shaxs;
elektron BYD — mutaxassisning elektron raqamli imzosi (bundan buyon matnda ERI deb yuritiladi) bilan tasdiqlangan, “Tovarlarni elektron deklaratsiyalash” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (bundan boʻyon matnda TEDAAT deb yuritiladi) vositasida taqdim etilgan elektron shakldagi BYD yoki qogʻoz shakldagi BYDning elektron tashuvchida taqdim etilgan elektron nusxasi;
qabul qiluvchi — u bilan tuzilgan bitimga muvofiq yuk tashishni amalga oshirayotgan tashuvchi taqdim etishi lozim boʻlgan, tovarlarni oʻz nomidan qabul qilib oluvchi va u haqidagi maʼlumotlar transport hujjatlarida koʻrsatilgan shaxs, tovarlarning bojxona rejimi oʻzgargan hollarda esa — BYD taqdim qilinayotgan vaqtda bojxona rasmiylashtiruvidan soʻng deklaratsiyalanayotgan tovarlarni bojxona organlaridan oʻz tasarrufiga olish vakolatiga ega boʻlgan shaxs.
2. BYDni qoʻllagan holda tovarlarni deklaratsiyalash bojxona maqsadlari uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni elektron shaklda TEDAATga kiritish orqali yoki qonun hujjatlarida belgilangan holatlarda A4 formatdagi varaqlarda qogʻoz shakldagi BYDni qoʻllagan holda amalga oshiriladi.
3. Elektron BYD bojxona organlariga belgilangan format va tuzilishga muvofiq taqdim etilishi lozim.
4. Bitta BYDda bitta tovar turkumiga oid boʻlgan, bitta bitimga muvofiq olib oʻtilayotgan va bir xil bojxona rejimiga joylashtirilayotgan tovarlar deklaratsiyalanishi mumkin.
Agar bitta tovar turkumiga oid boʻlgan tovarlar turli bojxona rejimlariga joylashtirilayotgan boʻlsa, u holda toʻldiriladigan BYDlar soni bojxona rejimlari soniga muvofiq boʻlishi lozim.
5. Deklarant bitta bojxona organiga taqdim etilayotgan bir tovar turkumiga oid tovarlarni bir nechta BYD bilan deklaratsiyalashi mumkin, Interpretatsiyalashning 2a asosiy qoidasiga muvofiq yigʻilmagan yoki ajratilgan tovarning tarkibiy qismlari deb hisoblanadigan va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasining (bundan boʻyon matnda TIF TN deb yuritiladi) yigʻilgan yoki tugallangan tovarga mos keluvchi pozitsiyasida tasniflanadigan tovarlar bundan mustasno.
6. Bitta BYDda koʻpi bilan 100 ta nomdagi tovarlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bayon etilishi mumkin.
7. Bir nom, tur, markadagi, TIF TNga asosan bitta oʻn raqamli kod bilan tasniflanuvchi, bir mamlakatdan yoki bir iqtisodiy ittifoq hududidan (agar tovarning aniq kelib chiqish mamlakatini aniqlash imkoni boʻlmasa) kelib chiqqan yoxud kelib chiqish mamlakati nomaʼlum boʻlgan, boj-tariflarini tartibga solish, taqiq va cheklovlarning bir xil shartlari qoʻllaniladigan tovarlar bitta tovar sifatida deklaratsiyalanadi.
8. Olib kirilib, erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilayotgan hamda bir xil TIF TN kodlari bilan tasniflanayotgan, lekin turli nom, tovar belgilari, marka, model, texnik tavsifga ega boʻlgan, oʻz ehtiyoji uchun moʻljallanmagan isteʼmol tovarlari (TIF TNning 4901, 4902, 4908 — 4911 tovar pozitsiyalari bilan tasniflanuvchi, shuningdek “Navoiy” erkin iqtisodiy industrial zonasi hududidan olib kirilayotgan tovarlar bundan mustasno) turli tovarlar sifatida alohida deklaratsiyalanadi.
9. BYD oʻzbek yoki rus tilida tushunarli toʻldirilgan boʻlishi lozim.
BYDda oʻchirishlar va boʻyashlar boʻlmasligi kerak. Tushunarsiz toʻldirilgan BYDlar bojxona organlari tomonidan rasmiylashtirish uchun qabul qilinmaydi.
10. BYDga mazkur Yoʻriqnomada koʻzda tutilmagan maʼlumotni kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
11. Tovarning kuzatuv hujjatlarida shaxslar, tovarlar, transport vositalari nomlanishlari va boshqa maʼlumotlarning lotin yoki boshqa (arab, xitoy va h.k.) alifbolar harflarida yozilganligi holatlari uchrasa, u holda bunday maʼlumotlar BYDda lotin alifbosi harflari bilan, kirill alifbosidagi nomlanishlar kirill alifbosi harflari bilan yoziladi.
Masalan:
shaxsning nomi — “Central global cargo Gmbh”, “Xinjiang zhongtai chemical Co., LTD”, “Magnitogorskiy metallurgicheskiy kombinat”, Kupriyanov Igor Mixaylovich;
avtotransport vositasi nomi — texnik vosita pasporti yoki rasmiy spravochniklarga muvofiq — “Toyota land cruiser”, “BMW 523i”, “MAN”, “KAMAZ”, “MAZ”;
tovar nomi — “Mars”, “Adidas”, “Alyonka”, “Russkoye pole”.
12. BYD taqdim etilgandan soʻng bojxona organi mansabdor shaxsi BYDning toʻgʻri toʻldirilganligini, bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur hujjatlar mavjudligining dastlabki tekshiruvini amalga oshiradi.
Dastlabki tekshiruv natijasida kamchiliklar aniqlansa ushbu kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida bojxona organi mansabdor shaxsi bu haqida mutaxassisni xabardor qiladi.
Deklaratsiyalanayotgan tovarlarga nisbatan qonun hujjatlarida mavjud bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha imtiyozlar va preferensiyalardan foydalanilmaganligi hamda ushbu imtiyozlar va preferensiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning BYDni tegishli grafalarida aks ettirilmaganligi ham kamchilik hisoblanadi.
Bojxona organi tomonidan BYDning qabul qilinganligini rasmiylashtirish u topshirilgan kunda, roʻyxatdan oʻtkazish orqali amalga oshiriladi. Bojxona organi BYDni mazkur Yoʻriqnomaning 90-bandiga muvofiq tartibda uning 7-grafasini toʻldirish orqali roʻyxatga oladi.
13. BYDning rasmiylashtirilishi mazkur Yoʻriqnomaning 90-bandida belgilangan tartibda BYDning “D” grafasini toʻldirilishi bilan yakunlanadi.
14. Bojxona rasmiylashtiruvi va bojxona nazorati yakunlangandan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 184-moddasi uchinchi qismida koʻrsatilgan muddat davomida quyida koʻrsatilgan hujjatlarning saqlanishi taʼminlanadi:
deklarant tomonidan — BYD hamda BYDni rasmiylashtirish uchun asos boʻlgan hujjatlar;
bojxona brokeri tomonidan — elektron BYD hamda BYDni rasmiylashtirish uchun asos boʻlgan elektron hujjatlar, BYD qogʻoz shaklda rasmiylashtirilgan holatlarda esa qogʻoz shakldagi BYDning ikkinchi nusxasi va BYDni rasmiylashtirish uchun asos boʻlgan hujjatlarning nusxalari;
bojxona organlari tomonidan — elektron BYD hamda BYDni rasmiylashtirish uchun asos boʻlgan elektron hujjatlar, BYD qogʻoz shaklda rasmiylashtirilgan holatlarda esa qogʻoz shakldagi BYDning birinchi nusxasi va BYDni rasmiylashtirish uchun asos boʻlgan hujjatlarning nusxalari.
15. Elektron shaklda deklaratsiyalashda barcha maʼlumotlar elektron BYDning tegishli grafalarida yoki ushbu grafa uchun ajratilgan detallashtirilgan jadvallarda toʻliq koʻrsatiladi va BYDning boshqa grafalariga, qoʻshimcha ilova qilinadigan varaqlarga yoki boshqa shu kabi havolalar qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
16. Elektron shaklda deklaratsiyalashda bojxona organlari BYDni qogʻozga chop etmaydilar va qogʻozdagi BYD nusxalarini imzo va muhr bilan tasdiqlab bermaydilar, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida koʻzda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq BYD qogʻozga chop etilganda bojxona organining vakolatli mansabdor shaxsi elektron BYDdagi maʼlumotlar aks ettirilgan har bir varaqqa tegishli shtamp qoʻyadi, uni oʻz imzosi va shaxsiy raqamli muhri (agar bojxona organi mansabdor shaxsiga shaxsiy raqamli muhr biriktirilmagan boʻlsa, bojxona organining muhri) bilan tasdiqlaydi, qogʻozning yuqori oʻng burchagini esa “Nusxa” yozuvi bilan belgilaydi.
17. Qogʻoz shaklda deklaratsiyalashda BYD mazkur Yoʻriqnomaning 1-ilovasiga muvofiq BYDning asosiy varagʻi, bir nechta tovarlarni deklaratsiyalashda esa mazkur Yoʻriqnomaning 2-ilovasiga muvofiq BYDning qoʻshimcha varagʻidan iborat boʻladi.
BYDning asosiy varagʻida bitta tovar toʻgʻrisida, bitta qoʻshimcha varagʻida esa uchta tovar toʻgʻrisida maʼlumotlar koʻrsatilishi mumkin (bir vaqtning oʻzida asosiy varaqqa 33 tadan koʻp boʻlmagan qoʻshimcha varaqlar ilova qilinishi mumkin).
Agar mazkur Yoʻriqnomada qoʻshimcha varaqlarning alohida grafalari uchun toʻldirishning oʻziga xos xususiyatlari belgilanmagan boʻlsa, BYD qoʻshimcha varaqlaridagi grafalarni toʻldirish tartibi BYD asosiy varagʻidagi mos grafalarni toʻldirish tartibiga muvofiq amalga oshiriladi.
Agar BYDning qoʻshimcha varagʻida bitta yoki ikkita tovar deklaratsiyalanayotgan boʻlsa, qoʻshimcha varaqning toʻldirilmagan qismidagi 31-grafaga diagonal chiziq tortiladi.
18. BYD qogʻoz shaklda taqdim etilganda, BYDning biror bir grafasida bayon etilayotgan maʼlumotlarni (korxona nomi, vagon, konteyner raqamlari va h. k.) koʻrsatish uchun joy yetarli boʻlmasa, ushbu maʼlumotlar BYDning orqa tomonida yoki qoʻshimcha ilova qilinadigan, BYDning ajralmas qismi boʻlgan A4 formatdagi varaqlarda koʻrsatilishi mumkin. Bunday yozuv mutaxassisning imzosi va mutaxassis shtatida boʻlgan tashkilotning muhri (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) bilan tasdiqlanadi, tegishli grafada esa “BYDning orqa tomoniga qarang” yoki “qoʻshimcha varaqqa qarang” yozuvi qayd etiladi.
Bunda BYDning asosiy va qoʻshimcha varaqlarining orqa qismida yoki qoʻshimcha ilova qilinadigan varaqlarda grafa raqami va deklaratsiyalanayotgan tovarning tartib raqami (agar maʼlumotlar aniq bir tovarga taalluqli boʻlsa) koʻrsatiladi va mazkur Yoʻriqnomaning 4 — 19-boblarida belgilangan tartibda ushbu grafada bayon etiladigan maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Har bir ilova qilinadigan qoʻshimcha varaqning yuqori oʻng burchagida “__________ sonli BYDga ____ varaqda qoʻshimcha”, deklaratsiyalanayotgan tovarning tartib raqami “____-sonli tovar” tarzida hamda har bir tovar boʻyicha grafa raqami koʻrsatiladi.
19. Qogʻoz shaklda deklaratsiyalashda BYD bojxona organlariga toʻrt nusxada taqdim etiladi. Ushbu nusxalar quyidagicha taqsimlanadi:
birinchi nusxa — bojxona organlari ish yigʻma jildlarida qoladi;
ikkinchi nusxa — shtatida mutaxassis boʻlgan bojxona brokeri yoki deklarant uchun;
uchinchi va toʻrtinchi nusxalar — deklarant uchun.
4-bob. Eksport bojxona rejimiga joylashtirilayotgan tovarlarga BYDni toʻldirish
20. Eksport bojxona rejimiga joylashtirishda tovarlar bojxona organlariga mazkur Yoʻriqnomaning 21 va 22-bandlariga muvofiq toʻldirilgan BYDni taqdim etish orqali deklaratsiyalanadi.
Grafaning birinchi boʻlmasida tovarlarni olib oʻtish yoʻnalishi koʻrsatiladi — “EK”.
Grafaning ikkinchi boʻlmasida mazkur Yoʻriqnomaning 3-ilovasida keltirilgan Bojxona rejimlari tasniflagichiga muvofiq bojxona rejimining ikki raqamli kodi koʻrsatiladi.
Tovarlar elektron shaklda deklaratsiyalanganda grafaning uchinchi boʻlmasida “ED” yozuvi koʻrsatiladi. Tovarlar qogʻoz shaklda deklaratsiyalanganda ushbu boʻlma toʻldirilmaydi;
Agar tovarlarni eksportchisi ham, joʻnatuvchisi ham bir shaxs boʻlsa:
jismoniy shaxs uchun — uning familiyasi, ismi, otasining ismi va doimiy yashash manzili, telefon raqami hamda shaxsini tasdiqlovchi hujjat haqidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
yuridik shaxs uchun — uning qisqacha nomi va joylashgan yeri (yuridik manzili), telefon raqami hamda elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa) koʻrsatiladi.
Masalan:
“Trans group” MCHJ
Toshkent shah., Yunusobod tumani, Uch terak koʻch., 3-uy, 19-xonadon, telefon: +99871-999-99-99, elektron pochta: pochta@pochta.uz”.
Agar eksportchi va yukni joʻnatuvchi nomidan yuridik shaxsning tarkibiy tuzilmasi qatnashayotgan boʻlsa, tarkibiy tuzilmaning qisqacha nomi, joylashgan yeri (yuridik manzili), telefon raqami va elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa), shuningdek yuridik shaxs toʻgʻrisida yuqorida qayd etilgan maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Masalan:
“Vodiy-Fargʼona” MCHJ
Fargʻona viloyati, Fargʻona shah., Sanoat koʻch., 2-uy, telefon: 8-373-999-99-99, elektron pochta: pochta@pochta.uz
“Vodiy” MCHJning filiali
Andijon viloyati, Andijon shah., Bobur koʻchasi, 597-uy, telefon: 8-374-999-99-99, elektron pochta: pochta@pochta.uz”.
Agar eksportchi va yukni joʻnatuvchi turli shaxslar boʻlsa, yaʼni joʻnatuvchi tovarni eksportchi yoki boshqa shaxsning topshirigʻiga asosan joʻnatayotgan boʻlsa, yoxud shunga oʻxshash boshqa holatlarda grafada avval eksportchining (tovarni yetkazib berish toʻgʻrisida topshiriq bergan shaxsning) qisqacha nomi, soʻngra joʻnatuvchining qisqacha nomi, joylashgan yeri (yuridik manzili), telefon raqami va elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa) koʻrsatiladi.
Grafaning yuqori oʻng burchagida “№” belgisidan soʻng eksportchining KTUT kodi, soʻngra “/” belgisidan soʻng yukni joʻnatuvchining KTUT kodi koʻrsatiladi. Yukni joʻnatuvchi nomidan uning tarkibiy tuzilmasi ishtirok etayotgan holatlarda tarkibiy tuzilmaning KTUT kodi koʻrsatiladi.
KTUT kodi mavjud boʻlmagan tashkilotlarga (diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlarning vakolatxonalari, xorijiy davlatlar hukumat tashkilotlarining iqtisodiy, texnik hamkorlik, gumanitar yordam koʻrsatish boʻyicha vakolatxonalari, doimiy muassasalar, shuningdek KTUT kodiga ega boʻlmagan boshqa yuridik shaxslar) tegishli tovarlarni deklaratsiyalashda “99999999” kodi koʻrsatiladi.
Grafaning pastki qismida “№” belgisidan soʻng eksportchining STIRi, soʻngra “/” belgisidan soʻng yukni joʻnatuvchining STIRi koʻrsatiladi. STIRga ega boʻlmagan shaxslar tomonidan olib oʻtilayotgan tovarlarni deklaratsiyalashda “999999999” kodi koʻrsatiladi.
Tovarlarni qogʻoz shaklda deklaratsiyalashda qoʻshimcha varaqlarda ushbu grafa toʻldirilmaydi;
3) 3-grafa. “Qoʻshimcha varaqlar”.
Grafaning birinchi boʻlmasida varaqning tartib raqami, ikkinchi boʻlmasida taqdim etilayotgan BYD varaqlarining umumiy soni (asosiy va qoʻshimcha varaqlari yigʻindisi) koʻrsatiladi.
Masalan, agar BYD ikkita qoʻshimcha varaqlarga ega boʻlsa BYDning asosiy varagʻida “1/3”; birinchi qoʻshimcha varagʻida “2/3”; ikkinchi qoʻshimcha varagʻida “3/3” koʻrsatiladi. Agar BYD qoʻshimcha varaqlarga ega boʻlmasa “1/1” koʻrsatiladi.
Tovarlar elektron shaklda deklaratsiyalanganda grafada, elektron BYD qogʻozga chop etilgandagi kabi varaqning tartib raqami va BYD varaqlarining umumiy soni mazkur kichik bandda belgilangan tartibda koʻrsatiladi;
4) 5-grafa. “Tovarlar nomlarining umumiy soni”.
Grafada BYDning 31-grafalarida koʻrsatilgan tovarlar nomlarining umumiy soni yoziladi. Bu son BYDning toʻldirilgan 31-grafalari soniga muvofiq boʻlishi lozim;
5) 7-grafa. “BYDning roʻyxat raqami”.
Grafada mazkur Yoʻriqnomaning 4-ilovasida keltirilgan Bojxona postlari tasniflagichiga muvofiq BYDni rasmiylashtirish uchun taqdim etiladigan bojxona postining beshta raqamli kodi koʻrsatiladi;
Grafada transport hujjatlarida tovarlarni qabul qiluvchi sifatida koʻrsatilgan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qayd etiladi.
Grafada quyidagilar koʻrsatiladi:
yukni qabul qiluvchi jismoniy shaxs boʻlsa — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, uning yashash manzili (mazkur Yoʻriqnomaning 5-ilovasida keltirilgan Dunyo mamlakatlari tasniflagichiga muvofiq mamlakatning qisqa nomi va manzili);
yukni qabul qiluvchi yuridik shaxs boʻlsa — uning qisqacha nomi va joylashgan yeri (Dunyo mamlakatlari tasniflagichiga muvofiq mamlakatning qisqa nomi va manzili).
Masalan:
“Alibayev Nuridin Kamalovich
Qozogʻiston, Almati sh., Suyunbay shoh koʻchasi, 450-uy”
yoki ““Ros-Torg” MCHJ
Rossiya, Ivanovo sh., Smirnov koʻch., 62-uy”.
Agar yukni qabul qiluvchi tovarni boshqa shaxsning topshirigʻiga koʻra qabul qilayotgan boʻlsa yoki shunga oʻxshash boshqa holatlarda grafada avval yukni qabul qiluvchining qisqacha nomi va joylashgan yeri (yuridik manzili), soʻngra tovarni qabul qilib olish toʻgʻrisida topshiriq bergan shaxsning qisqacha nomi va joylashgan yeri (yuridik manzili) koʻrsatiladi.
Masalan:
“Ros-Torg” MCHJ
Rossiya, Ximki shah., Karlov koʻch., 362-uy
“Faraon” MCHJ topshirigʻiga asosan
Rossiya, Moskva shah., Bolshaya polyanka koʻch., 563”.
Tovarlarni qogʻoz shaklda deklaratsiyalashda qoʻshimcha varaqlarda ushbu grafa toʻldirilmaydi;
7) 9-grafa. “Moliyaviy tartibga solish uchun javobgar shaxs”.
Grafada tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvini) tuzgan va ushbu kontrakt (shartnoma, kelishuv) boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun javobgar boʻlgan yuridik shaxsning qisqacha nomi, joylashgan yeri (yuridik manzili), telefon raqami va elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa) yoki jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash manzili, telefon raqami va shaxsini tasdiqlovchi hujjati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Grafaning pastki qismida “№” belgisidan soʻng STIR koʻrsatiladi. STIRga ega boʻlmagan shaxslar tomonidan olib oʻtilayotgan tovarlarni deklaratsiyalashda “999999999” kodi koʻrsatiladi.
BYDning 9-grafasida koʻrsatilgan shaxs bilan tashqi savdo kontraktini (shartnomasini, kelishuvini) tuzgan shaxs roʻyxatga olingan yoki doimiy yashaydigan, mazkur kontraktga (shartnomaga, kelishuvga) muvofiq tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan yoki uning ijrosi yuzasidan tovarlarning bojxona rejimi oʻzgartirilayotgan mamlakat savdo qilinayotgan mamlakat hisoblanadi.
Tovarlarning bojxona chegarasi orqali olib oʻtilishi yoki ularning bojxona rejimining oʻzgarishi tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) ijrosi boʻyicha amalga oshirilmayotgan boʻlsa, Dunyo mamlakatlari tasniflagichiga muvofiq mamlakatning raqamli kodi tovarning kuzatuv hujjatlari asosida koʻrsatiladi;
Grafada, raqamli kodi BYDning 22-grafasida koʻrsatilgan valyutada, deklaratsiyalanayotgan tovarlarning umumiy bojxona qiymati koʻrsatiladi. Tovarlarning umumiy bojxona qiymatini BYDning 45-grafalaridagi tovarlarning bojxona qiymatlari yigʻindisi tashkil qiladi;
10) 13-grafa.
Grafada Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan, BYD bojxona rasmiylashtiruviga qabul qilingan kundagi AQSH dollarining Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasiga nisbatan kursi koʻrsatiladi;
11) 14-grafa. “Deklarant/bojxona brokeri”.
Grafada BYDni toʻldirgan va bojxona organiga taqdim etayotgan mutaxassis shtatida boʻlgan bojxona brokeri yoki deklarantning qisqacha nomi, joylashgan yeri (yuridik manzili), telefon raqami va elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa) koʻrsatiladi.
Grafada tovarlar kelib tushadigan mamlakatning Dunyo mamlakatlari tasniflagichiga muvofiq qisqa nomi koʻrsatiladi.
Tovarlar kelib tushadigan mamlakat — tovarlar yetkazib berilishi lozim boʻlgan soʻnggi mamlakat;
13) 17a-grafa. “Kelib tushadigan mamlakat kodi”.
Grafada tovarlar kelib tushadigan mamlakatning Dunyo mamlakatlari tasniflagichiga muvofiq raqamli kodi koʻrsatiladi;
14) 18-grafa. “Joʻnatish/yetkazib berish vaqtidagi transport vositasi”.
Grafada Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidagi oʻtkazish punktiga yetkazib berish uchun tovarlar yuklanishi lozim boʻlgan transport vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Grafaning chap boʻlmasida transport vositalari soni yoziladi, soʻngra bitta boʻsh joy (probel) qoldirilib, mazkur Yoʻriqnomaning 6-ilovasida keltirilgan Transport turlari tasniflagichiga muvofiq transport vositasining qisqacha nomi, soʻngra ikki nuqtadan keyin orasiga “;” ajratish belgisi qoʻyilgan holda bojxona chegarasidagi oʻtkazish punktiga yetkazib berish uchun tovarlar yuklanayotgan transport vositasi toʻgʻrisidagi, tovar bojxona chegarasini kesib oʻtgunga qadar qayta yuklanadigan holatlarda esa tovarlarni qayta yuklash joyigacha yetkazib beradigan transport vositasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi (dengiz yoki daryo kemasi nomi, havo kemasining reys va bort raqami, temir yoʻl vagoni raqami, yoʻl transport vositasining roʻyxat raqami va shu kabi maʼlumotlar).
Agar tovarlar avtotransport vositalari sostavi bilan olib oʻtilayotgan boʻlsa, transport vositasining roʻyxat raqamidan soʻng “/” ajratish belgisi qoʻyilgan holda pritseplar, yarim pritseplar va h.k. raqamlari koʻrsatiladi.
Grafaning oʻng boʻlmasida transport vositasi tegishli boʻlgan mamlakatning Dunyo mamlakatlari tasniflagichiga muvofiq raqamli kodi koʻrsatiladi.
Agar tashishda avtotransport vositalari sostavidan foydalanilgan boʻlsa, ushbu transport vositalarni (pritseplarni, yarim pritseplarni va h.k.) harakatga keltiruvchi avtotransport vositasi roʻyxatga olingan mamlakatning raqamli kodi koʻrsatiladi.
Agar transport vositalari bir nechta davlatlarga tegishli boʻlsa, grafaning chap boʻlmasida transport vositalari soni, soʻngra boʻsh joy (probel) qoldirilib, “BYDning orqa tomoniga qarang” havolasi yoziladi (qogʻoz shakldagi BYDda), grafaning oʻng boʻlmasidan “999” kodi qoʻyiladi. Qogʻoz shakldagi BYDning orqa tomonida Transport turlari tasniflagichiga muvofiq transport vositasining qisqacha nomi, soʻngra ikki nuqtadan keyin transport vositalari raqami va chiziqchadan soʻng, transport vositasi tegishli boʻlgan mamlakatning raqamli kodi koʻrsatiladi.
Elektron BYDda bunday havola qilinmaydi va barcha maʼlumotlar elektron BYDning bevosita oʻzida koʻrsatiladi.
Tovarlar elektr uzatish liniyalari yoki quvur transporti orqali olib oʻtilganda grafada Transport turlari tasniflagichiga muvofiq transport vositasining qisqacha nomi koʻrsatiladi: “TRUBOPROVOD”, “LEP”;
Grafada tashqi savdo bitimi asosida tovarlarni yetkazib berish shartlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi. Tovarlar begʻaraz asosda olib oʻtilayotganda tovarlarni yetkazib berish shartlari tovarning kuzatuv hujjatlari asosida koʻrsatiladi.
Grafaning birinchi boʻlmasida mazkur Yoʻriqnomaning 7-ilovasida keltirilgan Yetkazib berish shartlari tasniflagichiga muvofiq yetkazib berish shartining raqamli kodi koʻrsatiladi.
Grafaning ikkinchi boʻlmasida Yetkazib berish shartlari tasniflagichiga muvofiq geografik punkt koʻrsatilgan holda yetkazib berish shartining harfli kodi qayd etiladi, qavs ichida geografik punkt joylashgan mamlakatning Dunyo mamlakatlari tasniflagichiga muvofiq harfli kodi koʻrsatiladi.
Agar geografik punkt ikki mamlakat chegarasida joylashgan boʻlsa qavs ichida orasiga chiziqcha qoʻyilib ushbu mamlakatlarning harfli kodlari koʻrsatiladi.
Grafaning uchinchi boʻlmasida tashqi savdo kontraktiga (shartnomasiga, kelishuviga) shartlariga muvofiq BYD asosida eksport qilinayotgan tovarlar uchun qoʻllaniladigan hisob-kitoblar shaklining ikki raqamli kodi koʻrsatiladi:
“10” — oldindan toʻlov;
“20” — akkreditiv;
“30” — xaridor banki kafolati;
“40” — eksport kontraktlarini siyosiy va tijorat xavflaridan sugʻurtalash polisi;
Grafada tovarlar amalda Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan olib oʻtiladigan transport vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Grafaning chap boʻlmasida transport vositalari soni yoziladi, soʻngra bitta boʻsh joy (probel) qoldirilib, Transport turlari tasniflagichiga muvofiq transport vositasining qisqacha nomi, soʻngra ikki nuqtadan keyin orasiga “;” ajratish belgisi qoʻyilgan holda tovarlar bojxona hududidan tashqariga olib chiqib ketiladigan transport vositasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi (dengiz yoki daryo kemasi nomi, havo kemasining reys va bort raqami, temir yoʻl vagoni raqami, yoʻl transport vositasining roʻyxat raqami va shu kabi maʼlumotlar).
Agar tovarlar avtotransport vositalari sostavi bilan tashilayotgan boʻlsa, transport vositasi roʻyxat raqamidan soʻng “/” ajratish belgisi qoʻyilgan holda pritseplar, yarim pritseplar va h.k. raqamlari koʻrsatiladi.
Masalan:
2 AVTO: A987SA/K118DS; S654DA/P312LK.
Grafaning oʻng boʻlmasida Dunyo mamlakatlari tasniflagichiga muvofiq transport vositasi tegishli boʻlgan mamlakatning raqamli kodi koʻrsatiladi.
Agar tovarlarni tashishda avtotransport vositalari sostavidan foydalanilgan boʻlsa, ushbu transport vositalarni (pritseplarni, yarim pritseplarni va h.k.) harakatga keltiruvchi avtotransport vositasi roʻyxatga olingan mamlakatning raqamli kodi koʻrsatiladi.
Agar transport vositalari bir nechta davlatlarga tegishli boʻlsa, grafaning chap boʻlmasida transport vositalari soni, soʻngra boʻsh joy (probel) qoldirilib, “BYD orqa tomoniga qarang” (qogʻoz shakldagi BYDda) havolasi yoziladi, grafaning oʻng boʻlmasida “999” kodi qoʻyiladi. Qogʻoz shakldagi BYDning orqa tomonida Transport turlari tasniflagichiga muvofiq transport vositasining qisqacha nomi, soʻngra ikki nuqtadan keyin transport vositalari raqami va chiziqchadan soʻng, transport vositasi tegishli boʻlgan mamlakatning raqamli kodi koʻrsatiladi.
Elektron BYDda bunday havola qilinmaydi va barcha maʼlumotlar elektron BYDning bevosita oʻzida koʻrsatiladi.
Tovarlar elektr uzatish liniyalari yoki quvur transporti orqali olib oʻtilganda grafada Transport turlari tasniflagichiga muvofiq transport vositasining qisqacha nomi koʻrsatiladi: “TRUBOPROVOD”, “LEP”.
Grafa deklarantda tovarlar bojxona hududidan olib chiqib ketiladigan transport vositasi toʻgʻrisida maʼlumot mavjud boʻlmaganda toʻldirilmaydi (masalan, tovarlar bojxona nazorati ostida qayta yuklanadigan holatlarda);
18) 22-grafa. “Valyuta va tovarlarning umumiy faktura qiymati”.
Grafaning chap boʻlmasida mazkur Yoʻriqnomaning 8-ilovasida keltirilgan Valyutalar tasniflagichiga muvofiq tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) valyutasining raqamli kodi koʻrsatiladi.
Tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) valyutasi deganda yetkazib berilayotgan tovar tashqi savdo kontraktiga (shartnomasiga, kelishuviga) muvofiq baholangan valyuta tushuniladi. Agar tovar tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) ijrosi boʻyicha olib oʻtilmayotgan boʻlsa, valyuta kodi tovarning kuzatuv hujjatlari asosida koʻrsatiladi.
Grafaning oʻng boʻlmasida raqamlarda deklaratsiyalanayotgan tovarlar turkumining umumiy faktura qiymati koʻrsatiladi. Umumiy faktura qiymatini BYDning 42-grafalaridagi tovarlarning faktura qiymatlari yigʻindisi tashkil qiladi;
19) 23-grafa. “Valyuta kursi”.
Grafada raqamli kodi BYDning 22-grafasida koʻrsatilgan valyutaning Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan, BYD bojxona rasmiylashtiruviga qabul qilingan kundagi Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasiga nisbatan kursi koʻrsatiladi.
Masalan:
agar 1 Rossiya rubli = 63,41 soʻm boʻlsa, grafada “1/63,41” koʻrsatiladi;
agar 10 Yapon yenasi = 220,09 soʻm boʻlsa, grafada “10/220,09” koʻrsatiladi;
agar valyuta kontrakti Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasi boʻlsa grafada “1/1” koʻrsatiladi;
20) 24-grafa. “Bitim xususiyati”.
Grafaning chap boʻlmasida mazkur Yoʻriqnomaning 9-ilovasida keltirilgan Bitim xususiyatlari tasniflagichiga muvofiq bitim xususiyatining kodi koʻrsatiladi.
Grafaning oʻng boʻlmasida Valyutalar tasniflagichiga muvofiq yetkazib berilayotgan tovar uchun kontragent bilan hisob-kitob valyutasining raqamli kodi koʻrsatiladi.
Hisob-kitob valyutasi deganda BYDni 9-grafasida koʻrsatilgan shaxsning tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) boʻyicha hisob-kitob amalga oshirilgan yoki amalga oshiriladigan valyuta, tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) mavjud boʻlmagan holatlarda tovarning kuzatuv hujjatlarida koʻrsatilgan valyuta tushuniladi;
21) 25-grafa. “Chegaradagi transport turi”.
Grafada Transport turlari tasniflagichiga muvofiq 21-grafada koʻrsatilgan transport vositasi turining kodi koʻrsatiladi.
Grafa deklarantda tovarlar bojxona hududidan olib chiqib ketiladigan transport vositasi toʻgʻrisida maʼlumot mavjud boʻlmaganda toʻldirilmaydi (masalan, tovarlar bojxona nazorati ostida qayta yuklanadigan holatlarda);
22) 26-grafa. “Mamlakat ichkarisidagi transport turi”.
Grafada Transport turlari tasniflagichiga muvofiq 18-grafada koʻrsatilgan transport vositasi turining kodi koʻrsatiladi;
23) 28-grafa. “Moliya va bank maʼlumotlari”.
Grafada bojxona toʻlovlarini toʻlovchi shaxsning moliyaviy va bank maʼlumotlari koʻrsatiladi, bunda maʼlumotlarning har biri yangi satrdan boshlanadi va ulardan har birining oldiga tartib raqami qoʻyiladi:
1 — toʻlovchining STIRi/bank STIRi (bojxona toʻlovlari Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti tomonidan toʻlanganda bojxona brokeri yoki deklarantning STIRi koʻrsatiladi);
Grafada Bojxona postlari tasniflagichiga muvofiq tovarlar Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqiladigan bojxona postining kodi va nomi koʻrsatiladi.
Elektr uzatish liniyalari yoki quvur transporti orqali olib oʻtiladigan tovarlarni deklaratsiyalashda nazoratni olib boruvchi postning kodi va nomi koʻrsatiladi;
25) 30-grafa. “Tovarlarni koʻrikdan oʻtkazish joyi”.
Grafada tovarlar faoliyat hududida turgan bojxona postining Bojxona postlari tasniflagichiga muvofiq kodi hamda BYDni taqdim etish vaqtida tovarlar turgan joy haqidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
agar tovarlar bojxona ombori yoki erkin omborda, yoxud boj olinmaydigan savdo doʻkonida turgan boʻlsa — bojxona ombori yoki erkin omborni, yoxud boj olinmaydigan savdo doʻkonini taʼsis etish uchun berilgan litsenziya raqami va sanasi;
agar tovarlar bojxona ombori maqomiga ega boʻlmagan joylarda turgan boʻlsa — tovar turgan joyning pochta manzili (pochta indeksini koʻrsatmagan holda);
agar tovarlar temir yoʻl stansiyasida turgan boʻlsa — temir yoʻl stansiyasining nomi.
Elektr uzatish liniyalari yoki quvur transporti orqali olib oʻtilayotgan tovarlarni deklaratsiyalashda grafa toʻldirilmaydi;
26) 31-grafa. “Yuk joylari va tovar tavsifi”. “Markirovka va miqdor — konteynerlar raqami — tovar tavsifi”.
Grafada deklaratsiyalanayotgan tovar haqida maʼlumot koʻrsatiladi. Tovar haqidagi maʼlumotlar TIF TN asosida tasniflash qoidalariga muvofiq deklaratsiyalanayotgan tovarlarni muayyan oʻn raqamli podsubpozitsiyada aniq tasniflash imkonini berishi lozim. Maʼlumotlarning har biri yangi satrdan boshlanadi va ulardan har birining oldiga tartib raqami qoʻyiladi:
1 raqami ostida quyidagilar koʻrsatiladi:
tovarning nomi (savdo, tijorat yoki boshqa anʼanaviy nomi), tovar belgilari, markalari, modellari, artikullari, navlari, standartlari va boshqa texnik va tijorat tavsiflari (davlat standartlari, texnik reglamentlar hamda standartlar va h.k.) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek deklaratsiyalanayotgan tovarning miqdoriy va sifat tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar. Elektron BYDda tovarning markasi va brendining nomi alohida ajratilgan maydonchada ham koʻrsatiladi;
agar bojxona toʻlovlarini hisoblash hamda undirish va (yoki) iqtisodiy siyosat choralarini (taqiqlar, cheklovlar va h.k.) qoʻllash uchun zarur boʻlsa, tovarning asosiy va qoʻshimcha oʻlchov birliklaridan farq qiluvchi oʻlchov birliklaridagi tavsifi va koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (miqdori va shartli belgisi), shuningdek tovar ishlab chiqarilgan (tayyorlangan) sana koʻrsatiladi.
Deklaratsiyalanayotgan tovarlarni tovar pozitsiyasining TIF TNda keltirilgan umumiy nomlanishi bilan koʻrsatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
2 raqami ostida quyidagilar koʻrsatiladi:
oʻramga ega boʻlgan tovarlar uchun — tovar egallagan yuk joylarining umumiy soni, tovar oʻrami turi va oʻramlar miqdori. Agar ushbu grafada deklaratsiyalanayotgan tovarlar yuk joylarining hammasini egallamasa grafada “qutining bir qismi” va shunga oʻxshash yozuvlar yoziladi. Bunda oʻram deganda tovarlarni oʻrash, himoyalash, joylashtirish va mustahkamlash yoki ajratish uchun moʻljallangan har qanday buyum va materiallar tushuniladi, uyum holda olib oʻtiladigan oʻrash materiallari (somon, qogʻoz, shisha tola, qipiq va shu kabilar) bundan mustasno;
sochilgan, uyumlangan, quyilgan holatda oʻramsiz olib oʻtiladigan tovarlar uchun tegishlicha “sochilgan holda”, “uyum holida”, “quyilgan holda” kabi yozuvlar koʻrsatiladi.
Elektr uzatish liniyalari yoki quvur transporti orqali tashiladigan tovarlarni deklaratsiyalashda 2 raqami ostida maʼlumotlar toʻldirilmaydi.
3 raqami ostida konteynerda tashiladigan tovar uchun yoki tovar sifatida konteyner rasmiylashtirilayotgan holatlarda — orasiga vergul qoʻyilib konteyner raqamlari koʻrsatiladi. Agar deklaratsiyalanayotgan tovarlar konteynerni toʻliq egallamagan boʻlsa konteyner raqamidan soʻng: “bir qismi” soʻzlari yoziladi. Elektron BYDda konteyner raqamlari alohida maydonchada har biri alohida koʻrsatiladi.
4 raqami ostida aksiz markalari bilan markalangan tovarlar uchun — har bir seriya boʻyicha aksiz markalari seriyalari, raqamlari va miqdori koʻrsatiladi.
Aksiz markalarining raqamlari ketma-ket kelayotgan boʻlsa, ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tegishli oraliqdagi birinchi va oxirgi raqam oʻrtasida chiziqcha “-” ajratuvchisini qoʻyish orqali yoziladi.
5 raqami ostida quvur transporti, elektr uzatish liniyalari orqali olib oʻtilayotgan tovarlarni deklaratsiyalashda quyidagi yozuvlar yoziladi: “XX.XX.XXXX dan XX.XX.XXXX gacha boʻlgan oraliqda yetkazib berish”. Bu yerda raqamli belgilar bilan tovarlarni yetkazib berish boshlangan “kun, oy, yil” va tugallangan “kun, oy, yil” koʻrsatiladi.
Grafaning pastki oʻng burchagida alohida ajratilgan joyda tovarlarning qoʻshimcha oʻlchov birligidagi miqdori va oʻlchov birligining TIF TNga muvofiq shartli belgilanishi koʻrsatiladi (qoʻshimcha oʻlchov birligining kodi 41-grafada aks ettiriladi). Elektron BYDda oʻlchov birligining shartli belgilanishi koʻrsatilmasdan, faqatgina tovarlarning qoʻshimcha oʻlchov birligidagi miqdori yoziladi.
Tovarlarning qoʻshimcha oʻlchov birligidagi miqdori verguldan keyingi ikkinchi belgigacha aniqlikda koʻrsatiladi.
Agar qoʻshimcha oʻlchov birligidagi tovar miqdori “0,01” dan kam boʻlsa grafada tovarning qoʻshimcha oʻlchov birligidagi miqdori verguldan keyingi oltinchi belgigacha aniqlikda koʻrsatiladi.
Faqatgina asosiy oʻlchov birligi “kg” qoʻllanilgan holatlarda — grafaning pastki oʻng burchagi toʻldirilmaydi.
Pastki chap burchakda, alohida ajratilgan maydonchada deklaratsiyalanayotgan tovar ishlab chiqarilgan (tayyorlangan, yetishtirilgan) tashkilotning KTUT kodi koʻrsatiladi.
Agar mazkur tovarning ishlab chiqaruvchisi nomaʼlum yoki bir nechta tashkilotlar tomonidan ishlab chiqarilgan boʻlsa, ushbu tovarni eksport qilayotgan tashkilotning KTUT kodi koʻrsatiladi;
Grafada 31-grafada deklaratsiyalanayotgan tovarning tartib raqami koʻrsatiladi.
Bitta nomdagi tovar deklaratsiyalanayotgan boʻlsa, grafada “1” raqami koʻrsatiladi;
28) 33-grafa. “Tovar kodi”.
Grafaning chap qismida 31-grafada deklaratsiyalanayotgan tovarning TIF TNga muvofiq oʻnta raqamli kodi koʻrsatiladi. Ushbu kod boʻsh joysiz (probelsiz) va boshqa ajratuvchi belgilarsiz yoziladi;
29) 34-grafa. “Kelib chiqish mamlakati kodi”.
Grafaning chap boʻlmasida 31-grafada deklaratsiyalanayotgan tovarni kelib chiqish mamlakatining Dunyo mamlakatlari tasniflagichiga muvofiq raqamli kodi koʻrsatiladi.
Agar bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida kelib chiqish mamlakati nomaʼlum boʻlsa, “000” kodi qoʻyiladi.
Agar tovarni kelib chiqish sertifikatida Yevropa ittifoqining aniq mamlakati koʻrsatilmay, tovarning kelib chiqish mamlakati sifatida Yevropa ittifoqi koʻrsatilgan boʻlsa, lotin harflari bilan ikki harfdan iborat “EU” kodi qoʻyiladi;
30) 35-grafa. “Brutto vazn (kg)”.
Grafada BYDning 31-grafasida deklaratsiyalanayotgan tovarning kilogrammdagi “brutto” ogʻirligi koʻrsatiladi. “Brutto” ogʻirlik deganda tovarning umumiy ogʻirligi, shu jumladan tovar muomalaga kiritilgunga qadar holatini oʻzgarmasligini taʼminlab turish uchun zarur boʻlgan uning barcha turdagi oʻramlari (konteyner va boshqa transport uskunalari bundan mustasno) bilan birgalikdagi ogʻirligi tushuniladi.
Brutto vazn matematik qoidalarga koʻra verguldan keyingi uchinchi raqamgacha yaxlitlanadi.
Agar tovarning umumiy ogʻirligi bir kilogrammdan kam boʻlsa, brutto vazn verguldan keyingi uch belgigacha aniqlikda koʻrsatiladi.
Agar tovarning umumiy ogʻirligi bir grammdan kam boʻlsa, brutto vazn verguldan keyingi olti belgigacha aniqlikda koʻrsatiladi.
Quvur transporti bilan olib oʻtilayotgan tovarlarni deklaratsiyalashda tovarning umumiy ogʻirligi koʻrsatiladi.
Grafa elektr uzatish liniyalari orqali olib oʻtiladigan tovarlarni deklaratsiyalashda toʻldirilmaydi;
31) 36-grafa. “Preferensiya”.
Grafada mazkur Yoʻriqnomaning 10-ilovasida keltirilgan Preferensiyalar, imtiyozlar va bojxona toʻlovlarini toʻlashning boshqa xususiyatlari tasniflagichiga muvofiq preferensiyalar, imtiyozlar va bojxona toʻlovlarini toʻlashni boshqa xususiyatlarining harfli kodlari quyidagi tartibda koʻrsatiladi:
1/2/3/4, bunda tegishlicha:
1 — bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona yigʻimlarini toʻlash xususiyatining kodi;
Grafada tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtish protsedurasining yetti belgili kodi koʻrsatiladi. Ushbu kod quyidagi uchta tarkibiy qismlardan iborat:
birinchi ikkita raqam — Bojxona rejimlari tasniflagichiga muvofiq bayon etilayotgan bojxona rejimi kodi;
keyingi ikkita raqam — Bojxona rejimlari tasniflagichiga muvofiq avvalgi bojxona rejimi kodi. Agar avvalgi bojxona rejimi mavjud boʻlmasa “00” koʻrsatiladi;
oxirgi uchta raqam — mazkur Yoʻriqnomaning 11-ilovasida keltirilgan Tovarlarni olib oʻtish xususiyatlari tasniflagichiga muvofiq deklaratsiyalanayotgan tovarlarni olib oʻtish xususiyati kodi. Agar tovarlarni olib oʻtish xususiyati belgilanmagan boʻlsa “000” koʻrsatiladi;
Grafada deklaratsiyalanayotgan tovarning kilogrammdagi “netto” ogʻirligi koʻrsatiladi.
Qadoqlangan holatda olib oʻtilayotgan tovar uchun:
deklaratsiyalanayotgan tovarning faqat birlamchi qadogʻini hisobga olgan holdagi ogʻirligi, agar tovarlar, isteʼmol xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, shunday qadoqda chakana savdoga chiqarilsa va (yoki) tovarni sotishda uning saqlanishini taʼminlaydigan birlamchi qadoqni tovarning isteʼmol xususiyatlarini buzmagan holda tovarni isteʼmol qilgunga qadar tovardan ajratib boʻlmaydigan (masalan, bankadagi kofe va h.k.) boʻlsa;
boshqa holatlarda deklaratsiyalanayotgan tovarning hech qanday qadoqsiz ogʻirligi.
Qadoqsiz (sochilgan, quyilgan, uyum holda) olib oʻtiladigan tovar uchun tovarning umumiy ogʻirligi koʻrsatiladi.
Netto vazn matematik qoidalarga koʻra verguldan keyingi uch belgigacha yaxlitlanadi.
Agar tovarning umumiy ogʻirligi bir kilogrammdan kam boʻlsa, netto vazn verguldan keyingi uch belgigacha aniqlikda koʻrsatiladi.
Agar tovarning ogʻirligi bir grammdan kam boʻlsa, netto vazn verguldan keyingi olti belgigacha aniqlikda koʻrsatiladi.
Quvur transporti bilan olib oʻtilayotgan tovarlarni deklaratsiyalashda tovarning BYDni 35-grafasida koʻrsatilgan ogʻirligi qayd etiladi.
Grafa elektr uzatish liniyalari orqali olib oʻtiladigan tovarlarni deklaratsiyalashda toʻldirilmaydi;
34) 39-grafa. “Kvota”.
Miqdoriy cheklovlar belgilangan tovarlarni deklaratsiyalashda toʻldiriladi.
Grafada olingan litsenziyaga muvofiq oʻlchov birligida ajratilgan kvotaning qoldigʻi koʻrsatiladi. Kvotaning qoldigʻini aniqlashda deklaratsiyalanayotgan tovar turkumi hisobga olinmaydi.
Masalan:
litsenziya boʻyicha ajratilgan kvota — 10000 kub. m; deklaratsiyalanayotgan tovarning birinchi turkumi — 4000 kub. m. 39-grafada — “10000 kub. m” koʻrsatiladi.
Mazkur litsenziya boʻyicha ajratilgan kvota hisobidan keyingi tovarlar turkumini rasmiylashtirishda 39-grafada kvota qoldigʻi — “6000 kub. m” koʻrsatiladi;
Tovarlar bayon etilayotgan bojxona rejimidan avval boshqa bojxona rejimiga joylashtirilgan boʻlsa, grafada tovarlarni avvalgi bojxona rejimiga joylashtirish uchun asos boʻlgan BYD haqida quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
avvalgi hujjatning kodi — ushbu holatda “GTD”;
avvalgi BYDning roʻyxat raqami;
ushbu tovarning avvalgi BYDning 32-grafasidagi tartib raqami;
avvalgi BYDning 32-grafasida koʻrsatilgan tovarning, rasmiylashtirilayotgan brutto vazni (kilogrammda);
avvalgi BYDning 32-grafasida koʻrsatilgan tovarning, rasmiylashtirilayotgan netto vazni (kilogrammda);
qoʻshimcha oʻlchov birligidagi miqdori (agar mavjud boʻlsa);
qoʻshimcha oʻlchov birligining TIF TNga muvofiq shartli belgilanishi (agar mavjud boʻlsa).
Masalan:
GTD 14010/31.03.2012/0353761 — 2 — 5980 kg — 5900 kg — 250,2 m3.
Agar deklaratsiyalanayotgan tovar avval bir nechta tovar turkumlariga boʻlingan holda bir nechta BYDlar bilan rasmiylashtirilgan boʻlsa, avvalgi rasmiylashtirilgan har bir BYD toʻgʻrisidagi maʼlumotlar alohida yangi qatordan yuqorida qayd etilgan tartibda koʻrsatiladi;
36) 41-grafa. “Qoʻshimcha oʻlchov birligi”.
Grafada TIF TNda keltirilgan “Oʻlchov birliklari jadvali”ga muvofiq 31-grafaning pastki oʻng boʻlmasida koʻrsatilgan tovar miqdorining qoʻshimcha oʻlchov birligi kodi koʻrsatiladi.
Agar mazkur tovar uchun TIF TNga muvofiq faqat asosiy oʻlchov birligi (kg) qoʻllanilsa, grafada uning kodi (166) koʻrsatiladi;
Grafada 31-grafada deklaratsiyalanayotgan tovarning tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) shartlariga muvofiq haqiqatda toʻlangan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan yoxud tovarlarni muqobil yetkazib berish bilan qoplanadigan faktura qiymati tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) valyutasida koʻrsatiladi.
Tovarlarni begʻaraz (toʻlovsiz) yetkazib berish asosida eksport qilishda yoki tovarlarni tashqi savdo kontraktini (shartnomasini, kelishuvini) tuzmagan holda yetkazib berishda tovarning faktura qiymati tovarning kuzatuv hujjatlari asosida koʻrsatiladi.
Naqd valyutani deklaratsiyalashda grafada olib oʻtilayotgan valyutaning summasi, nominal qiymatga ega qimmatli qogʻozlarni deklaratsiyalashda esa — qimmatli qogʻozlarning nominal qiymati koʻrsatiladi.
Faktura qiymati matematik qoidalarga koʻra verguldan soʻng ikki belgigacha aniqlikda yaxlitlanadi;
38) 43-grafa.
Grafada quyidagilar koʻrsatiladi:
“0” — agar yukni joʻnatuvchi oʻzi ishlab chiqarmagan mahsulotni eksport qilayotgan boʻlsa;
“1” — agar yukni joʻnatuvchi oʻzi ishlab chiqargan mahsulotni eksport qilayotgan boʻlsa;
Grafada BYDning 31-grafasida koʻrsatilgan har bir tovar haqida bayon etilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi, BYDni toʻldirishga asos boʻlgan hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Har bir hujjat toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mazkur Yoʻriqnomaning 12-ilovasidagi Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirishda foydalaniladigan hujjatlar va maʼlumotlar turlari tasniflagichiga muvofiq hujjatning tartib raqami va harfli kodini qoʻygan holda koʻrsatiladi (rekvizitlarning har biri yangi satrdan boshlanadi):
a) litsenziyalanadigan tovarlar uchun litsenziya roʻyxat raqami va berilgan sanasi hamda uning amal qilish muddati.
Masalan:
101 LITSENZIYA № 998344400002, 26.11.2015-y. Amal qilish muddati — 31.12.2015-y.;
b) transport va tijorat hujjatlarining raqami (roʻyxat raqami).
Masalan:
205 AVIA № 259-12586814, 18.11.2015-y.;
220 INV № 987, 15.11.2015-y.;
v) tovarning bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilayotgan kontrakt (shartnoma, kelishuv), kontraktga (shartnomaga, kelishuvga) qoʻshimcha kelishuvning raqami va sanasi hamda kontraktning (shartnomaning, kelishuvning) umumiy qiymati, hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma raqami, sanasi va qiymati.
g) normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan holatlarda, boshqa vakolatli organlar tomonidan taqdim etiladigan ruxsatnomalar, xulosalar va boshqa hujjatlarning (sertifikatlar, guvohnomalar va h.k.) roʻyxat raqami va berilgan sanasi.
Masalan:
417 SST № UZ.SMT.01.065.1783700, 15.10.2015-y.;
419 FTSS № 431771, 04.11.2015-y.;
d) tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida roʻyxatdan oʻtgan raqami va roʻyxatga olingan sanasi. Tovarlar yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan deklaratsiyalangan holatlarda yakka tartibdagi tadbirkorning eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish huquqi bilan davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma raqami va sanasi.
e) “6” raqamidan soʻng mazkur Yoʻriqnomaning 13-ilovasida keltirilgan Bojxona toʻlovlari tasniflagichiga muvofiq bojxona toʻlovi turining kodi, soʻngra mazkur Yoʻriqnomaning 14-ilovasida keltirilgan Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha imtiyozlar mavjudligini tasdiqlovchi va BYDning 44-grafasidagi maʼlumotlarni bayon etishda qoʻllaniladigan normativ-huquqiy hujjatlar tasniflagichiga muvofiq bojxona toʻlovlaridan ozod etishga asos boʻladigan normativ-huquqiy hujjat toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Bojxona toʻlovlarini toʻlashdan xalqaro shartnomaga muvofiq ozod etilganda “MD” kodi qoʻyiladi va shartnomaning toʻliq nomi va imzolangan sanasi koʻrsatiladi. Deklaratsiyalash qogʻoz shaklda amalga oshirilganda “MD” kodi koʻrsatiladi va “BYDning orqa tomoniga qarang” deb yoziladi. BYDning orqa tomonidan xalqaro shartnomaning toʻliq nomi va imzolangan sanasi koʻrsatiladi.
Bojxona toʻlovlaridan imtiyoz berishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat ijrosini taʼminlash maqsadida qoʻshimcha normativ huquqiy-hujjat qabul qilingan boʻlsa (masalan, bojxona toʻlovlarini toʻlashdan ozod etiladigan tovarlar roʻyxati belgilangan tartibda tasdiqlanadigan holatlarda) ikkita normativ-huquqiy hujjat toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: bojxona toʻlovlaridan imtiyozlar mavjudligini tasdiqlovchi asosiy normativ-huquqiy hujjat toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hamda qavs ichida qoʻshimcha normativ-huquqiy hujjat toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (masalan, bojxona toʻlovlarini toʻlashdan ozod etiladigan tovarlar roʻyxatini tasdiqlovchi hujjat kodi, raqami va sanasi).
j) tovarning kelib chiqish mamlakati sertifikati roʻyxat raqami va sanasi.
Masalan:
702 SPTEK № UZKZ50209586, 20.11.2015-y.;
z) bojxona rasmiylashtiruvida zarur boʻlgan boshqa hujjatlar va maʼlumotlar (bojxona toʻlovlarini kechiktirib toʻlash, vositachilik (garov va h.k.) bitimi, bojxona qonun hujjatlari buzilganligi toʻgʻrisida bayonnoma va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hujjatlar va maʼlumotlar);
Grafaning oʻng boʻlmasida 31-grafada deklaratsiyalanayotgan tovarning tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) valyutasidagi bojxona qiymati koʻrsatiladi.
Tovarlarni begʻaraz (toʻlovsiz) yetkazib berish asosida eksport qilishda yoki tovarlarni tashqi savdo kontraktini (shartnomasini, kelishuvini) tuzmagan holda yetkazib berishda tovarning bojxona qiymati tovarning kuzatuv hujjatlarida koʻrsatilgan valyutada keltiriladi.
Bojxona qiymati Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 19-sentabrdagi 198-son “Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan olib chiqilayotgan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash va deklaratsiyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori talablariga muvofiq aniqlanadi.
Bojxona qiymati matematik qoidalarga koʻra verguldan soʻng ikki belgigacha aniqlikda yaxlitlanadi;
41) 46-grafa. “Statistik qiymat”.
Grafada, 45-grafada keltirilgan bojxona qiymati asosida hisoblangan, matematik qoidalarga koʻra verguldan soʻng uch belgigacha aniqlikda yaxlitlangan, tovarning ming AQSH dollaridagi qiymati koʻrsatiladi.
Statistik qiymatni hisoblashda BYD bojxona rasmiylashtiruvi uchun qabul qilingan kunda amalda boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs qoʻllaniladi;
42) 47-grafa. “Bojxona toʻlovlarining hisobi”.
Bojxona toʻlovlari summalarini hisoblash BYDning 31-grafalarida bayon etilgan har bir tovar uchun bojxona toʻlovlari turlari boʻyicha alohida amalga oshiriladi. Bundan bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona yigʻimlari mustasno boʻlib, ular doim BYD asosiy varagʻining 47-grafasida (elektron BYDda 32-grafada 1 tartib raqami ostidagi tovarning 47-grafasida) koʻrsatiladi.
“Toʻlov turi” ustunida Bojxona toʻlovlari tasniflagichiga muvofiq bojxona toʻlovi turining kodi koʻrsatiladi.
“Hisoblash asosi” ustunida bojxona toʻlovini hisoblashning asosi koʻrsatiladi.
Hisoblash asosi Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida koʻrsatiladi. Quyidagi holatlar bundan mustasno:
agar qonun hujjatlari bilan hisoblash uchun asos xorijiy valyutada belgilangan boʻlsa, yoxud bojxona yigʻimlari xorijiy valyutada undirilishi koʻzda tutilgan boʻlsa (masalan, erkin bojxona zonalari va erkin omborlar hududlarida bojxona yigʻimlarini undirishda) hisoblash uchun asos Valyutalar tasniflagichiga muvofiq valyutaning harfli kodini qoʻygan holda xorijiy valyutada keltiriladi;
agar qonun hujjatlarida hisoblash uchun asos pul birliklarida emas, balki boshqa oʻlchov birliklarida (masalan, maʼlum vaqt oraligʻi (soat), maʼlum bir hujjatlarni berganlik uchun, BYDning asosiy va qoʻshimcha varaqlari uchun va h.k.) belgilangan boʻlsa, u holda tegishlicha miqdor (1, 2 va h.k.) va oʻlchov birligi (soat, dona, asosiy varaq, qoʻshimcha varaq va h.k.) koʻrsatiladi.
Hisoblash uchun asos Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida aniqlanganda, tovarning 12 va 45-grafalaridagi qiymatlarini Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida qayta hisoblash BYD bojxona rasmiylashtiruvi uchun qabul qilingan kundagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi boʻyicha amalga oshiriladi.
“Stavka” ustunida bojxona toʻlovi summasini hisoblashda qoʻllaniladigan bojxona toʻlovlarining belgilangan stavkasi miqdori koʻrsatiladi.
“Summa” ustunida bojxona toʻlovining Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida hisoblangan summasi koʻrsatiladi. Agar qonun hujjatlarida bojxona toʻlovining xorijiy valyutada undirilishi belgilangan boʻlsa, bojxona toʻlovining hisoblangan summasi Valyutalar tasniflagichiga muvofiq valyutaning harfli kodi qoʻyilgan holda tegishli xorijiy valyutada koʻrsatiladi.
Qonun hujjatlariga muvofiq deklaratsiyalanayotgan tovarlar uchun stavka belgilanmagan yoki nol stavka belgilangan, yoxud bayon etilayotgan bojxona rejimi shartlariga koʻra ushbu turdagi bojxona toʻlovini toʻlash majburiyati vujudga kelmaydigan bojxona toʻlovi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar grafaga kiritilmaydi;
Bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati taqdim etilganda, grafada bunday toʻlovlarni toʻlashning soʻnggi muddati quyidagi sxema boʻyicha koʻrsatiladi:
Agar tovarlar ilgari bojxona ombori yoki erkin omborda saqlashni nazarda tutuvchi bojxona rejimlariga joylashtirilgan boʻlsa, grafada bojxona ombori yoki erkin omborni taʼsis etish uchun berilgan litsenziya raqami va sanasi koʻrsatiladi.
Agar tovarlar bojxona ombori maqomiga ega boʻlmagan joylarga joylashtirilgan boʻlsa grafa toʻldirilmaydi;
45) 50-grafa. “Ishonch bildirgan shaxs”.
Grafada quyidagi mazmundagi yozuv yoziladi:
“Taqdim etilgan maʼlumotlar uchun javobgar ......” deb yozilgandan soʻng mutaxassisga BYDga kiritish uchun zarur maʼlumotlarni taqdim etgan, yukni joʻnatuvchi tomonidan ishonchnoma berilgan shaxsning yoki tovarlar va transport vositalarini bojxona chegarasi orqali olib oʻtayotgan jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi va telefon raqami koʻrsatiladi, uning shaxsiy imzosi (faqat qogʻoz shakldagi BYDda) va sana qoʻyiladi.
Shuningdek, mazkur grafada tashkilot ishonch bildirgan shaxsning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatning raqami, sanasi va amal qilish muddati koʻrsatiladi;
Grafada 14-grafada koʻrsatilgan shaxs nomidan BYDni taqdim etayotgan mutaxassis haqida quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi maʼlumotlarning har biri yangi satrdan boshlanadi va ulardan har birining oldiga tartib raqami qoʻyiladi:
1 — BYD toʻldirilgan joy;
2 — mutaxassisning familiyasi, ismi va otasining ismi, shuningdek elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa);
3 — mutaxassisning telefon raqami;
4 — agar tovarlarni deklaratsiyalash bojxona brokeri tomonidan amalga oshirilayotgan boʻlsa, bojxona brokeri va topshirigʻiga asosan BYD taqdim etilayotgan shaxs oʻrtasidagi bitim raqami va sanasi koʻrsatiladi;
5 — mutaxassis tomonidan BYDga berilgan raqam quyidagi tartibda koʻrsatiladi:
9999/9999/99.99.9999/999999, bunda:
1
2
3
4
1-element — mutaxassisning malaka attestati berilgan yil;
2-element — malaka attestati raqami;
3-element — BYD toʻldirilgan sana;
4-element — mutaxassis tomonidan BYDga berilgan tartib raqami (joriy yilda oʻsish tartibida, yil yakunlangach raqamlash yangidan boshlanadi).
Mutaxassis tomonidan BYDga berilgan raqam qaytarilmasligi lozim.
BYDda bayon etilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi elektron BYDda mutaxassisning ERIsi, qogʻoz shakldagi BYDda mutaxassisning imzosi va mutaxassis shtatida boʻlgan bojxona brokeri yoki deklarantning muhri (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) bilan tasdiqlanadi.
Qogʻoz shakldagi BYDda bunday tasdiqlash har bir qoʻshimcha varaqning “S” grafasida ham amalga oshiriladi;
Grafada Bojxona toʻlovlari tasniflagichiga muvofiq toʻlov kodi, mazkur kod boʻyicha ushbu BYD bilan deklaratsiyalanayotgan barcha tovarlarga oid toʻlovlarning yigʻindisidan iborat boʻlgan toʻlovlarning umumiy summasi koʻrsatiladi.
Bojxona toʻlovlaridan ozod etilgan holatda grafada qoʻshimcha ravishda Bojxona toʻlovlari tasniflagichiga muvofiq toʻlov kodi, mazkur kod boʻyicha ushbu BYD bilan deklaratsiyalanayotgan barcha tovarlarga oid toʻlovlarning yigʻindisidan iborat boʻlgan bojxona toʻlovlari boʻyicha hisoblangan imtiyozlarning umumiy summasi koʻrsatiladi va “toʻlanmaydi” belgisi qoʻyiladi;
Grafada 1 raqami ostida tashqi savdo kontraktining (shartnomasining, kelishuvining) Tashqi savdo operatsiyalari yagona elektron axborot tizimidagi identifikatsiya raqami koʻrsatiladi.
5-bob. Tovarlarni erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirishda BYDni toʻldirish
23. Erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirishda tovarlar bojxona organlariga mazkur Yoʻriqnomaning 24 va 25-bandlariga muvofiq toʻldirilgan BYDni taqdim etish orqali deklaratsiyalanadi.
Grafaning birinchi boʻlmasida tovarlarni olib oʻtish yoʻnalishi koʻrsatiladi — “IM”.
Grafaning ikkinchi boʻlmasida Bojxona rejimlari tasniflagichiga muvofiq bojxona rejimining ikki raqamli kodi koʻrsatiladi.
Tovarlar elektron shaklda deklaratsiyalanganda grafaning uchinchi boʻlmasida “ED” yozuvi koʻrsatiladi. Tovarlar qogʻoz shaklda deklaratsiyalanganda ushbu boʻlma toʻldirilmaydi;
Grafada transport hujjatlarida tovarlarni joʻnatuvchi sifatida koʻrsatilgan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qayd etiladi.
Grafada quyidagilar koʻrsatiladi:
yukni joʻnatuvchi jismoniy shaxs boʻlsa — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, uning yashash manzili (Dunyo mamlakatlari tasniflagichiga muvofiq mamlakatning qisqa nomi va manzili);
yukni joʻnatuvchi yuridik shaxs boʻlsa — uning qisqacha nomi va joylashgan yeri (Dunyo mamlakatlari tasniflagichiga muvofiq mamlakatning qisqa nomi va manzili).
Masalan:
“Alibayev Nuridin Kamalovich
Qozogʻiston, Almati sh., Suyunbay shoh koʻchasi, 450-uy”
yoki “Ros-Torg” MCHJ
Rossiya, Ivanovo sh., Smirnov koʻch., 62-uy”.
Agar yukni joʻnatuvchi tovarni boshqa shaxsning topshirigʻiga koʻra joʻnatayotgan boʻlsa yoki shunga oʻxshash boshqa holatlarda grafada avval yukni joʻnatuvchining qisqacha nomi va joylashgan yeri (yuridik manzili), soʻngra tovarni joʻnatish toʻgʻrisida topshiriq bergan shaxsning qisqacha nomi va joylashgan yeri (yuridik manzili) koʻrsatiladi.
Masalan:
“Ros-Torg” MCHJ
Rossiya, Ximki shah., Karlov koʻch., 362-uy
“Faraon” MCHJ topshirigʻiga asosan
Rossiya, Moskva shah., Bolshaya polyanka koʻch., 563”.
Tovarlarni qogʻoz shaklda deklaratsiyalashda qoʻshimcha varaqlarda grafa toʻldirilmaydi;
3) 3-grafa. “Qoʻshimcha varaqlar”.
Grafaning birinchi boʻlmasida varaqning tartib raqami, ikkinchi boʻlmasida taqdim etilayotgan BYD varaqlarining umumiy soni (asosiy va qoʻshimcha varaqlari yigʻindisi) koʻrsatiladi.
Masalan, agar BYD ikkita qoʻshimcha varaqlarga ega boʻlsa BYDning asosiy varagʻida “1/3”; birinchi qoʻshimcha varagʻida “2/3”; ikkinchi qoʻshimcha varagʻida “3/3” koʻrsatiladi. Agar BYD qoʻshimcha varaqlarga ega boʻlmasa “1/1” koʻrsatiladi.
Tovarlar elektron shaklda deklaratsiyalanganda grafada, elektron BYD qogʻozga chop etilgandagi kabi varaqning tartib raqami va BYD varaqlarining umumiy soni mazkur kichik bandda belgilangan tartibda koʻrsatiladi;
4) 5-grafa. “Tovarlar nomlarining umumiy soni”.
Grafada BYDning 31-grafalarida koʻrsatilgan tovarlar nomlarining umumiy soni yoziladi. Bu son BYDning toʻldirilgan 31-grafalari soniga muvofiq boʻlishi lozim;
5) 7-grafa. “BYDning roʻyxat raqami”.
Grafada Bojxona postlari tasniflagichiga muvofiq BYDni rasmiylashtirish uchun taqdim etiladigan bojxona postining beshta raqamli kodi koʻrsatiladi;
Agar tovarlarni importchisi ham, qabul qiluvchisi ham bir shaxs boʻlsa:
jismoniy shaxs uchun — uning familiyasi, ismi, otasining ismi va doimiy yashash manzili, telefon raqami hamda shaxsini tasdiqlovchi hujjat haqidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
yuridik shaxs uchun — uning qisqacha nomi va joylashgan yeri (yuridik manzili), telefon raqami hamda elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa) koʻrsatiladi.
Masalan:
“Trans group” MCHJ
Toshkent shah., Yunusobod tumani, Uch terak koʻch., 3-uy, 19-xonadon, telefon: +99871-999-99-99, elektron pochta: pochta@pochta.uz”.
Agar importchi va yukni qabul qiluvchi nomidan yuridik shaxsning tarkibiy tuzilmasi qatnashayotgan boʻlsa, tarkibiy tuzilmaning qisqacha nomi, joylashgan yeri (yuridik manzili), telefon raqami va elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa), shuningdek yuridik shaxs toʻgʻrisida yuqorida qayd etilgan maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Masalan:
“Vodiy-Fargʼona” MCHJ
Fargʻona viloyati, Fargʻona shah., Sanoat koʻch., 2-uy, telefon: 8-373-999-99-99, elektron pochta: pochta@pochta.uz
“Vodiy” MCHJning filiali
Andijon viloyati, Andijon shah., Bobur koʻchasi, 597-uy, telefon: 8-374-999-99-99, elektron pochta: pochta@pochta.uz”.
Agar importchi va yukni qabul qiluvchi turli shaxslar boʻlsa, yaʼni qabul qiluvchi tovarni importchi yoki boshqa shaxsning topshirigʻiga asosan qabul qilib olayotgan boʻlsa, yoxud shunga oʻxshash boshqa holatlarda grafada avval importchining (tovarni qabul qilib olish toʻgʻrisida topshiriq bergan shaxsning) qisqacha nomi, soʻngra qabul qiluvchining qisqacha nomi, joylashgan yeri (yuridik manzili), telefon raqami va elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa) koʻrsatiladi.
Grafaning yuqori oʻng burchagida “№” belgisidan soʻng importchining KTUT kodi, soʻngra “/” belgisidan soʻng yukni qabul qiluvchining KTUT kodi koʻrsatiladi. Importchi yoki yukni qabul qiluvchi nomidan uning tarkibiy tuzilmasi ishtirok etayotgan holatlarda tarkibiy tuzilmaning KTUT kodi koʻrsatiladi.
KTUT kodi mavjud boʻlmagan tashkilotlarga (diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlarning vakolatxonalari, xorijiy davlatlar hukumat tashkilotlarining iqtisodiy, texnik hamkorlik, gumanitar yordam koʻrsatish boʻyicha vakolatxonalari, doimiy muassasalar, shuningdek KTUT kodiga ega boʻlmagan boshqa yuridik shaxslar) tegishli tovarlarni deklaratsiyalashda “99999999” kodi koʻrsatiladi.
Grafaning pastki qismida “№” belgisidan soʻng importchining STIRi, soʻngra “/” belgisidan soʻng yukni qabul qiluvchining STIRi koʻrsatiladi. STIRga ega boʻlmagan shaxslar tomonidan olib oʻtilayotgan tovarlarni deklaratsiyalashda “999999999” kodi koʻrsatiladi.
Tovarlarni qogʻoz shaklda deklaratsiyalashda qoʻshimcha varaqlarda grafa toʻldirilmaydi;
7) 9-grafa. “Moliyaviy tartibga solish uchun javobgar shaxs”.
Grafada tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvini) tuzgan va ushbu kontrakt (shartnoma, kelishuv) boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun javobgar boʻlgan yuridik shaxsning qisqacha nomi, joylashgan yeri (yuridik manzili), telefon raqami va elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa) yoki jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash manzili, telefon raqami va shaxsini tasdiqlovchi hujjati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Grafaning pastki qismida “№” belgisidan soʻng STIR koʻrsatiladi. STIRga ega boʻlmagan shaxslar tomonidan olib oʻtilayotgan tovarlarni deklaratsiyalashda “999999999” kodi koʻrsatiladi.
BYDning 9-grafasida koʻrsatilgan shaxs bilan tashqi savdo kontraktini (shartnomasini, kelishuvini) tuzgan shaxs roʻyxatga olingan yoki doimiy yashaydigan, mazkur kontraktga (shartnomaga, kelishuvga) muvofiq tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan yoki uning ijrosi yuzasidan tovarlarning bojxona rejimi oʻzgartirilayotgan mamlakat savdo qilinayotgan mamlakat hisoblanadi.
Tovarlarning bojxona chegarasi orqali olib oʻtilishi yoki ularning bojxona rejimining oʻzgarishi tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) ijrosi boʻyicha amalga oshirilmayotgan boʻlsa, Dunyo mamlakatlari tasniflagichiga muvofiq mamlakatning raqamli kodi tovarning kuzatuv hujjatlari asosida koʻrsatiladi;
Grafada, raqamli kodi BYDning 22-grafasida koʻrsatilgan valyutada, deklaratsiyalanayotgan tovarlarning umumiy bojxona qiymati koʻrsatiladi. Tovarlarning umumiy bojxona qiymatini BYDning 45-grafalaridagi tovarlarning bojxona qiymatlari yigʻindisi tashkil qiladi;
10) 13-grafa.
Grafada Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan, BYD bojxona rasmiylashtiruviga qabul qilingan kundagi AQSH dollarining Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasiga nisbatan kursi koʻrsatiladi;
11) 14-grafa. “Deklarant/bojxona brokeri”.
Grafada BYDni toʻldirgan va bojxona organiga taqdim etayotgan mutaxassis shtatida boʻlgan bojxona brokeri yoki deklarantning qisqacha nomi, joylashgan yeri (yuridik manzili), telefon raqami va elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa) koʻrsatiladi.
Grafada tovarlar joʻnatilgan mamlakatning Dunyo mamlakatlari tasniflagichiga muvofiq qisqa nomi koʻrsatiladi.
Tovarlar joʻnatilgan mamlakat — tovarlar, oraliq mamlakatlarda ushbu tovarlarning yuridik maqomini oʻzgartiruvchi hech qanday tijorat bitimlari yoki boshqa operatsiyalar amalga oshirilmagan holda, Oʻzbekiston Respublikasiga joʻnatilgan mamlakatdir.
Joʻnatuvchi mamlakat tovarlarni xalqaro tashish boshlanishiga asos boʻlgan transport hujjatlarida keltirilgan maʼlumotlar asosida aniqlanadi.
Agar xalqaro tashuv bir nechta transport hujjatlari asosida amalga oshirilgan boʻlsa, grafada BYDda bayon etilayotgan tovarlar BYDning 8-grafasida koʻrsatilgan yukni qabul qiluvchi manziliga yetkazib berish uchun qabul qilingan birinchi mamlakatning qisqa nomi koʻrsatiladi;
13) 15a-grafa. “Joʻnatuvchi mamlakat kodi”.
Grafada tovarlar joʻnatilgan mamlakatning Dunyo mamlakatlari tasniflagichiga muvofiq raqamli kodi koʻrsatiladi;
14) 18-grafa. “Joʻnatish/yetkazib berish vaqtidagi transport vositasi”.
Grafada bojxona rejimiga joylashtirish uchun bojxona organiga taqdim etilayotgan tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududi boʻylab tashigan transport vositasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Grafaning chap boʻlmasida transport vositalari soni yoziladi, soʻngra bitta boʻsh joy (probel) qoldirilib, Transport turlari tasniflagichiga muvofiq transport vositasining qisqacha nomi, soʻngra ikki nuqtadan keyin orasiga “;” ajratish belgisi qoʻyilgan holda transport vositasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi (dengiz yoki daryo kemasi nomi, havo kemasining reys va bort raqami, temir yoʻl vagoni raqami, yoʻl transport vositasi roʻyxat raqami va shu kabi maʼlumotlar).
Agar tovarlar avtotransport vositalari sostavi bilan tashilgan boʻlsa, transport vositasi roʻyxat raqamidan soʻng “/” ajratish belgisi qoʻyilgan holda pritseplar, yarim pritseplar va h.k. raqamlari koʻrsatiladi.
Masalan:
2 AVTO: A987SA/K118DS; S654DA/P312LK.
Grafaning oʻng boʻlmasida transport vositasi tegishli boʻlgan mamlakatning Dunyo mamlakatlari tasniflagichiga muvofiq raqamli kodi koʻrsatiladi.
Agar tashishda avtotransport vositalari sostavidan foydalanilgan boʻlsa, ushbu transport vositalarini (pritseplarni, yarim pritseplarni va h.k.) harakatga keltirgan avtotransport vositasi roʻyxatga olingan mamlakatning raqamli kodi koʻrsatiladi.
Agar transport vositalari bir nechta davlatlarga tegishli boʻlsa, grafaning chap boʻlmasida transport vositalari soni, soʻngra boʻsh joy (probel) tashlanib, “BYDning orqa tomoniga qarang” havolasi yoziladi (qogʻoz shakldagi BYDda), grafaning oʻng boʻlmasidan “999” kodi qoʻyiladi. Qogʻoz shakldagi BYDning orqa tomonida Transport turlari tasniflagichiga muvofiq transport vositasining qisqacha nomi, soʻngra ikki nuqtadan keyin transport vositalari raqami va chiziqchadan soʻng, transport vositasi tegishli boʻlgan mamlakatning raqamli kodi koʻrsatiladi.
Elektron BYDda bunday havola qilinmaydi va barcha maʼlumotlar elektron BYDning bevosita oʻzida koʻrsatiladi.
Tovarlar elektr uzatish liniyalari yoki quvur transporti orqali olib oʻtilganda grafada Transport turlari tasniflagichiga muvofiq transport vositasining qisqacha nomi koʻrsatiladi: “TRUBOPROVOD”, “LEP”;
15) 19-grafa. “Konteyner”.
Grafada quyidagilar koʻrsatiladi:
“0” — agar tovarlar konteynerda olib oʻtilmayotgan boʻlsa;
“1” — agar tovarlar konteynerda olib oʻtilayotgan boʻlsa;
Grafada tashqi savdo bitimi asosida tovarlarni yetkazib berish shartlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi. Tovarlar begʻaraz asosda olib oʻtilayotganda tovarlarni yetkazib berish shartlari tovarning kuzatuv hujjatlari asosida koʻrsatiladi.
Grafaning birinchi boʻlmasida Yetkazib berish shartlari tasniflagichiga muvofiq yetkazib berish shartining raqamli kodi koʻrsatiladi.
Grafaning ikkinchi boʻlmasida Yetkazib berish shartlari tasniflagichiga muvofiq geografik punkt koʻrsatilgan holda yetkazib berish shartining harfli kodi qayd etiladi, qavs ichida geografik punkt joylashgan mamlakatning Dunyo mamlakatlari tasniflagichiga muvofiq harfli kodi koʻrsatiladi.
Agar geografik punkt ikki mamlakat chegarasida joylashgan boʻlsa qavs ichida orasiga chiziqcha qoʻyilib ushbu mamlakatlarning harfli kodlari koʻrsatiladi.
Grafada tovarlar amalda Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan olib oʻtilgan transport vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Grafaning chap boʻlmasida transport vositalari soni yoziladi, soʻngra bitta boʻsh joy qoldirilib, Transport turlari tasniflagichiga muvofiq transport vositasining qisqacha nomi, soʻngra ikki nuqtadan keyin orasiga “;” ajratish belgisi qoʻyilgan holda tovarlar bojxona hududiga olib kirilgan transport vositasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi (dengiz yoki daryo kemasi nomi, havo kemasining reys va bort raqami, temir yoʻl vagoni raqami, yoʻl transport vositasi roʻyxat raqami va shu kabi maʼlumotlar).
Agar tovarlar avtotransport vositalari sostavi bilan tashilayotgan boʻlsa, transport vositasi roʻyxat raqamidan soʻng “/” ajratish belgisi qoʻyilgan holda pritseplar, yarim pritseplar va h.k. raqamlari koʻrsatiladi.
Masalan:
2 AVTO: A987SA/K118DS; S654DA/P312LK.
Grafaning oʻng boʻlmasida transport vositasi tegishli boʻlgan mamlakatning Dunyo mamlakatlari tasniflagichiga muvofiq raqamli kodi koʻrsatiladi.
Agar tashishda avtotransport vositalari sostavidan foydalanilgan boʻlsa, ushbu transport vositalarini (pritseplarni, yarim pritseplarni va h.k.) harakatga keltiruvchi avtotransport vositasi roʻyxatga olingan mamlakatning raqamli kodi koʻrsatiladi.
Agar transport vositalari bir nechta davlatlarga tegishli boʻlsa, grafaning chap boʻlmasida transport vositalari soni, soʻngra boʻsh joy (probel) tashlanib, “BYD orqa tomoniga qarang” havolasi yoziladi (qogʻoz shakldagi BYDda), grafaning oʻng boʻlmasida “999” kodi qoʻyiladi. Qogʻoz shakldagi BYDning orqa tomonida Transport turlari tasniflagichiga muvofiq transport vositasining qisqacha nomi, soʻngra ikki nuqtadan keyin transport vositalari raqami va chiziqchadan soʻng, transport vositasi tegishli boʻlgan mamlakatning raqamli kodi koʻrsatiladi.
Elektron BYDda bunday havola qilinmaydi va barcha maʼlumotlar elektron BYDning bevosita oʻzida koʻrsatiladi.
Tovarlar elektr uzatish liniyalari yoki quvur transporti orqali olib oʻtilganda grafada Transport turlari tasniflagichiga muvofiq transport vositasining qisqacha nomi koʻrsatiladi: “TRUBOPROVOD”, “LEP”.
Tovarlar ilgari Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtilmagan boʻlsa grafa toʻldirilmaydi;
18) 22-grafa. “Valyuta va tovarlarning umumiy faktura qiymati”.
Grafaning chap boʻlmasida Valyutalar tasniflagichiga muvofiq tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) valyutasining raqamli kodi koʻrsatiladi.
Tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) valyutasi deganda yetkazib berilayotgan tovar tashqi savdo kontraktiga (shartnomasiga, kelishuviga) muvofiq baholangan valyuta tushuniladi. Agar tovar tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) ijrosi boʻyicha olib oʻtilmayotgan boʻlsa, valyuta kodi tovarning kuzatuv hujjatlari asosida koʻrsatiladi.
Grafaning oʻng boʻlmasida raqamlarda deklaratsiyalanayotgan tovarlar turkumining umumiy faktura qiymati koʻrsatiladi. Umumiy faktura qiymatini BYDning 42-grafalaridagi tovarlarning faktura qiymatlari yigʻindisi tashkil qiladi;
19) 23-grafa. “Valyuta kursi”.
Grafada raqamli kodi BYDning 22-grafasida koʻrsatilgan valyutaning Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan, BYD bojxona rasmiylashtiruviga qabul qilingan kundagi Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasiga nisbatan kursi koʻrsatiladi.
Masalan:
agar 1 Rossiya rubli = 63,41 soʻm boʻlsa, grafada “1/63,41” koʻrsatiladi;
agar 10 Yapon yenasi = 220,09 soʻm boʻlsa, grafada “10/220,09” koʻrsatiladi;
agar valyuta kontrakti Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasi boʻlsa grafada “1/1” koʻrsatiladi;
20) 24-grafa. “Bitim xususiyati”.
Grafaning chap boʻlmasida Bitim xususiyatlari tasniflagichiga muvofiq bitim xususiyatining kodi koʻrsatiladi.
Grafaning oʻng boʻlmasida Valyutalar tasniflagichiga muvofiq yetkazib berilayotgan tovar uchun kontragent bilan hisob-kitob valyutasining raqamli kodi koʻrsatiladi.
Hisob-kitob valyutasi deganda BYDni 9-grafasida koʻrsatilgan shaxsning tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) boʻyicha hisob-kitob amalga oshirilgan yoki amalga oshiriladigan valyuta, tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) mavjud boʻlmagan holatlarda tovarning kuzatuv hujjatlarida koʻrsatilgan valyuta tushuniladi;
21) 25-grafa. “Chegaradagi transport turi”.
Grafada Transport turlari tasniflagichiga muvofiq 21-grafada koʻrsatilgan transport vositasi turining kodi koʻrsatiladi.
Tovarlar ilgari Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtilmagan boʻlsa grafa toʻldirilmaydi;
22) 26-grafa. “Mamlakat ichkarisidagi transport turi”.
Grafada Transport turlari tasniflagichiga muvofiq 18-grafada koʻrsatilgan transport vositasi turining kodi koʻrsatiladi;
23) 28-grafa. “Moliya va bank maʼlumotlari”.
Grafada bojxona toʻlovlarini toʻlovchi shaxsning moliyaviy va bank maʼlumotlari koʻrsatiladi, bunda maʼlumotlarning har biri yangi satrdan boshlanadi va ulardan har birining oldiga tartib raqami qoʻyiladi:
1 — toʻlovchining STIRi/bank STIRi (bojxona toʻlovlari Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti tomonidan toʻlanganda bojxona brokeri yoki deklarantning STIRi koʻrsatiladi);
Grafada Bojxona postlari tasniflagichiga muvofiq tovarlar Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirilgan bojxona postining kodi va nomi koʻrsatiladi.
Elektr uzatish liniyalari yoki quvur transporti orqali olib oʻtiladigan tovarlarni deklaratsiyalashda nazoratni olib boruvchi postning kodi va nomi koʻrsatiladi.
Tovarlar ilgari Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtilmagan boʻlsa grafa toʻldirilmaydi;
25) 30-grafa. “Tovarlarni koʻrikdan oʻtkazish joyi”.
Grafada tovarlar faoliyat hududida turgan bojxona postining Bojxona postlari tasniflagichiga muvofiq kodi hamda BYDni taqdim etish vaqtida tovarlar turgan joy haqidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
agar tovarlar bojxona ombori yoki erkin omborda, yoxud boj olinmaydigan savdo doʻkonida turgan boʻlsa — bojxona ombori yoki erkin omborni, yoxud boj olinmaydigan savdo doʻkonini taʼsis etish uchun berilgan litsenziya raqami va sanasi;
agar tovarlar bojxona ombori maqomiga ega boʻlmagan joylarda turgan boʻlsa — tovar turgan joyning pochta manzili (pochta indeksini koʻrsatmagan holda);
agar tovarlar temir yoʻl stansiyasida turgan boʻlsa — temir yoʻl stansiyasining nomi.
Elektr uzatish liniyalari yoki quvur transporti orqali olib oʻtilayotgan tovarlarni deklaratsiyalashda grafa toʻldirilmaydi;
26) 31-grafa. “Yuk joylari va tovar tavsifi”. “Markirovka va miqdor — konteynerlar raqami — tovar tavsifi”.
Grafada deklaratsiyalanayotgan tovar haqida maʼlumot koʻrsatiladi. Tovar haqidagi maʼlumotlar TIF TN asosida tasniflash qoidalariga muvofiq deklaratsiyalanayotgan tovarlarni muayyan oʻn raqamli podsubpozitsiyada aniq tasniflash imkonini berishi lozim. Maʼlumotlarning har biri yangi satrdan boshlanadi va ulardan har birining oldiga tartib raqami qoʻyiladi:
1 raqami ostida quyidagilar koʻrsatiladi:
tovarning nomi (savdo, tijorat yoki boshqa anʼanaviy nomi), tovar belgilari, markalari, modellari, artikullari, navlari, standartlari va boshqa texnik va tijorat tavsiflari (davlat standartlari, texnik reglamentlar hamda standartlar va h.k.) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek deklaratsiyalanayotgan tovarning miqdoriy va sifat tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 9-apreldagi 86-son “Respublikada sotiladigan maishiy elektr priborlarini, yangidan quriladigan binolar va inshootlarni energetika jihatidan majburiy markirovkalash va sertifikatlash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ilovasida koʻrsatilgan tovarlar uchun energiya samaradorligi klassi toʻgʻrisidagi maʼlumot koʻrsatiladi.
Elektron BYDda tovarning markasi va brendining nomi, energiya samaradorligi klassi toʻgʻrisidagi maʼlumot alohida ajratilgan maydonchada ham koʻrsatiladi;
agar bojxona toʻlovlarini hisoblash hamda undirish va (yoki) iqtisodiy siyosat choralarini (taqiqlar, cheklovlar va h.k.) qoʻllash uchun zarur boʻlsa, tovarning asosiy va qoʻshimcha oʻlchov birliklaridan farq qiluvchi oʻlchov birliklaridagi tavsifi va koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (miqdori va shartli belgisi), shuningdek tovar ishlab chiqarilgan (tayyorlangan) sana koʻrsatiladi.
Deklaratsiyalanayotgan tovarlarni tovar pozitsiyasining TIF TNda keltirilgan umumiy nomlanishi bilan koʻrsatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
2 raqami ostida quyidagilar koʻrsatiladi:
oʻramga ega boʻlgan tovar uchun — tovar egallagan yuk joylarining umumiy soni, tovar oʻrami turi va oʻramlar miqdori. Agar ushbu grafada deklaratsiyalanayotgan tovar yuk joylarining hammasini egallamasa grafada “qutining bir qismi” va shunga oʻxshash yozuvlar yoziladi. Bunda oʻram deganda tovarlarni oʻrash, himoyalash, joylashtirish va mustahkamlash yoki ajratish uchun moʻljallangan har qanday buyum va materiallar tushuniladi, uyum holda olib oʻtiladigan oʻrash materiallari (somon, qogʻoz, shisha tola, qipiq va shu kabilar) bundan mustasno;
sochilgan, uyumlangan, quyilgan holatda oʻramsiz olib oʻtiladigan tovar uchun tegishlicha “sochilgan holda”, “uyum holida”, “quyilgan holda” kabi yozuvlar koʻrsatiladi.
Elektr uzatish liniyalari yoki quvur transporti orqali tashiladigan tovarlarni deklaratsiyalashda 2 raqami ostida maʼlumotlar toʻldirilmaydi.
3 raqami ostida konteynerlarda tashiladigan tovar uchun yoki tovar sifatida konteyner rasmiylashtirilayotgan holatlarda — orasiga vergul qoʻyilib konteyner raqamlari koʻrsatiladi. Agar deklaratsiyalanayotgan tovarlar konteynerni toʻliq egallamagan boʻlsa konteyner raqamidan soʻng: “bir qismi” soʻzlari yoziladi. Elektron BYDda konteynerlar raqamlari alohida maydonchada har biri alohida koʻrsatiladi.
Agar konteyner yuk egasi mulki sifatida qoladigan boʻlsa konteyner raqamidan soʻng qavs ichida (elektron BYDda alohida maydonda) “Yuk egasi mulki” soʻzlari yoziladi.
4 raqami ostida aksiz markalari bilan markalangan tovarlar uchun — har bir seriya boʻyicha aksiz markalar seriyalari, raqamlari va miqdori koʻrsatiladi.
Ketma-ketlikda kelayotgan aksiz markalarining raqamlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tegishli oraliqdagi birinchi va oxirgi raqam oʻrtasida chiziqcha “-” ajratuvchisini qoʻyish orqali yoziladi.
5 raqami ostida quvur transporti, elektr uzatish liniyalari orqali olib oʻtilayotgan tovarlarni deklaratsiyalashda quyidagi yozuvlar yoziladi: “XX.XX.XXXX dan XX.XX.XXXX gacha boʻlgan oraliqda yetkazib berish”. Bu yerda raqamli belgilar bilan tovarlarni yetkazib berish boshlangan “kun, oy, yil” va tugallangan “kun, oy, yil” koʻrsatiladi.
6 raqami ostida (elektron BYDda alohida aniqlashtirilgan jadvalda) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 12-dekabrdagi 324-son “Isteʼmol tovarlarining ayrim guruhlarini Oʻzbekiston Respublikasiga chetdan keltirishni takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq majburiy tartibda maxsus nazorat identifikatsiya belgilari bilan markalanishi lozim boʻlgan olib kirilayotgan isteʼmol tovarlarini deklaratsiyalashda ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan qoʻyiladigan tovarlarning seriya raqamlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Grafaning pastki oʻng burchagida alohida ajratilgan joyda tovarlarning qoʻshimcha oʻlchov birligidagi miqdori va oʻlchov birligining TIF TNga muvofiq shartli belgilanishi koʻrsatiladi (qoʻshimcha oʻlchov birligining kodi 41-grafada aks ettiriladi). Elektron BYDda oʻlchov birligining shartli belgilanishi koʻrsatilmasdan, faqatgina tovarlarning qoʻshimcha oʻlchov birligidagi miqdori yoziladi.
Tovarlarning qoʻshimcha oʻlchov birligidagi miqdori verguldan keyingi ikkinchi belgigacha aniqlikda koʻrsatiladi.
Agar qoʻshimcha oʻlchov birligidagi tovar miqdori “0,01” dan kam boʻlsa grafada tovarning qoʻshimcha oʻlchov birligidagi miqdori verguldan keyingi oltinchi belgigacha aniqlikda koʻrsatiladi.
Faqatgina asosiy oʻlchov birligi “kg” qoʻllanilgan holatlarda — grafaning pastki oʻng burchagi toʻldirilmaydi.
Pastki chap burchakda, alohida ajratilgan maydonchada deklaratsiyalanayotgan tovarni isteʼmol qiluvchi tashkilotning KTUT kodi koʻrsatiladi.
Agar mazkur tovarning isteʼmolchisi nomaʼlum yoki isteʼmolchilar bir nechta boʻlsa, ushbu tovarni import qilayotgan tashkilotning KTUT kodi koʻrsatiladi;
Grafada 31-grafada deklaratsiyalanayotgan tovarning tartib raqami koʻrsatiladi.
Bitta nomdagi tovar deklaratsiyalanayotgan boʻlsa, grafada “1” raqami koʻrsatiladi;
28) 33-grafa. “Tovar kodi”.
Grafaning chap qismida 31-grafada deklaratsiyalanayotgan tovarlarning TIF TNga muvofiq oʻnta raqamli kodi koʻrsatiladi. Ushbu kod boʻsh joysiz (probelsiz) va boshqa ajratuvchi belgilarsiz yoziladi;
29) 34-grafa. “Kelib chiqish mamlakati kodi”.
Grafaning chap boʻlmasida 31-grafada deklaratsiyalanayotgan tovarni kelib chiqish mamlakatining Dunyo mamlakatlari tasniflagichiga muvofiq raqamli kodi koʻrsatiladi.
Agar bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida kelib chiqish mamlakati nomaʼlum boʻlsa, “000” kodi qoʻyiladi.
Agar tovarni kelib chiqish sertifikatida Yevropa ittifoqining aniq mamlakati koʻrsatilmagan boʻlib, tovarning kelib chiqish mamlakati sifatida Yevropa ittifoqi koʻrsatilgan boʻlsa, lotin harflari bilan ikki harfdan iborat “EU” kodi qoʻyiladi;
30) 35-grafa. “Brutto vazn (kg)”.
Grafada BYDning 31-grafasida deklaratsiyalanayotgan tovarning kilogrammdagi “brutto” ogʻirligi koʻrsatiladi. “Brutto” ogʻirlik deganda tovarning umumiy ogʻirligi, shu jumladan, tovar muomalaga kiritilgunga qadar holatini oʻzgarmasligini taʼminlab turish uchun zarur boʻlgan uning barcha turdagi oʻramlari (konteyner va boshqa transport uskunalari bundan mustasno) bilan birgalikdagi ogʻirligi tushuniladi.
Brutto vazn matematik qoidalarga koʻra verguldan keyingi uchinchi raqamgacha yaxlitlanadi.
Agar tovarning umumiy ogʻirligi bir kilogrammdan kam boʻlsa, brutto vazn verguldan keyingi uch belgigacha aniqlikda koʻrsatiladi.
Agar tovarning umumiy ogʻirligi bir grammdan kam boʻlsa, brutto vazn verguldan keyingi olti belgigacha aniqlikda koʻrsatiladi.
Quvur transporti bilan olib oʻtilayotgan tovarlarni deklaratsiyalashda tovarning umumiy ogʻirligi koʻrsatiladi.
Grafa elektr uzatish liniyalari orqali olib oʻtiladigan tovarlarni deklaratsiyalashda toʻldirilmaydi;
31) 36-grafa. “Preferensiya”.
Grafada Preferensiyalar, imtiyozlar va bojxona toʻlovlarini toʻlashning boshqa xususiyatlari tasniflagichiga muvofiq preferensiyalar, imtiyozlar va bojxona toʻlovlarini toʻlashni boshqa xususiyatlarining harfli kodlari quyidagi tartibda koʻrsatiladi:
1/2/3/4, bunda tegishlicha:
1 — bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona yigʻimlarini toʻlash xususiyatining kodi;
Grafada tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtish protsedurasining yetti belgili kodi koʻrsatiladi. Ushbu kod quyidagi uchta tarkibiy qismlardan iborat:
birinchi ikkita raqam — Bojxona rejimlari tasniflagichiga muvofiq bayon etilayotgan bojxona rejimi kodi;
keyingi ikkita raqam — Bojxona rejimlari tasniflagichiga muvofiq avvalgi bojxona rejimi kodi. Agar avvalgi bojxona rejimi mavjud boʻlmasa “00” koʻrsatiladi;
oxirgi uchta raqam — Tovarlarni olib oʻtish xususiyatlari tasniflagichiga muvofiq deklaratsiyalanayotgan tovarlarni olib oʻtish xususiyati kodi. Agar tovarlarni olib oʻtish xususiyati belgilanmagan boʻlsa “000” koʻrsatiladi;
Grafada deklaratsiyalanayotgan tovarning kilogrammdagi “netto” ogʻirligi koʻrsatiladi.
Qadoqlangan holatda olib oʻtilayotgan tovar uchun:
deklaratsiyalanayotgan tovarning faqat birlamchi qadogʻini hisobga olgan holdagi ogʻirligi, agar tovarlar, isteʼmol xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, shunday qadoqda chakana savdoga chiqarilsa va (yoki) tovarni sotishda uning saqlanishini taʼminlaydigan birlamchi qadoqni tovarning isteʼmol xususiyatlarini buzmagan holda tovarni isteʼmol qilgunga qadar tovardan ajratib boʻlmaydigan (masalan, bankadagi kofe va h.k.) boʻlsa;
boshqa holatlarda deklaratsiyalanayotgan tovarning hech qanday qadoqsiz ogʻirligi.
Qadoqsiz (sochilgan, quyilgan, uyum holda) olib oʻtiladigan tovar uchun tovarning umumiy ogʻirligi koʻrsatiladi.
Netto vazn matematik qoidalarga koʻra verguldan keyingi uch belgigacha yaxlitlanadi.
Agar tovarning umumiy vazni bir kilogrammdan kam boʻlsa, netto vazn verguldan keyingi uch belgigacha aniqlikda koʻrsatiladi.
Agar tovarning umumiy ogʻirligi bir grammdan kam boʻlsa, netto vazn verguldan keyingi olti belgigacha aniqlikda koʻrsatiladi.
Quvur transporti bilan olib oʻtilayotgan tovarlarni deklaratsiyalashda tovarning BYDni 35-grafasida koʻrsatilgan ogʻirligi qayd etiladi.
Grafa elektr uzatish liniyalari orqali olib oʻtiladigan tovarlarni deklaratsiyalashda toʻldirilmaydi;
34) 39-grafa. “Kvota”.
Miqdoriy cheklovlar belgilangan tovarlarni deklaratsiyalashda toʻldiriladi.
Grafada olingan litsenziyaga muvofiq oʻlchov birligida ajratilgan kvotaning qoldigʻi koʻrsatiladi. Kvotaning qoldigʻini aniqlashda deklaratsiyalanayotgan tovarlar hisobga olinmaydi.
Masalan:
litsenziya boʻyicha ajratilgan kvota — 10000 kub. m; deklaratsiyalanayotgan tovarning birinchi turkumi — 4000 kub. m. 39-grafada — “10000 kub. m” koʻrsatiladi.
Mazkur litsenziya boʻyicha ajratilgan kvota hisobidan keyingi tovarlar turkumini rasmiylashtirishda 39-grafada kvota qoldigʻi — “6000 kub. m” koʻrsatiladi;
Tovarlar bayon etilayotgan bojxona rejimidan avval boshqa bojxona rejimiga joylashtirilgan boʻlsa, grafada tovarlarni avvalgi bojxona rejimiga joylashtirish uchun asos boʻlgan BYD haqida quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
ushbu tovarning avvalgi BYDning 32-grafasidagi tartib raqami;
avvalgi BYDning 32-grafasida koʻrsatilgan tovarning, rasmiylashtirilayotgan brutto vazni (kilogrammda);
avvalgi BYDning 32-grafasida koʻrsatilgan tovarning, rasmiylashtirilayotgan netto vazni (kilogrammda);
qoʻshimcha oʻlchov birligidagi miqdori (agar mavjud boʻlsa);
qoʻshimcha oʻlchov birligining TIF TNga muvofiq shartli belgilanishi (agar mavjud boʻlsa).
Masalan:
GTD 14010/31.03.2012/0353761 — 2 — 5980 kg — 5900 kg — 250,2 m3.
Agar deklaratsiyalanayotgan tovar avval bir nechta tovar turkumlariga boʻlingan holda bir nechta BYDlar bilan rasmiylashtirilgan boʻlsa, avvalgi rasmiylashtirilgan har bir BYD toʻgʻrisidagi maʼlumotlar alohida yangi qatordan yuqorida qayd etilgan tartibda koʻrsatiladi.
Agar tovarlarga nisbatan avval BYD taqdim etilmagan boʻlsa, grafada tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun ichki bojxona organiga yetkazib berish uchun asos boʻlgan yetkazib berishni nazorat qilish hujjatlari (yukni yetkazib berishni nazorat qilish kitobchasi, MDP kitobchasi) haqidagi quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
yetkazib berishni nazorat qilish hujjatining kodi: yukni yetkazib berishni nazorat qilish kitobchasi uchun — KKDG, MDP kitobchasi uchun — MDP;
yetkazib berishni nazorat qilish toʻgʻrisidagi hujjat raqami (99999/99.99.9999/IM999999 — post kodi/sana/yukni yetkazib berishni nazorat qilish kitobchasi raqami, 99999/99.99.9999/ZX99999999 — post kodi/sana/MDP kitobchasi raqami). Bunda, yukni yetkazib berishni nazorat qilish kitobchasi raqamidagi harflar kirill alifbosi harflarida, MDP kitobchasi raqamidagi harflar esa lotin alifbosida yozilishi shart;
yetkazib berishni nazorat qilish toʻgʻrisidagi hujjatda koʻrsatilgan tovarning, rasmiylashtirilayotgan brutto vazni (kilogrammda).
Masalan:
KKDG 06006/31.03.2012/IM003761 — 15000 kg;
MDP 27002/01.01.2014/XY00156239 — 19456 kg.
Agar tovar bir nechta yetkazib berishni nazorat qilish toʻgʻrisidagi hujjatlardan rasmiylashtirilayotgan boʻlsa, har bir maʼlumot alohida yangi qatordan yuqorida qayd etilgan tartibda koʻrsatiladi;
Grafada TIF TNda keltirilgan “Oʻlchov birliklari jadvali”ga muvofiq 31-grafaning pastki oʻng boʻlmasida koʻrsatilgan tovar miqdorining qoʻshimcha oʻlchov birligi kodi koʻrsatiladi.
Agar mazkur tovar uchun TIF TNga muvofiq faqat asosiy oʻlchov birligi (kg) qoʻllanilsa, grafada uning kodi (166) koʻrsatiladi;
Grafada 31-grafada deklaratsiyalanayotgan tovarning tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) shartlariga muvofiq haqiqatda toʻlangan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan yoxud tovarlarni muqobil yetkazib berish bilan qoplanadigan faktura qiymati tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) valyutasida koʻrsatiladi.
Tovarlarni begʻaraz (toʻlovsiz) yetkazib berish asosida import qilishda yoki tovarlarni tashqi savdo kontraktini (shartnomasini, kelishuvini) tuzmagan holda yetkazib berishda tovarning faktura qiymati tovarning kuzatuv hujjatlari asosida koʻrsatiladi.
Naqd valyutani deklaratsiyalashda grafada olib oʻtilayotgan valyutaning summasi, nominal qiymatga ega qimmatli qogʻozlarni deklaratsiyalashda esa — qimmatli qogʻozlarning nominal qiymati koʻrsatiladi.
Faktura qiymati matematik qoidalarga koʻra verguldan soʻng ikki belgigacha aniqlikda yaxlitlanadi;
38) 43-grafa.
Grafada quyidagilar koʻrsatiladi:
“0” — agar yukni qabul qiluvchi oʻz ehtiyoji uchun moʻljallanmagan mahsulotni olib kirayotgan boʻlsa;
“1” — agar yukni qabul qiluvchi oʻz ehtiyoji uchun moʻljallangan mahsulotni olib kirayotgan boʻlsa;
Grafada BYDning 31-grafasida koʻrsatilgan har bir tovar haqida bayon etilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi, BYDni toʻldirishga asos boʻlgan hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Har bir hujjat toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirishda foydalaniladigan hujjatlar va maʼlumotlar turlari tasniflagichiga muvofiq hujjatning tartib raqami va harfli kodini qoʻygan holda koʻrsatiladi (rekvizitlarning har biri yangi satrdan boshlanadi):
a) litsenziyalanadigan tovarlar uchun litsenziya roʻyxat raqami va berilgan sanasi hamda uning amal qilish muddati.
Masalan:
101 LITSENZIYA № 998344400002, 26.11.2015-y. Amal qilish muddati — 31.12.2015-y.;
b) transport va tijorat hujjatlarining raqami (roʻyxat raqami).
Masalan:
205 AVIA № 259-12586814, 18.11.2015-y.;
220 INV № 987, 15.11.2015-y.;
v) tovarning bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilayotgan kontrakt (shartnoma, kelishuv), kontraktga (shartnomaga, kelishuvga) qoʻshimcha kelishuvning raqami va sanasi hamda kontraktning (shartnomaning, kelishuvning) umumiy qiymati.
g) normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan holatlarda, boshqa vakolatli organlar tomonidan taqdim etiladigan ruxsatnomalar, xulosalar va boshqa hujjatlarning (sertifikatlar, guvohnomalar va h.k.) roʻyxat raqami va berilgan sanasi.
Masalan:
417 SST № UZ.SMT.01.065.1783700, 15.10.2015-y.;
419 FTSS № 431771, 04.11.2015-y.;
d) tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida roʻyxatdan oʻtgan raqami va roʻyxatga olingan sanasi. Tovarlar yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan deklaratsiyalangan holatlarda yakka tartibdagi tadbirkorning eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish huquqi bilan davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma raqami va sanasi.
e) “6” raqamidan soʻng Bojxona toʻlovlari tasniflagichiga muvofiq bojxona toʻlovi turining kodi, soʻngra Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha imtiyozlar mavjudligini tasdiqlovchi va BYDning 44-grafasidagi maʼlumotlarni bayon etishda qoʻllaniladigan normativ-huquqiy hujjatlar tasniflagichiga muvofiq bojxona toʻlovlaridan ozod etishga asos boʻladigan normativ-huquqiy hujjat toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Bojxona toʻlovlarini toʻlashdan xalqaro shartnomaga muvofiq ozod etilganda “MD” kodi qoʻyiladi va shartnomaning toʻliq nomi va imzolangan sanasi koʻrsatiladi. Deklaratsiyalash qogʻoz shaklda amalga oshirilganda “MD” kodi koʻrsatiladi va “BYDning orqa tomoniga qarang” deb yoziladi. BYDning orqa tomonidan xalqaro shartnomaning toʻliq nomi va imzolangan sanasi koʻrsatiladi.
Bojxona toʻlovlaridan imtiyoz berishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat ijrosini taʼminlash maqsadida qoʻshimcha normativ-huquqiy hujjat qabul qilingan boʻlsa (masalan, bojxona toʻlovlarini toʻlashdan ozod etiladigan tovarlar roʻyxati belgilangan tartibda tasdiqlanadigan holatlarda) ikkita normativ-huquqiy hujjat toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: bojxona toʻlovlaridan imtiyozlar mavjudligini tasdiqlovchi asosiy normativ-huquqiy hujjat toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hamda qavs ichida qoʻshimcha normativ-huquqiy hujjat toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (masalan, bojxona toʻlovlarini toʻlashdan ozod etiladigan tovarlar roʻyxatini tasdiqlovchi hujjat kodi, raqami va sanasi).
620 MD Protokol o primenenii Dogovora o sozdanii zoni svobodnoy torgovli ot 18-oktabrya 2011 goda mejdu yego storonami i Respublikoy Uzbekistan / 31.05.2013-y.;
j) tovarning kelib chiqish mamlakati sertifikati roʻyxat raqami va sanasi.
Masalan:
701 SPTIM № KZUZ50209586, 20.11.2015-y.;
z) bojxona rasmiylashtiruvida zarur boʻlgan boshqa hujjatlar va maʼlumotlar (bojxona toʻlovlarini kechiktirib toʻlash, vositachilik (garov va h.k.) bitimi, bojxona qonun hujjatlari buzilganligi toʻgʻrisida bayonnoma va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hujjatlar va maʼlumotlar);
Grafaning oʻng boʻlmasida 31-grafada deklaratsiyalanayotgan tovarning tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) valyutasidagi bojxona qiymati koʻrsatiladi.
Tovarlarni begʻaraz (toʻlovsiz) yetkazib berish asosida import qilishda yoki tovarlarni tashqi savdo kontraktini (shartnomasini, kelishuvini) tuzmagan holda yetkazib berishda tovarning bojxona qiymati tovarning kuzatuv hujjatlarida koʻrsatilgan valyutada keltiriladi.
Bojxona qiymati Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksida belgilangan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash usullariga muvofiq hisoblanadi.
Bojxona qiymati matematik qoidalarga koʻra verguldan soʻng ikki belgigacha aniqlikda yaxlitlanadi;
41) 46-grafa. “Statistik qiymat”.
Grafada tovarning ming AQSH dollaridagi statistik qiymati koʻrsatiladi. Statistik qiymat tovarning 42-grafada koʻrsatilgan faktura qiymati asosida hisoblanadi va “CIP (CIF) — Oʻzbekiston chegarasi” yetkazib berish shartidagi narxga keltiriladi.
Statistik qiymat matematik qoidalarga koʻra verguldan soʻng uch belgigacha aniqlikda yaxlitlanadi.
Statistik qiymatini hisoblashda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan, BYD bojxona rasmiylashtiruvi uchun qabul qilingan kunda amalda boʻlgan kursdan foydalaniladi;
42) 47-grafa. “Bojxona toʻlovlarining hisobi”.
Bojxona toʻlovlari summalarini hisoblash BYDning 31-grafalarida bayon etilgan har bir tovar uchun bojxona toʻlovlari turlari boʻyicha alohida amalga oshiriladi. Bundan bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona yigʻimlari mustasno boʻlib, ular doim BYD asosiy varagʻining 47-grafasida (elektron BYDda 32-grafada 1 tartib raqami ostidagi tovarning 47-grafasida) koʻrsatiladi.
“Toʻlov turi” ustunida Bojxona toʻlovlari tasniflagichiga muvofiq bojxona toʻlovi turining kodi koʻrsatiladi.
“Hisoblash asosi” ustunida bojxona toʻlovini hisoblashning asosi koʻrsatiladi.
Hisoblash asosi Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida koʻrsatiladi. Quyidagi holatlar bundan mustasno:
agar qonun hujjatlari bilan hisoblash uchun asos xorijiy valyutada belgilangan boʻlsa, yoxud bojxona yigʻimlari xorijiy valyutada undirilishi koʻzda tutilgan boʻlsa (masalan, erkin bojxona zonalari va erkin omborlar hududlarida bojxona yigʻimlarini undirishda) hisoblash uchun asos Valyutalar tasniflagichiga muvofiq valyutaning harfli kodini qoʻygan holda xorijiy valyutada keltiriladi;
agar qonun hujjatlarida hisoblash uchun asos pul birliklarida emas, balki boshqa oʻlchov birliklarida (masalan, maʼlum vaqt oraligʻi (soat), maʼlum bir hujjatlarni berganlik uchun, BYDning asosiy va qoʻshimcha varaqlari uchun va h.k.) belgilangan boʻlsa, u holda tegishlicha miqdor (1, 2 va h.k.) va oʻlchov birligi (soat, dona, asosiy varaq, qoʻshimcha varaq va h.k.) koʻrsatiladi.
Hisoblash uchun asos Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida aniqlanganda, tovarning 12 va 45-grafalardagi qiymatlarini Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida qayta hisoblash BYD bojxona rasmiylashtiruvi uchun qabul qilingan kundagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi boʻyicha amalga oshiriladi.
“Stavka” ustunida bojxona toʻlovi summasini hisoblashda qoʻllaniladigan bojxona toʻlovlarining belgilangan stavkasi miqdori koʻrsatiladi.
“Summa” ustunida bojxona toʻlovining Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida hisoblangan summasi koʻrsatiladi. Agar qonun hujjatlariga muvofiq bojxona toʻlovining xorijiy valyutada undirilishi belgilangan boʻlsa, bojxona toʻlovining hisoblangan summasi Valyutalar tasniflagichiga muvofiq valyutaning harfli kodi qoʻyilgan holda tegishli xorijiy valyutada koʻrsatiladi.
Qonun hujjatlariga muvofiq deklaratsiyalanayotgan tovarlar uchun stavka belgilanmagan yoki nol stavka belgilangan, yoxud bayon etilayotgan bojxona rejimi shartlariga koʻra ushbu turdagi bojxona toʻlovini toʻlash majburiyati vujudga kelmaydigan bojxona toʻlovi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar grafaga kiritilmaydi;
Bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati taqdim etilganda, grafada bunday toʻlovlarni toʻlashning soʻnggi muddati quyidagi sxema boʻyicha koʻrsatiladi:
Agar tovarlar ilgari bojxona ombori yoki erkin omborda saqlashni nazarda tutuvchi bojxona rejimlariga joylashtirilgan boʻlsa, grafada bojxona ombori yoki erkin omborni taʼsis etish uchun berilgan litsenziya raqami va sanasi koʻrsatiladi.
Agar tovarlar bojxona ombori maqomiga ega boʻlmagan joylarga joylashtirilgan boʻlsa grafa toʻldirilmaydi;
45) 50-grafa. “Ishonch bildirgan shaxs”.
Grafada quyidagi mazmundagi yozuv yoziladi:
“Taqdim etilgan maʼlumotlar uchun javobgar ......” deb yozilgandan soʻng mutaxassisga BYDga kiritish uchun zarur maʼlumotlarni taqdim etgan, yukni joʻnatuvchi tomonidan ishonchnoma berilgan shaxsning yoki tovarlar va transport vositalarini bojxona chegarasi orqali olib oʻtayotgan jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi va telefon raqami koʻrsatiladi, uning shaxsiy imzosi (faqat qogʻoz shakldagi BYDda) va sana qoʻyiladi.
Shuningdek, mazkur grafada tashkilot ishonch bildirgan shaxsning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatning raqami, sanasi va amal qilish muddati koʻrsatiladi;
Grafada 14-grafada koʻrsatilgan shaxs nomidan BYDni taqdim etayotgan mutaxassis haqida quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi (maʼlumotlarning har biri yangi satrdan boshlanadi va ulardan har birining oldiga tartib raqami qoʻyiladi):
1 — BYD toʻldirilgan joy;
2 — mutaxassisning familiyasi, ismi va otasining ismi, shuningdek elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa);
3 — mutaxassisning telefon raqami;
4 — agar tovarlarni deklaratsiyalash bojxona brokeri tomonidan amalga oshirilayotgan boʻlsa, bojxona brokeri va topshirigʻiga asosan BYD taqdim etilayotgan shaxs oʻrtasidagi bitim raqami va sanasi koʻrsatiladi;
5 — mutaxassis tomonidan BYDga berilgan raqam quyidagi tartibda koʻrsatiladi:
9999/9999/99.99.9999/999999, bunda:
1
2
3
4
1-element — mutaxassisning malaka attestati berilgan yil;
2-element — malaka attestati raqami;
3-element — BYD toʻldirilgan sana;
4-element — mutaxassis tomonidan BYDga berilgan tartib raqami (joriy yilda oʻsish tartibida, yil yakunlangach raqamlash yangidan boshlanadi).
Mutaxassis tomonidan BYDga berilgan raqam qaytarilmasligi lozim.
BYDda bayon etilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi elektron BYDda mutaxassisning ERIsi, qogʻoz shakldagi BYDda mutaxassisning imzosi va mutaxassis shtatida boʻlgan bojxona brokeri yoki deklarantning muhri (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) bilan tasdiqlanadi.
Qogʻoz shakldagi BYDda bunday tasdiqlash har bir qoʻshimcha varaqning “S” grafasida ham amalga oshiriladi;
Grafada Bojxona toʻlovlari tasniflagichiga muvofiq toʻlov kodi, mazkur kod boʻyicha ushbu BYD bilan deklaratsiyalanayotgan barcha tovarlarga oid toʻlovlarning yigʻindisidan iborat boʻlgan toʻlovlarning umumiy summasi koʻrsatiladi.
Bojxona toʻlovlaridan ozod etilgan holatda grafada qoʻshimcha ravishda Bojxona toʻlovlari tasniflagichiga muvofiq toʻlov kodi, mazkur kod boʻyicha ushbu BYD bilan deklaratsiyalanayotgan barcha tovarlarga oid toʻlovlarning yigʻindisidan iborat boʻlgan bojxona toʻlovlari boʻyicha hisoblangan imtiyozlarning umumiy summasi koʻrsatiladi va “toʻlanmaydi” belgisi qoʻyiladi;
Grafada quyidagilar koʻrsatiladi (maʼlumotlarning har biri yangi satrdan boshlanadi va ulardan har birining oldiga tartib raqami qoʻyiladi):
1 — tashqi savdo kontraktining (shartnomasining, kelishuvining) Tashqi savdo operatsiyalari yagona elektron axborot tizimidagi identifikatsiya raqami;
2 — tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan sana. Olib kirilgan sana Oʻzbekiston Respublikasi chegarasidan oʻtish punktidagi chegara bojxona postida tovarning kuzatuv hujjatlariga qoʻyiladigan shtamp sanasi yoki chegara bojxona posti tomonidan Yukni yetkazib berishni nazorat qilish kitobchasi yoxud MDP kitobchasi rasmiylashtirilgan sana boʻyicha aniqlanadi.
grafada qoʻshimcha ravishda, 830 tartib raqami ostida, bojxona organi tomonidan tovarlarni reeksport bojxona rejimiga joylashtirishga berilgan ruxsatnoma raqami va sanasi koʻrsatiladi (qonun hujjatlarida ruxsatnoma olish talab etiladigan holatlarda);
Grafada quyidagilar koʻrsatiladi (maʼlumotlarning har biri yangi satrdan boshlanadi va ulardan har birining oldiga tartib raqami qoʻyiladi):
1 — ijrosi boʻyicha tovar Oʻzbekiston Respublikasi hududida erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilgan tashqi savdo kontraktining (shartnomasining, kelishuvining) Tashqi savdo operatsiyalari yagona elektron axborot tizimidagi identifikatsiya raqami;
2 — tovarlarni erkin muomalaga chiqarish (import) yoki bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimlariga rasmiylashtirishda BYD roʻyxatga olingan sana. Agar, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilganda, tovar erkin muomalaga chiqarish (import) yoki bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimlariga joylashtirilmagan boʻlsa, tovarni boshqa tegishli bojxona rejimiga joylashtirishda rasmiylashtirilgan BYD roʻyxatga olingan sana koʻrsatiladi.
Grafada mazkur Yoʻriqnomaning 25-bandida belgilangan tartibda tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan olib chiqishga asos boʻlgan BYD toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi;
Grafa mazkur Yoʻriqnomaning 25-bandiga muvofiq, quyidagi oʻziga xos xususiyatlarni inobatga olingan holda toʻldiriladi:
grafada qoʻshimcha ravishda, 832 tartib raqami ostida, bojxona organi tomonidan tovarni reimport bojxona rejimiga joylashtirishga berilgan ruxsatnoma raqami va sanasi koʻrsatiladi (qonun hujjatlarida ruxsatnoma olish talab etiladigan holatlarda);
Grafada quyidagilar koʻrsatiladi (maʼlumotlarning har biri yangi satrdan boshlanadi va ulardan har birining oldiga tartib raqami qoʻyiladi):
1 — ijrosi boʻyicha tovar Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan olib chiqilgan tashqi savdo kontraktining (shartnomasining, kelishuvining) Tashqi savdo operatsiyalari yagona elektron axborot tizimidagi identifikatsiya raqami;
2 — tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan sana. Olib kirilgan sana Oʻzbekiston Respublikasi chegarasidan oʻtish punktidagi chegara bojxona postida tovarning kuzatuv hujjatlariga qoʻyiladigan shtamp sanasi yoki chegara bojxona posti tomonidan Yukni yetkazib berishni nazorat qilish kitobchasi yoxud MDP kitobchasi rasmiylashtirilgan sana boʻyicha aniqlanadi.
8-bob. Tovarlarni vaqtinchalik olib kirish bojxona rejimiga joylashtirishda va ilgari vaqtinchalik olib kirish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni qaytarib olib chiqishda BYDni toʻldirish
§-1. Tovarlarni vaqtinchalik olib kirish bojxona rejimiga joylashtirishda BYDni toʻldirish
1) 9-grafa. “Moliyaviy tartibga solish uchun javobgar shaxs”.
Grafada tovarlarni olib oʻtayotgan (tovarlarni vaqtinchalik olib kirish uchun ruxsatnoma olgan) shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi. Grafa mazkur Yoʻriqnomaning 25-bandiga belgilangan tartib asosida toʻldiriladi;
Grafa mazkur Yoʻriqnomaning 25-bandida belgilangan 44-grafani toʻldirish tartibiga muvofiq, quyidagi oʻziga xos xususiyatlarni inobatga olgan holda toʻldiriladi:
303 tartib raqami ostida ijaraga olingan tovarlar vaqtinchalik olib kirilganda BYDda ijara shartnomasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (raqami, tuzilgan sanasi va amal qilish muddati) koʻrsatiladi;
4) 47-grafa. “Bojxona toʻlovlarining hisobi”.
Grafa mazkur Yoʻriqnomaning 25-bandida belgilangan 47-grafani toʻldirish tartibiga muvofiq, quyidagi oʻziga xos xususiyatlarni inobatga olgan holda toʻldiriladi:
bojxona bojlari va soliqlar summasini hisoblab chiqishda “TU” (toʻlov usuli) grafasining beshinchi ustunida “UN” (bojxona toʻlovlarining shartli hisoblanishi) harfli kodi qoʻyiladi;
5) 50-grafa. “Ishonch bildirgan shaxs”.
Grafa mazkur Yoʻriqnomaning 25-bandida belgilangan 50-grafani toʻldirish tartibiga muvofiq, quyidagi oʻziga xos xususiyatlarni inobatga olgan holda toʻldiriladi:
grafada qoʻshimcha ravishda vaqtinchalik olib kirish bojxona rejimiga qoʻyilgan tovarlar qaytarib olib chiqib ketilishi yoxud boshqa bojxona rejimiga oʻtkazilishi kerak boʻlgan muddat quyidagi shaklda koʻrsatiladi: “20____” “_____” “_______________” gacha tovarlarni qaytarib olib chiqib ketish yoxud boshqa bojxona rejimiga oʻtkazish majburiyatini olaman”.
§-2. Avval vaqtinchalik olib kirish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni qaytarib olib chiqib ketishda BYDni toʻldirish
35. Avval vaqtinchalik olib kirish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni qaytarib olib chiqib ketish reeksport bojxona rejimiga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda mutaxassis tomonidan BYD grafalari mazkur Yoʻriqnomaning 6-bobida belgilangan tartibda toʻldiriladi.
9-bob. Tovarlarni vaqtinchalik olib chiqish bojxona rejimiga joylashtirishda va ilgari vaqtinchalik olib chiqish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni qaytarib olib kirishda BYDni toʻldirish
§-1. Tovarlarni vaqtinchalik olib chiqish bojxona rejimiga joylashtirishda BYDni toʻldirish
1) 9-grafa. “Moliyaviy tartibga solish uchun javobgar shaxs”.
Grafada tovarlarni olib oʻtayotgan (tovarlarni vaqtinchalik olib chiqish uchun ruxsatnoma olgan) shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi. Grafa mazkur Yoʻriqnomaning 22-bandida belgilangan tartibda toʻldiriladi;
Grafa mazkur Yoʻriqnomaning 22-bandida belgilangan 44-grafani toʻldirish tartibiga muvofiq, quyidagi oʻziga xos xususiyatlarni inobatga olgan holda toʻldiriladi:
303 tartib raqami ostida ijaraga olingan tovarlar vaqtinchalik olib chiqilganda BYDda ijara shartnomasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (raqami, tuzilgan sanasi va amal qilish muddati) koʻrsatiladi;
4) 47-grafa. “Bojxona toʻlovlarining hisobi”.
Bojxona bojlari va soliqlar summasini hisoblab chiqishda “TU” (toʻlov usuli) grafasining beshinchi ustunida “UN” (bojxona toʻlovlarining shartli hisoblanishi) harfli kodi qoʻyiladi;
5) 50-grafa. “Ishonch bildirgan shaxs”.
Grafa mazkur Yoʻriqnomaning 22-bandida belgilangan 50-grafani toʻldirish tartibiga muvofiq, quyidagi oʻziga xos xususiyatlarni inobatga olgan holda toʻldiriladi:
grafada qoʻshimcha ravishda vaqtinchalik olib chiqish bojxona rejimiga qoʻyilgan tovarlar qaytarib olib kirilishi yoxud boshqa bojxona rejimiga oʻtkazilishi kerak boʻlgan muddat quyidagi shaklda koʻrsatiladi: “20____” “_____” “______________” gacha tovarlarni qaytarib olib kirish yoxud boshqa bojxona rejimiga oʻtkazish majburiyatini olaman”.
§-2. Avval vaqtinchalik olib chiqish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni qaytarib olib kirishda BYDni toʻldirish
39. Avval vaqtinchalik olib chiqish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni qaytarib olib kirish reimport bojxona rejimiga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda mutaxassis tomonidan BYD grafalari mazkur Yoʻriqnomaning 7-bobida belgilangan tartibda toʻldiriladi.
Grafada, mazkur Yoʻriqnomaning 25-bandida belgilangan 44-grafani toʻldirish tartibiga muvofiq, quyidagilar koʻrsatiladi (maʼlumotlarning har biri yangi satrdan boshlanadi):
tovarlarni bojxona omboriga joylashtirayotgan shaxs bilan ombor egasi oʻrtasidagi bitim raqami va sanasi;
bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur boʻlgan boshqa hujjatlar va maʼlumotlar (bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi toʻgʻrisidagi bayonnomalar va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlar);
Grafada tovarning statistik qiymati koʻrsatiladi. Statistik qiymat sifatida 42-grafada koʻrsatilgan va ming AQSH dollariga keltirilgan tovarning faktura qiymati qabul qilinadi.
Statistik qiymat matematik qoidalarga koʻra verguldan soʻng uch belgigacha aniqlikda yaxlitlanadi.
Statistik qiymatini hisoblashda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan, BYD bojxona rasmiylashtiruvi uchun qabul qilingan kunda amalda boʻlgan kursdan foydalaniladi;
3) 49-grafa. “Ombor nomi”.
Grafada bojxona omborini taʼsis etish uchun berilgan litsenziya raqami va sanasi koʻrsatiladi;
4) 50-grafa. “Ishonch bildirgan shaxs”.
Grafa mazkur Yoʻriqnomaning 25-bandida belgilangan 50-grafani toʻldirish tartibiga muvofiq, quyidagi oʻziga xos xususiyatlarni inobatga olgan holda toʻldiriladi:
grafada qoʻshimcha ravishda quyidagi mazmundagi yozuv koʻrsatiladi: “Tovarlarni XX.XX.XXXX ga qadar boshqa bojxona rejimiga joylashtirish uchun bojxona organlariga murojaat qilish majburiyatini olaman”, bunda XX.XX.XXXX tegishlicha kun, oy va yilni anglatadi;
5) “S” grafa.
Grafada 2 raqami ostida tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan sana koʻrsatiladi. Olib kirilgan sana Oʻzbekiston Respublikasi chegarasidan oʻtish punktidagi chegara bojxona postida tovarning kuzatuv hujjatlariga qoʻyiladigan shtamp sanasi yoki chegara bojxona posti tomonidan Yukni yetkazib berishni nazorat qilish kitobchasi yoxud MDP kitobchasi rasmiylashtirilgan sana boʻyicha aniqlanadi.
Bunda, Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirilayotgan tovarlar boʻyicha BYDning 15 va 15a, Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan olib chiqilayotgan tovarlar boʻyicha — 17 va 17a grafalari toʻldiriladi.
tovarlarni bojxona omboriga joylashtirayotgan shaxs bilan bojxona ombori egasi oʻrtasidagi bitim raqami va sanasi;
bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur boʻlgan boshqa hujjatlar va maʼlumotlar (bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi toʻgʻrisidagi bayonnomalar, tovarlarni bojxona ombori maqomiga ega boʻlmagan binolar va (yoki) ochiq maydonlarga joylashtirilganda vakolatli shaxsning arizasi va bojxona toʻlovlari toʻlanishi taʼminlanishini tasdiqlovchi hujjat nomi, raqami, sanasi, summasi va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlar);
Grafada tovarning tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) valyutasidagi bojxona qiymati koʻrsatiladi. Tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) boʻlmagan holatlarda tovarning bojxona qiymati tovarning kuzatuv hujjatlarida koʻrsatilgan valyutada keltiriladi.
Bojxona qiymati sifatida 42-grafada koʻrsatilgan tovarning faktura qiymati qabul qilinadi;
3) 46-grafa. “Statistik qiymat”.
Grafada tovarning statistik qiymati koʻrsatiladi. Statistik qiymat sifatida 42-grafada koʻrsatilgan va ming AQSH dollariga keltirilgan tovarning faktura qiymati qabul qilinadi.
Statistik qiymat matematik qoidalarga koʻra verguldan soʻng uch belgigacha aniqlikda yaxlitlanadi.
Statistik qiymatini hisoblashda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan, BYD bojxona rasmiylashtiruvi uchun qabul qilingan kunda amalda boʻlgan kursdan foydalaniladi;
4) 49-grafa. “Ombor nomi”.
Grafada bojxona omborini taʼsis etish uchun berilgan litsenziya raqami va sanasi koʻrsatiladi.
Agar tovarlar bojxona ombori maqomiga ega boʻlmagan joylarga joylashtirilayotgan boʻlsa ushbu grafa toʻldirilmaydi;
5) 50-grafa. “Ishonch bildirgan shaxs”.
Grafa tovarlarni olib chiqishda mazkur Yoʻriqnomaning 22-bandiga, olib kirishda 25-bandiga muvofiq, quyidagi oʻziga xos xususiyatlarni inobatga olgan holda toʻldiriladi:
grafada qoʻshimcha ravishda quyidagi mazmundagi yozuv koʻrsatiladi: “Tovarlarni XX.XX.XXXXga qadar boshqa bojxona rejimiga joylashtirish uchun bojxona organlariga murojaat qilish majburiyatini olaman”, bunda XX.XX.XXXX tegishlicha kun, oy va yilni anglatadi;
6) “S” grafa.
Grafada 2 raqami ostida tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan sana koʻrsatiladi. Olib kirilgan sana Oʻzbekiston Respublikasi chegarasidan oʻtish punktidagi chegara bojxona postida tovarning kuzatuv hujjatlariga qoʻyiladigan shtamp sanasi yoki chegara bojxona posti tomonidan Yukni yetkazib berishni nazorat qilish kitobchasi yoxud MDP kitobchasi rasmiylashtirilgan sana boʻyicha aniqlanadi.
48. BYDning 1, 17, 17a va 43-grafalarining toʻldirilishi quyidagi oʻziga xos xususiyatlarga ega:
1) 1-grafa. “Deklaratsiya turi”.
Grafaning birinchi boʻlmasida tovarni olib oʻtish yoʻnalishi koʻrsatiladi — “EK”.
Grafaning ikkinchi boʻlmasida Erkin bojxona zonasi bojxona rejimining ikki raqamli kodi koʻrsatiladi — “71”.
Tovarlar elektron shaklda deklaratsiyalanganda grafaning uchinchi boʻlmasida “ED” yozuvi koʻrsatiladi. Tovarlar qogʻoz shaklda deklaratsiyalanganda ushbu boʻlma toʻldirilmaydi;
51. BYDning 1, 43-grafalarini toʻldirish quyidagi oʻziga xos xususiyatlarga ega:
1) 1-grafa. “Deklaratsiya turi”.
Grafaning birinchi boʻlmasida tovarlarni olib oʻtish yoʻnalishi koʻrsatiladi — “IM”.
Grafaning ikkinchi boʻlmasida erkin bojxona zonasi bojxona rejimining ikki raqamli kodi koʻrsatiladi — “71”.
Tovarlar elektron shaklda deklaratsiyalanganda grafaning uchinchi boʻlmasida “ED” yozuvi koʻrsatiladi. Tovarlar qogʻoz shaklda deklaratsiyalanganda ushbu boʻlma toʻldirilmaydi;
“0” — agar 8-grafada koʻrsatilgan yukni qabul qiluvchi tomonidan oʻz ehtiyoji uchun moʻljallanmagan tovar deklaratsiyalanayotgan boʻlsa;
“1” — agar 8-grafada koʻrsatilgan yukni qabul qiluvchi tomonidan oʻz ehtiyoji uchun moʻljallangan tovar deklaratsiyalanayotgan boʻlsa.
§-3. Avval erkin bojxona zonasi bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqishda BYDni toʻldirish
52. Avval erkin bojxona zonasi bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
chet el tovarlarini olib chiqish — reeksport bojxona rejimida, mazkur Yoʻriqnomaning 6-bobiga muvofiq toʻldirilgan BYDni taqdim etgan holda;
Oʻzbekiston tovarlarni olib chiqish — eksport bojxona rejimida, mazkur Yoʻriqnomaning 4-bobiga muvofiq toʻldirilgan BYDni taqdim etgan holda.
§-4. Avval erkin bojxona zonasi bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirishda BYDni toʻldirish
53. Avval erkin bojxona zonasi bojxona rejimiga joylashtirilgan Oʻzbekiston tovarlarini Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga oʻzgarmagan holda olib kirish reimport bojxona rejimida, mazkur Yoʻriqnomaning 7-bobiga muvofiq toʻldirilgan BYDni taqdim etgan holda amalga oshiriladi.
54. Avval erkin bojxona zonasi bojxona rejimiga joylashtirilgan chet el tovarlarini oʻzgarmagan holda hamda erkin bojxona zonasi hududida ishlab chiqarilgan tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirish deklarant tomonidan tanlangan bojxona rejimida, mazkur Yoʻriqnomaga muvofiq toʻldirilgan BYDni taqdim etgan holda amalga oshiriladi.
55. Avval erkin bojxona zonasi bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirishda BYDning 2, 15, 15a-grafalarining toʻldirilishi quyidagi oʻziga xos xususiyatlarga ega:
1) 2-grafa. “Eksportchi/yukni joʻnatuvchi”.
Grafada mazkur Yoʻrqnomaning 22-bandiga muvofiq tovarni joʻnatayotgan shaxs (erkin bojxona zonasi rezidenti) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi;
2) 15-grafa. “Joʻnatuvchi mamlakat”.
Grafada joʻnatuvchi mamlakat sifatida “Oʻzbekiston” koʻrsatiladi.
3) 15a-grafa. “Joʻnatuvchi mamlakat kodi”.
Grafada Dunyo mamlakatlari tasniflagichiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining raqamli kodi koʻrsatiladi.
56. “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasida tovarlarni deklaratsiyalashda BYD, ushbu Yoʻriqnoma talablarini inobatga olgan holda, “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasida tovarlarni rasmiylashtirishda bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish qoidalariga (roʻyxat raqami № 2154, 2010-yil 12-noyabr) muvofiq toʻldiriladi.
Grafa mazkur Yoʻriqnomaning 22-bandiga muvofiq, quyidagi oʻziga xos xususiyatlarni inobatga olgan holda toʻldiriladi:
grafada qoʻshimcha ravishda, 810 tartib raqami ostida, tovarlarni erkin omborga joylashtirayotgan shaxs va erkin ombor egasi oʻrtasidagi bitim raqami va sanasi koʻrsatiladi;
5) 45-grafa. “Bojxona qiymati”.
Grafada mazkur Yoʻriqnomaning 22-bandiga muvofiq tovarlarning bojxona qiymati tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) valyutasida koʻrsatiladi. Tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) boʻlmagan holatlarda tovarning bojxona qiymati tovarning kuzatuv hujjatlarida koʻrsatilgan valyutada keltiriladi.
Bojxona qiymati BYDni taqdim etish vaqtida mutaxassisda mavjud hujjatlar va maʼlumotlar asosida aniqlanadi.
BYDni taqdim etish vaqtida tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun zarur hujjatlar va maʼlumotlar mavjud boʻlmasa, bojxona qiymati sifatida 42-grafada koʻrsatilgan tovarning faktura qiymati qabul qilinadi;
6) 50-grafa. “Ishonch bildirgan shaxs”.
Grafa mazkur Yoʻriqnomaning 22-bandiga muvofiq quyidagi xususiyatlarni inobatga olgan holda toʻldiriladi.
Erkin ombor bojxona rejimiga joylashtirilayotgan va Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga eksport bojxona rejimida olib chiqib ketishga moʻljallangan tovarlarini rasmiylashtirishda ushbu grafaga kiritiladigan maʼlumotlarga qoʻshimcha ravishda tovarlar erkin ombordan olib chiqib ketilishi lozim boʻlgan sana ham koʻrsatiladi.
§-2. Erkin ombor bojxona rejimiga joylashtiriladigan chet el tovarlarni rasmiylashtirishda BYDni toʻldirish
60. Oʻzbekiston Respublikasi hududi tashqarisidan olib kirilib, erkin ombor bojxona rejimiga joylashtiriladigan tovarlarni rasmiylashtirishda mutaxassis tomonidan BYDning quyidagi grafalari toʻldiriladi: 1, 2, 3, 5, 7 (post kodi), 8, 9, 11, 12, 13, 14, 15, 15a, 18, 19, 20, 21, 22, 23, 24, 25, 26, 28, 29, 30, 31, 32, 33, 34, 35, 36, 37, 38, 40, 41, 42, 43, 44, 45, 46, 47, 49, 50, 54, “V”, “S”.
Grafa mazkur Yoʻriqnomaning 25-bandiga muvofiq, quyidagi oʻziga xos xususiyatlarni inobatga olgan holda toʻldiriladi:
grafada qoʻshimcha ravishda, 810 tartib raqami ostida, tovarlarni erkin omborga joylashtirayotgan shaxs va erkin ombor egasi oʻrtasidagi bitim raqami va sanasi koʻrsatiladi;
2) 45-grafa. “Bojxona qiymati”.
Grafada mazkur Yoʻriqnomaning 25-bandiga muvofiq tovarlarning bojxona qiymati tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) valyutasida koʻrsatiladi. Tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) boʻlmagan holatlarda tovarning bojxona qiymati tovarning kuzatuv hujjatlarida koʻrsatilgan valyutada keltiriladi.
Bojxona qiymati BYDni taqdim etish vaqtida mutaxassisda mavjud hujjatlar va maʼlumotlar asosida aniqlanadi.
BYDni taqdim etish vaqtida tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun zarur hujjatlar va maʼlumotlar mavjud boʻlmasa, bojxona qiymati sifatida tovarning 42-grafada koʻrsatilgan faktura qiymati qabul qilinadi;
3) 46-grafa. “Statistik qiymat”.
Grafada, mazkur Yoʻriqnomaning 25-bandiga muvofiq, BYDni taqdim etish vaqtida mutaxassis ixtiyorida mavjud hujjatlar va maʼlumotlar asosida tovarning statistik qiymati koʻrsatiladi.
BYDni taqdim etish vaqtida tovarning statistik qiymatini aniqlash uchun zarur hujjatlar va maʼlumotlar mavjud boʻlmasa, statistik qiymat sifatida 42-grafada koʻrsatilgan va ming AQSH dollariga keltirilgan tovarning faktura qiymati qabul qilinadi.
Statistik qiymat matematik qoidalarga koʻra verguldan soʻng uch belgigacha aniqlikda yaxlitlanadi.
Statistik qiymatni hisoblashda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan, BYD bojxona rasmiylashtiruvi uchun qabul qilingan kunda amalda boʻlgan kursdan foydalaniladi;
4) 49-grafa. “Ombor nomi”.
Grafada erkin omborni taʼsis etish uchun berilgan litsenziya raqami va sanasi koʻrsatiladi.
§-3. Erkin ombordan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqilayotgan tovarlarni rasmiylashtirishda BYDni toʻldirish
63. Erkin ombordan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqiladigan tovarlarni rasmiylashtirish quyidagicha amalga oshiriladi:
chet el tovarlarini olib chiqish — reeksport bojxona rejimida, mazkur Yoʻriqnomaning 6-bobiga muvofiq toʻldirilgan BYDni taqdim etgan holda;
Oʻzbekiston tovarlarni olib chiqish — eksport bojxona rejimida, mazkur Yoʻriqnomaning 4-bobiga muvofiq toʻldirilgan BYDni taqdim etgan holda.
§-4. Erkin ombordan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirilayotgan tovarlarni rasmiylashtirishda BYDni toʻldirish§
64. Erkin ombordan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirilayotgan tovarlarni rasmiylashtirish quyidagicha amalga oshiriladi:
chet el tovarlarini olib kirish — erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimida, mazkur Yoʻriqnomaning 5-bobiga muvofiq toʻldirilgan BYDni taqdim etgan holda;
Oʻzbekiston tovarlarini olib kirish — reimport bojxona rejimida, mazkur Yoʻriqnomaning 7-bobiga muvofiq toʻldirilgan BYDni taqdim etgan holda.
65. Bunda Oʻzbekiston tovarlarini reimport bojxona rejimiga muvofiq olib kirishda BYDning 15 va 15a-grafalarining toʻldirilishi quyidagi oʻziga xos xususiyatlarga ega:
1) 15-grafa. “Joʻnatuvchi mamlakat”.
Mazkur grafada “Oʻzbekiston” koʻrsatiladi.
2) 15a-grafa. “Joʻnatuvchi mamlakat kodi”.
Grafada Dunyo mamlakatlari tasniflagichiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining raqamli kodi koʻrsatiladi.
14-bob. Boj olinmaydigan savdo bojxona rejimiga joylashtirilayotgan tovarlarni deklaratsiyalashda BYDni toʻldirish
66. Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirilgan yoki ushbu hududga olib kirilib boshqa bojxona rejimiga joylashtirilgan (erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimi bundan mustasno) tovarlarni boj olinmaydigan savdo bojxona rejimiga joylashtirishda mutaxassis tomonidan BYDning quyidagi grafalari toʻldiriladi: 1, 2, 3, 5, 7 (post kodi), 8, 9, 11, 12, 13, 14, 15, 15a, 18, 19, 20, 21, 22, 23, 24, 25, 26, 28, 29, 30, 31, 32, 33, 34, 35, 36, 37, 38, 40, 41, 42, 44, 45, 46, 47, 49, 50, 54, “V”, “C”.
68. BYDning 2, 8, 49-grafalarining toʻldirilishi quyidagi oʻziga xos xususiyatlarga ega:
1) 2-grafa. “Eksportchi/yukni joʻnatuvchi”.
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirilgan yoki ushbu hududga olib kirilib boshqa bojxona rejimiga joylashtirilgan (erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimi bundan mustasno) tovarlar boʻyicha ushbu grafa mazkur Yoʻriqnomaning 25-bandiga muvofiq toʻldiriladi.
Oʻzbekiston tovarlarini boj olinmaydigan savdo bojxona rejimiga joylashtirishda grafada mazkur Yoʻriqnomaning 22-bandida belgilangan tartibda tovarlarni boj olinmaydigan savdo doʻkoni egasiga yetkazib bergan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi;
2) 8-grafa. “Importchi/yukni qabul qiluvchi”.
Ushbu grafada mazkur Yoʻriqnomaning 25-bandida belgilangan tartibda boj olinmaydigan savdo doʻkoni egasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi;
3) 49-grafa. “Ombor nomi”.
Mazkur grafada boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya raqami va sanasi koʻrsatiladi.
15-bob. Tovarlarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlashda va tovarlarni qayta ishlashdan soʻng qaytarib olib kirishda BYDni toʻldirish
§-1. Tovarlarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlashda BYDni toʻldirish
Grafada tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) valyutasida 31-grafada deklaratsiyalanayotgan tovarni qayta ishlash boʻyicha xizmatlar qiymati koʻrsatiladi.
Begʻaraz asosda qayta ishlashda grafada “0” koʻrsatiladi.
Tovarni qayta ishlash boʻyicha xizmatlar qiymati matematik qoidalarga koʻra verguldan keyingi ikki belgigacha aniqlikda yaxlitlanadi;
Grafa mazkur Yoʻriqnomaning 22-bandiga muvofiq, quyidagi oʻziga xos xususiyatlarni inobatga olgan holda toʻldiriladi:
grafada qoʻshimcha ravishda, 835 tartib raqami ostida, bojxona organi tomonidan qayta ishlashga berilgan ruxsatnoma raqami va sanasi hamda qayta ishlash uchun belgilangan muddat koʻrsatiladi;
Grafaning oʻng boʻlmasida tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) valyutasida 31-grafada deklaratsiyalanayotgan tovarning bojxona qiymati koʻrsatiladi. Bojxona qiymati Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 19-sentabrdagi 198-son “Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan olib chiqilayotgan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash va deklaratsiyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorida belgilangan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash usullariga muvofiq hisoblanadi.
Bojxona qiymati matematik qoidalarga koʻra verguldan keyingi ikki belgigacha aniqlikda yaxlitlanadi;
4) 47-grafa. “Bojxona toʻlovlarining hisobi”.
Grafa mazkur Yoʻriqnomaning 22-bandiga muvofiq, quyidagi oʻziga xos xususiyatlarni inobatga olingan holda toʻldiriladi:
bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimning hisoblash asosi qayta ishlash uchun xizmatlar qiymatidan hisoblanadi. Hisoblash uchun asosni aniqlashda qayta ishlash xizmatlari qiymatini Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida qayta hisoblash Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan, BYD rasmiylashtiruv uchun qabul qilingan kundagi kurs boʻyicha amalga oshiriladi;
Grafa mazkur Yoʻriqnomaning 22-bandiga muvofiq, quyidagi oʻziga xos xususiyatlarni inobatga olgan holda toʻldiriladi:
grafada qoʻshimcha ravishda quyidagi mazmundagi yozuv amalga oshiriladi: “Tovarni qayta ishlash muddati yakunlangach uni boshqa bojxona rejimiga joylashtirish uchun XX.XX.XXXX ga qadar bojxona organlariga murojaat qilish majburiyatini olaman”, bu yerda XX.XX.XXXX tegishlicha kun, oy va yilni anglatadi.
§-2. Tovarlarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlagandan soʻng qaytarib olib kirishda BYDni toʻldirish
72. Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimidan soʻng qayta ishlash mahsulotlarini hamda bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash uchun olib chiqilgan tovarlarning chiqindilarini qaytarib olib kirish erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimida mazkur Yoʻriqnomaning 5-bobi talablariga muvofiq, mazkur Yoʻriqnomaning 73-bandida koʻrsatilgan alohida grafalarni toʻldirishning oʻziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda toʻldirilgan BYDni taqdim etish orqali amalga oshiriladi.
73. BYDning 42, 45, 46 va 47-grafalarining toʻldirilishi quyidagi oʻziga xos xususiyatlarga ega:
Grafada tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) valyutasida deklaratsiyalanayotgan tovarni qayta ishlash boʻyicha xizmatlar qiymati koʻrsatiladi.
Begʻaraz asosda qayta ishlashda grafada “0” koʻrsatiladi.
Tovarni qayta ishlash boʻyicha xizmatlar qiymati matematik qoidalarga koʻra verguldan keyingi ikki belgigacha aniqlikda yaxlitlanadi;
Grafaning oʻng boʻlmasida 31-grafada deklaratsiyalanayotgan tovarning tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) valyutasidagi bojxona qiymati koʻrsatiladi.
Qayta ishlash mahsulotlarini olib kirishda bojxona qiymati tarkibida qayta ishlash boʻyicha operatsiyalar qiymati ham hisobga olinadi.
Bojxona qiymati Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksida belgilangan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash usullariga muvofiq hisoblanadi.
Bojxona qiymati matematik qoidalarga koʻra verguldan keyingi ikki belgigacha aniqlikda yaxlitlanadi;
3) 46-grafa. “Statistik qiymat”.
Grafada 45-grafada keltirilgan bojxona qiymati asosida hisoblangan tovarlarning statistik qiymati ming AQSH dollarida koʻrsatiladi. Statistik qiymat matematik qoidalarga koʻra verguldan keyingi uch belgigacha aniqlikda yaxlitlanadi.
Statistik qiymatni hisoblashda BYD bojxona rasmiylashtiruvi uchun qabul qilingan kunda amalda boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs qoʻllaniladi;
4) 47-grafa. “Bojxona toʻlovlarining hisobi”.
Grafa mazkur Yoʻriqnomaning 25-bandiga muvofiq toʻldiriladi.
Shu bilan birga, qayta ishlash mahsulotlari boʻyicha bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimning hisoblash asosi, qayta ishlash boʻyicha operatsiyalar qiymatini inobatga olgan holda, qayta ishlash mahsulotlarining bojxona qiymatidan hisoblanadi.
Boshqa bojxona toʻlovlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisoblanadi va undiriladi.
74. Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash uchun olib chiqilgan tovarni hamda bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash uchun olib chiqilgan tovarning qoldiqlarini qaytarib olib kirish reimport bojxona rejimida mazkur Yoʻriqnomaning 7-bobi talablariga muvofiq, mazkur Yoʻriqnomaning 75-bandida koʻrsatilgan alohida grafalarni toʻldirishning oʻziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda toʻldirilgan BYDni taqdim etish orqali amalga oshiriladi.
75. BYDning 42, 45, 46 va 47-grafalarining toʻldirilishi quyidagi oʻziga xos xususiyatlarga ega:
1) 42-grafa. “Tovarning faktura qiymati”.
Grafada tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) valyutasida 31-grafada deklaratsiyalanayotgan tovarni qayta ishlash boʻyicha xizmatlar qiymati koʻrsatiladi.
Begʻaraz asosda qayta ishlashda grafada “0” koʻrsatiladi.
Tovarni qayta ishlash boʻyicha xizmatlar qiymati matematik qoidalarga koʻra verguldan keyingi ikki belgigacha aniqlikda yaxlitlanadi;
2) 45-grafa. “Bojxona qiymati”.
Grafaning oʻng boʻlmasida tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) valyutasida 31-grafada deklaratsiyalanayotgan tovarning bojxona qiymati koʻrsatiladi. Bojxona qiymati Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksida belgilangan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash usullariga muvofiq hisoblanadi.
Bojxona qiymati matematik qoidalarga koʻra verguldan keyingi ikki belgigacha aniqlikda yaxlitlanadi;
3) 46-grafa. “Statistik qiymat”.
Grafada 45-grafada keltirilgan bojxona qiymati asosida hisoblangan tovarlarning statistik qiymati ming AQSH dollarida koʻrsatiladi. Statistik qiymat matematik qoidalarga koʻra verguldan keyingi uch belgigacha aniqlikda yaxlitlanadi.
Statistik qiymatni hisoblashda BYD bojxona rasmiylashtiruvi uchun qabul qilingan kunda amalda boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs qoʻllaniladi;
4) 47-grafa. “Bojxona toʻlovlarining hisobi”.
Grafa mazkur Yoʻriqnomaning 25-bandiga muvofiq toʻldiriladi.
Shu bilan birga, bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimning hisoblash asosi tovarning bojxona qiymatidan hisoblanadi.
Boshqa bojxona toʻlovlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisoblanadi va undiriladi.
Grafada tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) valyutasida 31-grafada deklaratsiyalanayotgan tovarni qayta ishlash boʻyicha xizmatlar qiymati koʻrsatiladi.
Begʻaraz asosda qayta ishlashda grafada “0” koʻrsatiladi.
Tovarni qayta ishlash boʻyicha xizmatlar qiymati matematik qoidalarga koʻra verguldan keyingi ikki belgigacha aniqlikda yaxlitlanadi;
2) 44-grafa. “Qoʻshimcha maʼlumotlar / taqdim etilayotgan hujjatlar”.
Grafa mazkur Yoʻriqnomaning 25-bandiga muvofiq, quyidagi oʻziga xos xususiyatlarni inobatga olgan holda toʻldiriladi:
grafada qoʻshimcha ravishda, 834 tartib raqami ostida, bojxona organi tomonidan qayta ishlashga berilgan ruxsatnoma raqami va sanasi hamda qayta ishlash uchun belgilangan muddat koʻrsatiladi;
Grafaning oʻng boʻlmasida 31-grafada deklaratsiyalanayotgan tovarning tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) valyutasidagi bojxona qiymati koʻrsatiladi. Bojxona qiymati Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksida belgilangan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash usullariga muvofiq hisoblanadi.
Bojxona qiymati matematik qoidalarga koʻra verguldan soʻng ikki belgigacha aniqlikda yaxlitlanadi;
4) 46-grafa. “Statistik qiymat”.
Grafada 45-grafada keltirilgan bojxona qiymati asosida hisoblangan tovarlarning statistik qiymati ming AQSH dollarida koʻrsatiladi. Statistik qiymat matematik qoidalarga koʻra verguldan keyingi uch belgigacha aniqlikda yaxlitlanadi.
Statistik qiymatni hisoblashda BYD bojxona rasmiylashtiruvi uchun qabul qilingan kunda amalda boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs qoʻllaniladi;
5) 47-grafa. “Bojxona toʻlovlarining hisobi”.
Grafa mazkur Yoʻriqnomaning 25-bandiga muvofiq, quyidagi oʻziga xos xususiyatlarni inobatga olgan holda toʻldiriladi:
bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimning hisoblash asosi qayta ishlash uchun xizmatlar qiymatidan hisoblanadi. Hisoblash uchun asosni aniqlashda qayta ishlash xizmatlari qiymatini Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida qayta hisoblash Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan, BYD rasmiylashtiruv uchun qabul qilingan kundagi kurs boʻyicha amalga oshiriladi;
5) 50-grafa. “Ishonch bildirgan shaxs”.
Grafa mazkur Yoʻriqnomaning 25-bandiga muvofiq, quyidagi oʻziga xos xususiyatlarni inobatga olgan holda toʻldiriladi:
grafada qoʻshimcha ravishda quyidagi mazmundagi yozuv amalga oshiriladi: “Tovarni qayta ishlash muddati yakunlangach uni boshqa bojxona rejimiga joylashtirish uchun bojxona organlariga murojaat qilish majburiyatini olaman”.
§-2. Tovarlarni bojxona hududida qayta ishlashdan soʻng qaytarib olib chiqib ketishda BYDni toʻldirish
79. Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimidan soʻng qayta ishlash mahsulotlarini, bojxona hududida qayta ishlash uchun olib kirilgan tovar, tovarning chiqindilari va qoldiqlarini qaytarib olib chiqib ketish reeksport bojxona rejimiga muvofiq amalga oshiriladi.
80. Bunda mutaxassis tomonidan bojxona organlariga mazkur Yoʻriqnomaning 4-bobi talablariga muvofiq, mazkur Yoʻriqnomaning 81-bandida koʻrsatilgan alohida grafalarni toʻldirishning oʻziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, toʻldirilgan BYD taqdim etiladi.
81. BYDning 42, 45 va 47-grafalarining toʻldirilishi quyidagi oʻziga xos xususiyatlarga ega:
1) 42-grafa. “Tovarning faktura qiymati”.
Grafada tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) valyutasida deklaratsiyalanayotgan tovarni qayta ishlash boʻyicha xizmatlar qiymati koʻrsatiladi.
Begʻaraz asosda qayta ishlashda grafada “0” koʻrsatiladi.
Tovarni qayta ishlash boʻyicha xizmatlar qiymati matematik qoidalarga koʻra verguldan keyingi ikki belgigacha aniqlikda yaxlitlanadi;
Grafaning oʻng boʻlmasida 31-grafada deklaratsiyalanayotgan tovarning tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) valyutasidagi bojxona qiymati koʻrsatiladi.
Qayta ishlash mahsulotlarini olib chiqib ketishda bojxona qiymati tarkibida qayta ishlash boʻyicha operatsiyalar qiymati ham hisobga olinadi.
Bojxona qiymati matematik qoidalarga koʻra verguldan soʻng ikki belgigacha aniqlikda yaxlitlanadi;
3) 47-grafa. “Bojxona toʻlovlarining hisobi”.
Grafa mazkur Yoʻriqnomaning 22-bandiga muvofiq toʻldiriladi.
Shu bilan birga, qayta ishlash mahsulotlari boʻyicha bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimning hisoblash asosi, qayta ishlash uchun operatsiyalar qiymatini inobatga olgan holda, qayta ishlash mahsulotlarining bojxona qiymatidan hisoblanadi.
Boshqa bojxona toʻlovlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisoblanadi va undiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirilgan yoki ushbu hududga olib kirilib, boshqa bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlar boʻyicha grafa mazkur Yoʻriqnomaning 25-bandiga muvofiq toʻldiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan olib chiqib ketilayotgan tovarlarni davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirishda grafa mazkur Yoʻriqnomaning 22-bandiga muvofiq toʻldiriladi.
Grafada qoʻshimcha ravishda quyidagilar koʻrsatiladi:
Grafaning birinchi boʻlmasida bojxona tranziti operatsiyasining qisqa nomi koʻrsatiladi — “TR”.
Grafaning ikkinchi boʻlmasida Bojxona rejimlari tasniflagichiga muvofiq bojxona rejimining ikki raqamli kodi koʻrsatiladi.
Tovarlar elektron shaklda deklaratsiyalanganda grafaning uchinchi boʻlmasida “ED” yozuvi koʻrsatiladi. Tovarlar qogʻoz shaklda deklaratsiyalanganda ushbu boʻlma toʻldirilmaydi;
Grafada transport hujjatlariga asosan bojxona tranziti rejimiga joylashtirilayotgan tovarlarni joʻnatuvchi shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qayd etiladi.
Grafada quyidagilar koʻrsatiladi:
yukni joʻnatuvchi jismoniy shaxs boʻlsa — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, uning yashash manzili (Dunyo mamlakatlari tasniflagichiga muvofiq mamlakatning qisqa nomi va manzili);
yukni joʻnatuvchi yuridik shaxs boʻlsa — uning qisqacha nomi va joylashgan yeri (Dunyo mamlakatlari tasniflagichiga muvofiq mamlakatning qisqa nomi va manzili).
Masalan:
“Alibayev Nuridin Kamalovich
Qozogʻiston, Almati sh., Suyunbay shoh koʻchasi, 450-uy”
yoki “Ros-Torg” MCHJ
Rossiya, Ivanovo sh., Smirnov koʻch., 62-uy”.
Agar yukni joʻnatuvchi tovarni boshqa shaxsning topshirigʻiga koʻra joʻnatayotgan boʻlsa yoki shunga oʻxshash boshqa holatlarda grafada avval yukni joʻnatuvchining qisqacha nomi va joylashgan yeri (yuridik manzili), soʻngra tovarni joʻnatish toʻgʻrisida topshiriq bergan shaxsning qisqacha nomi va joylashgan yeri (yuridik manzili) koʻrsatiladi.
Masalan:
“Ros-Torg” MCHJ
Rossiya, Ximki shah., Karlov koʻch., 362-uy
“Faraon” MCHJ topshirigʻiga asosan
Rossiya, Moskva shah., Bolshaya polyanka koʻch., 563”.
Tovarlarni qogʻoz shaklda deklaratsiyalashda qoʻshimcha varaqlarda grafa toʻldirilmaydi;
3) 3-grafa. “Qoʻshimcha varaqlar”.
Grafaning birinchi boʻlmasida varaqning tartib raqami, ikkinchi boʻlmasida taqdim etilayotgan BYD varaqlarining umumiy soni (asosiy va qoʻshimcha varaqlari yigʻindisi) koʻrsatiladi.
Masalan, agar BYD ikkita qoʻshimcha varaqlarga ega boʻlsa BYDning asosiy varagʻida “1/3”; birinchi qoʻshimcha varagʻida “2/3”; ikkinchi qoʻshimcha varagʻida “3/3” koʻrsatiladi. Agar BYD qoʻshimcha varaqlarga ega boʻlmasa “1/1” koʻrsatiladi.
Tovarlar elektron shaklda deklaratsiyalanganda grafada, elektron BYD qogʻozga chop etilgandagi kabi varaqning tartib raqami va BYD varaqlarining umumiy soni mazkur kichik bandda belgilangan tartibda koʻrsatiladi;
4) 5-grafa. “Tovarlar nomlarining umumiy soni”.
Grafada BYDning 31-grafalarida koʻrsatilgan tovarlar nomlarining umumiy soni yoziladi. Bu son BYDning toʻldirilgan 31-grafalari soniga muvofiq boʻlishi lozim;
5) 7-grafa. “BYDning roʻyxat raqami”.
Grafada Bojxona postlari tasniflagichiga muvofiq BYD rasmiylashtirish uchun taqdim etiladigan bojxona postining beshta raqamli kodi koʻrsatiladi;
Grafada transport hujjatlariga asosan bojxona tranziti rejimiga joylashtirilayotgan tovarlarni qabul qiluvchi shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qayd etiladi.
Grafada quyidagilar koʻrsatiladi:
yukni qabul qiluvchi jismoniy shaxs boʻlsa — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, uning yashash manzili (Dunyo mamlakatlari tasniflagichiga muvofiq mamlakatning qisqa nomi va manzili);
yukni qabul qiluvchi yuridik shaxs boʻlsa — uning qisqacha nomi va joylashgan yeri (Dunyo mamlakatlari tasniflagichiga muvofiq mamlakatning qisqa nomi va manzili).
Masalan:
“Mamedov Kurban Bekirovich
Turkmaniston, Ashxobod sh., Marv koʻchasi, 30-uy”
yoki “Persepolis” LTD
Eron, Texron sh., Sepaxon koʻch., 45-uy”.
Agar yukni qabul qiluvchi tovarni boshqa shaxsning topshirigʻiga koʻra qabul qilib olayotgan boʻlsa yoki shunga oʻxshash boshqa holatlarda grafada avval yukni qabul qiluvchining qisqacha nomi va joylashgan yeri (yuridik manzili), soʻngra tovarni qabul qilib olish toʻgʻrisida topshiriq bergan shaxsning qisqacha nomi va joylashgan yeri (yuridik manzili) koʻrsatiladi.
Masalan:
“Persepolis” LTD
Eron, Texron sh., Sepaxon koʻch., 45-uy
“Traktorsozi” INC topshirigʻiga asosan
Eron, Texron sh., Firdavsiy koʻch., 93”.
Tovarlarni qogʻoz shaklda deklaratsiyalashda qoʻshimcha varaqlarda grafa toʻldirilmaydi;
7) Grafa 9. “Moliyaviy tartibga solish uchun javobgar shaxs”.
Grafada tovarlarni tashuvchisi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi. Tashuvchi deganda tranzit tovarlarini tashish boʻyicha bitim tuzgan, ushbu tovarlarni joʻnatuvchi bojxona organidan tovarlar kelib tushadigan bojxona organigacha olib borish majburiyatini olgan shaxs tushuniladi.
Grafada quyidagilar koʻrsatiladi:
tashuvchi jismoniy shaxs boʻlsa — uning familiyasi, ismi va otasining ismi, yashash manzili (Dunyo mamlakatlari tasniflagichiga muvofiq mamlakatning qisqa nomi va manzili), telefon raqami va shaxsini tasdiqlovchi hujjat toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
tashuvchi yuridik shaxs boʻlsa — uning qisqacha nomi va joylashgan yeri (Dunyo mamlakatlari tasniflagichiga muvofiq mamlakatning qisqa nomi va yuridik manzili), telefon raqami;
8) 13-grafa.
Grafada Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan, BYD bojxona rasmiylashtiruviga qabul qilingan kundagi AQSH dollarining Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasiga nisbatan kursi koʻrsatiladi;
9) 14-grafa. “Deklarant/bojxona brokeri”.
Grafada BYDni toʻldirgan va bojxona organiga taqdim etayotgan mutaxassis shtatida boʻlgan bojxona brokeri yoki deklarantning qisqacha nomi, joylashgan yeri (yuridik manzili), telefon raqami va elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa) koʻrsatiladi.
Grafada tovar joʻnatilgan mamlakatning Dunyo mamlakatlari tasniflagichiga muvofiq qisqa nomi koʻrsatiladi;
11) 15a-grafa. “Joʻnatuvchi mamlakat kodi”.
Grafada tovar joʻnatilgan mamlakatning Dunyo mamlakatlari tasniflagichiga muvofiq raqamli kodi koʻrsatiladi;
12) 17-grafa. “Kelib tushadigan mamlakat”.
Grafada tovar kelib tushadigan mamlakatning Dunyo mamlakatlari tasniflagichiga muvofiq qisqa nomi koʻrsatiladi;
13) 17a-grafa. “Kelib tushadigan mamlakat kodi”.
Grafada tovar kelib tushadigan mamlakatning Dunyo mamlakatlari tasniflagichiga muvofiq raqamli kodi koʻrsatiladi;
14) 18-grafa. “Joʻnatish/yetkazib berish vaqtidagi transport vositasi”.
Grafada joʻnatuvchi bojxona organidan tovar kelib tushadigan bojxona organiga tranzit tovarlarini tashish amalga oshirilayotgan transport vositasi haqidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Grafaning chap boʻlmasida transport vositalari miqdori yoziladi, soʻngra bitta boʻsh joy (probel) tashlab Transport turlari tasniflagichiga muvofiq transport vositasining qisqacha nomi, soʻngra ikki nuqtadan keyin orasiga “;” ajratish belgisi qoʻyilgan holda transport vositasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi (dengiz yoki daryo kemasi nomi, havo kemasining reys va bort raqami, temir yoʻl vagoni raqami, yoʻl transport vositasi roʻyxat raqami va shu kabi maʼlumotlar).
Agar tovarlar avtotransport vositalari sostavi bilan olib oʻtilayotgan boʻlsa, transport vositasi roʻyxat raqamidan soʻng “/” ajratish belgisi qoʻyilgan holda pritseplar, yarim pritseplar va h.k. raqamlari koʻrsatiladi.
Masalan:
2 AVTO: A987SA/K118DS; S654DA/P312LK.
Grafaning oʻng boʻlmasida transport vositasi tegishli boʻlgan mamlakatning Dunyo mamlakatlari tasniflagichiga muvofiq raqamli kodi koʻrsatiladi.
Agar tovarlarni tashishda avtotransport vositalari sostavidan foydalanilgan boʻlsa, ushbu transport vositalarini (pritseplarni, yarim pritseplarni va h.k.) harakatga keltirgan avtotransport vositasi roʻyxatga olingan mamlakatning raqamli kodi koʻrsatiladi.
Agar transport vositalari bir nechta davlatlarga tegishli boʻlsa, grafaning chap boʻlmasida transport vositalari soni, soʻngra boʻsh joy (probel) tashlanib “BYD orqa tomoniga qarang” (qogʻoz shakldagi BYDda) havolasi yoziladi, grafaning oʻng boʻlmasidan “999” kodi qoʻyiladi. Qogʻoz shakldagi BYDning orqa tomonida Transport turlari tasniflagichiga muvofiq transport vositasining qisqacha nomi, soʻngra ikki nuqtadan keyin transport vositalari raqami va chiziqchadan soʻng, transport vositasi tegishli boʻlgan mamlakatning raqamli kodi koʻrsatiladi.
Elektron BYDda bunday havolaga yoʻl qoʻyilmaydi va barcha maʼlumotlar elektron BYDning bevosita oʻzida koʻrsatiladi.
Tovarlar elektr uzatish liniyalari yoki quvur transporti orqali olib oʻtilganda grafada Transport turlari tasniflagichiga muvofiq transport vositasining qisqacha nomi koʻrsatiladi: “TRUBOPROVOD”, “LEP”;
15) 19-grafa. “Konteyner”.
Grafada quyidagilar koʻrsatiladi:
“0” — agar tovarlar konteynerda olib oʻtilmayotgan boʻlsa;
“1” — agar tovarlar konteynerda olib oʻtilayotgan boʻlsa;
Grafada tranzit tovarlari kelib tushadigan bojxona organi orqali Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan olib chiqib ketilayotgan transport vositalari haqidagi maʼlumotlar mazkur bandning 14-kichik bandiga muvofiq koʻrsatiladi.
Tovar Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirilgan transport vositasining oʻzida olib chiqib ketiladigan boʻlsa “18-grafaga qarang” havolasi yoziladi.
Elektron BYDda bunday havola qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi va barcha maʼlumotlar elektron BYDning oʻzida toʻliq koʻrsatiladi.
Grafa deklarantda tovarlar bojxona hududidan olib chiqib ketiladigan transport vositasi toʻgʻrisida maʼlumot mavjud boʻlmaganda (tovarlar bojxona nazorati ostida qayta yuklanadigan holatlarda) toʻldirilmaydi;
17) 22-grafa. “Valyuta va tovarlarning umumiy faktura qiymati”.
Grafaning chap boʻlmasida Valyutalar tasniflagichiga muvofiq tovar baholangan valyutaning raqamli kodi koʻrsatiladi.
Grafaning oʻng boʻlmasida raqamlarda deklaratsiyalanayotgan tovarlar turkumining umumiy baholangan summasi koʻrsatiladi.
Deklaratsiyalanayotgan tovarlar turkumining umumiy baholangan summasi BYDning 42-grafalaridagi qiymatlar yigʻindisidan tashkil topadi;
18) 23-grafa. “Valyuta kursi”.
Grafada raqamli kodi BYDning 22-grafasida koʻrsatilgan valyutaning Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan, BYD bojxona rasmiylashtiruviga qabul qilingan kundagi Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasiga nisbatan kursi koʻrsatiladi.
Masalan:
agar 1 Rossiya rubli = 63,41 soʻm boʻlsa, grafada “1/63,41” koʻrsatiladi;
agar 10 Yapon yenasi = 220,09 soʻm boʻlsa, grafada “10/220,09” koʻrsatiladi;
agar valyuta kontrakti Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasi boʻlsa grafada “1/1” koʻrsatiladi;
19) 25-grafa. “Chegaradagi transport turi”.
Grafada Transport turlari tasniflagichiga muvofiq 21-grafada koʻrsatilgan transport vositasi turining kodi koʻrsatiladi.
Grafa deklarantda tovarlar bojxona hududidan olib chiqib ketiladigan transport vositasi toʻgʻrisida maʼlumot mavjud boʻlmaganda (tovarlar bojxona nazorati ostida qayta yuklanadigan holatlarda) toʻldirilmaydi;
20) 26-grafa. “Mamlakat ichkarisidagi transport turi”.
Grafada Transport turlari tasniflagichiga muvofiq 18-grafada koʻrsatilgan transport vositasi turining kodi koʻrsatiladi;
21) 28-grafa. “Moliya va bank maʼlumotlari”.
Tranzit tovarlari bojxona brokeri yoki tashuvchining vakili boʻlmagan ekspeditor shaxs tomonidan deklaratsiyalanganda toʻldiriladi.
Grafada deklarant yoki bojxona brokerining soʻmdagi hisobvaraqasi ochilgan bank muassasasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi, bunda rekvizitlarning har biri yangi satrdan boshlanadi va ulardan har birining oldiga tartib raqami qoʻyiladi:
1 — deklarant yoki bojxona brokerining STIRi/bank STIRi;
4 — deklarant yoki bojxona brokerining Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasidagi hisobvaraqasi raqami/bank MFOsi;
5 — deklarant yoki bojxona brokerining xorijiy valyutadagi hisobvaraqasi raqami/bank MFOsi (bojxona toʻlovlari xorijiy valyutada toʻlangan holatlarda);
22) 29-grafa. “Chegaradagi bojxona”.
Grafada Bojxona postlari tasniflagichiga muvofiq tovarlar Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan bojxona posti kodi va nomi koʻrsatiladi;
23) 31-grafa. “Yuk joylari va tovar tavsifi”. “Markirovka va miqdor — konteynerlar raqami — tovar tavsifi”.
Grafada deklaratsiyalanayotgan tovar haqida maʼlumot koʻrsatiladi. Maʼlumotlarning har biri yangi satrdan boshlanadi va ulardan har birining oldiga tartib raqami qoʻyiladi:
1 — tovar tavsifi hamda tovarning kuzatuv hujjatlariga muvofiq deklaratsiyalanayotgan tovarning miqdor va sifat tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
2 — oʻramga ega boʻlgan tovar uchun — tovar egallagan yuk joylarining umumiy soni, tovar oʻrami turi va oʻramlar miqdori. Agar ushbu grafada deklaratsiyalanayotgan tovar yuk joylarining hammasini egallamasa grafada “qutining bir qismi” va shunga oʻxshash yozuvlar yoziladi. Bunda oʻram deganda tovarlarni oʻrash, himoyalash, joylashtirish va mustahkamlash yoki ajratish uchun moʻljallangan har qanday buyum va materiallar tushuniladi, uyum holda olib oʻtiladigan oʻrash materiallari (somon, qogʻoz, shisha tola, qipiq va shu kabilar) bundan mustasno. Sochilgan, uyumlangan, quyilgan holatda oʻramsiz olib oʻtiladigan tovarlar uchun tegishlicha “sochilgan holda”, “uyum holida”, “quyilgan holda” kabi yozuvlar koʻrsatiladi.
Elektr uzatish liniyalari yoki quvur transporti orqali tashiladigan tovarlarni deklaratsiyalashda 2 raqami ostida maʼlumotlar toʻldirilmaydi.
3 — konteynerda tashiladigan tovar uchun yoki tovar sifatida konteyner olib oʻtilayotgan holatlarda — orasiga vergul qoʻyilib konteyner raqamlari yoziladi. Elektron BYDda konteyner raqamlari alohida maydonchada har biri alohida koʻrsatiladi.
5 — quvur transporti, elektr uzatish liniyalari orqali olib oʻtilayotgan tovarlarni deklaratsiyalashda quyidagi yozuvlar yoziladi: “XX.XX.XXXX dan XX.XX.XXXX gacha boʻlgan oraliqda yetkazib berish”. Bu yerda raqamli belgilar bilan tovarlarni yetkazib berish boshlangan “kun, oy, yil” va tugallangan “kun, oy, yil” koʻrsatiladi.
Grafaning pastki oʻng burchagida alohida ajratilgan joyda tovarlarning qoʻshimcha oʻlchov birligidagi miqdori va oʻlchov birligining TIF TNga muvofiq shartli belgilanishi koʻrsatiladi (qoʻshimcha oʻlchov birligining kodi 41-grafada aks ettiriladi). Elektron BYDda oʻlchov birligining shartli belgilanishi koʻrsatilmasdan, faqatgina tovarlarning qoʻshimcha oʻlchov birligidagi miqdori yoziladi.
Tovarlarning qoʻshimcha oʻlchov birligidagi miqdori verguldan keyingi ikkinchi belgigacha aniqlikda koʻrsatiladi.
Agar qoʻshimcha oʻlchov birligidagi tovar miqdori “0,01” dan kam boʻlsa grafada tovarning qoʻshimcha oʻlchov birligidagi miqdori verguldan keyingi oltinchi belgigacha aniqlikda koʻrsatiladi.
Faqatgina asosiy oʻlchov birligi “kg” qoʻllanilgan holatlarda — grafaning pastki oʻng burchagi toʻldirilmaydi;
24) 32-grafa. “Tovar №”.
Grafada 31-grafada deklaratsiyalanayotgan tovarning tartib raqami koʻrsatiladi.
Bitta nomdagi tovar deklaratsiyalanayotgan boʻlsa, grafada “1” raqami koʻrsatiladi;
25) 33-grafa. “Tovar kodi”.
Grafaning chap qismida 31-grafada deklaratsiyalanayotgan tovarlarning TIF TNga muvofiq oʻnta raqamli kodi koʻrsatiladi. Ushbu kod boʻsh joysiz (probelsiz) va boshqa ajratuvchi belgilarsiz yoziladi;
26) 35-grafa. “Brutto vazn (kg)”.
Grafada BYDning 31-grafasida deklaratsiyalanayotgan tovarning kilogrammdagi “brutto” ogʻirligi koʻrsatiladi. “Brutto” ogʻirlik deganda tovarning umumiy ogʻirligi, shu jumladan tovar muomalaga kiritilgunga qadar holatini oʻzgarmasligini taʼminlab turish uchun zarur boʻlgan uning barcha turdagi oʻramlari (konteyner va boshqa transport uskunalari bundan mustasno) bilan birgalikdagi umumiy ogʻirligi tushuniladi.
Brutto vazn matematik qoidalarga koʻra verguldan keyingi uchinchi raqamgacha yaxlitlanadi.
Agar tovarning umumiy ogʻirligi bir kilogrammdan kam boʻlsa, netto vazn verguldan keyingi uch belgigacha aniqlikda koʻrsatiladi.
Agar tovarning umumiy ogʻirligi bir grammdan kam boʻlsa, tovar vazni verguldan keyingi olti belgigacha aniqlikda koʻrsatiladi.
Quvur transporti bilan olib oʻtilayotgan tovarlarni deklaratsiyalashda tovarning umumiy ogʻirligi koʻrsatiladi.
Grafa elektr uzatish liniyalari orqali olib oʻtiladigan tovarlarni deklaratsiyalashda toʻldirilmaydi;
27) 37-grafa. “Protsedura”.
Grafada tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtish protsedurasining yetti belgili kodi koʻrsatiladi. Ushbu kod quyidagi uchta tarkibiy qismlardan iborat:
birinchi ikkita raqam — Bojxona rejimlari tasniflagichiga muvofiq bayon etilayotgan bojxona rejimi kodi;
keyingi ikkita raqam — Bojxona rejimlari tasniflagichiga muvofiq avvalgi bojxona rejimi kodi. Agar avvalgi bojxona rejimi mavjud boʻlmasa “00” koʻrsatiladi;
oxirgi uchta raqam — Tovarlarni olib oʻtish xususiyatlari tasniflagichiga muvofiq deklaratsiyalanayotgan tovarlarni olib oʻtish xususiyati kodi. Agar tovarlarni olib oʻtish xususiyati belgilanmagan boʻlsa “000” koʻrsatiladi;
Grafada deklaratsiyalanayotgan tovarning kilogrammdagi “netto” ogʻirligi koʻrsatiladi.
Qadoqlangan holatda olib oʻtilayotgan tovar uchun:
deklaratsiyalanayotgan tovarning faqat birlamchi qadogʻini hisobga olgan holdagi ogʻirligi, agar tovarlar, isteʼmol xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, shunday qadoqda chakana savdoga chiqarilsa va (yoki) tovarni sotishda uning saqlanishini taʼminlaydigan birlamchi qadoqni tovarning isteʼmol xususiyatlarini buzmagan holda tovarni isteʼmol qilgunga qadar tovardan ajratib boʻlmaydigan (masalan, bankadagi kofe va h.k.) boʻlsa;
boshqa holatlarda deklaratsiyalanayotgan tovarning hech qanday qadoqsiz ogʻirligi.
Qadoqsiz (sochilgan, quyilgan, uyum holida) olib oʻtiladigan tovar uchun — tovarning umumiy ogʻirligi.
Tovarning netto ogʻirligi matematik qoidalariga koʻra verguldan keyingi uchta belgigacha yaxlitlanadi.
Agar tovarning umumiy ogʻirligi bir kilogrammdan kam boʻlsa, netto vazn verguldan keyingi uch belgigacha aniqlikda koʻrsatiladi.
Agar tovarning umumiy ogʻirligi bir grammdan kam boʻlsa, tovar vazni verguldan keyingi olti belgigacha aniqlikda koʻrsatiladi.
Quvur transporti bilan olib oʻtilayotgan tovarlarni deklaratsiyalashda tovarning BYDni 35-grafasida koʻrsatilgan ogʻirligi qayd etiladi.
Grafa elektr uzatish liniyalari orqali olib oʻtiladigan tovarlarni deklaratsiyalashda toʻldirilmaydi;
Yangi BYD rasmiylashtirilgan holatlarda toʻldiriladi (tashuvchi oʻzgarganda yoki tovarlar turkumi qayta shakllantirilganda).
Grafada quyidagilar koʻrsatiladi:
avvalgi hujjatning kodi — ushbu holatda “BYD”;
avvalgi BYDning roʻyxat raqami;
ushbu tovarning avvalgi BYD 32-grafasidagi tartib raqami;
avvalgi BYDning 32-grafasida koʻrsatilgan tovarning, rasmiylashtirilayotgan brutto vazni (kilogrammda);
avvalgi BYDning 32-grafasida koʻrsatilgan tovarning, rasmiylashtirilayotgan netto vazni (kilogrammda);
qoʻshimcha oʻlchov birligidagi miqdori (agar mavjud boʻlsa);
qoʻshimcha oʻlchov birligining TIF TNga muvofiq shartli belgilanishi (agar mavjud boʻlsa).
Masalan:
GTD 22010/31.03.2012/0353761 — 2 — 5980 kg — 5900 kg — 250,2 m3.
Agar tovar bir nechta avvalgi deklaratsiyalardan rasmiylashtirilayotgan boʻlsa, har bir maʼlumot alohida yangi qatordan yuqorida qayd etilgan tartibda koʻrsatiladi;
30) 41-grafa. “Qoʻshimcha oʻlchov birligi”.
Grafada TIF TNda keltirilgan “Oʻlchov birliklari jadvali”ga muvofiq 31-grafaning pastki oʻng boʻlmasida koʻrsatilgan tovar miqdorining qoʻshimcha oʻlchov birligi kodi koʻrsatiladi.
Agar mazkur tovar uchun TIF TNga muvofiq faqat asosiy oʻlchov birligi (kg) qoʻllanilsa, grafada uning kodi (166) koʻrsatiladi;
Grafada BYDning 31-grafasida koʻrsatilgan har bir tovar haqida bayon etilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi, BYDni toʻldirishga asos boʻlgan hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Har bir hujjat toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirishda foydalaniladigan hujjatlar va maʼlumotlar turlari tasniflagichiga muvofiq hujjatning tartib raqami va harfli kodini qoʻygan holda koʻrsatiladi (maʼlumotlarning har biri yangi satrdan boshlanadi):
tovarning kuzatuv hujjatlarining raqami (roʻyxat raqami) va sanasi;
yuk tashish bitimining raqami va sanasi;
tovar kelib tushadigan bojxona organiga taqdim etilishi lozim boʻlgan tovarga oid boshqa hujjatlarning nomi, raqami va sanasi;
33) 46-grafa. “Statistik qiymat”.
Grafada 42-grafada koʻrsatilgan faktura qiymati asosida hisoblangan va “CIF (CIP) –Oʻzbekiston chegarasi” yetkazib berish sharti narxlariga keltirilgan tovarning ming AQSH dollaridagi statistik qiymati koʻrsatiladi.
Statistik qiymat matematik qoidalarga koʻra verguldan soʻng uch belgigacha aniqlikda yaxlitlanadi.
Statistik qiymatni hisoblashda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan, BYD bojxona rasmiylashtiruviga qabul qilingan kundagi kurs qoʻllaniladi;
34) 47-grafa. “Bojxona toʻlovlarining hisobi”.
Grafada bojxona toʻlovlarining hisobi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
“Toʻlov turi” ustunida Bojxona toʻlovlari tasniflagichiga muvofiq bojxona toʻlovi turining kodi koʻrsatiladi.
“Hisoblash asosi” ustunida bojxona toʻlovini hisoblashning asosi koʻrsatiladi.
Hisoblash asosi Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida koʻrsatiladi. Bundan quyidagi holatlar mustasno:
agar qonun hujjatlari bilan hisoblash uchun asos xorijiy valyutada belgilangan boʻlsa, yoxud bojxona yigʻimlari xorijiy valyutada undirilishi koʻzda tutilgan boʻlsa hisoblash uchun asos Valyutalar tasniflagichiga muvofiq valyutaning harfli kodini qoʻygan holda xorijiy valyutada keltiriladi;
agar qonun hujjatlarida hisoblash uchun asos pul birliklarida emas, balki boshqa oʻlchov birliklarida (masalan, maʼlum vaqt oraligʻi (soat), maʼlum bir hujjatlarni berganlik uchun, BYDning asosiy va qoʻshimcha varaqlari uchun va h.k.) belgilangan boʻlsa, u holda tegishlicha miqdor (1, 2 va h.k.) va oʻlchov birligi (soat, dona, asosiy varaq, qoʻshimcha varaq va h.k.) koʻrsatiladi.
Hisoblash uchun asos Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida aniqlangan taqdirda, tovarning 12 va 45-grafalaridagi qiymatlarini Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida qayta hisoblash BYD bojxona rasmiylashtiruvi uchun qabul qilingan kunda amalda boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi boʻyicha amalga oshiriladi.
“Stavka” ustunida bojxona toʻlovi summasini hisoblashda qoʻllaniladigan bojxona toʻlovlarining belgilangan stavkasi miqdori koʻrsatiladi.
“Summa” ustunida bojxona toʻlovining Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida hisoblangan summasi koʻrsatiladi. Agar qonun hujjatlariga muvofiq bojxona toʻlovining xorijiy valyutada undirilishi belgilangan boʻlsa, bojxona toʻlovining hisoblangan summasi Valyutalar tasniflagichiga muvofiq valyutaning harfli kodi qoʻyilgan holda tegishli xorijiy valyutada koʻrsatiladi.
“TU” ustunida toʻlov usulining ikki belgili harfli kodi koʻrsatiladi:
“BN” — bank orqali naqd pulsiz hisob-kitob;
“KT” — bojxona toʻlovlari summasini naqd pul bilan toʻlash;
“UN” — bojxona toʻlovlarini shartli hisoblash;
“OP” — bojxona toʻlovlarini kechiktirib toʻlash imkoniyati taqdim etilgan;
“RP” — bojxona toʻlovlarini boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati taqdim etilgan;
“OO” — toʻlov amalga oshirilmaydi;
35) 50-grafa. “Ishonch bildirgan shaxs”.
Grafada quyidagi mazmundagi yozuv yoziladi:
“Taqdim etilgan maʼlumotlar uchun javobgar ......” deb yozilgandan soʻng tovarlar va transport vositalarini bojxona chegarasi orqali olib oʻtayotgan, mutaxassisga BYDga kiritish uchun zarur maʼlumotlarni taqdim etgan tashkilot tomonidan ishonchnoma berilgan shaxsning yoki jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi va telefon raqami koʻrsatiladi, uning shaxsiy imzosi (faqat qogʻoz shakldagi BYDda) va sana qoʻyiladi.
Shuningdek, mazkur grafada tashkilot ishonch bildirgan shaxsning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatning raqami, sanasi va amal qilish muddati koʻrsatiladi;
36) 53-grafa. “Kelib tushadigan bojxona va mamlakat”.
Grafada Bojxona postlari tasniflagichiga muvofiq tovarlar Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqib ketiladigan bojxona organi nomi va kodi koʻrsatiladi;
37) 54-grafa. “Joy va sana”.
Grafada 14-grafada koʻrsatilgan shaxs nomidan BYDni taqdim etayotgan mutaxassis haqida quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi (maʼlumotlarning har biri yangi satrdan boshlanadi va ulardan har birining oldiga tartib raqami qoʻyiladi):
1 — BYD toʻldirilgan joy;
2 — mutaxassisning familiyasi, ismi va otasining ismi, shuningdek elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa);
3 — mutaxassisning telefon raqami;
4 — agar tovarlarni deklaratsiyalash bojxona brokeri tomonidan amalga oshirilayotgan boʻlsa, topshirigʻiga asosan BYD taqdim etilayotgan shaxs va bojxona brokeri oʻrtasidagi bitim raqami va sanasi koʻrsatiladi;
5 — mutaxassis tomonidan BYDga berilgan raqam quyidagi tartibda koʻrsatiladi:
9999/9999/99.99.9999/999999, bunda:
1
2
3
4
1-element — mutaxassisning malaka attestati berilgan yil;
2-element — malaka attestati raqami;
3-element — BYD toʻldirilgan sana;
4-element — mutaxassis tomonidan BYDga berilgan tartib raqami (joriy yilda oʻsish tartibida, yil yakunlangach raqamlash yangidan boshlanadi).
Mutaxassis tomonidan BYDga berilgan raqam qaytarilmasligi lozim.
BYDda bayon etilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi elektron BYDda mutaxassisning ERIsi, qogʻoz shakldagi BYDda mutaxassisning imzosi va mutaxassis shtatida boʻlgan bojxona brokeri yoki deklarantning muhri (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) bilan tasdiqlanadi.
Qogʻoz shakldagi BYDda bunday tasdiqlash har bir qoʻshimcha varaqning “S” grafasida ham amalga oshiriladi;
Grafada Bojxona toʻlovlari tasniflagichiga muvofiq toʻlov kodi, mazkur kod boʻyicha ushbu BYD bilan deklaratsiyalanayotgan barcha tovarlarga oid toʻlovlarning yigʻindisidan iborat boʻlgan toʻlovlarning umumiy summasi koʻrsatiladi.
Bojxona toʻlovlaridan ozod etilgan holatda grafada qoʻshimcha ravishda Bojxona toʻlovlari tasniflagichiga muvofiq toʻlov kodi, mazkur kod boʻyicha ushbu BYD bilan deklaratsiyalanayotgan barcha tovarlarga oid toʻlovlarning yigʻindisidan iborat boʻlgan bojxona toʻlovlari boʻyicha hisoblangan imtiyozlarning umumiy summasi koʻrsatiladi va “toʻlanmaydi” belgisi qoʻyiladi;
2, 3 va 4-elementlar — BYD bojxona rasmiylashtiruvi uchun qabul qilingan kun, oy va yil;
5-element — tegishli bojxona organi tomonidan rasmiylashtirilgan BYDning tartib raqami (joriy yilda oʻsish tartibida, yil yakunlangach raqamlash yangidan boshlanadi). BYDning tartib raqami qaytarilmasligi lozim;
Grafada bojxona koʻrigi dalolatnomasi, BYDni rasmiylashtirish, tovarlarning bojxona qiymatini nazorat qilish uchun zarur boʻlgan bojxona organi ixtiyorida mavjud boʻlgan hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Har bir hujjat toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirishda foydalaniladigan hujjatlar va maʼlumotlar turlari tasniflagichiga muvofiq hujjatning tartib raqami va harfli kodini qoʻygan holda koʻrsatiladi (maʼlumotlarning har biri yangi satrdan boshlanadi);
3) 47-grafa. “Bojxona toʻlovlarining hisobi”.
Grafada mazkur Yoʻriqnomaning 22-bandida 47-grafani toʻldirish boʻyicha belgilangan tartibda tovarlar va transport vositalarini belgilangan joylardan tashqarida va/yoki bojxona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazganlik uchun yigʻimlar haqidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi;
Grafada mazkur Yoʻriqnomaning 22-bandida “V” grafani toʻldirish boʻyicha belgilangan tartibda tovarlar va transport vositalarini belgilangan joylardan tashqarida va/yoki bojxona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazganlik uchun yigʻimlar haqidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi;
Elektron BYDda mazkur grafada bojxona organi mansabdor shaxsi tomonidan ushbu BYDda bayon etilgan tovarlarga nisbatan qabul qilingan qarori haqidagi bojxona organi belgilari (yozuvlari) koʻrsatiladi. Bojxona organi belgilari (yozuvlari) bojxona organi mansabdor shaxsining ERIsi bilan tasdiqlanadi.
Qogʻoz shakldagi BYDda mazkur grafada bojxona nazorati natijalari haqida guvohlik beruvchi bojxona organining shtampi va muhri hamda zarur hollarda boshqa belgilar qoʻyiladi. Bojxona nazorati natijalari haqidagi shtamp tovarni oʻtkazish yuzasidan qaror qabul qilgan bojxona organi mansabdor shaxsining shaxsiy raqamli muhri bilan tasdiqlanadi.
91. Tovarlarni vaqtinchalik olib kirish yoki vaqtinchalik olib chiqish bojxona rejimlariga deklaratsiyalashda bojxona organi mansabdor shaxsi tomonidan, shuningdek, BYDning “C” grafasi quyida keltirilgan tartibda toʻldiriladi:
“C” grafaning 3-bandida — vaqtinchalik olib kirish muddatlari uzaytirilganda “20__” “____” “____” dagi ___-son ruxsatnoma asosida “20__” “____” “____” gacha uzaytirildi” yozuvi qayd etiladi. Tovarlarni qogʻoz shaklda deklaratsiyalashda bunday yozuv faqatgina BYDning 1 va 3-nusxalarida qayd etiladi.
92. Tovarlarni vaqtinchalik olib kirish bojxona rejimida deklaratsiyalashda qogʻoz shakldagi BYDning orqa tomonida, elektron shaklda deklaratsiyalashda esa Davlat bojxona qoʻmitasining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimida alohida jadval shaklida quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
1. Shartli hisoblangan bojxona toʻlovlari summasi _____ AQSH doll.
2. Davriy bojxona toʻlovi miqdori ___________ AQSH doll.
3. Davriy bojxona toʻlovini toʻlash muddati — 20____ yil “____” __________ gacha.
4. Toʻlov 20____ yil “_____”____________ dan “_____” _____________ gacha boʻlgan davr uchun amalga oshirildi.
20__ yil “__” _____ dagi __ — soni t/t asosida ___ AQSH doll. kursi boʻyicha ______ soʻm toʻlandi.
Mazkur maʼlumotlar qogʻoz shakldagi BYDda bojxona organi mansabdor shaxsining imzosi, shaxsiy raqamli muhri, elektron BYDda esa ERIsi bilan tasdiqlanadi.
Tovar sifatida oʻzi harakatlanuvchi transport vositasi
SAMOXOD
90
* Daryo transporti deganda yuklarni tabiiy (daryo, koʻl) va sunʼiy (kanal, suv omborlari) ichki suv yoʻllarida kemalar vositasida tashuvchi transport tushuniladi.
Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 7-ILOVA
Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 10-ILOVA
Preferensiyalar, imtiyozlar va bojxona toʻlovlarini toʻlashning boshqa xususiyatlari
TASNIFLAGICHI
T/r
Nomi
Kodi
Bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona yigʻimlarini toʻlash boʻyicha imtiyozlar va boshqa xususiyatlar
1.
Bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona yigʻimlarini toʻlash boʻyicha imtiyozlar berilmagan
0
2.
Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalariga asosan bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona yigʻimlarini toʻlashdan ozod etish
A
3.
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga asosan bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona yigʻimlarini toʻlashdan ozod etish
B
4.
Oʻzbekiston Respublikasi kodekslariga asosan bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona yigʻimlarini toʻlashdan ozod etish
V
5.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlariga asosan bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona yigʻimlarini toʻlashdan ozod etish
G
6.
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlariga asosan bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona yigʻimlarini toʻlashdan ozod etish
D
Bojxona bojlarini toʻlash boʻyicha preferensiyalar, imtiyozlar va boshqa xususiyatlar
1.
Bojxona bojlarini toʻlash boʻyicha preferensiya, imtiyozlar berilmagan
0
2.
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro bitimlariga asosan bojxona bojini toʻlashdan ozod etish (mazkur bandning “E” kodi ostida koʻrsatilgan tarif preferensiyasi bundan mustasno)
A
3.
Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga asosan bojxona bojini toʻlashdan ozod etish
B
4.
Oʻzbekiston Respublikasining kodekslariga asosan bojxona bojini toʻlashdan ozod etish
V
5.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga asosan bojxona bojini toʻlashdan ozod etish
G
6.
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga asosan bojxona bojini toʻlashdan ozod etish
D
7.
Erkin savdo rejimi oʻrnatilgan davlatlardan kelib chiqqan va olib kirilayotgan tovarlarga nisbatan tarif preferensiyasi
E
Aksiz soligʻini toʻlash boʻyicha imtiyozlar
1.
Aksiz soligʻini toʻlash boʻyicha imtiyozlar berilmagan
0
2.
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro bitimlariga asosan aksiz soligʻini toʻlashdan ozod etish
A
3.
Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga asosan aksiz soligʻini toʻlashdan ozod etish
B
4.
Oʻzbekiston Respublikasining kodekslariga asosan aksiz soligʻini toʻlashdan ozod etish
V
5.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga asosan aksiz soligʻini toʻlashdan ozod etish
G
6.
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga asosan aksiz soligʻini toʻlashdan ozod etish
D
QQSni toʻlash boʻyicha imtiyozlar
1.
QQSni toʻlash boʻyicha imtiyozlar berilmagan
0
2.
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro bitimlariga asosan bojxona bojini toʻlashdan ozod etish (mazkur bandning “E” kodi ostida koʻrsatilgan tarif preferensiyasi bundan mustasno)
A
3.
Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga asosan QQSni toʻlashdan ozod etish
B
4.
Oʻzbekiston Respublikasining kodekslariga asosan QQSni toʻlashdan ozod etish
V
5.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga asosan QQSni toʻlashdan ozod etish
G
6.
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga asosan QQSni toʻlashdan ozod etish
D
7.
Erkin savdo rejimi oʻrnatilgan davlatlardan kelib chiqqan va olib kirilayotgan tovarlarga nisbatan tarif preferensiyasi
Begʻaraz yordam koʻrsatish sifatida va (yoki) homiylik maqsadida tovarlarni olib oʻtish
001
2.
Gumanitar yordam sifatida tovarlarni olib oʻtish
002
3.
Texnik yordam sifatida tovarlarni olib oʻtish
003
4.
Hadya sifatida berilayotgan tovarlarni olib oʻtish
004
5.
Avariyalar, halokatlar va tabiiy ofatlarning natijalarini bartaraf etish maqsadida olib oʻtiladigan qaytarilmaydigan tovarlar
005
6.
Avariyalar, halokatlar va tabiiy ofatlarning natijalarini bartaraf etish maqsadida olib oʻtiladigan qaytarilishi lozim boʻlgan tovarlar
105
7.
Fuqarolik va harbiy maqsaddagi tovarlarni oʻz ichiga oluvchi davlatning hisoblari boʻyicha realizatsiya qilinadigan tovarlar
006
8.
Xalqaro tashuvlarni amalga oshiruvchi transport vositalarining normal ekspluatatsiyasi uchun zarur boʻlgan moddiy-texnika taʼminoti buyumlari, asbob-uskunalar, yonilgʻi, oziq-ovqat va boshqa mol-mulkni olib oʻtish
007
9.
Oʻzbekistonga tegishli Oʻzbekiston shaxslari tomonidan ijaraga olingan dengiz kemalari faoliyatini taʼminlashuchunOʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan olib chiqilayotgan moddiy-texnik taʼminot buyumlari va anjomlari, yonilgʻi, oziq-ovqat va boshqa mol-mulk
008
10.
Oʻzbekiston kemalaridan va Oʻzbekiston shaxslari tomonidan ijaraga olingan kemalardan dengiz mahsulotlarini olib kirish
009
11.
Oʻzbekiston portida chet el kemasidan yuklab olingan yoki Oʻzbekiston kemalari tomonidan ochiq dengizda chet el kemasidan olingan baliq, dengiz mahsulotlari, dengiz tubidan olingan minerallarni va qutqarib olingan yukni olib kirish
109
12.
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqarida boʻlgan Oʻzbekiston kemalariga va Oʻzbekiston shaxslari tomonidan ijaraga olingan kemalarga bunkerlash uchun yonilgʻi va moylash materiallarini olib chiqish
010
13.
Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi elchixonalari, konsulliklari, xalqaro tashkilotlar qoshidagi vakolatxonalari va boshqa rasmiy vakolatxonalari faoliyatini taʼminlash uchun tovarlarni olib chiqish
012
14.
Xorijiy davlatlarning elchixonalari, konsulliklari va boshqa rasmiy vakolatxonalari, xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari faoliyatini taʼminlash uchun tovarlarni olib kirish
013
15.
Turli ishlarni amalga oshirayotgan Oʻzbekistonlik personalning shaxsiy foydalanilishi uchun korxonalar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqilayotgan tovarlar
042
16.
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan Oʻzbekiston Respublikasining tijorat va notijorat tashkilotlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi korxona va tashkilotlari boʻysunuvidagi tijorat va notijorat tashkilotlar faoliyatini taʼminlash uchun Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqilayotgan tovarlar (mazkur ilovaning 13-bandi bundan mustasno)
043
17.
Oʻzbekiston Respublikasi xoʻjalik subyektlari tomonidan ularning chet eldagi korxonalari (savdo uylari, vakolatxonalar, korxonalar) nomiga shartnoma (bitim), konsignatsiya shartnomalari (bitimlari) bundan mustasno, shuningdek shartnomasiz asosda (tovarlar namunalari, shuningdek chet eldagi korxonalar nomiga oʻz ehtiyojlari uchun yetkazib beriladigan mol-mulk) tovarlarning olib chiqilishi
055
18.
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning ustav fondiga kiritish uchun tovarlarni olib kirish
014
19.
Tovarlarni investitsiya sifatida olib chiqish
015
20.
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan oʻzi ishlab chiqargan tovarlarni olib chiqish
027
21.
Investitsiya faoliyatidan olingan dividendlar hisobidan tovarlarni olib oʻtish
033
22.
Komplekt obyektlar uchun asbob-uskunalar, xom ashyo va materiallarni olib oʻtish
011
23.
Muomalaga chiqarilgan milliy valyuta (numizmatika maqsadlarida foydalaniladiganlari bundan mustasno), qimmatli qogʻozlar, banknota va tangalarni olib oʻtish
016
24.
Muomalada boʻlmagan milliy valyuta (numizmatika maqsadlarida foydalaniladiganlari bundan mustasno), qimmatli qogʻozlar, banknota va tangalarni olib oʻtish
116
25.
Muomalaga chiqarilgan xorijiy valyuta (numizmatika maqsadlarida foydalaniladiganlari bundan mustasno), qimmatli qogʻozlar, banknota va tangalarni olib oʻtish
017
26.
Muomalada boʻlmagan xorijiy valyuta (numizmatika maqsadlarida foydalaniladiganlari bundan mustasno), qimmatli qogʻozlar, banknota va tangalarni olib oʻtish
117
27.
Nomonetar oltin, toʻlov vositasi boʻlib xizmat qilmaydigan qimmatbaho metallarni olib oʻtish
065
28.
Monetar oltinni olib oʻtish
165
39.
Garov hisobidan tovarlarni yetkazib berish
034
30.
Kafolat xizmatini koʻrsatish doirasida tovarlarni olib oʻtish
018
31.
Reklamatsiya boʻyicha qaytarilayotgan tovarlarni olib oʻtish
039
32.
Yanglishib yetkazib berish
019
33.
Koʻrgazma eksponatlari
021
34.
Reklama materiallari va suvenirlar
022
35.
Tomosha va sport tadbirlari uchun tovarlarni yetkazib berish
026
36.
Tovarlarni namuna va nusxa sifatida olib oʻtish
031
37.
Qaytarilishi lozim boʻlgan, koʻp foydalaniladigan tarani olib oʻtish
028
38.
Bir yildan kam muddatga vaqtinchalik olib kirilayotgan yoki vaqtinchalik olib chiqilayotgan tovarlar
023
39.
Bir yil va undan koʻp muddatga vaqtinchalik olib kirilayotgan yoki vaqtinchalik olib chiqilayotgan tovarlar
024
40.
Avval bir yilgacha boʻlgan muddatga vaqtinchalik olib kirish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni qaytarib olib chiqish
123
41.
Avval bir yilgacha boʻlgan muddatga vaqtinchalik olib chiqish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni qaytarib olib kirish
223
42.
Avval bir yil va undan koʻp muddatga vaqtinchalik olib kirish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni qaytarib olib chiqish
124
43.
Avval bir yil va undan koʻp muddatga vaqtinchalik olib chiqish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni qaytarib olib kirish
224
44.
Jismoniy shaxslar tomonidan ishlab chiqarish yoki boshqa tijorat maqsadlari uchun moʻljallanmagan tovarlarni olib oʻtish
029
45.
Jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni ishlab chiqarish maqsadida olib oʻtish
129
46.
Jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni tijorat maqsadida olib oʻtish
229
47.
Konsignatsiya bitimlari doirasida olib oʻtilayotgan tovarlar
025
48.
Ishlab chiqarish kooperatsiyasi doirasida tovarlarni oliboʻtish
035
49.
Mahalliylashtirish dasturi doirasida bojxona toʻlovlaridan imtiyozlar bergan holda tovarlarni olib oʻtish
057
50.
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolati ostida tuzilgan individual kredit bitimlari hisobidan tovarlarni oliboʻtish
037
51.
Xorijiy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotib olingan xom ashyoni qayta ishlash natijasida olingan tovarlarni olib chiqish
038
52.
Zarur hujjatlar (bundan muvofiqlik sertifikati va ruxsat etish xususiyatiga ega boshqa hujjatlar mustasno) va maʼlumotlar taqdim etilmaganligi sababli shartli chiqarib yuborilgan tovarlar
036
53.
Bojxona toʻlovlari shartli bojxona qiymatini aniqlash asosida toʻlanganligi sababli shartli chiqarib yuborilgan tovarlar
058
54.
Bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat berilgan holda erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga muvofiq rasmiylashtirilgan tovarlar
079
55.
Tashqi savdo oldi-sotdisi va ayirboshlashi obyekti boʻlmagan boshqa tovarlar
044
56.
Mahsulotlarni taqsimlash boʻyicha bitimlar doirasida tovarlarni olib oʻtish
062
57.
Aniq bir mijoz ehtiyoji uchun ishlab chiqarilgan dasturiy taʼminot yozilgan axborot tashish vositalari yoki identifikatsiyalanadigan har qanday turdagi asarlarning asl nusxalari
070
58.
Ilgari ularga nisbatan vaqtinchalik BYD taqdim etilgan tovarlar
071
59.
Tovarlarni taʼmirlash uchun bojxona hududida qayta ishlash rejimi ostida olib kirish
040
60.
Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimida taʼmirlash ishlarini amalga oshirgandan soʻng tovarlarni qaytarib olib chiqish
140
61.
Tovarlarni taʼmirlash uchun bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash rejimi ostida olib chiqish
080
62.
Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimida taʼmirlash ishlarini amalga oshirgandan soʻng tovarlarni qaytarib olib kirish
180
63.
Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimida tovarlarni olib kirish, taʼmirlash bundan mustasno
054
64.
Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimidan soʻng qayta ishlash mahsulotlarini qaytarib olib chiqish, taʼmirlash bundan mustasno
154
65.
Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimida tovarlarni olib chiqish, taʼmirlash bundan mustasno
084
66.
Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimidan soʻng qayta ishlash mahsulotlarini qaytarib olib kirish, taʼmirlash bundan mustasno
184
67.
Tovarlarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlagandan soʻng hosil boʻlgan chiqindilarni olib kirish
284
68.
Tovarlarni bojxona hududida qayta ishlagandan soʻng hosil boʻlgan chiqindilarni olib chiqish
254
69.
Tovarlarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlagandan soʻng hosil boʻlgan qoldiqlarni olib kirish
384
70.
Tovarlarni bojxona hududida qayta ishlagandan soʻng hosil boʻlgan qoldiqlarni olib chiqish
354
71.
Boj olinmaydigan savdo bojxona rejimidan soʻng tovarlarni qaytarib olib chiqib ketish
047
72.
Erkin omborlardan tovarlarni olib chiqish
050
73.
Erkin bojxona zonasiga joylashtirilgan chet el tovarlarini oʻzgartirilmagan holda Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqish
074
74.
Erkin bojxona zonasiga joylashtirilgan Oʻzbekiston tovarlarini oʻzgartirilmagan holda Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqish
174
75.
Erkin bojxona zonasida ishlab chiqarilgan tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqish
274
76.
Erkin bojxona zonasiga olib kirilgan chet el tovarlarini oʻzgartirilmagan holatda Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirish
075
77.
Erkin bojxona zonasiga olib kirilgan Oʻzbekiston tovarlarini oʻzgartirilmagan holatda Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirish
175
78.
Erkin bojxona zonasida ishlab chiqarilgan tovarlarini Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirish
275
79.
Avval vaqtinchalik saqlash va (yoki) bojxona ombori rejimlariga joylashtirilgan tovarlarning reeksporti (ular avval boshqa rejimlarga joylashtirilgan holatlar bundan mustasno)
Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining yovvoyi oʻsimliklar va ularning qismlarini olib kirish va olib chiqish uchun ruxsatnomasi (CITES ruxsatnomasi bundan mustasno).
407
GKP_RST
24.
Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining yovvoyi hayvonlar, ularning qismlari, hayot faoliyati mahsulotlari, zoologik kolleksiyalar, oʻljalarvatulumlarniolibkirishvaolib chiqish uchun ruxsatnomasi (CITES ruxsatnomasi bundan mustasno).
408
GKP_JVT
25.
Yoʻq boʻlib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish toʻgʻrisidagi konvensiya I, II va III ilovalariga kiritilgan hayvonlar va oʻsimliklar turlari namunalarini olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma
409
CITES
26.
Karantin ruxsatnomasi
410
KRNR
27.
Olib kirilayotgan texnologik asbob-uskunalar va ularning ehtiyot qismlari, shuningdek komponentlar, xom ashyo va materiallarni mahalliylashtiriladigan mahsulotlarni ishlab chiqarish texnologik jarayonida foydalaniladigan toifaga kiritish haqida xulosa
411
MVESIT_PL
28.
Oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari sertifikati
412
SSPN
29.
Ozonni buzuvchi moddalarni va tarkibida ular mavjud boʻlgan mahsulotlarni olib kirish va olib chiqish huquqini beruvchi ruxsatnoma
413
ORV
30.
Yukning gumanitar xarakterdaligi tasdiqnomasi
414
PGX
31.
Sogʻliqni saqlash vazirligining dori vositalarini olib kirishga ruxsatnomasi
415
PRF
32.
Psixotrop va narkotik vositalar, prekursorlarni olib kirishga ruxsatnoma
416
PSR
33.
Muvofiqlik sertifikati
417
SST
34.
Oʻzstandart agentligining xati
418
UZST
35.
Fitosanitariya sertifikati
419
FTSS
36.
Ekologiya sertifikati
420
EKO
37.
Toʻqimachilik asbob-uskunalarining asosiy turlarini yetkazib berishga shartnomalar (kontraktlar)ning zamonaviy texnologik talablarga va jahon narxlari darajasiga muvofiqligi yuzasidan xulosa
421
ZK_TKST
38.
Kontrakt Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisida sertifikat yoki xulosa
501
RegMVESIT
39.
Yuridik shaxs boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkor davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisida guvohnoma
502
SvIPBYUL
40.
Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha imtiyozlar mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 13-ILOVA
Bojxona toʻlovlari
TASNIFLAGICHI
T/r
Toʻlov turining nomi
Kodi
Bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona yigʻimlari
1.
Tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona yigʻimlari
10
2.
Tranzit rejimida bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona yigʻimlari
11
3.
Tovarlar va transport vositalarini belgilangan joylardan tashqaridagi va (yoki) bojxona organlarining ish vaqtidan tashqari vaqtdagi bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazganlik uchun bojxona yigʻimlari
12
4.
Tovarlarni erkin bojxona zonalari va erkin omborlar hududida bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona yigʻimlari
13
5.
Yuridik shaxslar tomonidan olib kiriladigan naqd tarzdagi chet el valyutasining bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona yigʻimlari
14
Bojxona organlari tomonidan undiriladigan bojxona bojlari va soliqlar
1.
Import bojxona boji
20
2.
Eksport bojxona boji
25
3.
Olib kirilayotgan tovarlar uchun aksiz soligʻi
27
4.
Olib chiqilayotgan tovarlar uchun aksiz soligʻi
28
5.
Qoʻshilgan qiymat soligʻi
29
Boshqa yigʻimlar
1.
Tovarlarni bojxona organlari egaligidagi bojxona omborida saqlaganlik uchun bojxona yigʻimlari
40
2.
Transport vositasini bojxona kuzatib borishi uchun bojxona yigʻimlari
41
3.
Tovarlarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlashga, tovarlarni bojxona hududida qayta ishlashga ruxsatnoma berganlik uchun bojxona yigʻimlari
42
4.
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan nazarda tutilgan boshqa yigʻimlar
43
5.
Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisning malaka attestatini berish, ushbu attestatni qayta roʻyxatdan oʻtkazish (uning amal qilish muddatini uzaytirish) va uning amal qilishini tiklash uchun bojxona yigʻimi
44
6.
Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisni oʻqitish uchun bojxona yigʻimi
45
7.
Olib kelinayotgan transport vositalarini (shu jumladan, vaqtincha olib kelinayotganlarini) roʻyxatdan oʻtkazish va qayta roʻyxatdan oʻtkazish huquqiga guvohnomalar berganlik uchun bojxona yigʻimi
49
8.
Dastlabki qaror qabul qilganlik uchun bojxona yigʻimi
50
9.
Intellektual mulk obyektlarini Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestriga kiritish uchun bojxona yigʻimi
21
Tushumlar va jarimalar
1.
Musodara etilgan tovarlarni realizatsiya qilishdan tushumlar
60
2.
Garovga qoʻyilgan moddiy boyliklarni realizatsiya qilishdan tushumlar
61
3.
Jarimalar
62
Boshqa bojxona toʻlovlari
1.
Bojxona toʻlovini kechiktirib toʻlash imkoniyatini taqdim etganlik uchun foizlar
70
2.
Bojxona toʻlovini boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini taqdim etganlik uchun foizlar
71
3.
Penya
72
4.
Undirilishi bojxona organlari zimmasiga yuklatilgan boshqa turdagi bojxona toʻlovlari
Uchinchi mamlakatlarda ishlab chiqarilgan hamda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tijorat maqsadida qoʻshni davlatlar hududidan reeksport qilinayotgan nooziq-ovqat isteʼmol tovarlarini import qilganlik uchun yigʻim
76
7.
Belgilangan muddat tugagandan soʻng vaqtinchalik olib kirilgan avtotransport vositasini qaytarib olib chiqib ketilishini yoki tegishli bojxona rejimiga rasmiylashtirilishini taʼminlamaganlik uchun yigʻim
77
8.
Chet davlatlar va ular ittifoqlarining huquqni kamsituvchi yoki Oʻzbekiston Respublikasining manfaatlarini kamsituvchi boshqa harakatlariga javob chorasi tariqasida belgilangan qoʻshimcha yigʻimlar
78
Alohida bojxona bojlari
1.
Maxsus bojxona boji
80
2.
Vaqtinchalik maxsus bojxona boji
81
3.
Dempingga qarshi bojxona boji
82
4.
Vaqtinchalik dempingga qarshi bojxona boji
83
5.
Kompensatsiya bojxona boji
84
6.
Vaqtinchalik kompensatsiya bojxona boji
85
7.
Mavsumiy bojxona boji
86
Davlat bojlari
1.
Bojxona ombori, erkin ombor va boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyatini amalga oshirishga litsenziya berilganligi va uning amal qilish muddati uzaytirilganligi uchun davlat boji
Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 14-ILOVA
Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha imtiyozlar mavjudligini tasdiqlovchi va BYDning 44-grafasida maʼlumotlarni bayon etishda qoʻllaniluvchi normativ-huquqiy hujjatlar
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori
PKM № XXX/ XX.XX.XX
10.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi farmoyishi
RKM № XXX-f/ XX.XX.XX
11.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtgan idoraviy normativ-huquqiy hujjat
MYU № XXXX/ XX.XX.XX
Izoh: agar bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha imtiyoz Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Hukumatining maxsus qarorlari asosida berilayotgan boʻlsa, u holda ushbu qarorlarning raqami koʻrsatiladi.
* “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 4-moddasiga asosan xalqaro shartnomalar: shartnoma, bitim, konvensiya, protokol, memorandum, deklaratsiya, xatlar va notalar almashuvi deb nomlanishi va shunday koʻrinishda tuzilishi, shuningdek boshqacha nomlanishi mumkin.